"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ
رفتن به کانال در Telegram
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar: https://linktr.ee/uzgidro "O`ZBEKGIDROENERGO" AJ Toshkent sh, A. Navoiy ko`chasi, 22-uy Ishonch Telefon: +99878 150-50-15 E-mail-uzgidro@exat.uz Call center: 1386
نمایش بیشتر9 377
مشترکین
-3724 ساعت
-3357 روز
-73430 روز
آرشیو پست ها
🇨🇳 🇺🇿 Xorijiy tajribani o‘rganish: gidroenergetika sohasida raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, ilg‘or axborot xavfsizligi texnologiyalarini joriy qilish, kiberxavfsizlik doirasidagi xatarlarni oldini olish masalalariga doir
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🌟 Gidrotexnika inshootlariga qo‘yiladigan yuklamalar va taʼsirlar
🌕Gidrotexnika inshootlariga har xil yuklamalar taʼsir qiladi. Ular taʼsir qilish xarakteri, kelib chiqishi, taʼsir etish muddati va takrorlanishi bilan farqlanadi. Ulardan baʼzi birlari doimiy (masalan, inshoot og‘irligi), qolganlari esa maʼlum davrda taʼsir etadi (muzlar taʼsiridagi yuklanishlar) yoki qisqa muddatli va takrorlanishi tasodifiy (masalan, seysmik taʼsirlar) bo‘ladi. Demak, inshootlarga bir vaqtning o‘zida har xil kuchlar taʼsir qilishi mumkin.
💧 Gidrotexnika inshootlari mustahkamlik va ustuvorlik hisoblarini bajarishda QMQ bo‘yicha asosiy va maxsus yuklamalar birikmalariga ajratiladi. Asosiy birikma doimiy va vaqtinchalik (uzoq muddatli va qisqa muddatli) yuklamalar va taʼsirlardan, maxsus yuklamalar esa – doimiy, vaqtinchalik uzoq muddatli, alohida qisqa muddatli va maxsus yuklamalar va taʼsirlarning birortasidan hosil bo‘ladi.
👍 Batafsil |Подробно: 👉 uzgidro.uz
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik
—
Поздравление учителям и наставникам Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📍 “Samarqand GESlar kaskadi” filiali tarkibidagi Pastdarg‘om mikro GES-3ning o‘rnatilgan quvvati 760 kVtni tashkil etib, mazkur mikro GES tomonidan yiliga o‘rtacha 4 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Bu esa qariyb 1,5 mingta xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini taʼminlash imkonini bermoqda. Shuningdek, mikro GES faoliyati natijasida yiliga qariyb 1 mln kub metr tabiiy gaz hamda 1,6 ming tonna ko‘mir tejalishiga erishilmoqda.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Davlatimiz rahbari "Yangi O‘zbekiston" universitetida ko‘rgazma bilan tanishdi, o‘qituvchi va talabalar bilan muloqot qildi.
—
Глава нашего государства ознакомился с выставкой, побеседовал с преподавателями и студентами в Университете «Новый Узбекистан».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔹Betonlashtirilgan kanallarda kichik va mikro GESlar qurish – gidroenergetik salohiyatdan samarali foydalanish imkoniyati
⚡️Bugungi kunda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda mavjud suv xo‘jaligi infratuzilmasining energetik salohiyatini ishga solish gidroenergetika sohasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, betonlashtirilgan irrigatsiya kanallarida kichik va mikro gidroelektr stansiyalarini (GES) barpo etish orqali suv oqimining kinetik va potensial energiyasidan samarali foydalanish uchun keng imkoniyatlar mavjud.
⚡️ Betonlashtirilgan kanallarning asosiy afzalliklaridan biri suv oqimining belgilangan o‘zanda harakatlanishi, gidravlik parametrlarni hisoblash va boshqarish imkoniyatining mavjudligidir. Kanallarning ayrim uchastkalaridagi suv sarfi, oqim tezligi va balandliklar farqi kichik gidroenergetika qurilmalarini joylashtirish uchun qulay texnik shart-sharoitlarni yaratishi mumkin. Bunda mavjud gidrotexnika inshootlari, suv tashlash va taqsimlash uzellari hamda suv sathini boshqarish obyektlarining imkoniyatlarini kompleks o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.👍 Batafsil |Подробно: 👉 uzgidro.uz "O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
+9
“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi
⚡️ Bugun, 29-sentabr kuni Jamiyat katta majlislar zalida yaqinlashib kelayotgan umumxalq bayrami, 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil qilindi. Tadbirda “O‘zbekgidroenergo” AJ Ijro apparati xodimlari hamda hamkor oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
🔷 Tadbirni kirish so‘zi bilan Jamiyat Boshqaruv raisi Islom Abduraxmonov ochib berib, professor-o‘qituvchilar jamoasini bayram munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.
📌Bugungi kunda ustoz va murabbiylarning sharafli hamda mas’uliyatli mehnati samarasi o‘laroq, yoshlarimiz har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetmoqda, ilm-fan, texnika, madaniyat, san’at va sport sohalarida yuksak natijalarga erishmoqda.
