Tabiiy fanlar fakulteti (TerDU)
Open in Telegram
Talabalar uchun imkoniyatlar va yangiliklar ulashuvchi guruh
Show more343
Subscribers
+124 hours
+17 days
+430 days
Posts Archive
📌 D I Q Q A T 📌
🏢Termiz Davlat Universiteti 🏢
🌅 Tabiiy fanlar fakulteti 🌅
Zakovat klubi maʼlum qiladi !
Assalomu alaykum!
Zakovat ixlosmandlari , qadrli yoshlar , bilimga chanqoq talabalar ! Sizlarni 2024 - yil 8 - oktabr kuni soat 17 : 30 da , Termiz davlat universiteti , Tabiiy fanlar fakulteti zakovat klubi hamda Tabiiy fanlar fakulteti bitiruvchisi : O.Chorshanbiyev tomonidan tashkil etilgan , zakovat intellektual oʻyiniga taklif qilamiz !
✅ Zakovat
✅ 📅 Seshanba ! / 08.10.2024- y
✅ Oʻtkazilish shakli : Jamoaviy
✅ Savollar soni : 14
❗️Oʻyin oʻtkaziladigan manzil :
✅ TerDU , Tabiiy fanlar fakulteti , 1- qavat , 107
✅ Vaqt / 17 : 30
✅ Har bir jamoada : 6 tadan ishtirokchi
✅ Ishtirokchi jamoalar soni cheklanmagan !
Turnir tashkilotchisi : O.Chorshanbiyev
Savol , taklif , roʻyxatdan oʻtish uchun :
📥 📝 @Otajon_2001
📲 +998881796866
@TerDU_Tabiiy_fanlar
Repost from Yoshlarni qo'llab-quvvatlash|Rasmiy kanal
📌 Ta’lim krediti olgan talaba o‘qishni tugatib ishga kirolmasa, kredit qanday to‘lanadi?
Qonunchilikka ko‘ra, ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Agar talaba o‘qishni tugatib ishga kira olmasa, unda qarzdorlik unga kafil bo‘lgan shaxsdan undiriladi.
Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Repost from ✍𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓✍
Qaysi mamlakat odamlari ilmdan, axloqdan, adabiyotdan, falsafadan ko‘ra ko‘proq siyosat haqida gapirsalar, bilingki, u mamlakatda hech bir soha tartibga solinmagandir.
©Genrix Shliman
nemis shoiri va dramaturgi, tarixchi va harbiy shifokor
📱 Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat
Repost from Xushnudbek.uz
❓30-sentyabr — dushanba dam olish kunimi?
✅ JAVOB: yo‘q, bunday qaror mavjud emas. 30-sentyabr — dushanba odatiy ish va o‘qish kuni bo‘ladi.
1-oktyabr, seshanba kuni esa yurtimizda O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan dam olish kuni bo‘ladi. Bizda bayram kunlaridan avval ish kunlarini boshqa kunga ko‘chirish odati mavjud bo‘lganligi uchun "dushanba kuni ham shanbaga ko‘chiriladimi?" degan savollar berilmoqda.
Ammo dam olish kunlari uzaytirish odatda Yangi yil, Navro‘z, Mustaqillik bayramlari hamda ikkita Hayit bayrami arafasida bo‘ladi. Boshqa bayramlarda (masalan, 8-mart, 9-may, 1-oktyabr, 8-dekabr) odatda bunday holat kuzatilmaydi, faqat o‘sha bayram kunining o‘zidagina dam olish kuni bo‘ladi xolos.
Shu sababli, 30-sentyabr - dushanbada qo‘shimcha dam olish kuni e’lon qilish yoki ish kunini shanbaga ko‘chirish haqida hech qanday rasmiy hujjat mavjud emas.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
❓30-sentyabr — dushanba dam olish kunimi?
✅ JAVOB: yo‘q, bunday qaror mavjud emas. 30-sentyabr — dushanba odatiy ish va o‘qish kuni bo‘ladi.
1-oktyabr, seshanba kuni esa yurtimizda O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan dam olish kuni bo‘ladi. Bizda bayram kunlaridan avval ish kunlarini boshqa kunga ko‘chirish odati mavjud bo‘lganligi uchun "dushanba kuni ham shanbaga ko‘chiriladimi?" degan savollar berilmoqda.
