cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

pavel durov dog#FREEDUROV
avatar

Mirzo Zominiy

O‘zbek kreativchilik san'ati namoyandasi. Ekologiya, marketing, madaniyat, kino va jamiyat haqida yozib turaman. @toqsonbeshchoy instagram.com/mirzayor Reklama hamkorligi uchun: @MirzayorErkinov

Show more
Advertising posts
5 646
Subscribers
-324 hours
-187 days
+34130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
“Nimani yaxshi koʻrsangiz, koʻchirishni boshlang. Koʻchiring, koʻchiring, koʻchiring, koʻchiring. Koʻchiraverish oqibatida siz oʻzingizni topasiz”.
Yoji Yamamoto Bobo emas, Yoji bobo toʻgʻri gapni aytgan, koʻchirish oʻgʻrilikka aylanmasa, u ilhomlanish vazifasini bajaradi, menimcha ham. #MarketingvaPR @mirzo_zominiy
Show all...
🔥 39👍 9 4💯 3🎉 2
01:31
Video unavailableShow in Telegram
Soʻnggi kunlarda Instagram'da kreativ soha vakillarining e’tiborini shu rolik jalb etgani shubhasiz. “Aviasozlar” bekati yoʻnalishli avtobus ichidan “Unutma meni” qoʻshigʻi sadolari bilan sayrini boshlagan ilhom shari deymizmi yoki Sublimation festivali aurasi shahar kezadi va odamlarni ruhlantiradi. 27 – 29-sentyabr kunlari Toshkentdagi Aviasozlar madaniyat saroyida Markaziy Osiyodagi birinchi zamonaviy elektro musiqa festivali boʻlib oʻtadi. Chiptalari ayni paytda sotuvda. Loyiha Toshkent shahar hokimligi va Britaniya Kengashi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Oʻtgan yil oʻtgan Boiler Room ham butun dunyoda anchagina shov-shuv koʻtargandi. Menimcha, bunda Oʻzbekistonda saqlanib qolgan bir necha manzillar – noyob me’morchilik obyektlarining chiroyi, bezaklari, muhiti ham katta rol oʻynaydi. Line-up (ijroga chiqadiganlar roʻyxati) ham ancha boy va xilma-xil: Alibek Kabdurahmanov yetakchiligidagi simfonik orkestr, Ivan Dorn, Sabine Indust, Konsta, Doppi Twins, 373 Loud, Joseph Tumari, Setora va boshqalar. Rolikka va festivalning vizual tomoniga toʻxtalsak, ijodiy jamoada men tanigan yaxshi insonlar, doʻstlarimiz – Farrux Sharif, Ivan Proskuryakov, Alisher Mamadaliyev, Sardor Nazirxon, Shirin Erxoʻjayevalar ishlashgan. #MarketingvaPR #Sublimation @mirzo_zominiy
Show all...
IMG_3720.MP417.54 MB
🔥 18👍 5 5😎 2
01:21
Video unavailableShow in Telegram
“Oʻzbek tili marketing uchun moslashishi kerak emas, marketing oʻzbek tiliga moslashishi kerak”.
Menga doim “Nega aynan rus tilini tanqid qilasiz, yoqtirmaysiz?” degan gaplar uchib kelib turadi. Yaqinda Fridrich Ebert jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan yoshlar bilan mahorat darsimda shu savolga javob bergandim. Boshqa tillar bizga geosiyosiy yoki passiv bosim uchun qurol sifatida ishlatilmaydi, aholini ijtimoiy qatlamlantirmaydi yoki ularni majburan oʻrganishimiz taqozosi yoʻq. Afsuski, koʻplab sohalarda hamon shu tilda e’lonlarni xatolar bilan yozishga, gapirishga, tilimizni burashga chiranamiz. Vaholanki, 90% dan koʻproq aholi oʻzbek tilida gapiradi, tushunadi. Shu masalalarga ham podkastda oydinlik kiritganmiz. → Hali tomosha qilmagan boʻlsangiz, marhamat, havola shu yerda: https://youtu.be/Kg5InmUMzvg → Tomoshadan keyin orzudagi O‘zbekistonning slogani 3 so‘z bilan lo‘nda ifodalab berilgan ikki izoh muallifiga sovg‘am bor. #MarketingvaPR #SigmaPodcast @mirzo_zominiy
Show all...
IMG_3766.MP415.98 MB
🔥 24👍 11 5💯 4 2
Photo unavailableShow in Telegram
Instagram Stories uchun izoh qoldirish imkonini qo‘shdi. Ba’zi do‘stlaringiz qoldirishi mumkin bo‘lgan izohlar ommaviy ko‘rinadi va yangiliklar tasmasi yuqori qismidagi boshsuratingiz ostida izoh yozganlarning boshsuratchalari ham qo‘shilib qoladi. #MarketingvaPR @mirzo_zominiy
Show all...
9👍 7 5
Repost from Jalilov. Qaydlar
Mustaqillik - bu nafaqat oʻz yeri ostidagi va ustidagi boyliklarni oʻzi tasarruf qilish. Mustaqillik - bu nafaqat oʻz uyida va xalqaro minbarlarda baralla oʻz tilida gapira olish. Mustaqillik - bu nafaqat shimoldagi yoki sharqdagi yoki boshqa tarafdagi katta ogʻaning qosh-qovogʻiga qarab oʻtirmaslik, kimningdir sovgʻasini otrabotka qilmaslik. Mustaqillik - bu nafaqat oqni oq, qorani qora, populistni populist, poraxoʻrni poraxoʻr, agressorni agressor deya olish. Mustaqillik - bu nafaqat har oʻn-oʻn besh yilda asosiy qonuni hisobni boshqatdan boshlash uchun instrument sifatida ishlatilib, qolgan payt chang bosishiga "yoʻq" deya olish. Mustaqillik - bu birinchi navbatda oʻz qadrini bilish, hokimiyat legitimligining birdan-bir yuridik, maʼnaviy va moddiy manbai sifatida oʻz taqdirini oʻzi belgilash, ichki va tashqi masalalarda obyekt emas, subyekt boʻlish, yolgʻonga yoʻq deyish. Mustaqilligimiz haqiqiy boʻlsin!
Show all...
💯 29 9👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
Bugungi mushakbozlik Bayram bilan! 🇺🇿🎉 Manba @mirzo_zominiy
Show all...
32🎉 18🔥 4
01:29
Video unavailableShow in Telegram
Mustaqilligimiz 1991-yil 31-avgust sanasida qabul qilingan boʻlsa-da, ozodlik uchun kurash kayfiyati 1989-yilda – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunda oʻz choʻqqisiga chiqqan. Vatanimiz poytaxtida, markaziy shaharlarda, davlat idoralarida, afsuski, hamon rus tilining maqomini baland biladigan, ming bir bahona topadiganlar talaygina. Ularning ba’zilari oʻzini hamon qulab bitgan Sovet davlatining qismi sifatida biladilar, afsuski. Umid qilamanki, shu videodagi insonlar orzu qilgan, oʻzlik chindan anglangan davrlarga, Mustaqillik butun xalq tomonidan nishonlanadigan paytlarga, bayroqlarimiz baland, tilimiz obroʻsi ham baland kunlarga yetib boramiz. Mustaqillik nima ekani, biz kim ekanimizni farzandlaringiz, yosh avlodlarga singdiring, vatandoshlar. Bu kalendardagi oddiy kun emas 🇺🇿 @mirzo_zominiy
Show all...
IMG_3340.MOV17.46 MB
30👍 7💯 5🙏 4 1
🇺🇿 31-avgust – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi qabul qilingan kun va Qatag‘on qurbonlari xotirasi kuni hisoblanadi. Toshkentda bo‘lsangiz dam olish kunlarida Qatag‘on qurbonlari muzeyiga, albatta, boring. Ular fikrda, o‘zlarini ifoda etishda erkin, sobit bo‘lganlari uchun tuzum, hokimiyat mafkurasi xizmatchilari tomonidan qabul qilinmagan va bunday tendensiya, afsuski, hozirgi zamonda ham turli ko‘rinishlarda uchrab turadi. Suhbat uchun @fabulauz’ga rahmat. Podkastimizni bugun chiqarishning o‘z ma’nosi, undan ko‘zlangan maqsad bor. Suhbatda bildirilgan fikrlar sizning, yaqinlarning axborot va uning iste’moli, mafkurani singdirish, propagandaga munosabatingizni sal bo‘lsa-da, o‘zgartira olsa, xursand bo‘lamiz. → Tomosha uchun havola: https://youtu.be/Kg5InmUMzvg → Tomoshadan keyin orzudagi O‘zbekistonning slogani 3 so‘z bilan lo‘nda ifodalab berilgan ikki izoh muallifiga sovg‘am bor. Maroqli tomosha tilayman. #SigmaPodcast @mirzo_zominiy
Show all...
Toshkent, O'zbek tili va Qadriyatlar | Mirzo Zominiy

