AGRO LABORATORIYA|XOLDOROV_SH
Open in Telegram
Yerdan foydalanuvchi tomorqa egalari, dehqonlar, fermerlar va klasterlar uchun -Tuproq, O'simlik, Sug'orish suvi laboratoriya tahlili - Agro Konsalting 📧 @agrolaboratoriya_admin 📮 sh.m.xoldorov@gmail.com
Show more1 020
Subscribers
-124 hours
-67 days
-1730 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+4
in 0 channels
August '26
+16
in 3 channels
Get PRO
July '26
+14
in 1 channels
Get PRO
June '26
+13
in 4 channels
Get PRO
May '26
+23
in 0 channels
Get PRO
April '26
+34
in 6 channels
Get PRO
March '26
+33
in 1 channels
Get PRO
February '26
+39
in 1 channels
Get PRO
January '26
+56
in 4 channels
Get PRO
December '25
+43
in 2 channels
Get PRO
November '25
+26
in 2 channels
Get PRO
October '25
+29
in 2 channels
Get PRO
September '25
+53
in 4 channels
Get PRO
August '25
+27
in 2 channels
Get PRO
July '25
+26
in 2 channels
Get PRO
June '25
+33
in 2 channels
Get PRO
May '25
+43
in 5 channels
Get PRO
April '25
+34
in 5 channels
Get PRO
March '25
+31
in 5 channels
Get PRO
February '25
+40
in 4 channels
Get PRO
January '25
+65
in 5 channels
Get PRO
December '24
+14
in 3 channels
Get PRO
November '24
+27
in 3 channels
Get PRO
October '24
+22
in 2 channels
Get PRO
September '24
+26
in 2 channels
Get PRO
August '24
+36
in 2 channels
Get PRO
July '24
+33
in 5 channels
Get PRO
June '24
+50
in 4 channels
Get PRO
May '24
+51
in 1 channels
Get PRO
April '24
+64
in 3 channels
Get PRO
March '24
+108
in 2 channels
Get PRO
February '24
+81
in 2 channels
Get PRO
January '24
+73
in 3 channels
Get PRO
December '23
+32
in 3 channels
Get PRO
November '23
+18
in 2 channels
Get PRO
October '23
+17
in 2 channels
Get PRO
September '23
+23
in 0 channels
Get PRO
August '23
+75
in 0 channels
Get PRO
July '23
+39
in 0 channels
Get PRO
June '23
+40
in 0 channels
Get PRO
May '23
+78
in 0 channels
Get PRO
April '23
+80
in 0 channels
Get PRO
March '23
+48
in 0 channels
Get PRO
February '23
+43
in 0 channels
Get PRO
January '23
+95
in 0 channels
Get PRO
December '22
+40
in 0 channels
Get PRO
November '22
+60
in 0 channels
Get PRO
October '22
+35
in 0 channels
Get PRO
September '22
+29
in 0 channels
Get PRO
August '22
+45
in 0 channels
Get PRO
July '22
+69
in 0 channels
Get PRO
June '22
+96
in 0 channels
Get PRO
May '22
+115
in 0 channels
Get PRO
April '22
+139
in 0 channels
Get PRO
March '22
+58
in 0 channels
Get PRO
February '22
+53
in 0 channels
Get PRO
January '22
+74
in 0 channels
Get PRO
December '21
+50
in 0 channels
Get PRO
November '21
+83
in 0 channels
Get PRO
October '21
+55
in 0 channels
Get PRO
September '21
+52
in 0 channels
Get PRO
August '21
+49
in 0 channels
Get PRO
July '21
+58
in 0 channels
Get PRO
June '21
+33
in 0 channels
Get PRO
May '21
+68
in 0 channels
Get PRO
April '21
+130
in 0 channels
Get PRO
March '21
+189
in 0 channels
Get PRO
February '21
+101
in 0 channels
Get PRO
January '21
+82
in 0 channels
Get PRO
December '20
+631
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 09 September | 0 | |||
| 08 September | +1 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | +1 | |||
| 04 September | +1 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
Tuproq tahlili — o‘g‘it xarajatini kamaytirish va hosildorlikni saqlashning muhim vositasi
Qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar ekinlar hosildorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Biroq o‘g‘itni faqat avvalgi yillardagi tajriba yoki umumiy tavsiyalar asosida qo‘llash har doim ham iqtisodiy jihatdan samarali emas. Tuproqda oziqa elementlari yetarli bo‘lgan sharoitda ortiqcha o‘g‘it qo‘llash ishlab chiqarish xarajatlarini oshirsa, oziqa moddalarining yetishmasligini hisobga olmaslik hosildorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli o‘g‘itlash tizimini shakllantirishda birinchi navbatda “Tuproqda hozir qancha oziqa moddasi mavjud?” degan savolga javob berish lozim.
Yuqori hosil tuproqdan ko‘proq oziqa olib chiqadi
Zamonaviy intensiv dehqonchilikda hosildorlikning ortishi bilan tuproqdan azot, fosfor, kaliy, oltingugurt va boshqa oziqa elementlarining olib chiqilishi ham ko‘payadi. Masalan, AQSHning Minnesota shtatida 2025-yilda makkajo‘xori yetishtirish natijasida tuproqdan olib chiqilgan asosiy oziqa elementlari miqdori oldingi yilga nisbatan 13,9 foizga oshgan. Bunga ekin maydonining kengayishi va hosildorlikning ortishi sabab bo‘lgan.
Demak, hosil qancha yuqori bo‘lsa, tuproqdagi oziqa zaxirasiga tushadigan bosim ham shuncha katta bo‘ladi.
eKonomics ma’lumotiga ko‘ra, tuproqdan hosil bilan har taxminan 9 kg fosfor olib chiqilganda, tuproq tahlilida aniqlanadigan fosfor miqdori qariyb 1 mg ga kamayishi mumkin. Shuning uchun hosil bilan olib chiqilgan oziqa moddalarining o‘rni muntazam to‘ldirib borilmasa, vaqt o‘tishi bilan tuproqdagi oziqa zaxirasi kamayadi. Shuning uchun hosil bilan olib chiqilgan oziqa moddalarining o‘rni muntazam to‘ldirib borilmasa, vaqt o‘tishi bilan tuproq unumdorligi pasayadi.
Bunda yana bir iqtisodiy jihat mavjud: tuproqdagi oziqa moddasi juda kamayib ketganidan keyin uning zaxirasini qayta tiklash ko‘pincha mavjud optimal darajani saqlab turishdan qimmatroqqa tushadi.
