"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar: https://linktr.ee/uzgidro "O`ZBEKGIDROENERGO" AJ Toshkent sh, A. Navoiy ko`chasi, 22-uy Ishonch Telefon: +99878 150-50-15 E-mail-uzgidro@exat.uz Call center: 1386
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel "O`ZBEKGIDROENERGO" АJ
Channel "O`ZBEKGIDROENERGO" АJ (@uzgidrouz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 10 064 subscribers, ranking 6 964 in the Business category and 7 670 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 10 064 subscribers.
According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 540 over the last 30 days and by -6 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 19.42%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 14.51% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 1 955 views. Within the first day, a publication typically gains 1 460 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 10.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar:
https://linktr.ee/uzgidro
"O`ZBEKGIDROENERGO" AJ
Toshkent sh, A. Navoiy ko`chasi, 22-uy
Ishonch Telefon: +99878 150-50-15
E-mail-uzgidro@exat.uz
Call center: 1386”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Business category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 09 September | +2 | |||
| 08 September | +1 | |||
| 07 September | +2 | |||
| 06 September | +1 | |||
| 05 September | +2 | |||
| 04 September | +2 | |||
| 03 September | +2 | |||
| 02 September | +2 | |||
| 01 September | +3 |
Jumladan, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi va barqaror elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlash, sel va suv toshqinlari mavsumida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarning ijrosi, investitsiya loyihalarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish, loyihalar ijrosi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda topshiriqlarning natijadorligini ta’minlash masalalari yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborotlari eshitildi. Ta’kidlanganidek, Jamiyatda ijro intizomini ta’minlash bo‘yicha kunlik, haftalik va oylik kesimda monitoring tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir nazoratdagi topshiriqning ijro holati muntazam ravishda tahlil qilinib, muddatlar, mas’ullar va erishilayotgan natijalar alohida nazoratga olinmoqda. Mazkur tizim topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish, ijro jarayonidagi muammolarni barvaqt aniqlash hamda ularni tezkor bartaraf etish imkonini bermoqda.✅ Yig‘ilishlarda tarkibiy tuzilmalar rahbarlariga topshiriqlar ijrosiga yuzaki emas, balki aniq natija va mas’uliyat nuqtayi nazaridan yondashish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish hamda har bir vazifaning sifatli va samarali bajarilishini ta’minlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi. 👍 Batafsil | Подробно: 👉 uzgidro.uz "O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
| 2 | ⚡️ Fuqarolar va tashkilotlar uchun murojaatlarni qabul qiluvchi maxsus telegram-bot faoliyati yo‘lga qo‘yildi
🕐 “O‘zbekgidroenergo” AJda yangi imkoniyat!
Endilikda “O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyatiga yoki Jamiyat faoliyatiga oid savol, taklif va murojaatlaringizni 24/7 rejimida yuborishingiz mumkin.
🔹Fuqarolar va tashkilotlar uchun murojaatlarni qabul qiluvchi maxsus telegram-bot – @ugemurojaat_bot – faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
🟡Bot orqali Siz:
Jamiyat faoliyatiga oid savol va murojaatlaringizni yuborishingiz;
o‘zingizni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha murojaat qoldirishingiz;
murojaat qilish uchun ortiqcha vaqt sarf qilish va ovoragarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.
👍 Endilikda “O‘zbekgidroenergo” AJga murojaat qilish yanada qulay, tezkor va ochiq.
Murojaatlaringiz biz uchun muhim!
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 748 |
| 3 | ⚡️Andijon GES (GES-36) da gidroagregatlar va kuch transformatorlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
⚡️ “Andijon GES” filialida 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, gidroelektr stansiyalarning ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida GES-36 da navbatdagi joriy ta’mirlash ishlari belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda.
⚡️Ayni paytda stansiyaning G-1 va G-2 gidroagregatlari hamda kuch transformatorlarida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tadbirlari olib borilmoqda. Xususan, gidroagregatlardagi moylar to‘liq yangilanib, uskunalarning texnik holatini yaxshilashga qaratilgan profilaktik ishlar bajarilmoqda.
