en
Feedback
Tabiiy fanlar fakulteti (TerDU)

Tabiiy fanlar fakulteti (TerDU)

Open in Telegram

Talabalar uchun imkoniyatlar va yangiliklar ulashuvchi guruh

Show more
343
Subscribers
+124 hours
+17 days
+430 days
Posts Archive
📌 RASMAN: Super-kontrakt miqdori tasdiqlandi Kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi. Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi. Do'stlaringizga ulashing @YQQUZB_KANAL

#kontrakt2024 #birinchi_kurs ⚡️Termiz davlat universitetida 2024-2025-o'quv yili qabuli uchun bakalavriat ta'lim yo'nalishlar
#kontrakt2024 #birinchi_kurs ⚡️Termiz davlat universitetida 2024-2025-o'quv yili qabuli uchun bakalavriat ta'lim yo'nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun bir yillik to'lov-kontrakt o'qitish qiymati miqdorlari Bakalavriat: 👉 tersu.uz/bakalavriat Magistratura: 👉 tersu.uz/magistratura ❗️ Termiz davlat universiteti bakalavriat ta'lim yo'nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori kurs (2, 3, 4 va 5-kurs) talabalari uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari ushbu havolada berilgan.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

#kontrakt #bakalavr_yuqori_kurs ⚡️Termiz davlat universitetida 2024/2025-oʻquv yili uchun yuqori bosqich (2, 3, 4 va 5-kurs) talabalari  uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari. Eslatma: belgilangan tartibga muvofiq universitetda 2024/2025-o‘quv yili uchun 1-kurs bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari bugun kech soat 19:00 da e’lon qilinadi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

📌 To'lagan kontraktdan 12 foizlik daromad solig'ini kimlar va qanday qilib qaytarib olish mumkin? Batafsil videoda ko'rishingiz mumkin. Tushunarliroq bo'lishi uchun sodda tilda prezentatsiya shaklida tushuntirilgan. Onlayn qaytarib olish bo'yicha video bu yerda https://t.me/YQQUZB_KANAL/14381 Ota-onangizga yuborib qo'ying. Do’stlaringizga ulashing @YQQUZB_KANAL

Repost from Edu.uz
#e’lon ⚡️Ariza yubormaganlar shoshiling! Bugundan 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonalar ajratila boshlandi Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha natijalar e’lon qilinmoqda. Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng joylar, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: ▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; ▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; ▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube

Repost from Edu.uz
#diqqat ⚡️transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda
#diqqat ⚡️transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalararo talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 15-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin. 15-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.
❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

📌 Abituriyentlarni eng ko'p qiziqtirayotgan Top 10ta davlat oliygohi ma'lum bo'ldi. Bilim va malakalarni baholash agentligi
📌 Abituriyentlarni eng ko'p qiziqtirayotgan Top 10ta davlat oliygohi ma'lum bo'ldi. Bilim va malakalarni baholash agentligi saytidagi ma'lumotlarga ko'ra abituriyentlar eng ko'p qiziqish bildirayotgan oliygohlar statistikasi ma'lum bo'ldi. Batafsil ro'yxat 👉 https://yqqedu.uz/169 Do'stlaringizga ulashing @YQQUZB_KANAL

Repost from Edu.uz
#Magistratura_2024 ⚡️6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin ✅2024/2025-oʻq
#Magistratura_2024 ⚡️6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
✅2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.
🟥Arizalarni koʻrib chiqish natijasida koʻplab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablar) sabablarga koʻra rad etilgan. ⭐️Shuni inobatga olib, 1–30-iyul kunlari magistr.edu.uz tizimidan magistraturaga oʻqishga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar mavjud boʻlganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga 6–8-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi. ❌Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi. ☝️Muhim eslatma, xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida boʻlmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar esa koʻrib chiqilmaydi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#e’lon ⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: ▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; ▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; ▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679 ❗️Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube

#qabul2024 ⚡️Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkil
+2
#qabul2024 ⚡️Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi. Bunda, roʻyxatda keltirilgan tashkilotlarning tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2024-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi. Shuningdek, talabgorlar bilan suhbat oʻtkazish va talabalikka qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 675-son (04.11.2021-y.) qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube

#qabul_2024 #magistratura_kvota 2024/2025-o‘quv yilida Termiz davlat universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti. JAMI: 319 ta. Davlat granti: 181 ta; shundan, o‘zbek tili – 178 ta, rus tili – 3 ta, Kontrakt: 138 ta; shundan, o‘zbek tili – 129 ta, rus tili – 9 ta,
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Repost from Xushnudbek.uz
❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? #abituriyent Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantin
❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? #abituriyent Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin. 👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida: 🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi; 🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan. ‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi. 👉 @xushnudbek 👈

Repost from Xushnudbek.uz
⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun magistraturaga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi #abituriyent 🔀 respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi; ⏺️ turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi. 👉 @xushnudbek 👈

#O‘qishni_ko‘chirish ⚡️ Respublika OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish davom etmoqda 2024/2025-o‘quv yi
+1
#O‘qishni_ko‘chirish ⚡️ Respublika OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish davom etmoqda 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi: 🔗 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – transfer.edu.uz; 🔗 xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlarigamy.uzbmb.uz. Arizalar 2024-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. O‘tish ballari bu yerda: https://t.me/eduuz/24105
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Repost from Edu.uz
#kvota2024 #davlat_buyurtmasi #bakalavr ⚡️Magistratura uchun davlat granti 2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube

Repost from Edu.uz
#kvota2024 #davlat_buyurtmasi #bakalavr ⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti 2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube

Repost from Xushnudbek.uz
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish #perevod Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2024-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/24554 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: t.me/xushnudbek/20258 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2024-yilgi o’tish ballari bu yerda: t.me/xushnudbek/24554 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab, imtihonsiz ko‘chirishi mumkin. t.me/xushnudbek/24579 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar: t.me/xushnudbek/20258 2023-yilgi super-kontrakt narxlari: t.me/xushnudbek/21116 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlar o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga. ☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar: ◾️ ariza (onlayn tarzda); ◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli); ◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). 👉 @xushnudbek 👈

Repost from HEMIS_University
#paroltiklash #transkript Talaba parol tiklash va transkript olish haqida ushbu videoda batafsil bilib oling. 🌐hemis.uz 📢HEMIS axborot tizimi telegram kanali 💬HEMIS axborot tizimining telegramdagi guruhi

Repost from Xushnudbek.uz
“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risi
“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Mustaqilllikning 33 yilligi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida nishonlanadi. 👉 @xushnudbek 👈