Tuproq tahlilisiz o‘g‘itlash — taxmin asosida qaror qilishdir
Tuproq tahlilining asosiy vazifasi faqat tuproq tarkibini aniqlash emas. U fermerga o‘g‘it uchun ajratilgan mablag‘ni qayerga sarflash kerakligini ko‘rsatadi.
Masalan, tuproqda fosfor yetarli bo‘lsa, yana ko‘p miqdorda fosforli o‘g‘it qo‘llash hosildorlikni sezilarli oshirmasligi mumkin. Aksincha, tuproqda kaliy miqdori juda past bo‘lsa, mavjud mablag‘ni birinchi navbatda kaliy yetishmovchiligini bartaraf etishga yo‘naltirish iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun tuproqdagi oziqa moddalarini shartli ravishda “oziqa moddalari banki” deb tasavvur qilish mumkin. Tuproq tahlili ushbu “hisob raqamida” qancha oziqa mavjudligini, ekin qancha qismini olib chiqayotganini va qancha miqdorni o‘g‘it orqali qaytarish kerakligini aniqlashga yordam beradi.
Kritik daraja nimani anglatadi?
O‘g‘itlash bo‘yicha qaror qabul qilishda oziqa elementining tuproqdagi kritik darajasi muhim ahamiyatga ega. Agar tuproq tahlilida muayyan oziqa elementi kritik darajadan past bo‘lsa, o‘g‘it qo‘llash natijasida ekinning hosildorlik bilan javob berish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bunday maydonda o‘g‘itni keskin kamaytirish hosil yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. Agar oziqa elementi kritik darajadan yuqori bo‘lsa, qo‘shimcha o‘g‘itning hosildorlikni oshirish ehtimoli kamayadi. Bunday sharoitda o‘g‘it me’yorini maqbullashtirish va mablag‘ni boshqa cheklovchi omillarga yo‘naltirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Biroq kritik qiymatlar barcha tuproqlar uchun bir xil emas. Ular tuproq turi, pH, karbonatlilik, mexanik tarkib, ekin turi, hosildorlik darajasi hamda laboratoriyada qo‘llanilgan tahlil usuliga bog‘liq. Shu sababli xorijiy tadqiqotlarda keltirilgan kritik ko‘rsatkichlarni O‘zbekiston tuproqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish emas, balki mahalliy agroekologik sharoit va amaldagi tahlil usullari asosida baholash lozim.
O‘g‘itni “odat bo‘yicha” emas, tahlil asosida qo‘llash kerak
Amaliyotda ayrim hollarda fermer xo‘jaliklarida o‘g‘it me’yori “o‘tgan yili shuncha berilgan” tamoyili asosida belgilanadi. Ammo bir dalaning o‘zida ham oziqa moddalarining miqdori yillar davomida o‘zgarib boradi. Hosil bilan oziqa olib chiqiladi, o‘g‘it bilan uning bir qismi qaytariladi, ayrim elementlar esa tuproqda birikadi yoki boshqa yo‘llar bilan yo‘qotiladi.
Shuning uchun samarali o‘g‘itlash uchta oddiy savolga asoslanishi kerak:
Tuproqda qancha oziqa mavjud? Ekin rejalashtirilgan hosil uchun qancha oziqa talab qiladi? Yetishmayotgan qismini qancha o‘g‘it bilan to‘ldirish kerak?
Ana shunda mineral o‘g‘it shunchaki dalaga beriladigan resurs emas, balki iqtisodiy qaytim berishi kutilayotgan investitsiyaga aylanadi.
Xulosa. Tuproq tahlili uchun sarflangan mablag‘ni qo‘shimcha xarajat sifatida emas, o‘g‘itlardan samarali foydalanish, ortiqcha sarfni kamaytirish va hosildorlikni saqlashga xizmat qiluvchi investitsiya sifatida baholash maqsadga muvofiq.
Tuproqda oziqa yetarli bo‘lsa — ortiqcha o‘g‘itga mablag‘ sarflashning oldi olinadi. Oziqa yetishmasa — hosil kamayishidan oldin muammo aniqlanadi. Eng muhimi, fermer o‘g‘itlash bo‘yicha qarorni taxmin asosida emas, o‘z dalasining haqiqiy holatini ko‘rsatuvchi ma’lumot asosida qabul qiladi.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
👉 @agrolaboratoriya
| 2 | No text... | 151 |
| 3 | 🌍 YER DEGRADATSIYASI DUNYOGA HAR YILI 878 MILLIARD DOLLARGA TUSHMOQDA
Yer degradatsiyasi, cho‘llanish va qurg‘oqchilik endi faqat ekologik muammo emas. Ular qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti, oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiyotga bevosita zarar yetkazmoqda.
📊 BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi (UNCCD) ma’lumotlariga ko‘ra:
🔸 dunyo yerlarining 40% gacha qismi degradatsiyaga uchragan;
🔸 yer degradatsiyasi, cho‘llanish va qurg‘oqchilik oqibatidagi iqtisodiy yo‘qotishlar yiliga 878 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi;
🔸 yerlarni tiklash va qurg‘oqchilikka chidamlilikni oshirish uchun 2030-yilgacha har yili 355 mlrd dollar investitsiya talab etiladi;
🔸 amalda esa yiliga atigi 77 mlrd dollar yo‘naltirilmoqda. Natijada yillik moliyalashtirish yetishmovchiligi 278 mlrd dollarni tashkil qilmoqda;
🔸 shu bilan birga, yerlarni tiklash va qurg‘oqchilikka chidamlilikka yo‘naltirilgan investitsiyalar yiliga 1,8 trillion dollargacha iqtisodiy foyda keltirishi mumkin.
🌱 Bu nimani anglatadi?
Sog‘lom tuproq — shunchaki yaxshi hosil degani emas. Tuproq degradatsiyasi kuchayganda uning unumdorligi va suvni ushlab turish qobiliyati pasayadi, qurg‘oqchilik ta’siri kuchayadi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi xavf ostida qoladi.
Shuning uchun tuproq salomatligini yaxshilash, organik moddani ko‘paytirish, eroziya va sho‘rlanishni kamaytirish, suvdan samarali foydalanish hamda degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashga sarflangan mablag‘ni xarajat emas, uzoq muddatli investitsiya sifatida ko‘rish zarur.
🇺🇿 Bu masala Markaziy Osiyo uchun ham ayniqsa dolzarb: UNCCD COP17 ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqada 80 million gektardan ortiq yer degradatsiyaga uchragan va bu holat 24 million kishiga ta’sir qilmoqda.