👍 Batafsil | Подробно: 👉 uzgidro.uz
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 940 |
| 4 | ⚡️2026-2032-yillarda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari (Infografika)
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 188 |
| 5 | #PQ_298_ijrosi_sari
#Kichik_va_mikro_gidroelektr_stansiyalar
#Prezident_topshiriqlari_amalda
🇺🇿 Mamlakatimizda mavjud suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, kichik gidroenergetikani izchil rivojlantirish, sohada raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan keng va izchil foydalanish, kichik va mikro gidroelektr stansiyalarini barpo etishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 405 |
| 6 | ⚡️Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: JFK-2 GESda texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda
📌“Shahrixon GESlar kaskadi” filiali tarkibidagi JFK-2 GESda 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakuniy bosqichda izchil davom ettirilmoqda. Mavsum davomida gidroelektr stansiyaning elektr uskunalari hamda gidrotexnik inshootlarini ishonchli va barqaror ekspluatatsiya qilishga tayyor holatga keltirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
⚡️ Tayyorgarlik doirasida ochiq taqsimlash qurilmasi (ORU) 110/35/10 kVdagi elektr uskunalarining texnik holati ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Jumladan, T-2 110 kV, T-2 35 kV o‘chirgichlari hamda 10 000 kVA quvvatli T-2 transformatorida tegishli texnik xizmat va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, elektr uskunalarining yerga ulash moslamalari texnik holati yaxshilanib, ularni ekspluatatsiya talablariga muvofiq saqlash bo‘yicha zarur ishlar bajarildi.
👍 Batafsil | Подробно: 👉 uzgidro.uz
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 426 |
| 7 | 💼 Xizmat tekshiruvlari qanday maʼlumotlarga asosan o‘tkaziladi?
💼 Davlat organlari va tashkilotlari, ularning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining korrupsiyaviy xatti-xarakatlari va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha Reglament (namunaviy hujjat) asosida tashkilotda qabul qilingan ichki hujjatga muvofiq, xizmat tekshiruvi Tashkilot xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchiligi yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki idoraviy hujjatlarining buzilganligi to‘g‘risidagi asosli maʼlumotlar mavjud bo‘lganda tayinlanadi.
👍 Batafsil | Подробно: 👉 uzgidro.uz
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 449 |
| 8 | 📊 2026-2032-yillarda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshiriladigan infratuzilma obyektlarini qurishga qaratilgan investitsiya loyihalari (Infografika)
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 387 |
| 9 | #PQ_298_ijrosi_sari
#Kichik_va_mikro_gidroelektr_stansiyalar
#Prezident_topshiriqlari_amalda
🇺🇿 Mamlakatimizda kichik va mikro GESlar uchun zarur bo‘lgan texnologiyalar, agregatlar va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish hamda ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda tegishli tashkilotlar tomonidan mahalliylashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning aniq ro‘yxati shakllantirilib, ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi mahalliy korxonalarni rivojlantirish choralari ko‘riladi.
⚡️Xususan, mikro GESlar uchun texnologiyalar, agregat va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar “shatakka olish” tizimi asosida qo‘llab-quvvatlanadi. Bunda ularga muhandislik ko‘magini ko‘rsatish, zamonaviy uskunalar yetkazib berish, texnik hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, texnik, texnologik va moliyaviy ko‘mak berish nazarda tutilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, yangi korxonalar va ish o‘rinlarini yaratish hamda kichik va mikro GESlar rivojini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 472 |
| 10 | 📨Murojaat – e’tiborda, muammo – yechimda
💼 “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil “O‘zbekgidroenergo” AJda aholi va tadbirkorlar bilan ishlashning muhim mezonlaridan biri sifatida belgilangan. Shu asosda jamiyatda fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida, xolis va qonuniy asosda ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅Sizning murojaatingiz – bizning mas’uliyatimiz. Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning ishonchi va qonuniy manfaati turganini chuqur anglagan holda, “O‘zbekgidroenergo” AJga kelib tushayotgan murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganilib, ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish choralari ko‘rilmoqda.
📊 2026-yilning shu davriga qadar “O‘zbekgidroenergo” AJ va uning tizim tashkilotlariga jami 207 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 85 foizi ijobiy hal etilgan. Mazkur ko‘rsatkich aholi va yuridik shaxslarning muammolarini amalda hal etish, murojaatlarni chuqur o‘rganish hamda har bir masalaga natijador yondashuvni ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarning samarasini ko‘rsatadi.
⚡️ Fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi hamda uning o‘rinbosarlarining shaxsiy qabuliga oldindan yozilishlari mumkin. Qabulga yozilish, qabul kunlari va vaqti, shuningdek, murojaatlarni taqdim etish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
☎️ +998 55 512-13-86
☎️ Qisqa raqam: 1386
☎️ +998 97 444-40-31
✅ “O‘zbekgidroenergo” AJ uchun har bir murojaat – inson manfaati va ishonchining ifodasidir.
🔷 Har bir murojaat – e’tiborda.
⚡️ Har bir masala – qonuniy yechimda.
👍 Batafsil | Подробно: 👉 uzgidro.uz
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 450 |
| 11 | 🗺“Energoqurilishindustriya” MChJ xodimlari uchun Zominning so‘lim maskanlariga sayohat tashkil etildi
🤩 “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimida madaniy-ma’rifiy va sayohat tadbirlarini muntazam tashkil etish orqali xodimlarning munosib dam olishini ta’minlash, ularning mehnat samaradorligi va jamoaga daxldorlik tuyg‘usini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
⭐️“Energoqurilishindustriya” MChJning boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbuskorligida 50 nafar ishchi-xodim uchun Jizzax viloyatining Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi.
Mazkur sayohat yurtimiz bo‘ylab ichki turizmni qo‘llab-quvvatlash, xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish hamda jamoada sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy ifodasidir.
🗺Sayohat davomida xodimlar Zominning betakror tabiati, so‘lim va go‘zal maskanlari bilan yaqindan tanishib, tabiat qo‘ynida maroqli hordiq chiqardilar. Mazmunli dam olish xodimlarga yangi kuch va ijobiy kayfiyat bag‘ishlab, jamoaviy hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 570 |
| 12 | ⚡️ 2026-2032-yillarda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshiriladigan infratuzilma obyektlarini qurishga qaratilgan investitsiya loyihalari (Infografika)
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 528 |
| 13 | #Prezident_topshiriqlari_amalda
#Barqaror_energiya_sari
⚡️AIISKUE – energetikada aniq hisob va raqamli nazoratning zamonaviy yechimi
⚡️“O‘zbekgidroenergo” AJ tizimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilish jarayonlari bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda. Bugungi kunda tizimdagi GESlarda 643 ta elektr hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lib, ularning 614 tasi “Energonazorat” platformasiga integratsiya qilingan. Qolgan 29 ta hisobga olish nuqtasi yangi ishga tushirilgan GESlarga to‘g‘ri kelib, ularni ham “Energonazorat” platformasi hamda Jamiyatning AIISKUE tizimiga integratsiya qilish ishlari davom etmoqda. Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF–77-son Farmoni talablaridan kelib chiqib, energetika sohasida shaffoflik, aniq hisob-kitob va samarali raqamli nazoratni taʼminlashga xizmat qilmoqda.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 642 |
| 14 | 🤖 Muhokama markazi: gidroenergetikada raqamlashtirish va sunʼiy intellekt dasturlariga yangicha yondashuvlar
📌“O‘zbekgidroenergo” AJda sohani raqamli transformatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalar va sunʼiy intellektni keng joriy etish, boshqaruv jarayonlarining samaradorligini oshirish, kiberxavfsizlik yo‘nalishini takomillashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
⚠️Boshqaruv raisi Islom Abduraxmonov rahbarligida Vaziyatlar markazida masʼul rahbar-xodimlar ishtirokida sohaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
🤖 Yig‘ilishda, avvalo, Jamiyat faoliyatini raqamlashtirish va kiberxavfsizlikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Raqamli boshqaruv tizimlarini takomillashtirish bilan bir qatorda, axborot resurslari va infratuzilmasini zamonaviy kiberxavflardan himoya qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularga samarali yechimlar belgilashga alohida eʼtibor qaratildi.
🤖Yana bir muhim yo‘nalish – sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish va xodimlarning malakasini oshirish. Bugungi raqamli davrda ilg‘or texnologiyalarni ish jarayonlariga izchil tatbiq etish bilan bir qatorda, ulardan samarali foydalana oladigan malakali kadrlarni shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi.
🤍 Zamonaviy texnologiyalarni samarali qo‘llay oladigan malakali kadrlarni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish belgilandi. Xodimlarni zamonaviy standartlar asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularning raqamli savodxonlik, sunʼiy intellekt va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirish, o‘qitish jarayonini aniq natija va amaliy samaradorlikka yo‘naltirish bo‘yicha masʼullarga qatʼiy topshiriqlar berildi.
🧠 Shuningdek, gidroenergetika obyektlarini samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan suv kelishini prognoz qiluvchi axborot tizimi masalasi ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Suv resurslarining kelib tushishini oldindan baholash imkonini beruvchi zamonaviy raqamli yechimlarni rivojlantirish elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samarali rejalashtirishga xizmat qiladi.
⚡️Yig‘ilishda har bir masʼulga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan topshiriq va vazifalar ijrosini belgilangan muddatlarda, kechiktirmasdan hamda sifatli taʼminlash yuzasidan qatʼiy topshiriqlar berildi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 683 |
| 15 | #PQ_298_ijrosi_sari
#Kichik_va_mikro_gidroelektr_stansiyalar
#Prezident_topshiriqlari_amalda
🦩 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-avgustdagi “Mamlakatda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirishning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-298-son qarori doirasida mamlakatimizdagi har bir kanal, daryo va suv oqimi – energetik salohiyat nuqtai nazaridan izchil o‘rganiladi.
💻 Zamonaviy raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda suv obyektlarining gidrologik va texnik ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, kichik va mikro GES qurish uchun eng istiqbolli hududlar aniqlanadi. Bu esa loyihalarni yanada aniq, samarali va zamonaviy yondashuvlar asosida amalga oshirish imkonini beradi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 559 |
| 16 | ⚡️ 2026-2032-yillarda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalar (Infografika)
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 495 |
| 17 | “Renessans TV” telekanalining “Ovoza” informatsion dasturi orqali Namangan viloyatida foydalanishga topshirilgan yangi gidroenergetik quvvatlar – “Qo‘g‘ay-1” va “Qo‘g‘ay-2” gidroelektr stansiyalari (GES) faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus lavha efirga uzatildi.
Lavhada mazkur gidroelektr stansiyalarning hudud energetika salohiyatini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish va elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishdagi ahamiyati haqida ma‘lumotlar berildi. Shuningdek, lavhada GESlarning texnik imkoniyatlari, ishlab chiqarish jarayoni hamda Namangan viloyatida gidroenergetika sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yoritib berilgan.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 583 |
| 18 | Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, xususan, kichik gidroenergetikani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bugun kanallar, daryolar va suv oqimlaridagi mavjud imkoniyatlarni ishga solish orqali kichik va mikro GESlar tarmogʼini kengaytirish yangi bosqichga koʼtarilmoqda.
Bu qoʼshimcha elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga:
🔹 suv resurslaridan oqilona foydalanish;
🔹 olis hududlarni ishonchli energiya bilan taʼminlash;
🔹 hududlarning energetik salohiyatini oshirish;
🔹 aholi farovonligini yuksaltirish;
🔹 ekologik toza va barqaror energiya manbalarini koʼpaytirish demakdir.
Kichik gidroenergetika — yashil va barqaror kelajak sari muhim qadam.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 581 |
| 19 | 📍“O‘zbekgidroenergo” AJda Konstitutsiyaviy Qonun mazmun-mohiyati va yangi tashkiliy tuzilmaga oid yig‘ilish o‘tkazildi
⏰ “O‘zbekgidroenergo” AJ katta majlislar zalida Ijro apparati xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–1166-son Konstitutsiyaviy Qonunining mazmun-mohiyati hamda Jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasiga oid masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Bosh yuriskonsult G‘iyos Yadgarov tomonidan mazkur Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi, Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Qonun bilan Prezident Administratsiyasi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish, davlat boshlig‘i sifatidagi Prezident faoliyatini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlash, shuningdek, davlat hokimiyati organlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlashning huquqiy asoslari belgilab berilgani ta’kidlandi.
📌Konstitutsiyaviy Qonun bilan belgilangan muhim vakolatlar, jumladan, Prezident va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini yakuniy ishlab chiqishni tashkil etish, ayrim normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil ishlab chiqish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma va topshiriqlar berish vakolatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishning ikkinchi masalasi yuzasidan Inson resurslari boshqarmasi boshlig‘i Inoyat Sunatov Jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasi haqida ma’lumot berdi. Xususan, boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish doirasida joriy etilgan o‘zgarishlar, yangi tashkil etilgan hamda nomi o‘zgartirilgan departament, boshqarma va bo‘limlarning asosiy maqsad va vazifalari, ularning faoliyat yo‘nalishlari hamda o‘zaro hamkorlik mexanizmlari batafsil tushuntirildi.
🔷 Yig‘ilish yakunida muhokama etilgan masalalardan kelib chiqib, yangi tashkiliy tuzilma asosida ish faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini aniq maqsad va vazifalar asosida tashkil etish hamda belgilangan ustuvor yo‘nalishlarning sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 770 |
| 20 | ⚫️ 2026-2032-yillarda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalar (Infografika)
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 616 |
