cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

The Stranger

Kitoblar, fikrlar, tuyg'ular haqida

Show more
Advertising posts
8 182
Subscribers
+4624 hours
+1347 days
+27630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Siz qargʻaysiz taqdiringizni, Ham aytasiz unga tashakkur: — Biz yoʻq qildik bir-birimizni... Biz yoʻq qildik...Xudoga shukur!... Siz yurakni qilmaysiz tejam, Olgin! — borni tortiq qilasiz. Soʻngra xafa boʻlasiz mendan — “Qaytmayman” deb yigʻlab ketasiz. Izlab yana kelasiz bir kech, Jilmayasiz: — Baxtlimanmi, boq!... Kulgingizga yarashmagay hech, Xitobingiz oʻrtagan titroq. Hijrondan soʻng savollar teran, Hijrondan soʻng javob — daf'atan... Men hammadan pinhon saqlagan Sheʼrlarimni sizga aytaman. Ayblamaymiz bir-birimizni, Tilda soʻzlar tugʻiladi — hur. ...Qargʻamaysiz taqdiringizni Va aytmaysiz unga tashakkur. Usmon Azim @salimov_blogi
Show all...
Siz qargʻaysiz taqdiringizni, Ham aytasiz unga tashakkur: — Biz yoʻq qildik bir-birimizni... Biz yoʻq qildik...Xudoga shukur!... Siz yurakni qilmaysiz tejam, Olgin! — borni tortiq qilasiz. Soʻngra xafa boʻlasiz mendan — “Qaytmayman” deb yigʻlab ketasiz. Izlab yana kelasiz bir kech, Jilmayasiz: — Baxtlimanmi, boq!... Kulgingizga yarashmagay hech Xitobingiz oʻrtagan titroq. Hijrondan soʻng savollar teran, Hijrondan soʻng javob — daf'atan... Men hammadan pinhon saqlagan Sheʼrlarimni sizga aytaman. Ayblamaymiz bir-birimizni, Tilda soʻzlar tugʻiladi — hur. ...Qargʻamaysiz taqdiringizni Va aytmaysiz unga tashakkur. Usmon Azim @salimov_blogi
Show all...
Дилга мактублар!..

Сизнинг борлигингиз нақадар яхши Дунёда, борлиги каби Худонинг!.. Шеърият, дилдаги гаплар, мулоҳазалар... Фикр ва мулоҳазалар учун: @tiiamea

