cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси. Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй. Электрон манзили: [email protected] Телефон — (+998) 71 237 08 01

Show more
Uzbekistan6 361The language is not specifiedEducation12 789
Advertising posts
11 957
Subscribers
-3224 hours
-1887 days
-30530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#tanishing #oliy_toifa_sohiblari ✅Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 268-sonli umumta'lim maktabi tarbiya fani o'qituvchisi Shaxnoza Rahimova attestatsiya jarayoni test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi. 👍Yakunda mohir pedagog test imtihonlarida 94 ball jamg'arib, oliy malaka toifasini qo'lga kiritdi. 🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharXTBB
Show all...
👌 2👏 1
03:27
Video unavailableShow in Telegram
🔈 “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarga oid videorolik tayyorlandi. Unda mamlakat hayotida yuz berayotgan o'zgarishlar qisqa aks ettirilgan. Kanalimizga obuna bo'ling 👉🏻 https://t.me/dscuzbekistan Markaz rasmiy sahifalari Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube
Show all...
👍 1🤔 1
✅Bugun Yakkasaroy tumanidagi alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 25-sonli maxsus maktabda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan “Kutubxonachi — kitob va kitobxon o'rtasidagi oltin ko'prik” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. ❇️Xalqaro kutubxonachilar kuniga bag'ishlab o'tkazilgan mazkur tadbirda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bo'lim boshlig'i Umid Umirzoqov, Yakkasaroy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Dilfuza Mustafoyeva, “Jadid” gazetasi bosh muharriri o'rinbosari Humoyun Akbarov ishtirok etdi. 🔰Tadbirda maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi. Poytaxtimiz umumta'lim maktablarining fidoyi va tajribali kutubxonachilari tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. 🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharMMTB
Show all...
👏 1
03:32
Video unavailableShow in Telegram
✅Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 255-sonli umumta'lim maktabida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish bilan birgalikda o'quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirishga ham alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. 🔰Jumladan, maktab qoshida tikuvchilik, duradgorlik, qandolatchilik, mobilografiya va IT yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, ularda 100 nafardan ortiq yigit-qiz o'zlari yoqtirgan kasb-hunar sirlarini o‘rganishmoqda. Ular orasida mustaqil ravishda buyurtma olib, yaxshigina daromad topayotganlari ham talaygina. 🎥Bu haqda batafsil video reportajimiz orqali batafsil tanishing. 🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharMMTB
Show all...
👍 2👏 1
✅Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 44-sonli umumta'lim maktabining 11-"G" sinf o'quvchisi Shaxboz Iskandarov iqtidorli bitiruvchilardan biri. ❇️U ingliz tilidan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishib, 7 ball jamg'ardi. Shaxboz muddatidan oldin Toshkent xalqaro westminster universiteti talabasi bo'lishga ulgurgan edi. 🔰Yaqinda iqtidorli o'quvchi Shaxboz Iskandarov dunyoning top 100 talik reytingidan o'rin olgan, Buyuk Britaniyaning bir yo'la to'rtta — University of York, Birmingham, Bristol hamda Queen Mary universitetlariga ham hujjat topshirib, muddatidan oldin talaba bo'lish baxtiga musharraf bo'ldi. 🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharMMTB
Show all...
👏 4👍 1
✅Poytaxtimizdagi Mirobod tumanidagi 125-sonli umumta’lim maktabida Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. ❇️Unda universitetning "Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi kafedrasi mudiri fizika-matematika fanlari nomzodi M.M.Rasulmuhamedov boshchiligida kafedraning professor -oʻqituvchilari ishtirok etdi. 🔰Tadbirda oliy taʼlim muassasasidagi shart-sharoitlar hamda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Uchrashuvda bitiruvchilar bilan savol -javoblar oʻtkazildi va faol ishtirok etgan oʻquvchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi. 🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharMMTB
Show all...
👏 2
Rasmiy munosabat ✅Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Toshkent shahrida joylashgan 48-sonli DMTTga tekshiruvchilar kelganda noqonuniy bo'lgan 44 nafar yosh bolani tekshiruvchilarga ko'rsatmaslik uchun kichkina xonaga qamab qo'yishgani, natijada ularga havo yetmay dimiqib qolishgani, ushbu holatda bir bolaga tez tibbiy yordam ko'rsatilgani tanqid qilingan edi. Yuqoridagi holat Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi nazoratiga olingan. Hozirda Yangihayot tumanidagi 48-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati huquq-tartibot idoralari tomonidan o'rganilayotganligini ma'lum qilamiz. 🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharMMTB
Show all...
🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
🎉 So‘nggi qo‘ng‘iroq munosabati bilan gala-konsert! 🎉 Aziz do‘stlar! Sizni So‘nggi qo‘ng‘iroq kuniga bag‘ishlangan ajoyib konsertga taklif qilamiz! Ushbu unutilmas tadbir o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalar va do‘stlarni o‘quv yili yakunini nishonlash uchun jamlaydi. Tashkilotchilar: Toshkent shahar hokimligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi. Konsert dasturidan:
🎵 Yorqin musiqiy chiqishlar: Ravshan Sobirov, Nasiba Abdullayeva, Shoxruhxon, Ulug'bek Rahmatullayev, Ziyoda va “Bolalar”, “Setora”, “Sahar”, “Afruz” guruhlari va boshqalar 💃 Raqsli chiqishlar ✈️Dron shou 🌟 DJ-battl va retro chiqishlar o‘rin olgan.
Quvonch va maktab bilan xayrlashish muhitiga sho‘ng‘ish, bitiruvchilarni yangi yutuqlar sari yo‘lida qo‘llab-quvvatlash uchun keling! 🗓 Sana: 25-may 🕖 Vaqti: 19:00 📍 Manzil: Xalqlar do‘stligi maydoni. Ushbu muhim va qiziqarli tadbirni o‘tkazib yubormang, sizni ko‘rishdan xursand bo‘lamiz! — 🎉 Гала-концерт в честь Последнего звонка! 🎉 Дорогие друзья! Приглашаем вас на грандиозный концерт, посвященный Последнему звонку! Это незабываемое событие соберет всех учащихся, преподавателей, родителей и друзей, чтобы вместе отпраздновать завершение учебного года. Организаторы: хокимият города Ташкента, Министерство высшего образования, науки и инноваций, Агентство по делам молодёжи. В программе концерта:
🎵 Яркие музыкальные выступления: Равшан Собиров, Насиба Абдуллаева, Шохруххон, Улугбек Рахматуллаев, Зиёда и группы “Болалар”, “Сетора”, “Сахар”, “Афруз” 💃 Танцевальные номера ✈️ Дрон шоу 🌟 DJ-баттл и ретро выступления.
Приходите, чтобы окунуться в атмосферу радости и прощания со школой, а также поддержать выпускников на их пути к новым достижениям! 🗓 Дата: 25 мая 🕖 Время: 19:00 📍 Место: площадь Дружбы народов. Не пропустите это важное и трогательное событие! Будем рады видеть всех!
Show all...
🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
✅Poytaxtimizdagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida davom etayotgan attestatsiya jarayonida test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan pedagoglarimiz safi kengaymoqda. 🔰Bugun poytaxtimiz umumta'lim maktablarida stajyor-o'qituvchi sifatida faoliyatini davom ettirayotgan yosh pedagoglar imtihon topshirishni boshlashdi. Jumladan, unda Bektemir tumanidagi 290-sonli umumta'lim maktabi o'zbek tili fani o'qituvchisi Mohinabonu Yunusova 82 ball to'plab, maxsus sertifikatni qo'lga kiritdi. 🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharMMTB
Show all...
👌 2👍 1
✅"KICHIK AKADEMIYA"NING KATTA YUTUQLARI 🎙Kuni kecha Sergeli tumani 300-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida "Fikrimiz, jasoratimiz, ijodimiz - senga, Vatan!" shiori ostida o'quvchilarning ixtiyoriy-ijodiy uyushmasi bo'lgan Maktab "Kichik akademiya"sining ilmiy-amaliy hisobot festivali bo'lib o'tdi. ❇️Maktab "Kichik akademiya"si rahbari, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Malika Abdullayeva boshchiligida tashkil etilgan bu festivalda iqtidorli o'quvchilar tomonidan yaratilgan ilmiy, ijodiy va amaliy ishlar ko'rgazmasi hamda sport va madaniyat yo'nalishidagi tantanali chiqishlar namoyish etildi. 🔰O'quv yili davomida yutuq va muvaffaqiyatlarga erishgan iqtidorli o'quvchilar va ularning o'qituvchilari medal, diplom, esdalik sovg'alari hamda turli nominatsiyalar bo'yicha statuetkalar bilan taqdirlandilar. 🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati 👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: https://t.me/ToshkentshaharMMTB
Show all...
👏 2