Ammo dam olish kunlari uzaytirish odatda Yangi yil, Navro‘z, Mustaqillik bayramlari hamda ikkita Hayit bayrami arafasida bo‘ladi. Boshqa bayramlarda (masalan, 8-mart, 9-may, 1-oktyabr, 8-dekabr) odatda bunday holat kuzatilmaydi, faqat o‘sha bayram kunining o‘zidagina dam olish kuni bo‘ladi xolos.
Shu sababli, 30-sentyabr - dushanbada qo‘shimcha dam olish kuni e’lon qilish yoki ish kunini shanbaga ko‘chirish haqida hech qanday rasmiy hujjat mavjud emas.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from HEMIS_University
Тизимнинг янги версияси ОТМларга чиқарилди!!!
Тизимнинг янги версиясида (0.9.5 20.09.2024й.) қуйидаги ўзгаришлар бўлди:
1) Талаба профилига Талаба GPA бали функционали қўшилди ва бунда талабалар ўзларининг GPA балларини кўриши мумкин
2) Чақирув қоғози функционалидаги сақирув қоғозининг матни ўзгартирилди ва тегишли қарорлар киритилди
3) Талаба профилига Давомат ҳисоботи функционали қўшилди ва унда талаба давоматини фоизда кўриши мумкин.
4) Жуфтликлар функционали такомиллаштирилди ва номига ихтиёрий белгини киритиш имконияти қўшилди
#ХЕМИС #Версия
Миллий консультант
Repost from HEMIS_University
Тизимнинг янги версияси ОТМларга чиқарилди!!!
Тизимнинг янги версиясида (0.9.5 20.09.2024й.) қуйидаги ўзгаришлар бўлди:
1) Талаба профилига Талаба GPA бали функционали қўшилди ва бунда талабалар ўзларининг GPA балларини кўриши мумкин
2) Чақирув қоғози функционалидаги сақирув қоғозининг матни ўзгартирилди ва тегишли қарорлар киритилди
3) Талаба профилига Давомат ҳисоботи функционали қўшилди ва унда талаба давоматини фоизда кўриши мумкин.
4) Жуфтликлар функционали такомиллаштирилди ва номига ихтиёрий белгини киритиш имконияти қўшилди
#ХЕМИС #Версия
Миллий консультант
Repost from Xushnudbek.uz
Vazirlar Mahkamasining 16-sentyabrdagi qarori bilan ta’lim krediti ajratish to‘g‘risidagi Nizomga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Aslida bu o‘zgartirishlar yangilik emas. Bularning barchasi Prezidentning 2024-yil 27-maydagi PF-82-sonli farmonida belgilangan edi.
Jumladan:
➖endilikda ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi. Bunga qadar ta’lim kreditini sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi;
➖HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi;
➖endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).
➖ birinchi kurslar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
Vazirlar Mahkamasining 16-sentyabrdagi qarori bilan ta’lim krediti ajratish to‘g‘risidagi Nizomga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Aslida bu o‘zgartirishlar yangilik emas. Bularning barchasi Prezidentning 2024-yil 27-maydagi PF-82-sonli farmonida belgilangan edi.
Jumladan:
➖endilikda ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi. Bunga qadar ta’lim kreditini sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi;
➖HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi;
➖endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).
➖ birinchi kurslar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Doktorantlar Official || PhD, DSc
#DIQQAT
⚡️⚡️⚡️Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim qabulida ixtisosliklar kesimida talab etiladigan xorijiy til sertifikatlari ro'yxati tasdiqlandi.🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 @doktorantlarofficial @doktorantlarofficial_group
Repost from Xushnudbek.uz
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT
✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).
✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.
✔️Foizi: 🧑🏻🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga);
👩🎓qizlar uchun - foizsiz (0%);
✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).
✔️Kimlarga beriladi:
✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga
✅ bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga
✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.
✔️Quyidagilarga berilmaydi:
❌ super-kontrakt uchun;
❌ sirtqi;
❌ kechki;
❌ masofaviy;
❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.
✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy
✅ oliy;
✅ o‘rta maxsus;
✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.
❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.
❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi.
✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).
✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.
✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.
✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.
✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.
✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.
✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin:
1) https://talim-krediti.mf.uz sayti;
2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677).
Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
📌 Talabalar uchun taʼlim kreditiga onlayn ariza yuborish boshlandi!
🖥 Buning uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID orqali kiring va ariza yuboring!