Men bu mavzuda yozishdan iloji boricha qochaman. Lekin jamiyat holiga qarab, baʼzan dilimdagi tilimga chiqib turadi. Masalan, yomgʻirni yaxshi koʻraman. Lekin mashina yuvgan kunim yomgʻir yogʻib qolsa yoqmaydi. Shuncha mehr berib yuvgandan soʻng hech boʻlmasa bir-ikki kun chang yoʻllarga kirgim, yomgʻirda qolgim kelmaydi. Yoki Rumiyni ilk bor oʻqiganimda bir qator illatlarimdan qutulgandim. Bunday teran va koʻngilga yaqin soʻzlarni oʻqigach yana oʻsha-oʻsha hayotni davom ettirishim mumkin emasdi. Men tushunmayman, jamiyat yoppasiga dindorlashyaptiyu, nega axloqiylashmayapti? Dindor jamiyat axloqli jamiyat degani emasmi axir? Mantiqiy jihatdan shunday natija kutishim xatomi? Bugun kimki pul topsa masjid qurdiryapti. Kimki pul topsa Umraga joʻnayapti. Kimniki koʻrsak, hijob oʻrayapti. Soqol qoʻyyapti. Jumaga chiqyapti. Namoz oʻqiyapti. Roʻza tutyapti. Leksikoni diniy istilohlar bilan boyiyapti. Biroq yurtimiz hamon dunyodagi eng korrupsion davlatlar qatorida turibdi. Davlat tashkilotlarini qoʻyib turaylik. Uy bozori, mashina bozori, texnika bozori, tovuq bozori, qoʻyingki hatto kitob bozoridayam sergak boʻlmasangiz kiydirib ketishadi. Odam odamning boʻrisi boʻldi. Universitetda bizga Al-Azharda oʻqib kelgan kishi dinshunoslikdan dars berardi. Shu kishining ovozi baland chiqqanini eshitmaganman. Har qancha muammoli vaziyatda ham yengil kulib turardi. Yuzida oʻzgacha nur bor edi. Bugungi dindorlar esa asabiy, koʻngli tor, sal narsaga yoqangga yopishadi. Boshida hijobi bor-u, ogʻzi shaltoq. Soqoli koʻksiga tushadiyu, nafsi buzuq. Faqat oldi-berdida emas muammo. Oddiy insoniy, oilaviy masalalarda ham tuban ketdik. Birovga rahm qilmayapmiz. Yo qoʻl bilan, yo til bilan ozor berishdan chekinmayapmiz. Bugunning odami oldingi rejimlardagi odamdan koʻra axloqsiz. Undan koʻra dilozor. Undan koʻra xaromga oʻch. Undan koʻra bilimsiz. Ilgari oʻqimagan odam oʻqigan odamni hurmat qilardi. Oʻqigan bilan oʻqimagan teng boʻlurmi axir? Bugungi yuzaki dindorlik esa odamlarga johillik jasoratini berdi. Ular qaysidir domladan eshitganini yoki ibratli vaynda koʻrganini ilm hisoblab, oʻzini ziyoli bilan teng koʻryapti. Savodi chiqmasidan tili chiqyapti. Ilm soʻzining mazmuni oʻzgaryapti. Men bugungi dindorlikni hammomdan nopok chiqishga oʻxshataman. Qachonki jamiyat halol boʻlsa, halim boʻlsa, oʻshanda sizning dindorligingizga ishonaman. @salimov_blogi
Show all...
​​"Suyganing bilan yasha, boʻlmasa, toq oʻt!" Sherbek Bobonor oʻgʻli – "Qora suyaklar" Men bundan uzoq yillar avval internet sahifalarida bir parcha oʻqib qolgandim. Parchaki, bir asarga tatigulik. Unda Talabalar shaharchasidamiyey, Qoraqamishdamiyey, bir tatar kampirnikidagi ijara hayoti tasvirlangandi. Tili shu qadar tabiiy, chizgilar shu qadar aniq ediki, hatto soʻkinishlar ham ta'bingizni xira qilmasdi. Ne tongki, vaqt oʻtib muallif ismi yodimdan koʻtarildi, asar nomini zotan bilmasdim. Har safar oʻzbek adabiyoti haqida gap ketganda, bizda shunday zoʻr asar bor degim kelar, biroq uning nomini, qayerdan izlab topishni bilmasdim. Bugun nimadir boʻlib uyda anchadan beri kutib yotgan kitobni oʻqigim keldi: "Qora suyaklar". Boshidanoq tili oʻziga rom qildi. Oʻqiyapman-u, nimadir tanishday. Nihoyat bir vaqtlar oʻqiganim parchaga kelganimda voh dedim. Bu oʻsha asar ekan. Yaqin orada bunaqa shirali asar oʻqimagandim. Yozuvchi bu uslubni yaratganmi yoki dilidagi soʻzlar asli shu holicha toshib chiqqanmi, bilmadim. Lekin zoʻr! Satrlar oralab bir dona ham ortiqcha soʻz topolmaysiz. Muallifning aytar gaplarining magʻzi toʻq. Hayotni teran anglash, his qilingan dard, biroz alam, biroz oʻkinch, shaxsiy xotiralar, hayotiy taassurotlar, tanlangan emas, tabiiy yozilgan soʻzlar. Aksar zamondoshlarning bitiklaridagi til notabiiy. Siz-u biz u tilda gaplashmaymiz. Goʻyoki ikkita oʻzbek tili mavjud. Biridan har kuni foydalanamiz, biri esa faqat telekanallar-u badiiy asarlarda ishlatiladi. Sherbek esa shevada va jargonda ham nafosat borligini koʻrsatib beradi. Ammo jantaqni yantoq, Obloqulni Allohquli, matsikilni mototsikl, moldoʻxtirni veterenar deya qavs ichida keraksiz keltirilgan izohlar mana shu nafislikni oʻn olti yashar qizning yuzidagi chipqonday buzib turibdi. Menimcha, bu muallifning emas, nashrga tayyorlaganlarning ishi. Asar yaxshi yozilgani bois oʻquvchi bir-ikki sahifadayoq asar tiliga tushib oladi. Ozgina zehn solgan kishi ham tushuna oladigan soʻzlarga ortiqcha izoh berish shart emas. Oʻzbekcha soʻzga oʻzbekcha izoh shart emas. Kitobxonni tupoy (ahmoq) deb hisoblamaslik kerak... "Qora suyaklar"da ham, keyingi esselar (men hikoyalar deyishni maʼqul koʻrgan boʻlardim) ham bir xil tempda, sokin ketadi. Bu muallifning nafaqat uslubi, yutugʻi ham. Ularda keskin burilishlar, kulminatsiya, tugun, yechim yoʻq. Ayni shu narsa tabiiylikni saqlab qolishga yordam bergan. Muallif oʻquvchini qiziqtirish uchun qiziqarli syujet oʻylab topmaydi, u hayot haqida, qishloqdagi va shahardagi oddiy odamlar haqida eslaganicha gapirib beradi. Buni san'at darajasida bajaradi. Xullas, "Qora suyaklar" sof oʻzbekona hayot va til orqali ham jahon darajasidagi asar yarata olish mumkinligini koʻrsatib bera olgan. @salimov_blogi
Show all...