📌 Xulosa oddiy: yer va tuproqni bugun asrash — ertangi hosil, suv va oziq-ovqat xavfsizligiga investitsiyadir.
🔗 Rasmiy manba: https://www.forbes.com/sites/shookabidarian/2026/08/28/desertification-costs-878-billion-a-year-as-un-summit-falls-short/
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
👉 @agrolaboratoriya | 188 |
| 4 | 🌾 Ekin qoldig‘ini yoqmaslik — iqlim va tuproq uchun muhim yechim
Project Drawdown’ning 2026-yilda yangilangan tahliliga ko‘ra, dalada somon va boshqa ekin qoldiqlarini yoqishni kamaytirish tez natija beradigan iqlim yechimlaridan biri hisoblanadi.
Asosiy raqamlar:
• 1 tonna ekin qoldig‘ini yoqmaslik — taxminan 1,34 tonna CO₂-ekvivalent emissiyaning oldini olishi mumkin.
• Dunyo miqyosida bu amaliyot yiliga 0,11–0,39 gigatonna CO₂-ekvivalent emissiyani kamaytirish salohiyatiga ega.
• Tuproq organik uglerodini saqlash uchun ekin qoldig‘ining taxminan 50% ini dalada qoldirish muhim.
Yoqmasak, ekin qoldig‘ini nima qilamiz?
Ekin turi, xo‘jalik imkoniyati va keyingi ekinga qarab bir nechta amaliy yechim mavjud:
1. Maydalab, dalada qoldirish. Somon va poyani maydalab tuproq yuzasiga bir tekis yoyish mumkin. Bu tuproq yuzasini qoplaydi, namlikning bug‘lanishini kamaytiradi va vaqt o‘tishi bilan organik modda manbaiga aylanadi.
2. No-Till orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish. Qoldiqni haydab ko‘mish shart emas. Maxsus No-Till seyalka qoldiq orasidan urug‘ni bevosita tuproqqa joylashtiradi. Natijada qo‘shimcha yer haydashga ehtiyoj kamayadi.
3. Kompost tayyorlash. Ortiqcha somon va boshqa organik qoldiqlar go‘ng bilan aralashtirilib kompost qilinishi va keyinchalik organik o‘g‘it sifatida dalaga qaytarilishi mumkin.
4. Chorvachilikda foydalanish. Sifatiga va ekin turiga qarab qoldiqning bir qismini chorva ozuqasi yoki to‘shama sifatida ishlatish mumkin. Ishlatilgan to‘shama keyinchalik go‘ng bilan birga kompostga aylantiriladi.
5. Qo‘ziqorin yetishtirish uchun substrat. Bug‘doy va boshqa don ekinlari somonidan ayrim turdagi qo‘ziqorinlarni yetishtirishda substrat sifatida foydalanish mumkin.
6. Bioenergiya olish. Ortiqcha biomassa briket yoki pellet ishlab chiqarish, shuningdek tegishli texnologiyalar mavjud joylarda biogaz va boshqa bioenergiya yo‘nalishlarida xomashyo bo‘lishi mumkin.
7. Sanoat xomashyosiga aylantirish. Ekin qoldiqlaridan qog‘oz, karton, tolali plitalar, qadoqlash va ayrim qurilish materiallarini ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati mavjud.
8. Tuproqni mulchalash. Qoldiqni tuproq yuzasida mulch sifatida saqlash tuproqni quyosh va shamol ta’siridan himoya qilib, eroziya va namlik yo‘qotilishini kamaytirishga yordam beradi.
⚠️ Eng muhimi, “yoqmaslik” qoldiqning hammasini daladan olib chiqib ketish degani emas. Qoldiqning yetarli qismini dalada saqlash tuproq organik moddasi, namligi va eroziyadan himoyasi uchun muhim.
📌 Oddiy hisob: 1 000 tonna ekin qoldig‘ini yoqishning oldi olinsa, taxminan 1 340 tonna CO₂-ekvivalent emissiyaning oldini olish mumkin.
Manba: Project Drawdown — Reduce Crop Residue Burning, 2026
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
👉 @agrolaboratoriya | 233 |
| 5 | Mevali daraxtlarga kuzda bor berish nega muhim?
Hosil yig‘ib olingandan keyin, ammo barglar hali to‘kilmasdan oldin, mevali daraxtlarni bor (B) bilan oziqlantirish mumkin. Daraxt bu davrda borni o‘zida to‘playdi va undan keyingi bahorda o‘sish, gullash va meva tugish jarayonida foydalanadi.
Bor daraxt uchun nima beradi?
gullarning yaxshi rivojlanishi va meva tugishiga yordam beradi;
meva to‘qimalarining mustahkam shakllanishida ishtirok etadi;
barglarda hosil bo‘lgan oziqa moddalarining mevalarga yetib borishiga yordam beradi;
yangi novda va ildizlarning o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Bor yetishmasa gullar va yosh mevalar to‘kilishi, mevalar shakli buzilishi, yosh novdalarning uchlari qurishi mumkin.
Tadqiqotlarda bor barg orqali berilganda gul kurtaklari, gullar va bir yillik novdalarda uning miqdori 43,1 mg/kg gacha yetgani aniqlangan. Tuproq orqali berilganda esa ildizlarda 59,6 mg/kg, barglarda 25,1 mg/kg gacha qayd etilgan.
E’tibor bering: bor juda oz miqdorda kerak bo‘ladigan oziqa elementidir. Uning yetishmasligi ham, me’yoridan ortiq berilishi ham o‘simlikka zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun borli o‘g‘itlarni belgilangan me’yorda, imkon qadar tuproq yoki barg tahlili natijasiga qarab qo‘llash kerak.
Xulosa: hosildan keyin, barglar to‘kilishidan oldin bor bilan to‘g‘ri oziqlantirish daraxtning keyingi yil yaxshi gullashi va meva tugishiga yordam beradi.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
👉 @agrolaboratoriya | 353 |
| 6 | BRAZILIYA — 50 YILLIK NO-TILL TAJRIBASI
Braziliyada no-till dehqonchiligi qariyb 50 yillik tarixga ega. Bugungi kunda mamlakatda 35 mln gektarga yaqin maydonda no-till va almashlab ekish tizimi qo‘llanmoqda.
🇧🇷 Richard Dijkstra oilasi bu usulni dastlab atigi 6 gektarda sinab ko‘rgan. Hududda qumli, unumdorligi past tuproqlar, nishab yerlar va kuchli yog‘ingarchilik tufayli tuproq eroziyasi jiddiy muammo bo‘lgan. Tajriba yaxshi natija bergach, keyingi yili xo‘jalikning barcha ekin maydonlari no-till tizimiga o‘tkazilgan.
