cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района

Advertising posts
11 708
Subscribers
-4324 hours
-2857 days
-2 91830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

✅Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 68-sonli umumta'lim maktabida ham "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar-trening boshlandi. 🔰Seminar kaskad usulida ikki bosqichda o'tkazilib, unda barcha umumta'lim maktablaridagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari qamrab olingan. Unda o'quvchilar tarbiyasi va odob-axloqi hamda davomatini yaxshilash bo'yicha mas'ullarning malakasi oshirilishi ko'zda tutilgan. 👉O'quv-seminar davomida ta'lim tashkilotlaridagi o'quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlarga daxldorlik hissi asosida tarbiyalash bo'yicha hamkor tashkilotlar bilan amalga oshiriladigan vazifalar aniq belgilab olinadi. 🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharXTBB
Show all...
👍 3
#Diqqat ❗️Mazkur xabarga o'zgartirish kiritildi. Fuqarolar murojaatiga asosan 3 ta mahallada "Uchuvchilar", "Oltin vodiy", "Qumariq" mfyda gaz 4-may kunida o'chirilmaydi, balki 6-may kuni 10:00 dan 18:00 ga qadar gaz o'chiriladi.
Show all...
👍 4
🇺🇿 #Fayzli_Sergeli #Nurhayot_MFY 🟡 Yaqin kunlarda Sergeli tumanidagi "Nurhayot" mahallasi poytaxtimizning obod va fayzli manzilgohlaridan biriga aylanadi. Ayni kunlarda mazkur hududda “Obod xonadon, Obod ko‘cha, Obod mahalla” mezonlarini joriy etish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. ____ 🟡 В ближайшем будущем махалля "Нурхаёт" Сергелийского района станет одним из благополучных и благодатных населенных пунктов нашей столицы. В настоящее время в этой сфере ведутся масштабные работы в связи с реализацией критериев «Обод хонадон, Обод куча, Обод махалла». ✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website📺You Tube
Show all...
👍 8 3🔥 1🤔 1🕊 1
🇺🇿#Suzish #Hokim_kubogi 🏊‍♀️ Suzish sporti bo'yicha hokim kubogi o'tkazildi 277-sonli maktabda joylashgan suv havzasida suzish bo'yicha tuman hokimi kubogi o'tkazildi. Unda 200 ga yaqin yosh sportchilar ishtirok etdi. 🔺Musobaqada ishtirokchilar quyidagi toifalarda g'oliblik uchun kurash olib borildi. ➡️50 m erkin suzish usulda 9-10 yosh qizlar o'rtasida ➡️100 m erkin suzish usulda 11-12 yosh qizlar o'rtasida ➡️100 m erkin suzish usulda 13-14 yosh qizlar o'rtasida ➡️50 m erkin suzish usulda 9-10 yosh o'g'il bolalar o'rtasida ➡️100 m erkin suzish usulda 11-12 yosh o'g'il bolalar o'rtasida ➡️100 m erkin suzish usulda 13-14 yosh o'g'il bolalar o'rtasida ➡️50 m erkin suzish usulda 9-10 o'g'il bolalar o'rtasida ➡️100 m erkin suzish usulda 11-12 yosh o'g'il bolalar o'rtasida ➡️100 m erkin suzish usulda 13-14 yosh o'g'il bolalar o'rtasida ➡️4 karra 50 m miks guruh o'rtasida ✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Show all...
👍 7 2🔥 2🕊 1
🇺🇿#Matbuot_erkinligi_kuni Bugun, 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 3-mayda “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb eʼlon qilish va shu sanada matbuot erkinligi kunini nishonlash haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan. 1994-yil 3-maydan buyon har yili ushbu sana dunyo bo‘ylab Jahon matbuoti erkinligi kuni sifatida nishonlanadi. ✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Show all...
👍 3 2
🇺🇿 #Xabarlar #Biz_Jinoyatga_QarshimizBiz jinoyatchilikka qarshimiz! 🎥 Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda 🗣Sergeli tumani "Nilufar" mahallasida Sergeli tuman Ichki ishlar bo'limi masʼul xodimi boshchiligida 6-sonli maktab binosida jinoyatchilik yuzasidan muhokama boʻlib oʻtdi. Yig'ilishda jinoyatning kelib chiqish omillari va sabablari keng muhokama qilinib jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, maktab oʻqituvchilari va ota-onalar ishtirok etishdi. ___ 🎥 Принимаются комплексные меры по предупреждению преступлений и борьбе с преступностью. 🗣В махалле "Нилуфар" Сергелийского района в здании школы №6 ответственный сотрудник внутренних органов провели дискуссию о преступности. Во встрече приняли участие представители общественности, районные активисты, школьные учителя и родители, на которой широко обсуждались факторы и причины преступности. ✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Show all...
👍 4
🇺🇿 #Gaz_óchiriladi Hurmatli "Qumariq", "Oltin Vodiy", "Uchuvchilar" mahalla fuqarolari! 🏗 Mazkur mahalla hududidagi ko'chalarda joylashgan tabiiy gaz taqsimlash tarmog'ida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 4-may soat 10:00 dan soat 18:00 ga qadar gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatilishini ma'lum qilamiz.   Kuzatilayotgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz. ✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Show all...
👍 5
Repost from Xushnudbek.uz
1-maydan minimal isteʼmol xarajatlari 648 ming soʻm etib belgilanganligi sabab Prezident farmoni bilan quyidagi pensiyalarning miqdori oshirildi: ➖ zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolar uchun — oyiga 648 ming so‘m; ➖ ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 648 ming so‘m; ➖ o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakili uchun — oyiga 648 ming so‘m; ➖ boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — oyiga 648 ming so‘m; ➖ boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 648 ming so‘m. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 5
🇺🇿#ÉLON #DIQQAT 🎓 Talaba bo‘lish istagidagi xotin-qizlar shoshiling! Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi.
Hukumat qaroriga muvofiq, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq, oliy ma'lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta'lim muassasalariga alohida qabul parametrlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar ushbu👉 https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali ariza topshirishlari lozim. ❗️Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ o‘rta maxsus yoki professional ta'lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi; ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta'lim olmaganligi yoki olmayotganligi; ➖ o‘rta maxsus yoki professional ta'lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.   Ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma; ➖ o‘rta-maxsus yoki professional ta'lim bo‘yicha diplom.   ➖ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi. 📍 Manzil: Sergeli tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi ☎️ Murojaat uchun: 71-2151177 90-1126632 ✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Show all...
👍 6 1🕊 1
Президент Шавкат Мирзиёев: Инвестициялар – бу мамлакатимиз трансформациясининг локомотиви ва иқтисодий тараққиётимизнинг мустаҳкам драйверидир Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
👍 4