Men hasad qilaman, bu sirni, doʻstlar, Oshkor etmaganman hali hech kimga. Bilaman, qaydadir bir bola yashar, Men hasad qilaman juda ham unga. Hasadim qoʻzgʻaydi mushtlashishi ham – U kabi joʻn, jasur emas edim men. Hasadim qoʻzgʻaydi, kulishi biram – Uningdek kulishni bilmas edim men. Biror yeri mudom shilingan, gʻurra – Men edim tarangan, oʻylarga toʻliq. Neni oʻqimagan boʻlsam men puxta, U teran oʻqigan, bunda ham gʻolib. U boʻlar barchadan toʻgʻri, odilroq, Makru yovuzlikni kechirmas hech ham. Goh men: "Arzimas..." deb ikkilangan choq U aytar: "Arziydi!" – va tutar qalam. Men na yechib va na uzgan chigalni U gar yecholmasa tashlaydi uzib. Astoydil sevadi, sevsa agar u, Men esa – ham sevib, ham ahdni buzib. Jilmaygum, hasadim etmay deb zohir, Oʻzini goʻllikka soladi yurak: "Kimdir adashishga mahkum-ku axir, Kimdir boshqacharoq yashashi kerak..." Har qancha solmayin dilga taskinlar, Oʻyimni tark etmas shu hasad tuygʻu: Bilaman, qaydadir bir bola yashar, Mendan koʻp narsaga erishajak u. Yevgeniy Yevtushenko @salimov_blogi
Show all...
​​Nihoyat Xurshid Abdurashidning "Dardisar"ini oʻqib tugatdim. Mutolaa xuddi qiliqlariga hech kim kulmayotgan masxarabozni tomosha qilishday ayanchli, ovozi yoʻq hofizni tinglashday yoqimsiz kechdi. Kitob yoqmasa ham boshlagandan soʻng tugatib qoʻyish odatimdan yana bir bor jabr chekdim. Topilma zoʻr – sehrdan mahrum jin (biroq syujet jihatdan hatto shu ham notugal va nomukammal). Mana shuning oʻzini markazga qoʻyib ham zoʻr asar yaratsa boʻladi. Muallif esa buni jamiyat ahvolini koʻrsatish uchun vosita qilib tanlaydi. Bu ham maqtovga sazovor. Zero bugun va bugungi kun odami badiiy adabiyotda yoʻq. Bularni ham kimdir yozishi kerak edi. Lekin... Shu lekini borda. Butun asar quruq bayonchilikka asoslangan. Uslub yoq. Yozuvchilik mahorati yoʻq. Mahorat tajriba bilan keladi. "Dardisar" esa maktab bolasining ilk qoralamasiga oʻxshaydi. Ortida qancha mehnat yotganidan qat'i nazar pishmagan, oʻxshamagan asarni oʻquvchilarga chiqarib yubormaslik kerak edi. Buning ustiga bunchalik hajmdor kitobni. Muallif jamiyatning ahvolini satira orqali koʻrsatmoqchi boʻladi. Biroq uning yozganlari ijtimoiy tarmoqlardagi trollingdan farq qilmaydi. Deylik, kimdir "Kuniga 5600 soʻm topgan odam kambagʻal hisoblanmaydi" deydi, soʻngra butun tarmoq buni trolling qiladi. "Dardisar" mana shunday trollinglardan iborat. Asar jamiyat ahvolidan emas, ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlardan taʼsirlanib yozilgan. Taassurotlar ham, xulosalar ham yuzaki. Mavzular, hazillar siyqa, beoʻxshov. Tilga olingan hech bir soha, tibbiyot, mahalla, maktab, hokimiyat borasida yetarli maʼlumot yoʻq. Barchasiga ijtimoy tarmoqdagi oddiy kuzatuvchi darajasida yondashilgan. Dialoglar soxta. Obrazlar ustida umuman ishlanmagan. Undagi hech bir qahramon gapirmaydi, faqat muallif gapiradi. Biroq u qahramon nomidan gapirmoqchi boʻlgani uchun quruq bayon boʻlib qoladi. Ismlar masalasida ham shu hol. Hokimni "Kattaxonov" deyish kabi harakatlarni ramz deb boʻlmaydi. Yana nima deyishgayam odam hayron. Misol uchun, sariq adabiyot ham nimasidir bilan kishini qiziqtiradi. Yo fahsh, yo jangari sahnalar, sarguzashtlar, yo balandparvoz didaktika bilan diqqatni tortadi. U qadar katta maqsadni koʻzlamaydi. "Dardisar"da esa katta maqsad koʻzlangan, lekin qarich kichkinalik qilgan. @salimov_blogi
Show all...

