RTTYOMNF | Rasmiy
Open in Telegram
Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali va uning xududiy stansiyalari rasmiy matbuot kanali!
Show more1 840
Subscribers
-524 hours
-2557 days
-48030 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+2
in 0 channels
August '26
+11
in 0 channels
Get PRO
July '26
+1 009
in 0 channels
Get PRO
June '26
+6
in 0 channels
Get PRO
May '26
+1 041
in 3 channels
Get PRO
April '26
+3 046
in 6 channels
Get PRO
March '26
+7
in 0 channels
Get PRO
February '26
+1 096
in 2 channels
Get PRO
January '26
+4
in 1 channels
Get PRO
December '25
+8
in 0 channels
Get PRO
November '25
+6
in 0 channels
Get PRO
October '25
+20
in 0 channels
Get PRO
September '25
+10
in 3 channels
Get PRO
August '25
+566
in 3 channels
Get PRO
July '25
+2 068
in 0 channels
Get PRO
June '25
+11
in 0 channels
Get PRO
May '25
+14
in 0 channels
Get PRO
April '25
+3
in 0 channels
Get PRO
March '25
+9
in 0 channels
Get PRO
February '25
+1 012
in 0 channels
Get PRO
January '25
+31
in 1 channels
Get PRO
December '24
+7
in 0 channels
Get PRO
November '24
+997
in 0 channels
Get PRO
October '24
+2
in 0 channels
Get PRO
September '24
+1 018
in 0 channels
Get PRO
August '24
+343
in 0 channels
Get PRO
July '24
+1 056
in 0 channels
Get PRO
June '24
+1 055
in 1 channels
Get PRO
May '24
+526
in 0 channels
Get PRO
April '24
+8
in 1 channels
Get PRO
March '24
+522
in 0 channels
Get PRO
February '24
+3 301
in 1 channels
Get PRO
January '24
+3 570
in 0 channels
Get PRO
December '23
+5 098
in 1 channels
Get PRO
November '23
+99
in 0 channels
Get PRO
October '23
+33
in 0 channels
Get PRO
September '23
+11
in 0 channels
Get PRO
August '23
+51
in 0 channels
Get PRO
July '23
+14
in 0 channels
Get PRO
June '23
+38
in 0 channels
Get PRO
May '23
+32
in 0 channels
Get PRO
April '23
+8
in 0 channels
Get PRO
March '23
+996
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | 0 | |||
| 09 September | 0 | |||
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | +1 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
+4
🇺🇿 “BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!” mavzusida ma’naviyat soatlari o‘tkazildi
RTTYOM Namangan viloyati filialining 16 ta bo‘limida “BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!” mavzusi ostida ma’naviyat soatlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida mavzuga oid masalalar xodimlarga tushuntirilib, har bir bo‘limda o‘tkazilgan ma’naviyat soatlari belgilangan tartibda bayonnomalar bilan rasmiylashtirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari va ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi materiallar barcha bo‘limlarning Telegram guruhlariga tarqatilib, xodimlarga yetkazildi.
🇺🇿 Mazkur tadbirlar xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, Vatanga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan xabardorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
#tez_tibbiy_yordam #Manaviyat #Namangan
🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram
| 2 | 🩺 Kosonsoy tumanida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi
RTTYOM Namangan viloyati filialida tez tibbiy yordam xodimlarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar davom etmoqda.
Navbatdagi seminar Kosonsoy tumani Tez tibbiy yordam bo‘limida o‘tkazilib, unda yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash hamda shoshilinch holatlarda samarali tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir RTTYOM Namangan viloyati filialining davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.v.b. M.T. Zohidova boshchiligida tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–20-sonli qarorida belgilangan vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🩺 Shuningdek, RShTYOM Namangan viloyati filiali shifokori Mirzayev Marufjon hamda RTTYOM Namangan viloyati filiali shifokori Toshpo‘latov Ikromjon tomonidan mavzu doirasida ma’ruzalar qilinib, tez tibbiy yordam xodimlari uchun muhim amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
🚑 Seminar yakunida shoshilinch holatlarda tezkor qaror qabul qilish, bemorga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish va zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga samarali tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Bunday o‘quv-seminarlar filialning shahar va tuman bo‘limlarida belgilangan reja asosida davom ettiriladi.
#tez_tibbiy_yordam #Seminar #Kosonsoy
🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram | 472 |
| 3 | #34_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
#uzb35 #mustaqillik35
🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram | 893 |
| 4 | Mingbuloq tumanida o‘quv-seminar o‘tkazildi
⚡️ RTTYOM Namangan viloyati filialining shahar va tuman bo‘limlarida yurak-qon tomir hamda serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminarlar bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.
