cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ravshanbek | Sharqlik🇺🇿

• UzSWLU 🥸 • Bog'lanish uchun: @Ravshanback📞 • Shu gaplarni uyalmasdan oʻzlariz yozgansila -> @fikrpikr

Show more
Advertising posts
249
Subscribers
+224 hours
+57 days
+730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Qahvani sekin-sekin ichish mengamas. Birdan hammasini ichib qoʻymaguncha toʻxtamayman😂
Show all...
😁 8🔥 4 1
Repost from Najmiddin Ermatov
Photo unavailableShow in Telegram
Mayna tuxum ochdi bulbul inida, Chechaklar undirdi ajnabiy tobut. Ne uchun erk haqda o‘ylayman bunda, Mustaqil bo‘lganku allaqachon yurt. Yog‘iyga tegishli zabon ketsa ham, Bu turkiy elat deb tanisa ham dun. Haliyam boshimda dordek turibdi, Sharifim bog‘lagan gajaksimon dum. “Humolar uchmoqda ko‘kni to‘ldirib”,— To‘ralar bermoqda so‘zlariga zeb. Qafasda turgandek o‘ksindim nega, Ana, tiniq osmon, ista, parvoz et. Bu xalqning buguni hurram, dedi shoh, Haqsiz deb alqadi xalqning shoiri. Ne uchun hurramlik tuymayman unda, Mening ham kechmishim xalqqa doirmi? “Hokim so‘zi vojib, amal qilmoq farz, Sabr”,—deydi mulla tugagach azon. Bir kunda besh mahal uyg‘otib olib, Bir umr uxlashga undaydi hamon. Kimdir ko‘z tiksa ham, aniqki, millat, Dushmanning yo‘lini to‘sishga qodir. Ammo beklarining royiga boqsam, Negadir ko‘zimdan yosh sizayotir. Axir nima uchun ko‘nmaydi ko‘nglim, Baxt deb yozay desam dard tomar oqqa— Yoki bu millatning hurligi yolg‘on, Yoki she’rlarimning bari safsata... may, 2020
Show all...
💔 7🔥 5😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
Pishak
Show all...
❤‍🔥 13😁 7 4👍 2
Hurmat deganda nimani tushunasiz?
Show all...
🔥 5 4❤‍🔥 2
Social media qanaqa narsa boʻldi ekan-a! Toʻrt-beshta odam bilan xuddi shuncha kayfiyatda gaplashasan!
Show all...
🔥 5💔 5 2
Photo unavailableShow in Telegram
Hammasini yigʻishtirib, ketvorgim kelyapti bl Odamlarga zarar berishni xohlamayman ortiq
Show all...
Birovlarni tushunish haqida gapirasan, uni qoʻyib tur, avval oʻzing tushunib ol! Odam oʻzini tushunish uchun nima xalaqit beradi deb oʻylaysiz?
Show all...
7💔 1
Avvalo niyat va maqsadni toʻgʻri qilish kerak!
Show all...
🔥 5❤‍🔥 3
Repost from The Stranger
Ahmad Lutfiy Qozonchi, Amina Shenlikoʻgʻli, Mehmet Yildiz, Mehmet Olaqosh, Rauf Jilasun, oʻzimiznikilardan Akrom Malik va yana shu tipdagi boshqa mualliflarning kitoblaridagi manzara oʻta primitiv. Ularda dunyo faqat oq va qoradan iborat. Oq boʻlsa juda oppoq, qora boʻlsa juda qop-qora. Badiiy boʻyoqlar ham, hayotiy saboqlar ham, inson xarakterining murakkab jihatlari tahlili ham yoʻq. Bundan ham yomoni ular insonning qalbiga nafrat urugʻini ekadi. Oʻquvchi hech qanday sababsiz boshqa bir din yoki millat vakilini yomon koʻrib qoladi. Ularning kitoblarida boshqa din va millat vakillari yovuz, axloqsiz, tuban tasvirlanadi. Musulmonmi, u albatta komil inson. Yahudiy yoki nasroniymi, u albatta tuban kimsa. Yoʻq, doʻstlar, hayot bu qadar oddiy emas. Dini, millati, ota-onasi bir boʻlgan ikki aka-uka bir-biridan yer bilan osmoncha farq qilib turganida butun boshli millatlar va dinlarga umumiy yorliq yopishtirish bu kamida saviyasizlik, hatto xavfli johillik. Men hayotda ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham oʻzga millat yoki din vakillaridan nafratlanadiganlarni koʻp koʻryapman. Holbuki oʻzgalarning unga biror yomonligi tegmagan, umrida biror yahudiy yoki nasroniyni koʻrmagan hatto. Lekin nafratlanadi. Ularni oʻziga dushman deb biladi. Ularga oʻlim tilaydi. Bir ruhiy kasallik bor, shizofreniyamidi yo boshqamidi hozir nomini aniq eslolmadim. Xullas, shu xastalikka duchor boʻlgan kishi bilan bir xonada oʻtirganingizni tasavvur qiling. Siz shunchaki oʻrningizdan turib javondan kitob olyapsiz. U esa hadik va oʻta ziyraklik bilan sizni kuzatyapti. Ruhiyatidagi xastalik tufayli u hammadan va har bir harakatdan xavfsiraydi. Mudom himoyalanish va hujum qilish payida boʻladi. Holbuki atrofidagilar unga yo faqat yaxshilik tilashadi, yoki umuman befarq, yomonliklari ham tegmaydi. Yuqoridagi adiblarning qahramonlari mana shunday ruhiy xastalarga oʻxshaydi. Ular qandaydir guruhlar mudom musulmonlarga dushmanlik qilishlariga ishonishadi. Goʻyo kimlardir islom diniga qasd qilgan, goʻyo kimlardir bu dinni zaiflatmoqchi, yoʻqotmoqchi va hokazo va hokazo. Natijada oʻquvchi oʻzi tanimaydigan odamlardan nafratlana boshlaydi. Ularni yomon koʻradi. Xullas, bunday ruhdagi asarlar badiiy jihatdan boʻshligi bois sizni didsizlashtirishidan tashqari gʻoyaviy jihatdan ham xavfli. Hisobga olib qoʻyganingiz maʼqul. Oʻz diningizni, millatingizni yaxshi koʻring, lekin boshqalarni qoralamang, nafratlanmang, oʻzingizni va oʻzingiznikilarni ustun koʻrmang. Shuningdek, "Jannatga taklifnoma", "Afv et, Allohim", "Duo taqdirni oʻzgartiradi" kabi siyqa kitoblar shu qadar urchib ketdiki, badiiy jihatdan ham, diniy jihatdan ham ulardan hech narsa ololmaysiz. Shunchasi kamlik qilganday, Fotih Duman deganining kitoblari ommatan oʻqilib yotibdi ekan hozir. Oʻqiyman desa yaxshi badiiy, diniy kitoblar shu qadar koʻpki, odamlar vaqtini yuqoridagi kabi kitoblarni oʻqib uvol qilayotganiga achinadi kishi. @salimov_blogi
Show all...
🔥 4😢 3👍 2❤‍🔥 1💔 1
Rus tilini bilishni xohlayman, lekin u tilda gapirishni xohlamayman. Gʻalati-a?!
Show all...
🔥 4👎 1😁 1