cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Ekologiya Instituti

Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti: • Facebook.com/uzecoitInstagram.com/uzecoitYouTube.com/@uzecoit

Больше
Рекламные посты
980
Подписчики
Нет данных24 часа
-1687 дней
-33830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Institut xodimlari Navoiy viloyatidagi konlar faoliyati bilan tanishishdi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari Navoiy viloyatidagi Navbahor, Azkamar bentonit konlari, Gʻazgʻon marmar koni bilan tanishishdi. Bu noruda qazilma boyliklarni noqonuniy qazib olishda atrof-muhitga yetkazilgan zararni hisoblash va tiklash boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish loyihasi doirasida amalga oshirildi. Institut xodimlari konlar faoliyati bilan tanishish davomida mavjud muammolar va ularni hal qilish borasidagi takliflarni o‘rganishdi. 🌳Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показать все...
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Atmosfera havosini muhofaza qilish laboratoriyasi olimlari tomonidan “Orolbo‘yi mintaqasi uchun chang bo‘ronlarining shakllanish sharoitlari va tarqalish mintaqalarini prognozlashtirish modelini ishlab chiqish” loyihasi tayyorlanmoqda. Loyiha Orolboʻyida chang, tuz va qum boʻronlari natijasida yuzaga kelgan ekologik ofatning kuchayishi bilan bogʻliq. Maqsad chang boʻronlarining shakllanish sharoitlari va tarqalish hududlarini prognozlashning nostatsionar modelini (turli xil iqlim va atrof-muhit sharoitlarining o‘zgarishiga moslasha oladigan) ishlab chiqishdir. Loyihada chang bo‘ronlarining shakllanishi va tarqalishi bilan bog‘liq mexanizmlar o‘rganiladi, ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlarini ekologik vaziyatdan kelib chiqib qurish mezonlari ishlab chiqiladi hamda chang bo‘ronlarining hosil bo‘lishi va tarqalish hududlarini oldindan ogohlantirish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Bioxilma-xillikni saqlash – dolzarb vazifa Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktor oʻrinbosari, texnika fanlari falsafa doktori, professor Xamza Aminovning ushbu sanaga bag‘ishlangan “Bioxilma-xillikni saqlash – dolzarb vazifa” nomli maqolasi o‘ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolani shu yerda o‘qing. 🌳Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показать все...
👍 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
20 may – Daryo kuni. Bu sayyoramizning suv resurslariga g'amxo'rlik qilish va himoya qilish zarurligini eslatuvchi juda muhim sana. Daryolar bizning ekotizimimizda muhim rol o'ynaydi, ichimlik suvi bilan ta'minlaydi, biologik xilma-xillikni qo'llab-quvvatlaydi va boshqa ko'plab ekotizim xizmatlarini taqdim etadi. Afsuski, dunyodagi ko'plab daryolar ifloslanish, haddan tashqari foydalanish va boshqa tahdidlardan aziyat chekmoqda. Har birimiz daryolarni asrashimiz zarur. Ushbu daryo kuni bizni muhim tabiiy boylikka yaxshi g'amxo'rlik qilishga undaydi. 🌳Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показать все...
👍 1
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida "Wayeal®IC Model No.1C6610" markali koʻp funksiyali ion xromatografi ishga tushirildi. Uskuna namuna suvlar tarkibidagi F-, Cl-, Br-, NO3-, SO42-, PO43- anionlarini va Li+, Na+, NH4+, K+, Mg2+, Sa2+ kationlarini aniqlash imkonini beradi. Laboratoriya mudiri, texnika fanlari doktori, professor Furqat Erkaboyev, stajyor-tadqiqotchi Shahlo Rabbimqulova, laborant Viktoriya Nurmatovalar uskunada olingan natijalarni tahlil qilishmoqda. 🌳Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показать все...
👍 11
5000 donadan ortiq daraxtning pasportlari yaratildi Bugungi kunda Toshkent shahrida joylashgan istirohat bog‘lari hududida daraxtlarni eksperiment tariqasida raqamlashtirish orqali pasportini yaratish ishlari olib borilmoqda. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 23-noyabrdagi 199-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Xususan, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari tomonidan M.Ulug’bek nomidagi Markaziy istirohat bog‘i hududida jami 5265 dona mevali va manzarali daraxtlarning xatlov sanasi, turi, geolokatsiyasi, daraxt aylana uzunligi, balandligi hamda rasmini kiritish orqali raqamlashtirilgan holda pasporti yaratilib, dalolatnoma tuzildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показать все...
👍 5👏 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ekologik ta’lim va madaniyatni oshirishda yoshlarning o‘rni katta ekanligi ta'kidlandi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (Green University) 12-may — "Ekologik ta'lim kuni"ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari ham faol ishtirok etdi. https://gov.uz/eco/news/view/11513/ 🌳Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показать все...
👍 3🔥 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ekologik ta’lim va madaniyatni oshirishda yoshlarning o‘rni katta ekanligi ta'kidlandi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (Green University) 12-may — "Ekologik ta'lim kuni"ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. https://gov.uz/eco/news/view/11513/
Показать все...
02:19
Видео недоступноПоказать в Telegram
“IT-ecofest–2024” xalqaro festivalida atrof-muhit muxofazasiga qaratilgan IT loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. https://t.me/Yangidavr_rasmiy/18387 🌳Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показать все...
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Diqqat e`lon! Ekologiya vazirligi muassisligidagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan nashr etilayotgan “Ekologiya xabarnomasi” jurnalining 2-soni uchun maqolalar qabuli davom etayotganligini ma`lum qilamiz. Nashr O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining ilmiy jurnallar ro‘yxatiga olingan. Jurnalga maqolalar qabuli 2024-yilning 1-iyun sanasiga qadar davom etadi. Murojaat uchun: +99890 946-22-42 🌳Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показать все...
👍 5