🔹 No-till nima?
No-till — tuproqni plug bilan haydamasdan va imkon qadar kam buzgan holda, maxsus seyalkalar yordamida urug‘ni oldingi ekinning qoldiqlari orasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuproqqa ekish usuli. Bunda tuproq yuzasidagi poya va boshqa o‘simlik qoldiqlari olib tashlanmaydi.
🔹 Cover crop nima?
Cover crop — asosan don yoki hosil olish uchun emas, tuproqni qoplab va himoya qilib turish uchun ekiladigan ekin. Masalan, javdar, suli, beda va boshqa dukkakli yoki boshoqli ekinlardan foydalanish mumkin. Ular tuproqni ochiq qoldirmaydi, eroziyani kamaytiradi, organik massa hosil qiladi va ayrim dukkakli turlar tuproqni biologik azot bilan boyitishga yordam beradi.
📊 50 yillik tajribaning natijasi
Hudud tuproqlarida tabiiy organik modda miqdori taxminan 3,5% bo‘lsa, uzoq muddat no-till qo‘llangan xo‘jalikda u ko‘pincha bundan 2 baravar yuqori, ayrim maydonlarda esa 10% gacha yetgan.
Braziliya bo‘yicha olib borilgan yirik ilmiy tadqiqotda 63 ta hududdan 3 402 ta tuproq namunasi o‘rganilgan. Natijalar uzoq muddatli no-till sharoitida tuproq organik uglerod zaxirasini tiklash uchun taxminan 36–55 yil talab qilinishi mumkinligini ko‘rsatgan.
📌 Muhim xulosa: No-till — shunchaki “yerni haydamaslik”emas. Samarali tizim:
🌾 tuproqni minimal buzish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish;
🌿 o‘simlik qoldiqlarini dala yuzasida saqlash;
🔄 ekinlarni almashlab ekish;
🌱 cover crop — tuproqni qoplovchi ekinlardan foydalanishga asoslanadi.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
👉 @agrolaboratoriya | 349 |
| 7 | Qumli tuproqlarda ekin yetishtirishda nimaga e’tibor berish kerak?
Qumli tuproqlar bahorda tez isiydi, ammo suv va oziqa moddalarini yaxshi ushlab turolmaydi. Shu sababli bunday tuproqlarda o‘simliklar namlik va oziqa elementlari tanqisligiga tez duch keladi.
💧 Asosiy muammolar:
suvning tuproqdan tez o‘tib ketishi;
oziqa moddalarining yuvilishi;
tabiiy unumdorlikning pastligi;
organik modda miqdorining kamligi;
ayrim sharoitlarda tuproqning nordonlashishi.
🌱 Nima qilish kerak?
Qumli tuproqlarda o‘g‘itni bir martada katta miqdorda berishdan ko‘ra, kamroq dozada, lekin bir necha marta bo‘lib berish samaraliroq. Bu oziqa elementlarining ildiz zonasidan yuvilib ketishini kamaytiradi.
O‘simliklar uchun azot (N), fosfor (P) va kaliy (K) bilan birga magniy (Mg), oltingugurt (S), temir (Fe) va boshqa mikroelementlarning yetarli bo‘lishi ham muhim.
Sug‘orishda ham xuddi shunday yondashuv foydali: qumli tuproqda suvni katta me’yorda kam-kam berishdan ko‘ra, kichik me’yorlarda tez-tez sug‘orish maqsadga muvofiq.
📌 Xulosa: qumli tuproqda yuqori hosil olishning asosiy tamoyili — suv va oziqa moddalarini oz-ozdan, ammo muntazam yetkazib berish. Organik modda qo‘shish esa tuproqning suv va oziqa moddalarini ushlab turish qobiliyatini yaxshilaydi.
GROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
👉 @agrolaboratoriya | 442 |
| 8 | MAKKAJO‘XORIDA MAQSADGA QARAB OZIQLANTIRISH: YASHIL MASSA, PROTEIN VA DON HOSILI
Makkajo‘xoridan ko‘p yashil massa, yuqori protein yoki yuqori don hosili olish bir xil maqsad emas. Qaysi elementlarga ko‘proq e’tibor berish kerakligi maqsadga qarab farqlanadi.
1. YASHIL MASSA KO‘P BO‘LISHI UCHUN — N + K
Silos uchun asosiy maqsad — hosil yig‘imigacha katta va faol yashil barg massasini saqlash.
N (azot) — barg va poyaning jadal o‘sishini ta’minlaydi.
K (kaliy) — suv almashinuvini boshqaradi, o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi va poyaning yotib qolish xavfini kamaytiradi.
Muhim jihati: silosda butun o‘simlik daladan olib chiqiladi. Shu sababli silos makkajo‘xorisi donlik makkajo‘xoriga nisbatan daladan ancha ko‘p kaliyni olib chiqadi.
➡️ Maqsad yashil massa bo‘lsa: N bilan bir qatorda K ta’minotiga alohida e’tibor bering.
2. PROTEINNI OSHIRISH UCHUN — N + S
Bu yerda asosiy masala faqat biomassani ko‘paytirish emas, o‘simlikdagi azotni proteinga aylantirishdir.
N (azot) — proteinning asosiy qurilish elementi.
S (oltingugurt) — azotdan samarali foydalanish va uning proteinga aylanishi uchun zarur.
Ayniqsa don to‘lish davrida azot yetishmasa, don tarkibidagi protein kamayadi. Yara ma’lumotlarida kaliy bilan yaxshi ta’minlash ham don proteini hamda ayrim aminokislotalar miqdorini oshirishi ko‘rsatilgan.
➡️ Maqsad protein bo‘lsa: faqat N emas, N + S balansiga e’tibor bering.
3. DON HOSILINI OSHIRISH UCHUN — DON SONI + DON VAZNI
So‘tada ko‘proq don + har bir donning yaxshi to‘lishi = yuqori hosili uchun
N (azot) yetishmasa so‘ta kalta va donlar soni kam bo‘lishi mumkin. Yara tajribalarida yuqori don hosili ko‘pincha 200–250 kg N/ga darajasidagi ta’minot bilan bog‘langan.
P (fosfor) — kuchli ildiz va dastlabki rivojlanish uchun muhim.
B (bor) — ayniqsa changlanish va don bog‘lanishida muhim. Bor yetishmovchiligida so‘tada donlar to‘liq bog‘lanmay, bo‘sh joylar paydo bo‘lishi mumkin.
