cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

The Perfectionist

📌 Nazarbek Nazarovning shaxsiy blogi. Tarjimon, jurnalist, havaskor musiqachi-DJ, yozuvchi. Maksimalizm devori ortiga yashiringan inson. Idealist-perfeksionist. Murojaat uchun: @Afterway@Bookerberg@Musicberg

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedMovies85 688
Advertising posts
199
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-1230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
O'zbekcha Wikipediya... @ThePerfectionist
Show all...
😁 8
O'zbekistonda mashina sotib olish va absurd Bugun UzAuto Motors bir necha avtomobil rusumlari savdosi uchun shartnomalar ochilganini e'lon qildi. Videolardan ko'rib turibmizki (1, 2), odamlar buni ancha kutishgan. Mashinalarni chiqishini bir yil yoki undan ortiq vaqt kutishni xohlashmaydi va qarasa avtosalonlar shu oyni o'zida yetkazib berishni va'da qilmoqda — hamma yopirilib borishi tabiiy. Kulguli tomoni, global miqyosda olib qaraydigan bo'lsak, hech bir mamlakatda avtomobil sotib olish biznikichalik kabi qiyin emas. Absurd tomoni shundaki, deyarli 40 millionlik aholiga faqat bitta monopol mashina sotadi (oxirgi yillarda bizga boshqa avtokompaniyalar ham kirib keldi, lekin umumiy fonda baribir o'zgarish sezilmayapti). Ulgursa, hammaga vaqtida yetkazib berishga qurbi yetsa ham mayli edi. Lekin beshta barmog'ini og'ziga tiqqani bilan vazifasini qoyillatib qo'yib bajara olmayapti. Yana bir absurd tomoni shuki (allaqachon o'zbekistonliklarga g'alati tuyulmay qolgan absurd), siz tovarga pulni ancha oldin to'lab qo'yasiz, keyin avtokompaniya sizga mashina "berish-bermaslikni o'ylab ko'radi". Bu kulguli-ku. Chet eldagilar bizdagi holatni eshitib rosa qotishsa kerak. Chunki ularda pul bo'lsa bo'ldi, hozirni o'zida mashina egasi bo'lish mumkin. Lekin bizda buni tasavvur qilish ham qiyin. Vaholanki, bu butun dunyoda oddiy amaliyot hisoblanadi. Bir tomondan xalqimizni o'ziyam shunga loyiqmi debam o'ylayman, shuncha qimmat bo'lsayam, qarang, sotib olish uchun navbatda turganlar qancha. Demak, odamlarda pul bor — o'zlari noliganchalik darajada ahvol yomon emas ekan. Yana bilmadim. Shaxsan men uchun hozircha mashina sotib olish — shunchaki "роскошь". Bundan tashqari, moliyaviy tomondan olib qarasak, avtomobil bu aktiv emas, passiv. Unga ham pul sarflashingiz kerak. Shuning uchun ham shaxsiy avtomobilning ahamiyatini "overrated" deb bilsam kerak. Lekin ko'rib turibmizki, xalqimiz orasida "prioritetlar" mutlaqo boshqacha. @ThePerfectionist
Show all...
Водий бозор

#Тезкор База ишламаяпти❌ Айни вақтларда «Узавто Моторс» автосалонларида ҳам база ишламаяпти ва шартномалар берилмай турибди. ❗️Бугундан "Дамас", "Кобалт", "Каптива 5" ларга шартномалар очилди, лекин салонларда база ишламаяпти. Тарқатинг Батафсил👉 @VODIYBOZOR

🔥 4
Avvalroq xabar berilganidek, texnomuxlis.uz sayti uchun ham ilm-fan va texnologiyalar haqida maqolalar yozib turaman. Saytda qiziqarli materiallar asta-sekin ko'paymoqda. Bu hali boshlanishi. Shuningdek, sizlarga saytning Telegram-kanaliga obuna bo'lib qo'yishni ham maslahat beraman. Sayt uchun yozgan, tarjima qilgan eng qiziqarli maqolalarim: ⭐️ Blokcheyn o'zi nima? Nega uni tatbiq qilish bunchalik qiyin? ⭐️ Oy — yangi turistik manzil bo'la oladimi? ⭐️ ⭐️ Men VR`da yuzlab soat vaqt o'tkazdim. Xo'sh, men nimalarni o'rgandim? @ThePerfectionist
Show all...
Texnomuxlis.uz

texnomuxlis.uz - hammasi zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar haqida Takliflar uchun: @raqamkash