📊 Tadbirda “O‘zbekgidroenergo” AJ bilan ko‘p yillardan buyon samarali hamkorlik qilib, gidroenergetika sohasini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, taʼlimni nazariya va amaliyot uyg‘unligida olib borish, fidoyi, vatanparvar yosh avlodni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI MTU), Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU), Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (TAQU), Toshkentdagi MEI MTUning jonkuyar professor-o‘qituvchilari mehnatini qadrlash, shuningdek, 1 oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ularni rag‘batlantirish maqsadida bir guruh professor-o‘qituvchilarga Jamiyatning “Gidroenergetika iftixori” ko‘krak nishoni, tashakkurnoma va pul mukofotlari topshirildi.
⚡️ “Gidroenergetika iftixori” ko‘krak nishoni bilan quyidagi professor-o‘qituvchilar taqdirlandilar: 1. Qahhorov O‘ktam Abduraximovich – “TIQXMMI” MTU dotsenti, texnika fanlari doktori; 2. Fatxulloyev Alisher Mirzatillayevich – “TIQXMMI” MTU professori; 3. Yusufbekov Nodirbek Rustambekovich – TDTU professori; 4. Maxmudov Said Maxmudovich – TAQU professori, texnika fanlari nomzodi; 5. Iskenderov Axmet Maksetbayevich – Toshkentdagi MEI MTU direktori o‘rinbosari, texnika fanlari doktori. ⚡️ Shuningdek, bir guruh professor-o‘qituvchilar “O‘zbekgidroenergo” AJning tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar: 1. Yangiyev Asror Abdixamidovich – “TIQXMMI” MTU professori; 2. Usmonov Aziz Magdaliyevich – “TIQXMMI” MTU professori, texnika fanlari doktori; 3. Firlina Galina Lvovna – “TIQXMMI” MTU katta o‘qituvchisi; 4. Muxammadiyev Murodulla Muxammadiyevich – TDTU professori, texnika fanlari doktori; 5. Djurayev Qurbon Salixdjanovich – TDTU dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); 6. Shadibekova Fatima To‘lqinovna – TDTU katta o‘qituvchisi; 7. Rasulov Rustam Hayatovich – TAQU dotsenti, texnika fanlari doktori; 8. Xidoyatov Zaxidjan Dalivayevich – TAQU dotsent; 9. Sodiqbekova Zuxra Saidaminovna – Toshkentdagi MEI MTU o‘qituvchisi; 10. Narmanov Abdirasul Jumayevich – Toshkentdagi MEI MTU o‘qituvchisi.Hamkor oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh, iqtidorli va istiqbolli olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish hamda ilmiy izlanishlarini yanada rivojlantirish maqsadida 6 nafar o‘qituvchilar Boshqaruv raisining tashakkurnomasi va zamonaviy noutbuklar bilan taqdirlandi.
1. Voxidov Oybek Farxodjon o‘g‘li – “TIQXMMI” MTU texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); 2. Isakova Matluba Abduxalimovna – “TIQXMMI” MTU tayanch doktoranti; 3. Muxiddinov Qobiljon Axmad o‘g‘li – TDTU texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); 4. Qorjobova Mahzuna Faxriddin qizi – TDTU texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); 5. Nigmatjonov Diyorjon G‘ayratjon o‘g‘li – TAQU doktoranti; 6. Umarqulova Shaxodat Mashrab qizi – TAQU doktoranti."O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⭕️Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik nima?
🫥 Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan va sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish.
🛡 Huquqbuzarlikning xususiyati va og‘irligiga qarab, aybdor shaxsga nisbatan:
-intizomiy;
-maʼmuriy;
-jinoiy;
yoki qonunchilikda belgilangan boshqa javobgarlik choralari qo‘llanilishi mumkin."O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Qayta tiklanuvchi energiya: davlat hisobi qanday tashkil etiladi?
👨👩👧👦Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiya hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobi qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi. Bunda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan energiyaning to‘liq hajmi, shuningdek ushbu energiyani ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi qurilmalar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarning aniq va ishonchli hisobini yuritish ta’minlanadi.
👍 Batafsil |Подробно: 👉 uzgidro.uz
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
+5
🆗 Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va betalafot o‘tkazish doirasida yig‘ilish o‘tkazildi
👍 “O‘zbekgidroenergo” AJ qoshidagi “Vaziyatlar markazi”da Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Bekzod Amirsaidov rahbarligida 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta va tizimli tayyorgarlik ko‘rish masalalariga doir yig‘ilish o‘tkazildi.
