en
Feedback
RTTYOMNF | Rasmiy

RTTYOMNF | Rasmiy

Open in Telegram

Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali va uning xududiy stansiyalari rasmiy matbuot kanali!

Show more
1 839
Subscribers
-524 hours
-2557 days
-48030 days
Posts Archive
🌸 ЭЪЛОН | 65-ХАЛҚАРО ГУЛЛАР ФЕСТИВАЛИ Азиз юртдошлар ва 65-халқаро "Гуллар фестивали" меҳмонлари! 🗓 2026 йил 24 май куни 65
+2
🌸 ЭЪЛОН | 65-ХАЛҚАРО ГУЛЛАР ФЕСТИВАЛИ Азиз юртдошлар ва 65-халқаро "Гуллар фестивали" меҳмонлари! 🗓 2026 йил 24 май куни 65-халқаро "Гуллар фестивали"нинг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтади. 🚘 Шу куни фестивал олдидан анъанавий автопарад ташкил этилади - 300 дан зиёд ранго-ранг гуллар билан безатилган автомобиллар карвони Наманган кўчалари бўйлаб ҳаракатланади. 📌 Автопарадга соат 10:00 да "Наманган халқаро аэропорти" олдидан старт берилади ва вилоят марказининг Давлатобод тумани, Янги Наманган тумани ҳамда Наманган шаҳри асосий кўчалари орқали ўтиб, Заҳириддин Муҳаммад Бобур номидаги маданият ва истироҳат боғи олдига келади. 🌺 Парад давомида: — гуллар билан безатилган уловлардаги ноёб композициялар, — байрамона муҳит ва унутилмас лаҳзалар сизларни кутади. 📸 Барча фуқаролар ва шаҳримиз меҳмонларини ушбу автопарадни томоша қилиш,  фестивал кайфиятини ҳис қилиш ва ёрқин онларни муҳрлашга таклиф этамиз! Келинг, кўринг ва завқланинг! __ 🌸 EʼLON | 65-XALQARO GULLAR FESTIVALI Aziz yurtdoshlar va 65-xalqaro "Gullar festivali" mehmonlari! 📅 2026-yil 24-may kuni 65-xalqaro "Gullar festivali"ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. 🚘 Shu kuni festival oldidan anʼanaviy avtoparad tashkil etiladi - 300 dan ziyod rango-rang gullar bilan bezatilgan avtomobillar karvoni Namangan koʻchalari boʻylab harakatlanadi. 📌 Avtoparadga soat 10:00 da "Namangan xalqaro aeroporti" oldidan start beriladi va viloyat markazining Davlatobod tumani, Yangi Namangan tumani hamda Namangan shahri asosiy koʻchalari orqali oʻtib, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi oldiga keladi. 🌺 Parad davomida: — gullar bilan bezatilgan ulovlardagi noyob kompozitsiyalar, — bayramona muhit va unutilmas lahzalar sizlarni kutadi. 📸 Barcha fuqarolar va shahrimiz mehmonlarini ushbu avtoparadni tomosha qilish, festival kayfiyatini his qilish va yorqin onlarni muhrlashga taklif etamiz! Keling, koʻring va zavqlaning!TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

#20_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #tez_tibbiy_yordam #Marifat #Manaviyat #yangison ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

🔴✏️✏️✏️ ❗️ Кутиб олинг, янги лойиҳа: "DOKTOR AI"
😩 Соғлиқни сақлаш вазирлиги Матбуот хизмати томонидан "DOKTOR AI" номли янги медиалойиҳага старт берилди.
💻 У орқали сунъий интеллект ёрдамида тайёрланган тиббиётга доир таъсирчан видеоконтентлар тақдим этиб борилади. 💻 Шу билан бирга, "DOKTOR AI" сизга тиббий маслаҳат ва тавсиялар бериб борадиган энг яқин кўмакчига айланади, деган умиддамиз. ‼️Илк видеоролигимизда тиббиёт ходимининг бир кунлик фаолияти мисолида унинг масъулиятли ва машаққатли меҳнати ҳақида ҳикоя қилинади. 🚑 Соғлиқни сақлаш вазирлиги Матбуот хизмати.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori — Постановление Президента
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi QaroriПостановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Курбан хайита" Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar: ➡️ Sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida habar eshitgandan soʻng darxol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim; ➡️Sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin; ➡️Sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur. © M.Ahmadaliyev #tez_tibbiy_yordam #MCHS #FVV ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