👍 3🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
Mettyu Perri suratga tushgan eng yaxshi filmlar va seriallar 28-oktabr kuni “Friends” (“Do'stlar”) seriali yulduzi, amerikalik aktyor va ssenarist Mettyu Perri olamdan ko’z yumdi. Bugun Mettyu Perri xotirasiga bag'ishlab, u suratga tushgan seriallar, asosiy rollarni ijro etgan eng yaxshi filmlarni eslaymiz: https://www.afisha.uz/uz/cinema/2023/10/29/mettyu-perri Kanalga obuna bo’ling 👉 @afishauzb
Show all...
3💔 3
Tahmin qilib bo'lmas yakunga ega filmlar TOP 10 taligi Shunday filmlar borki, ularning yakuni biz o’ylamagan darajada murakkab yoki tahmin qilib bo’lmaydigan ravishdagi voqealar rivojiga ega bo’ladi. Biz bunday filmlarni aynan shu jihati uchun ham yoqtiramiz. Ushbu maqolada aynan ana shunday filmlardan o'z TOP-10 taligimni tuzdim. https://www.afisha.uz/uz/cinema/2023/10/22/unpredictable @ThePerfectionist
Show all...
Tahmin qilib bo'lmas yakunga ega filmlar TOP 10 taligi — Toshkent Afishasi

Devid Fincher, Martin Skorseze, Kristofer Nolan... Afisha.uz sizlar uchun tahmin qilib bo'lmas yakunga ega filmlar TOP-10 taligini taqdim etadi.

Photo unavailableShow in Telegram
"Futbol, matonat va katta muvaffaqiyat" — Bekxem haqida Netflix tomonidan suratga olingan hujjatli mini-serial haqida Yaqinda mashhur futbolchi va o’z davrining hayratlanarli darajada katta yulduziga aylangan Devid Bekxem haqida Netflix tomonidan suratga olingan 4 soatlik mini-serial ommaga taqdim etildi. Afisha.uz muharriri ushbu mini-serial tomoshasidan olgan taassurotlari bilan ulashadi. Batafsil: https://www.afisha.uz/uz/cinema/2023/10/08/bekxem Kanalga obuna bo’ling 👉 @afishauzb
Show all...
👍 2 2
Repost from Bookerberg
Photo unavailableShow in Telegram
Tirik qolish haqidagi filmlar TOP 10 taligi “Tirik qolish” mavzusidagi filmlarni ko'pchilik yoqtirsa kerak. Bunday filmlar — kino tomosha qilayotib, turli hissiyotlarni tuyishni, qandaydir ma’noda adrenalin olishni xohlaydigan tomoshabinlar uchun qiziqarli tanlov. Sizlar uchun ana shunday filmlar TOP-10`taligini tuzib chiqdim. Batafsil: https://www.afisha.uz/uz/cinema/2023/10/01/survival Siz qaysilarini tomosha qilgansiz? @Bookerberg
Show all...
🆒 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bir kechada ko'rib tugatsa bo'ladigan 7 ta mini-serial Ba’zi insonlar seriallarni unchalik xushlamaydi. Sababi oddiy — ular uzoq davom etadi, oxirigacha tomosha qilishga sabr yetmaydi, ba’zan esa voqealar rivoji juda cho’zib yuboriladi. Xo’sh, siz shunday insonlar toifasiga kirsangiz, siz uchun yangilik bor. Sanoqsiz seriallar orasida qisqa, bir kechada ko’rib chiqsa bo’ladigan seriallar ham topiladi. Afisha.uz siz uchun aynan shunday mini-seriallarning eng yaxshilarini bir joyga jamladi. Batafsil: https://www.afisha.uz/uz/cinema/2023/09/24/mini-series Kanalga obuna bo’ling 👉 @afishauzb
Show all...
👍 4🔥 1
Repost from davletovuz
Photo unavailableShow in Telegram
Твиттерда (Х) ҳадемай видео ва аудио қўнғироқ қилиш мумкин бўлар экан.
Show all...
Repost from Bookerberg
Photo unavailableShow in Telegram
Texnologiya, robotlar va insoniyat: Kelajak haqida so'zlaydigan 7 ta serial Futuristik, ya’ni kelajak haqidagi seriallar ba’zan bizni o’zining kutilmagan g’oyalari, savollari bilan o’ylantirib qo’yadi. Insoniyat o’z taraqqiyoti yo’lida qanday muammolarga duch kelishi mumkin? Futuristik mazmundagi seriallar bizda bu haqda tasavvur hosil qila oladi. Ba’zan hammasi oddiydek ko’rinadi, ba’zan ularda aks ettirilgan g’oyalarda oldin xayolimizga kelmagan muammolarni ko’ra boshlaymiz. 1. "Qora oyna" — Black Mirror 2. "Sevgi, o’lim va robotlar" — Love, Death & Robots 3. "Yovvoyi G’arb dunyosi" — Westworld 4. "O'zgartirilgan uglerod" — Altered Carbon 5. "Ko'chirish" — Upload 6. "Filip K. Dikning elektrik tushlari" — Philip K. Dick’s Electric Dreams 7. "404-o'lcham" — Dimension 404 Maqolani to'liq o'qish: https://www.afisha.uz/uz/cinema/2023/08/20/futuristic-series Qaysilarini tomosha qilgansiz? @Bookerberg
Show all...