✅Mamlakatimiz yoqilg‘i-energetika sohasi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, gidroenergetika obyektlarining ishonchli, xavfsiz, barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔹 Yig‘ilishda Jamiyat tizimidagi barcha GESlarda gidrotexnika inshootlari, gidroagregatlar, asosiy ishlab chiqarish qurilmalari, elektr uskunalari, avtomatika, rele himoyasi va boshqa muhim tizimlarning texnik holatini kompleks o‘rganish hamda doimiy nazorat qilish ishlari olib borilayotgani qayd etildi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, rejali va joriy ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, zarur ehtiyot qismlar va moddiy-texnik resurslar zaxirasini shakllantirish, shuningdek, energiya ishlab chiqarish obyektlarining mavsumiy yuklamalarga tayyorgarligini har tomonlama baholash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish vazifalari belgilandi.
📎 Yig‘ilish yakunida 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazish, gidroenergetika obyektlarida texnika, sanoat hamda yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarga tezkor javob qaytarish bo‘yicha barcha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning ijtimoiy-ma‘naviy ahamiyatini vazirlik va idoralar xodimlariga keng tushuntirish hamda yetkazishga qaratilgan o‘quv-seminarlari doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ da tizim korxona-tashkilotlari xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
+9
📌O‘zbek kelayotir, tarix qa’ridan
🇺🇿Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining shonli 35 yilligi keng nishonlanmoqda. 1991-yilda qo‘lga kiritilgan istiqlol xalqimizning asriy orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqardi, milliy davlatchiligimizni tikladi va Yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevorini yaratdi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bayram nutqida ta’kidlaganidek, 35 yil tarix uchun oz bo‘lsa-da, o‘zining ko‘lami, yutuqlari va natijalari bilan asrga tatigulik bo‘ldi. Ushbu ulkan o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi – fidoyi, mehnatkash va oliyjanob xalqimizdir. Davlat rahbari xalqimizni ulug‘ bayram bilan samimiy tabriklab, kelgusida milliy dasturlar, taraqqiyot maqsadlari va birlik-hamjihatlik ruhida yangi hayot va kelajak yaratishga chaqirdi. Mustaqillik – bu erkinligimiz, tinchligimiz va farzandlarimizning yorug‘ istiqbolidir.🇺🇿 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatini vazirlik va idoralar xodimlariga keng tushuntirish hamda yetkazishga qaratilgan o‘quv-seminarlari doirasida joriy yilning 28-sentabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ da tizim korxona-tashkilotlarini qamragan holda o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. 👍 Batafsil |Подробно: 👉 uzgidro.uz "O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbek kelayotir, tarix qa’ridan
Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining shonli 35 yilligi keng nishonlanmoqda. 1991-yilda qo‘lga kiritilgan istiqlol xalqimizning asriy orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqardi, milliy davlatchiligimizni tikladi va Yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevorini yaratdi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bayram nutqida ta’kidlaganidek, 35 yil tarix uchun oz bo‘lsa-da, o‘zining ko‘lami, yutuqlari va natijalari bilan asrga tatigulik bo‘ldi. Ushbu ulkan o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi – fidoyi, mehnatkash va oliyjanob xalqimizdir.
Davlat rahbari xalqimizni ulug‘ bayram bilan samimiy tabriklab, kelgusida milliy dasturlar, taraqqiyot maqsadlari va birlik-hamjihatlik ruhida yangi hayot va kelajak yaratishga chaqirdi. Mustaqillik – bu erkinligimiz, tinchligimiz va farzandlarimizning yorug‘ istiqbolidir.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatini vazirlik va idoralar xodimlariga keng tushuntirish hamda yetkazishga qaratilgan o‘quv-seminarlari doirasida joriy yilning 28-sentabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ da tizim korxona-tashkilotlarini qamragan holda o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
⚙️Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri qanday yuritiladi?
⚡️Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri Davlat kadastrlarining yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Gidrotexnika inshootlariga oid ma’lumotlar belgilangan tartibda Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastriga kiritiladi.
🔶 Maxsus vakolatli davlat organi nazoratidagi gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri mazkur organ tomonidan, boshqa barcha gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri esa tegishli foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan yuritiladi.
👍 Batafsil |Подробно: 👉 uzgidro.uz
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ekspert_fikri
#Ochiq_muloqot
#Mikro_gidroenergetikani_rivojlantirish
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Samarqand shahridagi Xishrav GESda tadbirkorlar bilan kichik va mikro GESlarni rivojlantirish masalalari, shuningdek, istiqbolli loyihalar, mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarga bag‘ishlangan ochiq muloqotning asosiy mohiyati haqida.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ochiq_muloqot
#Mikro_gidroenergetikani_rivojlantirish
Samarqandda o‘tkazilgan ochiq muloqot xususiy sektor vakillari, mahalliy tadbirkorlar uchun kichik va mikro GESlar sohasidagi yangi imkoniyatlar, mavjud loyihalar bilan tanishish va hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.
———
Проведённый в Самарканде открытый диалог стал важной площадкой для представителей частного сектора и местных предпринимателей, позволившей ознакомиться с новыми возможностями в сфере малой и микро гидроэнергетики, реализуемыми проектами, а также обсудить перспективные направления сотрудничества.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