🟦🟦🟦🟦 Tez yordam nega kechikadi? ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

симуляционный_центр_Наманган_обший.pdf4.12 MB

⚡️NAMANGAN VILOYATI IIB KIBERJINOYATLARGA QARSHI KURASH BOSHQARMASI RASMIY TELEGRAM KANALIGA OBUNA BOʻLING 👇👇👇👇👇👇 https://t.me/CyberPolice_Namangan

⚡️NAMANGAN VILOYATI IIB KIBERJINOYATLARGA QARSHI KURASH BOSHQARMASI RASMIY TELEGRAM KANALIGA OBUNA BOʻLING 👇👇👇👇👇👇 https://t.me/CyberPolice_Namangan

⚡️NAMANGAN VILOYATI IIB KIBERJINOYATLARGA QARSHI KURASH BOSHQARMASI RASMIY TELEGRAM KANALIGA OBUNA BOʻLING 👇👇👇👇👇👇 https://t.me/CyberPolice_Namangan

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi «Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga sol
+3
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi «Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi PF - 137-sonli Farmonida belgilab qo‘yilgan vazifalar va Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 21-yanvardagi 15-sonli «Dori vositalarining nojo‘ya reaksiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish hamda elektron axborot tizimini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida»gi buyrug‘ini amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasi bilan hamkorlikda «Farmakonazorat» milliy elektron axborot tizimini tez tibbiy yordam faoliyatdagi tibbiyot xodimlariga tushuntirish ishlari tashkil etish uchun (ZOOM) platformasi orqali onlayn semenar tashkil etildi. Seminarda ma’sul mutaxassislar davolash ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, provizor, bosh feldsher, bo’limlardan bo’lim mudirlari, davolash ishlar bo’yicha ma’sul shifokor va katta feldsherlar qatnashishdi. #tez_tibbiy_yordam #zoom #seminar ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

“Hamkorlikdagi Qoʻmondonlik shtab oʻquv mashqi” doirasida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi Chust tumanida “Hamkorlikdagi Qoʻmo
+4
Hamkorlikdagi Qoʻmondonlik shtab oʻquv mashqi” doirasida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi Chust tumanida “Hamkorlikdagi Qoʻmondonlik shtab oʻquv mashqi” doirasida tuman boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimi xizmatlari hamda koʻngilli qutqaruvchilar ishtirokida keng qamrovli saf koʻrigi va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Tadbir davomida qutqaruv kuch va vositalarining shayligi sinovdan oʻtkazilib, hamkor tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardagi oʻzaro hamjihat va tezkor harakatlari muvofiqlashtirildi. Mashgʻulotlar jarayonida shartli favqulodda holatlar asosida amaliy ssenariylar ishlab chiqilib, xizmatlarning tayyorgarlik darajasi yana bir bor sinovdan oʻtdi. Ayniqsa, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish otryadlari tomonidan shartli jabrlangan fuqarolarni dala sharoitida qabul qilish, saralash hamda ularga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy harakatlar namoyish etildi. Mutaxassislar tomonidan tezkor va aniq qaror qabul qilish koʻnikmalari amalda mustahkamlandi. Shuningdek, maxsus texnika va qutqaruv anjomlarining texnik holati koʻzdan kechirilib, aloqa va xabardor qilish tizimlarining ishlash samaradorligi ham amaliy tarzda tekshirildi. Bu esa favqulodda vaziyatlarda aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish va tezkor qutqaruv ishlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mashgʻulotlar davomida xizmatlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, aholini tezkor qutqarish hamda ehtimoliy talafotlarni kamaytirishga qaratilgan vazifalar izchil amalga oshirildi. #tez_tibbiy_yordam #oʻquv_mashgʻulot #Chust_tumani ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

