"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar: https://linktr.ee/uzgidro "O`ZBEKGIDROENERGO" AJ Toshkent sh, A. Navoiy ko`chasi, 22-uy Ishonch Telefon: +99878 150-50-15 E-mail-uzgidro@exat.uz Call center: 1386
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel "O`ZBEKGIDROENERGO" АJ
Channel "O`ZBEKGIDROENERGO" АJ (@uzgidrouz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 10 064 subscribers, ranking 6 964 in the Business category and 7 670 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 10 064 subscribers.
According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 540 over the last 30 days and by -6 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 19.42%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 14.51% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 1 955 views. Within the first day, a publication typically gains 1 460 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 10.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar:
https://linktr.ee/uzgidro
"O`ZBEKGIDROENERGO" AJ
Toshkent sh, A. Navoiy ko`chasi, 22-uy
Ishonch Telefon: +99878 150-50-15
E-mail-uzgidro@exat.uz
Call center: 1386”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Business category.
Jumladan, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi va barqaror elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlash, sel va suv toshqinlari mavsumida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarning ijrosi, investitsiya loyihalarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish, loyihalar ijrosi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda topshiriqlarning natijadorligini ta’minlash masalalari yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborotlari eshitildi. Ta’kidlanganidek, Jamiyatda ijro intizomini ta’minlash bo‘yicha kunlik, haftalik va oylik kesimda monitoring tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir nazoratdagi topshiriqning ijro holati muntazam ravishda tahlil qilinib, muddatlar, mas’ullar va erishilayotgan natijalar alohida nazoratga olinmoqda. Mazkur tizim topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish, ijro jarayonidagi muammolarni barvaqt aniqlash hamda ularni tezkor bartaraf etish imkonini bermoqda.✅ Yig‘ilishlarda tarkibiy tuzilmalar rahbarlariga topshiriqlar ijrosiga yuzaki emas, balki aniq natija va mas’uliyat nuqtayi nazaridan yondashish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish hamda har bir vazifaning sifatli va samarali bajarilishini ta’minlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi. 👍 Batafsil | Подробно: 👉 uzgidro.uz "O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⭐️“Energoqurilishindustriya” MChJning boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbuskorligida 50 nafar ishchi-xodim uchun Jizzax viloyatining Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi. Mazkur sayohat yurtimiz bo‘ylab ichki turizmni qo‘llab-quvvatlash, xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish hamda jamoada sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy ifodasidir. 🗺Sayohat davomida xodimlar Zominning betakror tabiati, so‘lim va go‘zal maskanlari bilan yaqindan tanishib, tabiat qo‘ynida maroqli hordiq chiqardilar. Mazmunli dam olish xodimlarga yangi kuch va ijobiy kayfiyat bag‘ishlab, jamoaviy hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi."O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🤖 Yig‘ilishda, avvalo, Jamiyat faoliyatini raqamlashtirish va kiberxavfsizlikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Raqamli boshqaruv tizimlarini takomillashtirish bilan bir qatorda, axborot resurslari va infratuzilmasini zamonaviy kiberxavflardan himoya qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularga samarali yechimlar belgilashga alohida eʼtibor qaratildi. 🤖Yana bir muhim yo‘nalish – sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish va xodimlarning malakasini oshirish. Bugungi raqamli davrda ilg‘or texnologiyalarni ish jarayonlariga izchil tatbiq etish bilan bir qatorda, ulardan samarali foydalana oladigan malakali kadrlarni shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi.🤍 Zamonaviy texnologiyalarni samarali qo‘llay oladigan malakali kadrlarni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish belgilandi. Xodimlarni zamonaviy standartlar asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularning raqamli savodxonlik, sunʼiy intellekt va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirish, o‘qitish jarayonini aniq natija va amaliy samaradorlikka yo‘naltirish bo‘yicha masʼullarga qatʼiy topshiriqlar berildi. 🧠 Shuningdek, gidroenergetika obyektlarini samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan suv kelishini prognoz qiluvchi axborot tizimi masalasi ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Suv resurslarining kelib tushishini oldindan baholash imkonini beruvchi zamonaviy raqamli yechimlarni rivojlantirish elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samarali rejalashtirishga xizmat qiladi. ⚡️Yig‘ilishda har bir masʼulga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan topshiriq va vazifalar ijrosini belgilangan muddatlarda, kechiktirmasdan hamda sifatli taʼminlash yuzasidan qatʼiy topshiriqlar berildi. "O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
