cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Shovot.Uz |Rasmiy|

Shovot tumani hokimligi axborot xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari. Telegram: https: //t.me/shovothokimlik Facebook: https://www.facebook.com/shovottumanihokimligi.axborotxizmati?mibextid=ZbWKwL Instagram:

Show more
Advertising posts
2 250
Subscribers
No data24 hours
+47 days
-830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Saida Mirziyoyeva boshchiligida Kembrij universiteti kutubxonasi, Luvr muzeyi restavratorlaridan iborat jamoa noyob Qurʼon qoʻlyozmasi – «Usmon Mus’hafi»ni qayta tiklashni boshladi «Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Musulmonlar idorasi tomonidan bir qator xalqaro ekspertlar, jumladan, Kembrijdan Kristi Roz, fransuz restavratorlari Aksel Dele va Korali Barb, istanbullik Nill Baydar jalb etildi. Mutaxassislar «Usmon Mus’hafi» qoʻlyozmasining har bir sahifasini sinchkovlik bilan oʻrganib, restavratsiya rejasini ishlab chiqadilar. Ushbu muqaddas qoʻlyozmani kelajak avlod uchun saqlab qolish yoʻlidagi ezgu ishning barcha bosqichlarida omad yor boʻlishini tilayman», – deb yozadi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
⚡️Shovot Hazorasp Bog‘ot tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar bо‘lishi mumkin.
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari О‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning 🔸Shovot tumanining Oqkо‘l, Ostona, Qumyop, Bo'yrachi mahallalarida 🔸Hazorasp tumanining Bog‘dor, Uzukkaqosh, Al Xorazmiy, Ishchilar mahallalarida 🔸Bog‘ot tumanining Yuksalish, Ustalar, Namuna, Gulzor mahallalarida Joriy yilning 3 may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bо‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr sо‘raymiz. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Show all...
📖 «Usmon mus’hafi» (Toshkent Qurʼoni) qadimiy qoʻlyozmasi restavratsiya qilinadi YUNESKO tomonidan «Jahon Xotirasi» roʻyxatiga kiritilgan ushbu noyob manba davlatimiz rahbarining topshirigʻiga koʻra konservatsiya va restavratsiya qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqida Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi va ushbu ezgu ishga oʻz hissasini qoʻshadigan barchaga minnatdorlik izhor etdi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
Xorazm viloyati FVB xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholini va hududlarni muhofaza qilish maqsadida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar. Boshqa yangiliklar Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Show all...
Президент Шавкат Мирзиёев учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумида иштирок этди Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
Repost from Hudud Inform
“Янги Ўзбекистон” университети талабалари дунёнинг биринчи рақамли олийгоҳида амалиёт ўташади Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова Массачусеттс технология институти MIT J-WEL билан ҳамкорлик алоқаларини янада кенгайтириш бўйича музокаралар ўтказди. Мулоқот якунида икки томонлама келишув имзоланди. Унга кўра “Янги Ўзбекистон” университети MIT J-WEL нинг Марказий Осиёдаги энг яқин стратегик ҳамкори сифатида эътироф этилди. Эндиликда университет талабалари дунёнинг энг нуфузли олийгоҳида амалиёт ўташ ва малака ошириш имконига эга бўлади. Бунда талабалар MIT профессор-ўқитувчилари томонидан ташкил этиладиган дарсларда иштирок этишлари, илмий тадқиқотлар олиб боришлари, ўз лойиҳаларини янада ривожлантиришлари ва MIT лабораторияларида экспериментлар ўтказишлари мумкин бўлади. Лойиҳанинг яна бир афзаллиги шундаки, талабалар MIT да таҳсил оладиган тенгдошлари билан яқин алоқалар ўрнатиб, доимий тажриба алмашиб боришади. Умуман, ҳамкорлик муносабатлари таълим сифати ҳамда профессор-ўқитувчилар салоҳиятини янада ошириш, талабалар учун кенг имкониятлар яратиш ва “Янги Ўзбекистон” университетининг халқаро майдондаги обрўйини мустаҳкамлашга хизмат қилади. https://t.me/hudud_inform
Show all...
“Ogohlik davr talabi” yoxud “O‘z uyingni o‘zing asra” Hozirda Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chegara oldi aholi punktlarida istiqomat qiluvchi mahalliy aholining xushyorligi va ogohligini oshirish bo‘yicha muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilib, o‘quv mashg‘ulotlari tashkilashtirilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 26-aprel kuni Xorazm viloyati Bog‘ot tumani, “Nayman” MFY hududida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Tadbir davomida, Bog‘ot tumani, “Nayman” mahallasi hududida joylashgan davlat muassasalari xodimlari va mahalliy aholining xushyorligi tekshirildi. Natijada, o‘quv mashg‘ulotiga jalb qilingan shartli o‘quv buzg‘unchilari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillariga o‘z vaqtida xabar berildi va ular qo‘lga olindi. O‘quv mashg‘uloti yakunida aholi o‘rtasida “Ogohlik davr talabi” va “O‘z uyingni o‘zing asra” mavzularida umumprofilaktik tadbir o‘tkazilib, mahalliy aholiga erishilgan yutuqlar qatorida, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha tushunchalar berildi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
#Kinokarvon "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!" 🔰Shovot tumanidagi Yangi O'zbekiston mahallasida “Kinokarvon” loyihasi doirasida madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda xalqimizning suyukli san'atkorlari, aktyor va aktrisalari ishtirok qildi. Shuningdek, uchrashuv davomida tomoshabinlarga "Ishq va anduh" filmi namoyish etildi. Shovot tumani hokimligi axborot xizmati. Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
Show all...
#QABUL Shovot tumani hokimi Oybek Xolboyevning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul jarayonida 50 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan davolanishda yordam, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilish uchun kredit ajratish, subsidiya ajratish, mahalla hududidagi yo‘llarni ta’mirlash, uy-joy, kadastr va boshqa masalalarda murojaatlar bo‘ldi. Yuqoridagi masalalarning bir qismi joyida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qolgan murojaatlarni joyiga chiqib o'rganish yuzasidan tegishli tashkilot xodimlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Shovot tumani hokimligi axborot xizmati. Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
Show all...
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING SAKSON YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI. Sessiyada sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman kengashi deputatlari, tegishli idora-tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikrlarini bildirdilar. Shuningdek, sessiya kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Shovot tumani hokimligi axborot xizmati. Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt
Show all...