#19_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #tez_tibbiy_yordam #Marifatsoati #yangison ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

⚡️24-maydan 12 iyulgacha Namanganda 65-Xalqaro gullar festivali bo'lib o'tadi #tez_tibbiy_yordam #Namangan #Flowers #Gulbayrami ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

⚡️“Yilning eng yaxshi tez tibbiy yordam stansiyasi hamshirasi” nominatsiyasida Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan
+2
⚡️“Yilning eng yaxshi tez tibbiy yordam stansiyasi hamshirasi” nominatsiyasida Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali Kosonsoy tumani tez tibbiy yordam bo‘limi feldsheri Abdullayeva Muqaddas Qodirjon qizi g‘olib deb topilgan edi. RTTYOM Namangan viloyati filiali matbuot xizmati Abdullayeva Muqaddas Qodirjon qizini mukofot bilan muborakbod etadi. #tez_tibbiy_yordam #Taqdirlash #Kosonsoy ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

⚡️Davlat va xukumat qarorlarini amaldagi ijrosini ta’minlash, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida, 12-May “Xalqaro Hamshi
+2
⚡️Davlat va xukumat qarorlarini amaldagi ijrosini ta’minlash, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida, 12-May “Xalqaro Hamshiralar kuni” munosabati bilan joriy yilninig 11-13 may kunlari Toshkent shahriga turistik sayohatga RTTYoM Namangan viloyat filiali kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan 10 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari yuborildi. Sayoxat vaqtida O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Bor bo‘ling hamshiralar, - Sizga ehtirom” deb nomlangan tantanali bayram tadbirida, "Islom Svilizatsiya makazida", O‘zbek Milliy Akademik drama teatrlarida madaniy xordiq chiqarishdi. #tez_tibbiy_yordam #turizim #12_may ✅ TELEGRAMFACEBOOK 🌐 INSTAGRAM 📹 YOUTUBE

Repost from 103_Press_Official
🧡🧡🧡 Bugun mamlakatimizda “Hamshira — 2026” tanlovi boʻlib oʻtdi va gʻoliblar aniqlandi. Oliy hamshiralik ishi mutaxassisli
+2
🧡🧡🧡 Bugun mamlakatimizda “Hamshira — 2026” tanlovi boʻlib oʻtdi va gʻoliblar aniqlandi. Oliy hamshiralik ishi mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Yilning eng yaxshi oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” yoʻnalishi boʻyicha koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. 🥇Quyidagi nominatsiyalarda tez tibbiy yordam xizmati xodimlari 1-oʻrinni egalladi:
🏆“Yilning eng yaxshi tez tibbiy yordam stansiyasi hamshirasi”
Abdullayeva Muqaddas Qodirjon qizi — Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali Kosonsoy tumani tez tibbiy yordam boʻlimi feldsheri
🏆“Yilning eng yaxshi feldsheri”
Kuchkarov Farhod Ismoil oʻgʻli — Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali maxsus boʻlim feldsheri. Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. 🏥 Respublika tez tibbiy yordam markazi rahbariyati gʻoliblarni chin yurakdan muborakbod etadi. #tez_tibbiy_yordam #hamshira #tanlov Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube

#Тошкентдан_хушхабар  МАМЛАКАТИМИЗНИНГ ЭНГ ФАОЛ ВА ИЛҒОР ҲАШИРАЛАРИ  АНИҚЛАНДИ     📢Бугун Ўзбекистон Миллий кино санъати саройида 12 май — Халқаро ҳамширалар кунига бағишланган тантанали тадбир бўлиб ўтди.   Унда “Ҳамшира – 2026”,  “Патронаж доя – аёл саломатлиги таянчи”,  “Йилнинг энг яхши ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходими”,  “Менинг онам ҳамшира” ҳамда жорий йилдан бошлаб йўлга қўйилган “Соғлиқни сақлаш тизими бирламчи бўғини бўйича йилнинг энг яхши IТ-оператор ҳамшираси” кўрик-танловлари ғолиблари аниқланди. ➡️ "Патронаж доя — аёл саломатлиги таянчи" республика кўрик-танловида  вилоятимиздан: Янгиқўрғон туман тиббиёт бирлашмаси 59-сон "Исковот" оилавий поликлиника патронаж дояси Муяссар Хусанбоевна Исроилова “Энг фаол соғлом турмуш тарзи” тарғиботчиси номинациясида ғолиб чиқди. ➡️ “Йилнинг энг яхши ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходими” кўрик-танловида эса“Йилнинг энг яхши тез тиббий ёрдам станцияси ҳамшираси” номинациясида ➡️Республика тез тиббий ёрдам маркази Наманган вилояти филиали Косонсой тумани тез тиббий ёрдам бўлими фельдшери Муқаддас Қодиржон қизи Абдуллаева ғолиб деб эълон қилинди.                            Мукофотлар муборак бўлсин! (©Шифокор ва Хаёт газетаси)

Repost from SSV matbuot kotibi
🔴 🟦🟦🟦 ❓Йилнинг энг яхши ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходимлари сафидан кимлар жой олди? ✅ Олий ҳамширалик иши мутахассисл
🔴 🟦🟦🟦 Йилнинг энг яхши ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходимлари сафидан кимлар жой олди?
Олий ҳамширалик иши мутахассислигига эга бўлган ҳамширалар, ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходимлари ўртасида бўлиб ўтган “Йилнинг энг яхши ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходими” кўрик-танлови ғолиблари аниқланди.
⬇️ Қуйидагилар тегишли номинациялар бўйича 1-ўринни эгаллади:
🏆 “Йилнинг энг яхши ҳамшираси”
Жабборова Фируза Ғайбуллоевна — Навоий вилояти Кармана туман тиббиёт бирлашмаси юқумли касаллиликлар бўлими ҳамшираси.
🏆 “Йилнинг энг яхши тиббий бригада ҳамшираси”
Аҳмедова Шаҳноза Ражаббоевна — Хоразм вилояти Янгиариқ туман тиббиёт бирлашмаси 60-сон оилавий поликлиника тиббий бригада патронаж ҳамшираси.
🏆 “Йилнинг энг яхши муолажа ва эмлаш ҳамшираси”
Назарова Сабохат Бекмурадовна — Сурхондарё вилояти Ангор туман тиббиёт бирлашмаси "Занг" оилавий шифокорлик пункти эмлаш ҳамшираси.
🏆 “Йилнинг энг яхши операция хонаси ва блоки ҳамшираси”
Қаниязова Турсинай Бегмурат қизи — Республика шошилинч тиббий ёрдам илмий маркази Нукус филиали операция қилиш бўлими операция хонаси ҳамшираси.
🏆 “Йилнинг энг яхши тез тиббий ёрдам станцияси ҳамшираси”
Абдуллаева Муқаддас Қодиржон қизи — Республика тез тиббий ёрдам маркази Наманган вилояти филиали Косонсой тумани тез тиббий ёрдам бўлими фельдшери.
🏆 “Йилнинг энг яхши шошилинч ёрдам ҳамшираси”
Валатова Алфия Шевхиевна — Республика шошилинч тиббий ёрдам илмий маркази ҳамшираси.
🏆 “Йилнинг энг яхши катта ҳамшираси”
Фозилова Мадинабону Фарҳоджон қизи — Андижон вилояти кўп тармоқли тиббиёт маркази оториноларингология ва юз-жағ жарроҳлик бўлими катта ҳамшираси.
🏆 “Йилнинг энг яхши дояси ”
Асланова Малика Анваровна — Самарқанд вилояти Пайариқ туман соғлиқни сақлаш бўлими Челак шифохонаси туғуруқ бўлими дояси.
🏆 “Йилнинг энг яхши лаборанти”
Расулова Муқаддасхон Жаҳонгиржон қизи — Республика суд тиббий экспертиза илмий-амалий маркази Фарғона филиали Қўқон туманлараро суд тиббий экспертиза бўлими лаборанти.
🏆 “Йилнинг энг яхши соғлом турмуш тарзи тарғиботчиси”
Бобоназаров Ҳумоюн Фазлиддин ўғли — Сирдарё вилояти Оқолтин туман тиббиёт бирлашмаси Саломатлик ва стратегик ривожланиш институти Оқолтин тумани бўлинмаси тиббий оғаси.
🏆“Йилнинг энг яхши фельдшери”
Кучкаров Фарҳод Исмоил ўғли — Республика тез тиббий ёрдам маркази Тошкент шаҳар филиали махсус бўлим фельдшери.
🏆“Йилнинг энг яхши фармацевти”
Пайзиева Дилрабо Назировна — Тошкент вилояти Оҳангарон туман тиббиёт бирлашмаси ички дорихона бўлими фармацевти.
🏆 “Йилнинг энг яхши санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги хизмати ўрта тиббиёт ходими”
Гулбаева Гулнора Қўлдош қизи — Жиззах вилояти санитария- эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бошқармаси Пахтакор туман бўлими санитария шифокори ёрдамчиси.
🏆 “Йилнинг энг яхши болалар ҳамшираси”
Нуримова Яйра Султановна Республика ихтисослаштирилган руҳий саломатлик илмий-амалий тиббиёт марказининг психиатрия хизмати бўйича Қашқадарё филиали 5-болалар ва ўсмирлар психиатрия бўлими ҳамшираси.
🏆 “Йилнинг энг яхши реанимация ҳамшираси”
Телабова Умида Фармоновна — Бухоро вилояти Вобкент туман тиббиёт бирлашмаси болалар реанимация бўлими ҳамшираси. 🚑  Соғлиқни сақлаш вазирлиги Матбуот хизмати. 🔵@ssvuz|🔵@ssvmatbuotkotibi|👥Facebook | 📷Instagram