📹 “ONE ID” tizimidan roʻyxatdan oʻtish uchun ushbu videoyoʻriqnomani koʻrishni tavsiya qilamiz.
Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/OTM_Minbari
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Rasman: super-kontrakt bo‘yicha ayrim tartiblar tasdiqlandi
#abituriyent
Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.
Abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa (grant yoki kontraktga kirganining farqi yo’q), unda o‘z xohishi bilan BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.
Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga qilishi mumkin.
Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.
✅ ESLATMA: super-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma beriladi.
Qo‘shimcha maʼlumotlar:
➖ Yo‘nalishlar kesimida super-kontrakt narxi qancha?
Javob: https://t.me/xushnudbek/25518
➖ 4 ballgacha yetmaganlarga ham 10% chegirma beriladimi?
Javob: https://t.me/xushnudbek/25453
➖ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?
Javob: https://t.me/xushnudbek/21153
➖ 56,7 balldan kam to’plaganlar ham super-kontraktda o’qisa bo’ladimi?
Javob: https://t.me/xushnudbek/21132
➖ Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?
Javob: https://t.me/xushnudbek/21159
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
Qizlarimizni o’qitaylik, iltimos…
Magistraturaga kirgan hamma qizlarning kontrakti davlat byudjetidan to’lab beriladi. Ya’ni hamma qizlarga magistraturada o’qish tekin.
Bakalavrda kunduzgi ta’limga kirgan qizlarga esa foizsiz (0%) ta’lim krediti beriladi. Talabalik davrida hech qanaqa to’lov qilinmaydi, o’qish tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda bo’lib to’lanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Yoshlarni qo'llab-quvvatlash|Rasmiy kanal
📌 TEZKOR: Endi talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz
Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Super-kontrakt narxlari-2024
(yo’nalishlar kesimida)
#abituriyent
Mazkur faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.
Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.
✅ Ayrim tartiblar:
• umumiy qoidaga ko’ra, super-kontrakt narxi bazaviy stipendiyasiz kontrakt narxidan olinadi;
• moliyaviy mustaqillik berilgan va bazaviyga qaraganda qimmatroq kontrakt miqdori belgilagan oliygohlarda super-kontrakt narxi o’sha qimmatroq kontraktdan olinishi mumkin;
• ammo moliyaviy mustaqillik berilgan deyarli hamma oliygoh (1-2 ta istisno), 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt narxini o’zlari belgilagan qimmat narxda hisoblayapti, 4 balldan ko’proq yetmaganlar uchun esa bazaviy kontrakt narxida hisoblayapti.
❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.
P.S.: ushbu super-kontrakt narxlari “perevodchilar” uchun ham taalluqli.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Edu.uz
#super_kontrakt #so‘ragan_edingiz
⚡️“Super” kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi
Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.
Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:
🔹oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;
🔸moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari bu yerda👈
Bazaviy kontrakt miqdorlari bu yerda👈
❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Yoshlarni qo'llab-quvvatlash|Rasmiy kanal
📌 Ichki "perevod" natijalari e'lon qilinmoqda
O‘zbekistondagi davlat oliygohlarining biridan ikkinchisiga o‘qishini 2 ta uzrli sabablarga ko‘ra ko‘chirayotgan talabgorlarga tegishli Vazirlik (idora) tomonidan natijalar e’lon qilinmoqda.
Shaxsiy kabinetda arizangiz statusi "Natijalar eʼlon qilinishi kutilmoqda" deyilsa, 1-2 kundan soʻng sizning arizangiz "Tavsiya etildi" yoki "Tavsiya etilmadi" statusiga oʻzgaradi!
Eslatma: Tavsiya etilgan talabgorlar ertadan ko‘chirgan OTMga borib olishi kerak emas. Sababi, tegishli Vazirlik (idora) tomonidan tavsiya etilganlarning ro‘yxati OTMlarga jo‘natilishi va shu asosida OTM aloqa xatlarini tayyorlashi kerak bo‘ladi.
Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Repost from Yoshlarni qo'llab-quvvatlash|Rasmiy kanal
📌 4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?
Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:
➖ o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);
➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.
4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda yuqoridagi faylda ko'rsatilgan miqdorlari to'lanadi 👉 https://t.me/YQQUZB_KANAL/16020
Amaldagi kontrakt miqdorlari: https://t.me/YQQUZB_KANAL/15730
Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