Podkastimizning navbatdagi sonida jurnalist, kopirayter, pr va kreativ bo'yicha mutaxassis Mirzayor Erkin bilan Toshkent, uning arxitekturasi va ruhiyati, o'zbek tili, unda kreativ bilan shug'ullanish, propaganda va PR haqida suhbatlashdik. Reklama bo'yicha: +998 97-156-22-11

https://t.me/profsoyuz_influence

Boshqa qiziqarli videolar shu yerda: INSTAGRAM -

https://instagram.com/sigma_pdcst?igs

TELEGRAM -

https://t.me/sigma_podcast

Toshkent, O'zbek tili va Qadriyatlar | Mirzo Zominiy

🔥 8 4👍 3🫡 2
Ilyos akaning gaplariga toʻliq qoʻshilaman va tegishli tashkilotlardan rasmiy munosabat kutib qolamiz. Davlatimiz tiliga umuman aloqasi yoʻq bir tilda nega doim yozib kelishadi? Biznes ham, davlat ham, oʻzini oʻzicha ziyoli, kattakon deb bilgan borki, rus tiliga simpatiyasi juda-juda kuchli. Oʻzbek tilini oʻrganishga, undan koʻproq foydalanishga kirishgandan “akalarining” tilini oqlash, bahonalar topishni ma’qul biladilar har gal. Sal gʻalatimasmi? Siz vatandoshi hisoblangan Oʻzbekiston pasportida ma’lumotlar qaysi tilda yozilgan, mulladoʻst? @mirzo_zominiy
Show all...
Ilyos Safarov

🔥 19👍 10💯 10
Repost from 95 CHOY
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentdagi kunbotar va shahar sarishtaligi himoyachilari 🛡️ Manba: Bobur Alimxoʻjayev @toqsonbeshchoy
Show all...
60👍 13🙏 4🔥 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.