cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Doktorantlar Official || PhD, DSc

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ya'ni doktorantura(PhD, DSc) boʼyicha eng yaxshi va sifatli kanallardan biri sifatida Magistrlar Official jamoasi tomonidan tashkil qilingan! Savol va reklama murojaatlari uchun: @Sherali_Toshniyozov

Show more
Advertising posts
21 296
Subscribers
+4224 hours
+1317 days
+50830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Magistrlar Official
02:40
Video unavailableShow in Telegram
❗️“Ўқитувчининг ойлиги кам. Раҳбарлар бир соат дарс бериб кўрса машаққатини билади”: Расул Кушербаев бошқа соҳаларга қараганда кам маош олаётган ўқитувчилик касби машаққати ҳақида Собиқ депутат ўзи ўқитувчи бўлиб ишлаб, қийинчиликларни кўриб қўл кўтариб чиқиб кетгани ҳақида гапирган. Видеони кўрамиз @magistrlarofficial
Show all...
👍 141💯 13🔥 9 5
Photo unavailableShow in Telegram
#e’lon #qabul_boshlandi ⚡️Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi. Hujjatlar joriy yilning 1-mayidan 1-iyunga qadar qabul qilinadi. Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli. Ma’lumot uchun, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi. 📌Mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc)ga til sertifikati talab etilmaydi @doktorantlarofficial @doktorantlarofficial_group
Show all...
👍 13👎 1🤩 1
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
#Maqola_tezis_qabul #Tezkor_nashr 📕Jurnal nomi: "International conference on education and innovation" 📬 Tezis qabul qilish: 29-may 📤 E'lon qilinish sanasi: 1-iyun 💰 Tezis uchun to'lov 60 ming so'm 📕Jurnal nomi: "International journal Science and Technology". ISSN 3030-3443 📬 Maqola qabul qilish: 25-may. 📤 E'lon qilinish sanasi: 27-may. 💰 Maqola uchun to'lov 100 ming so'm. ✅ Har bir maqola Google scholar va Xalqaro bazalarda saqlanadi va indekslanadi.
Hirsh indeks va iqtiboslikni oshirishga yordam beramiz!!!
Qabul tillari: 🇺🇿o'zbek tili; 🇷🇺 rus tili; 🇺🇸ingliz tili. Qabul qilish yo'nalishlari: Barcha sohalar bo'yicha. ✅ Xalqaro IMRAD talabi asosida qabul qilinadi. 🖼  Har bir muallifga  elektron sertifikat va to'plam hamda online havola taqdim etiladi. Batafsil: https://t.me/Science_and_Technology_journal 💻Telegram murojaat: @Science_Technology_admin Murojaat uchun tel: +998973344674
Xalqaro va Respublika konferensiya materiallarini indekslash xizmati mavjud.
Show all...
👎 5👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Savollarga_javoblar
*Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi
@doktorantlarofficial @doktorantlarofficial_group
Show all...
👍 15👎 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Savollarga_javoblar *Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi; @doktorantlarofficial @doktorantlarofficial_group
Show all...
👎 16👍 8 1
#Doktorantura #PhD || #DSc 🔥🔥🔥Eng ko'p berilgan savollarga javoblar va foydali havolalar: 📩SAVOL: Ilmiy rahbarimni almashtirmoqchi edim, lekin almashtirmoqchi bo'lgan ilmiy rahbarim chet elga ko'chib ketgan o'sha yerda yashaydi. Shu kishi menga ilmiy rahbar sifatida biriktirilishi mumkinmi? (Javob havolasi) 📩SAVOL: Doktoranturada ixtisoslik shifrimni qanaqa o'zgartirsam bo'ladi? (javob havolasi) 📩SAVOL: Yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali chet tillarini bilish darajasini baholovchi ro'yhatdan TOEFL iBT turini chiqib ketishi haqida xabarlar tarqaldi. Shunda aynan hozirgi sanalar bilan olingan TOEFL iBT sertifikati tan olinadimi yoki yo'qmi? Bu yilgi qabul jarayonlarida aynan qaysi ro'yxat bo'yicha qabul amalga oshiriladi?(Javob havolasi) 📩SAVOL: Таянч докторантурада академик таътил олиш мумкинми?(Javob havolasi) 📩SAVOL:Бугунги кунда докторантлар учун стипендия миқдори қанча? (Javob havolasi) 📩SAVOL:Таянч докторантурада таҳсил олаётган докторантлар учун Ўзбекистон Республикаси Президентининг давлат стипендиялари ва уларни тайинлаш тартиби (Javob havolasi) 📩SAVOL: Ilmiy rahbar olamdan o'tib qolsa yangi ilmiy rahbar tayinlanadimi? Mavzu yangidan e'lon qilinadimi?(Javob havolasi) 📩SAVOL: Hozir tayanch doktoranturaning 1-bosqichida o’qiyapman. Tanlagan mavzuim doirasida bu yil dissertatsiya himoya qilindi. Shuning uchun mavzuimni to'liqligicha o’zgartirsam bo’ladimi? Sentyabr oyidan mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy ishimni davom ettirsam bo’ladimi? (Javob havolasi) 📩SAVOL: Dissertatsiyalarda plagiatni aniqlash yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish va dissertatsiyalar mavzularini chop etish narxlari(Javob havolasi) 📩SAVOL: Qanday qilib ilmiy rahbarni o'zgartirish mumkin?(Javob havolasi) 📩SAVOL: Erkin izlanuvchilik bu nima? Uning huquqiy asoslari qanday? (Javob havolasi) ❗️❗️❗️Oldin berilgan savollarga javob ruknlari quyidagi Navigatorlarda, link(havola)ga bosib ko'rishingiz mumkin: 📌 1-Navigator - Savollarga javoblar 📌 2-Navigator - Savollarga javoblar 📌 3-Navigator - Savollarga javoblar @doktorantlarofficial @doktorantlarofficial_group
Show all...
👍 11🔥 1
Repost from Magistrlar Official
00:47
Video unavailableShow in Telegram
Maktab vaqtimda “kam ta’minlangan oilalardan nechi kishi bor?” — deb darsni oʻrtasiga kirib kelishardi, kech kuz boshlanishi bilanoq. Shunda sharoiti yaxshi boʻlmagan bolalarni oʻqituvchi sinf jurnalidan bittalab ism-familiyasini oʻqiy boshlardi. Yildan yilga ulgʻayarkanmiz sinfdoshlarim bu holatdan hijolat boʻla boshlashardi. Adashmasam, 8 yoki 9-sinfda hech kim maktabdan kiyim olmagandi. Man u vaqtda ularni ichidan oʻtadigan narsalarni sezmaganman, hozir ham boricha his qilolmasam kerak. Qozoq kinoijodkorlarining seriallaridan olingan shu 30 soniyali video biz qardosh xalqlar jamiyatidagi eng ogʻriqli nuqtalardan birini yaxshi koʻrsatib beribdi… @magistrlarofficial
Show all...
😢 67👍 21🔥 6❤‍🔥 1
Repost from Magistrlar Official
⚡️ Prezident stipendiyasi sohiblari hamda kimyo va biologiya mutaxassisligini faqat "alo" baholar bilan tamomlagan magistrlardan tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka (PhD) hujjat topshirishda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilmaydi. @magistrlarofficial
Show all...
👍 25👏 14👎 4
#Savollarga_javoblar 📥SAVOL: Mustaqil izlanuvchilikdan tayanch doktoranturaga o'zgartirishning iloji bormi? 📤JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to’g’risidagi Nizom” talablarida mustaqil izlanuvchilikdan tayanch doktoranturaga o’tkazilish tartibi belgilanmagan.  Sizning holatingizda Kollegial organ qarori asosida mustaqil izlanuvchilikdan chetlatilib, keyinchalik doktoranturaga hujjat topshirishingiz mumkin. 📥SAVOL: Men amaldagi faoliyat olib borayotgan OTM nomidan «OAK Bulleteni» 2023-yil 3-sonida doktorlik (DSc) ilmiy dissertatsiya mavzuyimni e’lon qilgandim. 2024-yilda ilmiy kengashi mavjud bo’lgan boshqa OTMga mustaqil izlanuvchi bo’lib qabul qilindim. Bu holatda men dissertatsiya mavzuyimni mustaqil izlanuvchi sifatida boshqa OTM nomidan qayta e’lon qilishim kerakmi? 📤JAVOB: Agar dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri va ilmiy rahbaringiz o’zgarmagan bo’lsa “OAK Bulleteni” jurnalida qayta e’lon qilishingiz shart emas.  📥Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish uchun biror joyda ishlayotgan bo’lish shartmi? 📤📌Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga hujjat topshirish uchun qaysidir tashkilotda mehnat faoliyatini olib borishingiz shart emas. Manba: ilmiy_darajali_kadrlar @doktorantlarofficial @doktorantlarofficial_group
Show all...
👍 19
00:42
Video unavailableShow in Telegram
❗️ Контрактингизнинг ярмини давлат тўлаб бериши мумкин. 🔷 Талабаларга юборинг! @magistrlarofficial @magistrlarofficial_group
Show all...