Navbatdagi o‘quv-seminar RTTYOM Namangan viloyati filiali Mingbuloq tumani Tez tibbiy yordam bo‘limida RTTYOM Namangan viloyati filialining davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.v.b. M.T. Zohidova boshchiligida o‘tkazildi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–20-sonli “O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar haqida xodimlarga batafsil ma’lumot berildi.
🩺 Tadbirda RShTYOM Namangan viloyati filiali shifokori Mirzayev Marufjon hamda RTTYOM Namangan viloyati filiali shifokori Toshpo‘latov Ikromjon o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, mavzu yuzasidan qatnashchilarga atroflicha ma’lumot berdilar.
Ma’ruzalarda yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash, oldini olish, shoshilinch holatlarda to‘g‘ri va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish, tashxislash hamda davolash samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🚑 Shuningdek, tez tibbiy yordam xodimlarining bunday holatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilishi, bemorlarga o‘z vaqtida sifatli shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Mazkur o‘quv-seminarlar filialning barcha shahar va tuman bo‘limlarida tasdiqlangan reja asosida bosqichma-bosqich davom ettiriladi.
#tez_tibbiy_yordam #seminar #Mingbuloq
🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram | 629 |
| 5 | ⚡️ BILIMLAR KUNI
Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali tomonidan Bilimlar kuni munosabati bilan viloyatimizdagi 500 dan ortiq ta’lim muassasalarida tez tibbiy yordam xizmatining ko‘chma tibbiy postlari tashkil etildi.
🎒 Yangi o‘quv yilining boshlanishi — bolajonlar hayotidagi eng quvonchli va unutilmas kunlardan biridir. Shu munosabat bilan ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarining tinch, osoyishta va xavfsiz o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
👮♂️Bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ta’lim muassasalari atrofida jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tez tibbiy yordam xizmati xodimlari hamkorlikda xizmat olib bormoqda.
🚑 Tez tibbiy yordam xodimlari bayram tadbirlari davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday favqulodda vaziyatga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishga shay holatda turibdi.
✨ Aziz bolajonlar! Sizlarning xavfsizligingiz va salomatligingiz — biz uchun eng muhim qadriyat. Yangi o‘quv yilingiz quvonchli lahzalar, mustahkam bilim va ulkan yutuqlarga boy bo‘lsin!
#tez_tibbiy_yordam #bilimlarkuni #Namangan
🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram | 550 |
| 6 | Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik
—
Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 441 |
| 7 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Mustaqilligimiz — abadiy faxrimiz!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha farovon bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
#tez_tibbiy_yordam #Uzb35 #Namangan
🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram | 574 |
| 8 | 🔴 🟦🟦🟦
❗️Aziz yurtdoshlar!
❗️Fidoyi va jonkuyar tibbiyot xodimlari!
📱 Sizlarni, avvalo, eng ulug‘ va eng aziz bayram — mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
🟢 Bugun Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar markazidan inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar joy olgan. Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari qo‘ygan talablar asosida sog‘liqni saqlash sohasini yuqori samara bilan ishlaydigan chinakam xalqchil tizimga aylantirish choralari ko‘rilmoqda.
➡️ Xususan, birlamchi bo‘g‘inda tibbiy-sanitariya yordamining xalqaro tajribaga asoslangan yangi modeli joriy etilyapti. Tez tibbiy yordam xizmatida chaqiriqlarni elektron boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
📊 Davlat tibbiyot muassasalariga robot texnologiyalari kirib keldi, sun’iy intellekt asosidagi tekshiruv va muolajalar soni 50 tadan oshdi.
✅ Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy tizimi shakllantirildi, onkologik va gematologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, palliativ yordamni rivojlantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar hayotga tatbiq etildi.
💻 Sohani raqamlashtirish ham yangi bosqichga ko‘tarildi. DMED yagona elektron axborot tizimi orqali 38 milliondan ziyod aholining tibbiy ma’lumotlari elektron shaklda jamlandi. Shu yil oxirigacha davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini barcha hududlarda to‘liq yo‘lga qo‘yish orqali aholini kafolatlangan tibbiy yordam bilan qamrab olishni maqsad qilganmiz.
📌 Bundan tashqari, onalar va bolalar o‘limi darajasi keskin kamaygani, tibbiy ta’lim qamrovi va sifati oshayotgani, xususiy tibbiyot va farmatsevtika sanoati jadal rivojlanayotgani ham soha islohotlari qanchalik samara berayotganini ko‘rsatib turibdi.