Repost from 103_Press_Official
🟦🟦🟦 Hurmatli hamshiralar! Respublika tez tibbiy yordam markazi nomidan Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan, yaʼni Xalq
🟦🟦🟦 Hurmatli hamshiralar! Respublika tez tibbiy yordam markazi nomidan Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan, yaʼni Xalqaro hamshiralar kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Hamshira haqida soʻz ketar ekan, tibbiyotning turli sohalarida kunni tunga ulab ishlayotgan fidoyi, bilimdon, mohir, chaqqon, epchil, zukko, oʻrta tibbiyot xodimlarining qiyofasi koʻz oʻngimizda jonlanadi. Zamonaviy tibbiyotni hamshiralar ishtirokisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Eng ilgʻor texnologiyalarga asoslangan amaliyotlarni oʻtkazish jarayonidan tortib, operatsiyadan keyingi bemor parvarishi, laboratoriya-diagnostika sohasi, uyma-uy yurib, oiladagi tibbiy madaniyat darajasining yuqori boʻlishida patronaj hamshiralarning oʻrni beqiyosdir. Yana bir bor, yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha hamshiralarni “12-may — Xalqaro hamshiralar kuni” bilan samimiy tabriklaymiz, sharafli mehnatingizni hamisha qadrlaymiz, eʼtirof etamiz. Sizning fidokorona mehnatingiz, kunu tunlar chekkan zahmatingiz tahsinga loyiq. Sizlar salomatlik posbonlari, tibbiyot fidoyilarisiz. Doimo baxtimizga sogʻ-omon boʻling! Oilangizdan fayzu baraka arimasin, farzandlar baxti-kamolini koʻrish nasib qilsin. Abduvotijon Gafurov Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori #tez_tibbiy_yordam #tabrik #hamshira Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube