cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ekologiya Instituti

Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti: • Facebook.com/uzecoitInstagram.com/uzecoitYouTube.com/@uzecoit

Show more
Advertising posts
979
Subscribers
-124 hours
-17 days
-330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Joriy yilning 15-30 iyun kunlari Xitoyning Sian shahrida Xitoy Fanlar akademiyasi Tuproq va suv tadqiqot markazi, Xitoy Taʼlim vazirligi hamda Shimoli-gʻarbiy qishloq va oʻrmon xoʻjaligi universiteti, Yer va suvni muhofaza qilish instituti hamkorligida “Tuproq va suv resurslarini saqlash va ekotizimlarni tiklash” mavzusida oʻquv kursi tashkil etiladi. Ushbu oʻquv kursida Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari ishtirok etmoqda Ishtirokchilar tuproq eroziyasini nazorat qilish, suvni boshqarish va ekotizimlarni tiklash strategiyalari haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ular tuproqni sinovdan o‘tkazish, eroziyaga qarshi kurash choralari, suv sifati monitoringi va ekotizimlarni tiklash usullari bilan bog‘liq amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Kurs davomida olingan bilim va ko'nikmalar ishtirokchilarga o'z mamlakatlarida tuproq va suvni saqlash bo'yicha loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi.
Show all...
👍 7🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli hamkasblar! Sizga uzoq umr, baxt-saodat, oilangizga tinchlik va xotirjamlik, qut-baraka, ona Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz! Muborak kunlarda qilgan barcha ezgu tilaklaringiz amalga oshishining tilakdoshimiz. Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi 🌳Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Show all...
👍 4🔥 1
Joriy yilning 12-20 iyun kunlari Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari Koreya Respublikasining Incheon shahrida “Ekologik texnologiyalar bo‘yicha 33-xalqaro ixtisoslashtirilgan kurs” treningida ishtirok etishmoqda. Ushbu treningda to‘rt davlat: Filippin, Vyetnam, Madagaskar va O‘zbekiston vakillari hamda bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari qatnashmoqda. Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad Koreya davlatining suv resurslarini boshqarish sohasidagi amaliy va ilmiy ishlari haqida ma’lumot berish hamda taklif etilgan mutaxassislar bilan fikr va tajriba almashishdan iborat. Trening davomida ishtirokchilar Koreyada suv resurslari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda qo‘llaniladigan ilg‘or texnologiyalar va usullar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, muhokama maydoni tashkil etilib, unda turli mamlakatlardan kelgan mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi. Treyning 2024-yilning 20-iyuniga qadar davom etadi.
Show all...
👏 12
Yapon bog’idagi daraxtlarining pasportlari yaratildi Bugun Toshkent shahrida joylashgan Yapon istirohat bog‘i hududida daraxtlarni eksperiment tariqasida raqamlashtirish orqali pasportini yaratish ishlari olib borildi. Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari Yapon bog’idagi daraxtlarni pasportlashtirish ishlarini Koreyaning GEOSTORY Co., Ltd. Kompaniyasi bilan tabiatni muhofaza qilish va shahar o‘rmonlarni boshqarish bo‘yicha missiya vakillariga tanishtirdi. Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari tomonidan Yapon bog‘i hududida jami 582 dona mevali va manzarali daraxtlarning xatlov sanasi, turi, geolokatsiyasi, daraxt aylana uzunligi, balandligi hamda rasmini kiritish orqali raqamlashtirilgan holda pasporti yaratilib, dalolatnoma tuzildi. 🌳Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Show all...
👍 5🦄 2
Photo unavailableShow in Telegram
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi Nuriddin Samatov Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI) va Huawei hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan Generation Connect Yoshlar yetakchilari dasturining o‘ttiz nafar ishtirokchisidan biriga aylandi. Nuriddin shu haftada Shveytsariyaning Jeneva shahrida o‘tadigan treningga yo‘l oladi va dasturning boshqa ishtirokchilar safiga qo‘shiladi. Biz Nuriddinni bu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va tadbirdagi ishtirokida omad tilaymiz! Batafsil 🌳Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Show all...
👍 5🏆 1
49:04
Video unavailableShow in Telegram
🖥 «Yoshlar» telekanali🎙«Rostini ayting!» tok shousi. Cho'llanishga qarshi kurashish va oldini olish... 🌳Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Show all...
Y__ROSTINI_AYTING_29_05_2024_TG.mp4337.08 MB
👍 3
59:33
Video unavailableShow in Telegram
Toshkent telekanalining "Siz nima deysiz?" tok shousi. GLOBAL IQLIM O'ZGARISHI... 🌳Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Show all...
2024-06-06 18-00-36.mp4472.85 MB
1
48:13
Video unavailableShow in Telegram
ZO'R TV telekanalining "O'zimizda Tok Shousi". EKOLOGIYA DARSINI KIRITISH KERAKMI? 🌳Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Show all...
videoplayback.mp4148.85 MB
👍 2
“Orol dengizi qurishining atrof-muhitga ta’siri” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to’plami mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🌳Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Show all...
Konferensiya to`plami.pdf13.53 MB
🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonlik ekologiya sohasidagi olimlar jahon miqyosida e’tirof etilmoqda Ekologiya vazirligi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, texnika fanlari doktori Baxtiyor Po‘latov Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (IUCN) iqlim inqirozi bo‘yicha komissiyasiga a’zo bo‘ldi. https://gov.uz/eco/news/view/13413/ 🌳Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Show all...
👍 4
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.