➡️ Maqsad don bo‘lsa: o‘simlikni shunchaki katta qilish emas, so‘tada don soni va donning to‘lishini ta’minlash muhim.
Qisqacha eslab qoling:
Yashil massa → N + K ga urg‘u
Protein → N + S ga urg‘u
Don hosili → don soni va don vazni; N + P va B ta’minotiga e’tibor
Bu boshqa elementlar kerak emas degani emas. Makkajo‘xori barcha makro va mikroelementlarga muhtoj. Farq — qaysi maqsadda qaysi oziqa elementiga alohida e’tibor berilishida.
Manba: Yara UK – Crop Nutrition
GROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
👉 @agrolaboratoriya | 462 |
| 9 | No text... | 354 |
| 10 | 🧪 MIKROPLASTIKLAR FAQAT OKEAN MUAMMOSI EMAS — TUPROQ HAM ULARNING ASOSIY “OMBORI”GA AYLANMOQDA
Plastik ifloslanishi haqida gap ketganda, ko‘pincha okean va daryolar ko‘z oldimizga keladi. Ammo 2026-yilda Revista Brasileira de Ciência do Solo jurnalida chop etilgan yangi ilmiy sharh boshqa muhim masalaga e’tibor qaratadi: mikroplastiklar qishloq xo‘jaligi tuproqlarida ham jiddiy ekologik muammoga aylanmoqda.
🌱 Mikroplastik tuproqqa qayerdan keladi?
Qishloq xo‘jaligida har yili dunyo bo‘yicha qariyb 12,5 million tonna plastik mahsulot ishlatiladi. Mulcha plyonkalari, issiqxona qoplamalari, sug‘orish quvurlari, silos plyonkalari, to‘rlar, o‘g‘it qoplamalari va boshqa plastik materiallar vaqt o'tishi bilan maydalanib, tuproqda mikroplastik zarrachalar hosil qilishi mumkin.
Mikroplastiklarning xavfi shundaki, ular shunchaki tuproqda “yotib qolmaydi”. Tadqiqotlar ularning:
🔹 tuproq zichligi va g‘ovakligini o‘zgartirishi;
🔹 agregatlar barqarorligiga ta’sir qilishi;
🔹 suvni ushlab turish xususiyatini o‘zgartirishi;
🔹 pH, azot va fosfor dinamikasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Yana bir qiziq jihat — mikroplastiklar tuproq profilida vertikal harakatlanishi mumkin. Suv oqimi, tuproq yoriqlari, ishlov berish, o‘simlik ildizlari va tuproq organizmlari ularning chuqurroq qatlamlarga ko‘chishiga yordam beradi.
🔬 Ularni qanday aniqlash mumkin?
Bu yo‘nalishda zamonaviy tuproqshunoslik katta imkoniyatlarni ochmoqda. Masalan, Vis-NIR spektroskopiya yordamida turli tuproqlardagi ayrim plastik polimerlarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotda 96% umumiy aniqlik, hyperspectral imaging va machine learning asosidagi tadqiqotlarda esa 92,6–95,2% aniqlik qayd etilgan.
⚠️ Eng muhim masalalardan biri: mikroplastik tarkibidagi uglerod ayrim tahlillarda tabiiy tuproq organik uglerodidan yetarlicha ajratilmasligi mumkin. Natijada mikroplastik bilan ifloslangan tuproqlarda uglerod zaxirasini baholashda xatolik yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Bu ayniqsa carbon farming va carbon credit tizimlari rivojlanayotgan sharoitda muhim.
📌 Demak, kelajakdagi tuproq monitoringida faqat sho‘rlanish, organik uglerod, oziqa elementlari yoki og‘ir metallarni emas, balki mikroplastik ifloslanishini ham tuproq salomatligi indikatorlaridan biri sifatida o‘rganish tobora dolzarb bo‘lib bormoqda.
Manba: Andrade C.B., Francelino M.R., ten Caten A. (2026). Microplastics in terrestrial ecosystems: Soil contamination and its implications for pedology. Revista Brasileira de Ciência do Solo, 50(spe1), e0250052. | 390 |
| 11 | 📣DIQQAT! OʻZBEKISTONDA ILK BOR “YOSH FERMERLAR CHEMPIONATI”GA START BERILDI!
Joriy yilning avgust–oktabr oylarida respublikamiz boʻylab qishloq xoʻjaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar oʻrtasida yirik chempionat bo'lib o'tadi.
🧑🏻🌾Nomzodlar 12 ta nominatsiya bo'yicha bellashadi:
Yilning yosh agro innovatori
Yilning agro startap loyihasi
Yilning agro brendi
Yilning yosh eksport chempioni
Yilning yosh kooperatsiya ustasi
Yilning yosh dehqoni
Yilning yosh bogʻboni
Yilning yosh chorvadori
Yilning yosh issiqxonachisi
Yilning yosh ayol fermeri
Yilning oilaviy fermer xoʻjaligi
Yilning yosh agro blogeri
Har bir nominatsiya bo‘yicha gʻoliblar:
🥇 1-oʻrin — 50 million soʻm
🥈 2-oʻrin — 30 million soʻm
🥉 3-oʻrin — 20 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
📲Hoziroq yoshfermer.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻting va gʻoliblik sari ilk qadamni tashlang.
📞Murojaat uchun telefon:
+99895 754 02 77
📆Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.
Balki Oʻzbekistonning ilk "Yosh fermer chempioni" aynan Siz boʻlishingiz mumkin! Chempionatda koʻrishguncha!
🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer | 402 |
| 12 | Tuproqda organik modda 1% oshsa, aslida qancha qo‘shimcha suv saqlanadi?
Tuproq unumdorligi va suvni boshqarish haqida gap ketganda tez-tez bir raqam uchraydi: “tuproqdagi organik modda 1% ga oshsa, har gektarda taxminan 187–234 m³, ya’ni 187–234 ming litr qo‘shimcha suv saqlanadi.” Bu taxminan 18,7–23,4 mm suv qatlami degani. Ammo bu ko‘rsatkichni barcha tuproqlar uchun universal qoida sifatida qabul qilish ilmiy jihatdan to‘g‘ri emas.
Ilmiy tadqiqotlar nima deydi?
Ushbu masala bo‘yicha eng yirik tahlillardan biri Minasny va McBratney (2018) tomonidan amalga oshirilgan. Tadqiqotchilar 60 ta ilmiy ish va 50 mingdan ortiq o‘lchov natijalarini tahlil qilgan.