📊 Eng muhimi, izchil sa’y-harakatlarimiz natijasida so‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,8 yoshdan 75,4 yoshga yetdi. Albatta, bu yutuqlar zamirida sizlarning bilim va mahoratingiz, mashaqqatli mehnatingiz, kasbga sadoqat va matonatingiz mujassam.
💫 O‘z navbatida, Prezidenimiz tashabbusi bilan yurtimiz tarixida birinchi marta tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uy-joy sotib olishi, qolaversa, farzandlarini oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishi uchun subsidiya ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilgani, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilgani barchamizni quvontiradi.
❗️Qadrli tibbiyot xodimlari!
🔺Oldimizda yanada ulkan va mas'uliyatli vazifalar turibdi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning yangi modelini joriy qilish ko‘lamini hamda aholi uchun kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini kengaytirish, sohani raqamlashtirish orqali boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish kelgusida diqqat markazimizdagi muhim masalalardan bo‘ladi.
➡️ Shu bilan birga, tibbiyot va farmasevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini joriy etish, Sog‘liqni saqlash kodeksi ishlab chiqilishini jadallashtirish, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari samaradorligini oshirish, tibbiy ta’lim sifati hamda raqobatbardoshligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratamiz.
💬 Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, xalqimiz salomatligini saqlash va mustahkamlash, tibbiyotni aholiga yanada yaqinlashtirish biz uchun bundan keyin ham asosiy o‘zgarmas maqsadimiz bo‘lib qoladi. Ishonchim komilki, siz, aziz soha xodimlari o‘z fidoyiligingiz, bilim va tajribangiz bilan Yangi O‘zbekiston tibbiyotini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shasiz.
💐 Barchangizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan yana bir bor samimiy qutlab, sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Egningizdagi oq libosingizga aslo gard yuqmasin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Eldor ADILOV,
O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vaziri.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 384 |
| 9 | Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
—
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины!
Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость!
Слава нашему народу – созидателю независимости!
С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан.
Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток!
Да здравствует Республика Узбекистан!
Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев,
Президент Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 330 |
| 10 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
AZIZ YURTDOSHLAR!
Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali jamoasi nomidan barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ushbu qutlug‘ ayyomda Sizlarga, avvalo, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik-osoyishtalik, totuvlik, hamjihatlik va farovon hayot tilayman.
Hayotingizning har bir kuni mehr-oqibat, shodu-xurramlik va ezgu niyatlar bilan bezansin. Amalga oshirayotgan barcha xayrli ishlaringiz, ezgu sa’y-harakatlaringiz jonajon O‘zbekistonimizning yanada ravnaq topishi, xalqimiz farovonligi va yurtimiz shon-shuhratining yuksalishiga xizmat qilsin!
Barcha yutuq va g‘alabalarimizning bunyodkori bo‘lgan xalqimiz hamisha omon, el-yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo bo‘lsin! Go‘zal Vatanimizda tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik bardavom bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!
#tez_tibbiy_yordam #tabrik
Hurmat bilan,
Adhamjon O‘tbosarovich Irisboyev
Respublika tez tibbiy yordam markazi
Namangan viloyati filiali direktori
🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram | 900 |
| 11 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Aziz va muhtaram yurtdoshlar!
Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik — xalqimizning eng ulugʻ va bebaho qadriyati, yurtimizning tinchligi, erkinligi va farovon hayotining mustahkam poydevoridir.
Ushbu qutlugʻ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sogʻliq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovon hayot tilaymiz.
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik,
xalqimiz hayotida baxt va farovonlik,
kelajagimizda yanada ulkan zafarlar hamisha hamroh boʻlsin!
Abduvoitjon Gafurov
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori
#tez_tibbiy_yordam #tabrik #Uzb35 #Mustaqillik35
Telegram | Facebook | Instagram | Web-site| YouTube | 695 |
| 12 | 📰 “Tibbiyot va zamon” jurnalida maqola chop etildi
“Tibbiyot va zamon” ijtimoiy-ommabop, ijtimoiy-ma’naviy jurnalining navbatdagi sonida “Minnatdor qalblarda yashaydi ular” nomli maqola chop etildi. 📖
📌 Maqola jurnalning 20–21–22-betlarida joy olgan.