Bu dunyosi, doʻstlar, kaptarxonadir, Biri qoʻnib, biri uchib boradir...
Show all...
Show all...
Toʻrtkoʻchada Muvozanat bormi? Ulugʻbek Hamdam bilan Oʻzbekistonning 30 yillik tarixi haqida suhbat

​​Buxoroliklar! Har safar poytaxtdagi kitobxonlik tadbirlari boʻlganida viloyatlarda istiqomat qiladiganlar oʻksinib qoʻyishardi. Bizda ham boʻlsin, deyishardi. Mana imkoniyat: bu galgi manzilimiz Buxoro shahri, Yoshlar Ittifoqi binosi. Moʻljal: Buxoro davlat universiteti roʻparasi. 19-may, ya'ni yakshanba kuni 11:00 da koʻrishamiz. Sal ertaroq kelaveringlar. Bu kitobxonlarning erkin uchrashuvi. Rasmiyatchiliklarsiz, ssenariylarsiz, hatto tashkilotchilarsiz. Bu tadbirda barcha shunchaki ishtirokchi. Facebookdagi "Kitobxonlar davrasi" hayotimda muhim rol oʻynagan. Juda koʻp narsani, misol uchun taqriz yozishni ham oʻsha yerda oʻrganganman. U guruhga qoʻshilgunimcha men shunchaki kitob oʻqirdim xolos. Kitob haqida gapirish, yozish, muhokama qilish mumkinligini oʻsha guruhda oʻrgandim. Hali kitobxonlik hozirgichalik ommalashmagan, bu yogʻli biznesga aylanmagan, kitob oʻqigan odamga shimildiriq ham berilmagan davrlarda u guruhda qonib-qonib kitob oʻqilardi. Respublikaning turli joylaridagi odamlar bir oiladay boʻlib ketdi, hatto tom maʼnoda bir oila boʻlganlar ham talaygina. Xullas, yakshanba kuni mana shu guruhning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. U yogʻi vodiy va Toshkent, bu yogʻi Xorazmdan kitobxonlar aynan shu uchrashuv uchun kelishyapti. Nasib boʻlsa oʻzim ham oʻsha yerda boʻlaman. Buxorolik kuzatuvchilar koʻp, bilaman. Dam olish kunini mazmunli oʻtkazish uchun mana imkon. Keling. Kitob oʻqiydigan odamlar bilan tanishasiz. Bu dunyo shunday insonlar bilangina yashashga arziydi. @salimov_blogi
Show all...

​​Jorj Martin – "Taxtlar oʻyini" Qahramonlarning nomini chalkashtirib yubormasligim kerak degan hadik bilan boshlagandim asarni. Yoʻq, men oʻylaganimday koʻp emas ekan ular. Qolaversa, muallif bir nechta asosiy qahramonni tanlab, voqealarga ularning nigohidan qaraydi. Dastlabki yuz bet qisqa tanishtiruvday oʻtib, keyin bari jadal tus oldi. Asardagi muhit Oʻrta asrlar Yevropasiga oʻxshaydi. Rim qulaganidan keyingi oʻn asr zulmat davri deb ataladi Yevropada. Deyarli hech qanday oʻzgarish boʻlmaydi. Bugun mavjud boʻlgan qal'a yoki karvonsaroy toʻrt-besh asrdan soʻng ham oʻsha holicha turgan boʻladi. Asarda ham har bir detalda shunaqa teranlik ufurib turadi. Undagi har bir avlodning ildizi asrlarga borib taqaladi. Qahramonlar yillardan koʻra koʻproq asrlar bilan vaqtni oʻlchaydi. Kitobning eng boshida va oxiridagina fentezi unsurlari uchraydi. Boshqa oʻrinda xuddi tarixiy voqealarni oʻqiyotganday boʻlasiz. Qadim qirolliklar, ulkan urushlar, jasur ritsarlar, ahmoq malikalar, qiziqarli afsonalar ustiga qurilgan mazkur asar. Kitob yoqdimi? Ha, yoqdi. Qiziqarlimi? Juda-juda. Lekin baho berish qiyin. Chunki 920 betlik kitob boshqa kitoblar uchun kichikkina debocha vazifasini oʻtagan xolos. Bu kitobda deyarli hech narsa oydinlashmaydi. Oydinlashgan narsalar esa yanada kengroq voqealarga zamin hozirlaydi. U voqealar esa keyingi kitoblardan oʻrin olgan. "Taxtlar oʻyini" 10 betlik hikoyaning birinchi xatboshisi, ikki yuz betlik romanning kirish qismiday goʻyo. Kirish qisminigina oʻqib asarga baho berib boʻlmaydi-da. "Muz va olov qoʻshigʻi" toʻliq tarjima qilinishi kerak. Yoʻqsa birinchi kitobga ketgan shuncha mehnat bekorga ketadi desa ham boʻladi. Chunki bu kitobning oʻzi keyingi kitoblarsiz koʻpam ma'no kasb etmaydi. Oʻshangacha sabrim yetmay, davomini boshqa tilda oʻqishni boshlab yuborsam kerak. Juda koʻp voqea boshlanib, koʻplab muammolar oʻrtaga tashlanib, yechimi keyingi kitoblarga qoldirilgan. Bolaligimizda sanoqli telekanal va bitta-ikkita serial boʻlardi. Baʼzan bizga nomaʼlum sabablarga koʻra qoq oʻrtasidan uzib qoʻyishardi. Juda ogʻir botardi bu. Tasavvur qiling, siz bir yil davomida har kecha hamma ishingizni tashlab serial koʻring-u, kutilmaganda qoq oʻrtasidan namoyish toʻxtasin. Davomini koʻray desangiz u paytda hali internet rivojlanmagan bizda. Unutib yuboray desa bu yoqda bir yillik umr shunga ketgan. "Taxtlar oʻyini" menga oʻsha hisni xotirlatdi. Shuncha vaqtim ketdi va eng qiziq joylarida namoyish toʻxtadi. Endi ketgan vaqtni oqlash uchun keyingi kitoblarini oʻqib qoʻyish kerak. @salimov_blogi
Show all...