Natijalar chirindi miqdorining oshishi tuproqning o‘simlik foydalana oladigan suvni saqlash qobiliyatini haqiqatan ham yaxshilashini ko‘rsatgan. Biroq bu ta’sir tuproqning mexanik tarkibi, qatlam chuqurligi va boshlang‘ich xususiyatlariga kuchli bog‘liq.
0–30 sm atrofidagi tuproq qatlami uchun keltirilgan amaliy hisob-kitoblarda organik moddaning 1 foizlik oshishi natijasidagi qo‘shimcha o‘simlik uchun mavjud suv miqdori taxminan:
- qumli va yengil tuproqlarda — 34 m³/ga, ya’ni 34 ming litr/ga;
- o‘rtacha mexanik tarkibli tuproqlarda — 32 m³/ga, ya’ni 32 ming litr/ga;
- og‘ir, loyli tuproqlarda — 25 m³/ga, ya’ni 25 ming litr/ga.
Bu yerda yana bir muhim jihat bor: tuproq ushlab turgan barcha suv ham o‘simlik uchun mavjud emas. Loyli tuproqlar ko‘p suv ushlab turishi mumkin, ammo uning bir qismi tuproq zarrachalari tomonidan shu qadar kuchli ushlab turiladiki, o‘simlik ildizi undan foydalana olmaydi.
Shu sababli tuproqning umumiy suv sig‘imi bilan o‘simlik foydalana oladigan suv miqdorini (plant-available water) farqlash kerak.
Asosiy foyda faqat ko‘proq suv saqlashda emas
Sog‘lom tuproqning eng katta afzalliklaridan biri — yog‘in va sug‘orish suvining tuproqqa yaxshiroq singishi (infiltratsiya). Basche va DeLonge (2019) 89 ta dala tadqiqotini umumlashtirib, quyidagi natijalarni aniqlagan:
- qoplovchi ekinlar (cover crops) — infiltratsiya tezligini o‘rtacha 35% ga oshirgan;
- ko‘p yillik ekinlar — infiltratsiyani qariyb 59% ga oshirgan.
Buning amaliy ahamiyati juda katta.
1 mm suv = 10 m³/ga = 10 000 litr/ga.
Demak, kuchli yomg‘irdan tushgan suvning atigi 10 mm qismini yuzaki oqim bilan yo‘qotmay, tuproqqa qo‘shimcha singdirishning o‘zi 100 ming litr/ga suvni dalada ushlab qolish imkonini beradi.
Masalan, yillik yog‘in miqdori 300 mm bo‘lgan lalmi hududda bu jami:
3 000 m³/ga yoki 3 million litr/ga yog‘in suvi
degani.
Asosiy savol shu suvning qancha tushishi emas, balki uning qancha qismi tuproqqa singib, ekin ildiz zonasida qolishidir.
Asosiy maqsad — tushgan har bir millimetr yog‘inni imkon qadar tuproqqa singdirish, ildiz zonasida saqlash va ekin uchun foydalanish imkoniyatini oshirish.
Ilmiy manbalar:
Hudson, B.D. (1994) — Journal of Soil and Water Conservation
Minasny, B. & McBratney, A.B. (2018) — European Journal of Soil Science
Basche, A.D. & DeLonge, M.S. (2019) — PLOS ONE
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
👉 @agrolaboratoriya | 1 478 |
| 13 | Zararkunandalarni ularning "ovqatlanish tovushi" orqali aniqlash
AQShning Purdue University olimlari va hamkor tadqiqotchilar ekin ildizlariga zarar yetkazuvchi hasharotlarni ularning ildizni kemirish paytida hosil qiladigan tovushlari orqali aniqlash texnologiyasini ishlab chiqmoqda. Ushbu innovatsion yondashuv haqida Farm Progress nashri yaqinda maqola e'lon qildi.
Tadqiqotchilar tuproqqa o‘rnatilgan yuqori sezgir akustik sensorlar yordamida hasharotlarning ildiz bilan oziqlanishi vaqtida hosil bo‘ladigan juda past intensivlikdagi tovushlarni yozib olmoqda. Keyinchalik ushbu audio ma'lumotlar sun'iy intellekt (AI) algoritmlari orqali tahlil qilinib, zararkunandalarning faoliyati tuproqdagi boshqa tabiiy shovqinlardan ajratib olinadi.
Mazkur texnologiyaning asosiy afzalliklari:
✅ Zararkunandalarni o‘simlikda tashqi belgilar paydo bo‘lishidan oldin aniqlash;
✅ Insektitsidlarni faqat zararlangan hududlarga qo‘llash;
✅ Kimyoviy vositalar sarfini kamaytirish;
✅ Hosil yo‘qotilishini kamaytirish;
✅ Tuproqni qazib tekshirish zaruratini kamaytirish.
Hozirgi kunda ushbu loyiha ilmiy-tadqiqot bosqichida bo‘lib, texnologiyani turli tuproq sharoitlarida sinovdan o‘tkazish va AI algoritmlarining aniqligini oshirish ishlari davom etmoqda.
Bunday yechimlar aniq dehqonchilik va raqamli qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarining kelajakdagi muhim elementlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Kelgusida akustik monitoring tizimlarini tuproq namligi, harorati, sho‘rlanishi va boshqa IoT sensorlari bilan integratsiya qilish orqali ekinlarning ildiz zonasini real vaqt rejimida kompleks monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.
Manba: Farm Progress
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
👉 @agrolaboratoriya | 357 |
| 14 | 🥔 Kartoshkaning rangi uning oziqaviy qiymati haqida nima deydi?
Bugungi kunda oziq-ovqat ekinlarining oziqaviy sifati tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kartoshka ham bundan mustasno emas.
Yaqinda Crop Check tahlil tizimi yordamida binafsha, qizil va sariq kartoshka navlarini solishtiildi. Bu kichik miqyosdagi tadqiqot bo‘lsa-da, natijalar xalqaro ilmiy tadqiqotlar (Pandey va boshq., 2023; Coelho va boshq., 2025) bilan deyarli bir xil bo‘ldi. Har bir rangdagi kartoshka o‘ziga xos oziqaviy tarkibga ega ekanligi aniqlandi.
🔴 Qizil kartoshka (Roseval)
Qizil kartoshka tarkibida temir (Fe), marganes (Mn), kaliy (K) va mis (Cu) miqdori nisbatan yuqori ekanligi kuzatildi. Bu natija Texas A&M universiteti tomonidan 200 dan ortiq kartoshka genotiplari ustida olib borilgan tadqiqotlar bilan ham mos keladi. Ushbu tadqiqotlarda ham qizil navlarda mikroelementlar miqdori yuqoriroq ekani qayd etilgan.
🟣 Binafsha kartoshka (Vita Noir)
Binafsha kartoshka antosianinlar va polifenollar kabi kuchli antioksidant moddalarga juda boy. Bu moddalar ko‘k mevalar (masalan, ko‘k mersini) tarkibida ham uchraydi va inson salomatligi uchun foydali hisoblanadi. Bizning tahlillarimizda ham ushbu navlarda azot (N), fosfor (P) va magniy (Mg) miqdori yuqoriroq bo‘lib, bu antioksidantlarga boy navlarga xos fiziologik xususiyatlarni tasdiqlaydi.
🟡 Sariq kartoshka (Peter Pan)
Sariq kartoshka navlarida quruq modda miqdori eng yuqori, mineral elementlar zichligi esa nisbatan past bo‘ldi. Bu ilmiy adabiyotlarda "suyultirish effekti" (dilution effect) deb ataladigan hodisa bilan izohlanadi. Quruq moddaning yuqori bo‘lishi kartoshkaning qattiqroq tuzilishga ega bo‘lishi va pishirish sifati yaxshi bo‘lishiga ham yordam beradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kartoshkaning oziqaviy sifati faqat uning genetik xususiyatlariga bog‘liq emas. Tuproq salomatligi, nav, ob-havo sharoiti va agrotexnik tadbirlar ham muhim rol o‘ynaydi.
Keyingi bosqichda tadqiqotchilar Tuproq salomatligi indikatori (Soil Health Indicator – SHI) bilan ekinlarning oziqaviy sifati, shuningdek inson salomatligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishni rejalashtirmoqda.
Manba: Eurofins Agroscience Services
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
👉 @agrolaboratoriya | 397 |
| 15 | 𝗤𝗮𝗿𝗶𝘆𝗯 𝟱𝟬 𝘆𝗶𝗹. 𝗕𝗶𝗿 𝘅𝗶𝗹 𝘁𝗮𝗷𝗿𝗶𝗯𝗮 𝗺𝗮𝘆𝗱𝗼𝗻𝗶. 𝗕𝗶𝗿-𝗯𝗶𝗿𝗶𝗱𝗮𝗻 𝗮𝘁𝗶𝗴𝗶 𝟮𝟬 𝗺𝗲𝘁𝗿 𝘂𝘇𝗼𝗾𝗹𝗶𝗸. 𝗜𝗸𝗸𝗶 𝘅𝗶𝗹 𝘁𝘂𝗽𝗿𝗼𝗾𝗾𝗮 𝗶𝘀𝗵𝗹𝗼𝘃 𝗯𝗲𝗿𝗶𝘀𝗵 𝘁𝗶𝘇𝗶𝗺𝗶.
🌱 𝗖𝗵𝗮𝗽: No-till
🚜 𝗢‘𝗻𝗴: An'anaviy haydash (Conventional tillage)
Tuproqning chirindiga boy ustki qatlamida sezilarli farqni ko‘rish mumkin. Albatta, faqat vizual kuzatuvlar asosida yakuniy ilmiy xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Bunday kuzatuvlar laboratoriya tahlillari bilan tasdiqlanishi zarur. Shunga qaramay, uzoq muddatli tajribalar tuproqni boshqarish usullarining tuproq xossalariga qanday ta'sir ko‘rsatishini yaqqol namoyon etadi.
𝗦𝗶𝘇𝗻𝗶𝗻𝗴𝗰𝗵𝗮, 𝗯𝘂𝗻𝗱𝗮𝘆 𝗳𝗮𝗿𝗾𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗮𝘀𝗼𝘀𝗶𝘆 𝘀𝗮𝗯𝗮𝗯𝗶 𝗻𝗶𝗺𝗮𝗱𝗮?
📍 Qozog‘iston, A.I. Barayev Scientific and Production Center for Grain Farming uzoq muddatli tajriba maydoni. | 472 |
| 16 | Sho‘rtob (sodik) tuproqlarda o‘g‘it samaradorligini qanday oshirish mumkin? 🌾🧂
Ko‘pincha hosildorlikning past bo‘lishiga o‘g‘it yetishmasligi emas, balki sho‘rtob (sodik) tuproqlarda oziqa elementlarining o‘simlik uchun o‘zlashtirilmasligi sabab bo‘ladi.
Sho‘rtob tuproqlarda pH odatda 8,5–10 oralig‘ida bo‘lib, natriy (Na⁺) miqdori yuqori, kaltsiy (Ca²⁺) esa kam bo‘ladi. Natijada tuproq zichlashadi, suv shimilishi yomonlashadi va ildizlarning rivojlanishi cheklanadi.
Sho‘rtob tuproqlarda oziqa elementlari bilan nima sodir bo‘ladi?
Fosfor (P) - Kaltsiy bilan birikib, erimaydigan birikmalar hosil qiladi. Natijada tuproqda mavjud bo‘lsa ham, o‘simlik uni o‘zlashtira olmaydi.
Kaliy (K) - Natriy va kaltsiy ionlari bilan raqobat tufayli almashinuv kompleksidan ajralib chiqadi va sug‘orish suvi bilan chuqur qatlamlarga yuvilib ketishi mumkin.
Temir (Fe), Marganes (Mn) va Rux (Zn) - Yuqori pH ta'sirida ularning eruvchanligi keskin kamayadi. Natijada barglarda xloroz (sarg‘ayish) kuzatiladi.
Azot (N) - Yuqori pH sharoitida mochevina (karbamid) qo‘llanganda ammiak gazi ko‘rinishida havoga uchib ketish xavfi ortadi. Bu azotdan foydalanish samaradorligini pasaytiradi.
Sho‘rtob tuproqlarda nima qilish kerak?
✅ Organik o‘g‘itlar va kompost qo‘llash – organik moddalar parchalanganda hosil bo‘ladigan organik kislotalar pHni pasaytirishga yordam beradi.
✅ Gips (CaSO₄·2H₂O) qo‘llash – almashinuvdagi natriyni siqib chiqarib, tuproq tuzilishini yaxshilaydi.
✅ Zarurat bo‘lsa oltingugurt yoki sulfat kislota asosidagi meliorativ tadbirlarni qo‘llash.
✅ Drenaj va sug‘orish tizimini yaxshilash – ortiqcha tuzlarni ildiz zonasidan chiqarishga yordam beradi.
✅ Foydali mikroorganizmlar (PGPR) va melassa qo‘llash – mikroorganizmlar faoliyatini kuchaytirib, organik kislotalar hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi.
Sho‘rtob tuproqlarda ko‘proq o‘g‘it berish har doim ham yuqori hosil degani emas. Avvalo tuproqning pH darajasi, almashinuvchi natriy (ESP), kaltsiy miqdori va sho‘rlanish holatini yaxshilash zarur. Shundagina berilgan o‘g‘itlar o‘simlik tomonidan samarali o‘zlashtiriladi va yuqori hosil olish mumkin.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
👉 @agrolaboratoriya | 491 |
| 17 | Ko‘pchilik hosildorlikni oshirish uchun o‘g‘it miqdorini ko‘paytirishga e'tibor beradi. Ammo ba'zida muammo o‘g‘itda emas, balki ildizning unga yetib bora olmasligida bo‘ladi.
Rasmda bug‘doy ildizlarining rivojlanishi taqqoslangan:
Yuqoridagi rasm – zichlashgan tuproq. Ildizlar chuqur qatlamlarga kira olmaydi.
Pastdagi rasm – sog‘lom tuproq. Ildizlar unumdor qatlamlardan bemalol foydalanadi.
Tuproq zichlashuvi qanday oqibatlarga olib keladi?
🔸 Ildizlarning chuqur qatlamlarga kirishi cheklanadi.
🔸 Ildizlarning asosiy qismi faqat haydalma (ustki) qatlamda to‘planadi.
🔸 Ildizlar kalta, yo‘g‘on va egri-bugri shaklda rivojlanadi.
🔸 Yon ildizlarning chuqur qatlamlarda rivojlanishi kamayadi.
🔸 O‘simlik chuqurdagi namlik va nitrat azot kabi harakatchan oziqa elementlaridan foydalana olmaydi.
🔸 Natijada ekin ustki qatlamdagi namlikka qaram bo‘lib qoladi va qurg‘oqchilikka sezgirligi ortadi.
Nima uchun bu muhim?
📍 O‘g‘it tuproqda mavjud bo‘lishi yetarli emas. Muhimi, ildiz unga yetib bora olishi kerak.
Agar tuproq zichlashgan bo‘lsa, hatto chuqur qatlamlarda ko‘p miqdorda oziqa moddasi mavjud bo‘lsa ham, o‘simlik undan foydalana olmaydi. Bu esa o‘g‘it samaradorligini pasaytiradi va hosildorlikni cheklaydi.
Tuproq zichlashuvining oldini olish uchun:
✅ Nam tuproqda og‘ir texnikalar harakatini cheklash.
✅ Dalada doimiy texnika yo‘laklarini (Controlled Traffic Farming) tashkil etish.
✅ Tuproq organik moddasi va biologik faolligini oshirish.
✅ Haydalma tagi zich qatlam (plough pan) hosil bo‘lishining oldini olish.
✅ Kuchli va chuqur ildiz tizimiga ega nav va ekinlarni tanlash.
✅ O‘g‘itlarni ildiz yetib bora oladigan qatlamlarga joylashtirish.
Xulosa: Tuproq unumdorligi faqat oziqa moddalari miqdori bilan emas, balki ildizlarning ularga erkin yetib borishi bilan ham belgilanadi. Sog‘lom va zichlashmagan tuproq – kuchli ildiz tizimi, samarali oziqlanish va yuqori hosildorlikning asosiy omillaridan biridir.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
👉 @agrolaboratoriya | 421 |
| 18 | Yangi tomchilatib sug'orish tizimi bilan suv sarfi 30% kamaydi
Qishloq xo'jaligida suvni tejash muhimligi ortib borayotgan sharoitda, yangi tomchilatib sug'orish tizimi samaradorligi sinovdan o'tdi. Bu texnologiya hosildorlikni saqlagan holda suvdan tejash imkonini beradi.
Tadqiqotlar natijasida yangi tizim bilan suv sarfi o'rtacha 30% ga kamaygani, 1 gektardan o'rtacha hosil 15% ga oshgani aniqlandi. Texnologiya tomchilatuvchi nasoslar va sensorlar asosida boshqariladi.
Fermerlar uchun bu yangilik suv resurslarini samarali foydalanishda, suv tanqisligi bo'lib turgan hududlarda hosildorlikni oshirishda katta imkoniyat yaratadi. 1 gektardan qo'shimcha 500 kg hosil va har gektarda taxminan 3000 litr suv tejash amaliy natija bo'lishi mumkin.
Manba:
No-Till Farmer
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©℗Shovkat_Xoldorov
➡ @agrolaboratoriya | 1 |
| 19 | Amerika bozorlaridagi makkajo'xori narxi va hosil holati
AQShda makkajo'xori narxi ikki hafta ketma-ket oshdi. Kansas shtatida makkajo'xori hosili avgust oyi oxirigacha salbiy iqlim tufayli 15% ga kamayishi bashorat qilinmoqda.
Kansasda makkajo'xori hosili 900 ming gektarga ekilgan, so'nggi baholarga ko'ra, hosil 1 gektardan 8,1 tonnaga teng, bu o‘tgan yilga nisbatan 12% kam. Iqlim o‘zgarishi va yomg'irsizlik hosildorlikka bevosita ta’sir qildi.
Fermerlar uchun ushbu o'zgarishlar suv resurslarini tejash va hosildorlikni barqaror oshirish masalalarini yanada muhim qiladi. 1 gektardan hosilni 1 tonna oshirish suv sarfini kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.
Manba:
Successful Farming
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
👉 @agrolaboratoriya | 387 |
| 20 | Grain farmers demand DOJ probe into fertilizer industry collusion
AQShda makkajo'xori ishlab chiqaruvchilari haydovchilarni "qo'shma narx belgilash" amaliyotlari uchun Adliya vazirligidan tekshiruv o'tkazishni so‘ramoqda. Kolorado, Illinoys va boshqa shtatlarda 2026 yilda o‘rtacha o'g'it narxlari 12% oshgani qayd etildi.
Ishlab chiqaruvchilar o‘g‘it narxlarining oshishi chigit yetishtirish xarajatlarini 100 dollarga yaqin ko‘tarib, hosildorlikni pasaytiradi, degan fikrda. So'nggi 6 oyda, xususan, uglerodli azotli o‘g‘it narxlari 18% ga qimmatlashdi.
Fermalar uchun bu holat hosil xarajatlarini sezilarli oshiradi va rentabellikni pasaytiradi. Aniq raqamlar bo‘yicha, ikki hafta davomida makkajo'xori narxi 5% ga ko‘tarilgan va bu bozordagi sharhlarni yanada beqaror qildi.
Manba:
Successful Farming
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
👉 @agrolaboratoriya | 32 |