Unda Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali Uchqo‘rg‘on tumani tez tibbiy yordam bo‘limi faoliyati, fidoyi tibbiyot xodimlarining mehnati hamda inson salomatligini asrash yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyati haqida so‘z yuritilgan.
👉 Batafsil — maqolada
#TeztibbiyYordam #Islohot #Namangan | 727 |
| 13 | O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
—
Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам:
Telegram
Youtube
Facebook
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 561 |
| 14 | 🔴🟦🟦🟦
❗️ SSV: Dam olish va bayram kunlarida tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi
🕒 Yurtdoshlarimiz mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligini ko‘tarinki ruhda qarshi olmoqda. Shu munosabat bilan 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar 4 kun, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar ketma-ket 3 kun dam oladi.
❓Xo‘sh, bu sanalarda mamlakatimiz tibbiyot muassasalari qay tartibda ishlaydi?
🟢 Aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida alohida shtab tashkil etildi.
🏥 Shuningdek, 29-avgust – 1-sentabr kunlari mamlakatimizdagi tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari hamda hududlardagi 39 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida tibbiyot tizimi xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
🩺 O‘z navbatida, dam olish va bayram kunlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 200 ga yaqin aholi punktida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.
🚑 29-avgust – 1-sentabr sanalarida "103" xizmati ham odatiy ish faoliyatini davom ettiradi. Xususan, Respublika tez tibbiy yordam markazining mamlakatimiz bo‘ylab 14 ta hududiy filiali, 189 ta stansiya, 40 ta podstansiya va 1 492 ta tayanch punktida 2 900 dan ziyod tibbiy yordam brigadasi aholi hamda yurtimiz mehmonlaridan kelib tushadigan chaqiruvlar uchun doimiy shay holda bo‘ladi.
🤩 Bundan tashqari, bayram kunlari mamlakatimizdagi barcha tug‘uruq va bolalar davolash muassasalari ham uzluksiz ish olib boradi.
➡️ Sog‘liqni saqlash vazirligi dam olish va bayram kunlarida mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorligini bildiradi.
‼️ Vazirlik yurtdoshlarimizdan ana shunday ulug‘ ayyom kunlarini xush kayfiyatda qarshi olib, o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raydi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 958 |
| 15 | No text... | 590 |
| 16 | No text... | 730 |
| 17 | No text... | 738 |
| 18 | No text... | 593 |
| 19 | Дўкон бурчида ҳолсиз ўтирган беморнинг қон босими кўтарилган экан. Суҳбат асносида унинг буйраклари фаолиятида бузилиш борлиги маълум бўлди. Кўрсатилган биринчи тиббий ёрдамдан сўнг бемор туман шошилинч тез тиббий ёрдам бўлимига олиб кетилди. Бемор қабулхона врачи ва бўлим мудири Гулбаҳор Мирсаидова ихтиёрига топширилгачгина, бригаданинг барча аъзолари, жумладан, биз ҳам енгил нафас олдик...
Атиги икки чақириқ. Биз қанча ҳаяжон ва таҳликали хаёлларни бошдан ўтказдик. Биз фаолиятига гувоҳ бўлган тиббиёт ходимларининг ҳар куни навбатчиликдаги 12 соат давомидаги ҳаёти эса мудом шундай, балки бундан ҳам тиғиз ва тезлик аро ўтади.
- Нафас ростлашга, ўз вақтида овқатланишимизга вақт бўлмаслиги мумкин, аммо беморга зудлик билан тиббий ёрдам кўрсатишимиз шарт, - дейди йўналиш врачи Сардорбек Мамажўраев. – Баъзан 12 соатдан иборат навбатчиликни дам олмасдан, овқатланмасдан ўтказамиз. Лекин беморларнинг миннатдорлиги боис буни сезмаймиз. Кўнглимиз уларнинг ҳаётини асраб қолишга қўшган ҳиссамиз боис ёруғ бўлади. Ҳар бир ҳамкасбимда шундай бўлади. Шарафли касбни танлаганимиздан барчамиз ғурурланамиз.
Бундай туйғулар жамоанинг барча вакиллари қалбида жўш ураётганини сезиш қийин эмас. Чақириққа жавобан бир қўлида планшет, бир қўлида махсус қутини кўтарганча “тез ёрдам” машинасига илдам ўтириб, бемор томон ошиқаётган тез тиббий ёрдам ходимлари ҳар қанча юксак эътирофга муносиб. Юрагингизни яхшилик тарк этмасин, нажоткорлар!
Манзура ЭРГАШЕВА,
Шаҳло ТОШБЕКОВА. | 520 |
| 20 | No text... | 460 |
