cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

АОКА Xorazm || Rasmiy kanali

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi rasmiy kanali Murojaat uchun tel: 62 2231326 || 97 5297227 Savollar uchun: @aokaxorazm_bot sayt www.aokaxorazm.uz

Show more
Uzbekistan13 250The language is not specifiedNews & Media19 330
Advertising posts
4 392Subscribers
-124 hours
-137 days
+20930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

💻Firibgarlikning, onlayn o'g'rilikning yangi turlari ommalashib bormoqda. Jumladan, so'nggi vaqtlarda jinoyatchilar tomonidan foydalanuvchilarning “Telegram” akkauntlarini o'g'rilash holatlar ko'paymoqda. 📱Mazkur jarayonda esa turli yolg'on ma'lumotlar, soxta havolalar tarqatilmoqda.
Agar foydalanuvchi firibgar ta'kidlayotgan amallarni bajarsa, u holda shaxsiy va boshqa ma'lumotlardan ayriladi.
✈️Firibgarlarning aldoviga tushib qolmaslik uchun “Telegram”ning xavfsizlik darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
OLIYJANOB INSON, MOHIR MUHARRIR, MEHRIBON USTOZ Ushbu esseni, ustoz Erkin aka Samandarov hali hayot paytlarida yozgan edim. Boshqarma tarixi haqida kitob tayyorlashga kirishganim - oʻtgan yilning dekabr oylarida yozib tugatib, uni toʻplamga joylamoqni niyat qilgandim. Qizlari taniqli shoira Sayyora Samandarova ham kelgusi yil otasining 90 yoshlik yubileyi nishonlanishi munosabati bilan toʻplam tayyorlayotganini aytganida, ularga ham berdim. Shirin xotiralar, eslanmalar bitilgan qalb soʻzlarimni oʻqiganlarida edi, ustoz, afsus... Bugun ustoz oramizda yoʻqlar. Ammo Sayyora Samandarova aytganidek, “Yaxshi amallar insonning ikki dunyosini ham bezar ekan... Otajonim, Siz minglagan qalblarda, shirin xotiralarda mangu yashaysiz! Izlaringiz obod boʻlsin ilohim!” Inson hayotida hecham unutilmas voqealar boʻladi. Bu aksariyat paytlarda yaxshilik va ezgulik bilan bogʻliq holatlar. Kimdir sizga yaxshilik qilgan boʻlsa, uni bot-bot eslab, oʻrni kelganida minnatdorchilik bildirgingiz, yoxud barchaga aytgingiz keladi. Ustozimning umrlari ziyoda boʻlsin. Zulm va gʻazablardan yiroq, adolatli va diyonatli insondan oʻrganganlarim, koʻrganlarim bugun oʻzim rahbar boʻlib ishlayotgan paytimda juda-juda asqotmoqda. Naqadar goʻzal qaytish, bu qanchalar ham tashbehli, benazir dunyo. Muharrir desalar, Erkin akaning salobatli qadamlari, ogʻir va vazminlik bilan fikr qilishlari, oqilona xulosalari bot-bot esimga tushadi. Hayotim davomida yaxshi rahbarlar, insofli kishilar, mehribon ustozlar, kasbdoshlar, munosib shogirdlar bilan ishlash, yoʻldosh va hamkor boʻlish nasib qilganiga shukur... 👉Batafsil 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
🔈 26-aprel – Xalqaro intellektual mulk kunida O‘zbekistonning ijobiy imidjida katta yangilik! O‘zbekiston AQSH Savdo vakilligining (USTR) 301-maxsus hisobotida intellektual mulkning huquqiy muhofazasi va himoyasi holati bo‘yicha kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxatidan (qora ro‘yxat) chiqarildi. O‘zbekiston 2000-yilda ushbu ro‘yxatga kiritilgan bo‘lib, 24 yildan buyon “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”da qolmoqda edi. ⚡️ Ma’lumot uchun: muayyan davlatning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”ga kiritilishi unda intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha jiddiy muammolar mavjud ekanligini ko‘rsatadi hamda bevosita xorijiy korxonalar tomonidan investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirishda alohida e’tibor qaratiladi. Bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo mintaqasidan faqat O‘zbekiston va Turkmaniston “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”da qolib kelayotgan edi. 🟢Ushbu natijaga oxirgi besh yilda – ✔️ intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarini soddalashtirish; ✔️ ularga bo‘lgan huquqlarni samarali himoya qilish; ✔️ xalqaro shartnomalarga a’zo bo‘lish va tashqi aloqalarni rivojlantirish; ✔️ JSTning TRIPS bitimi talablarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan tizimli ishlar sababli erishildi. ⚡️ Ma’lumot uchun: AOKA tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan IV Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida 27-28 aprel kunlari Parkent tumanidagi Yozuvchilar ijod uyida noshirlar, yozuvchi va adiblar, OAV vakillari hamda ekspertlar ishtirokida mualliflik huquqlari muhofazasi bo‘yicha davra suhbati, V2V uchrashuvlar o‘tkaziladi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
"Lazgi" 2024 Xalqaro festivali tayyorgarlik jarayonlari. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
#korrupsiyagaqarshikurash ⚠️ Pora berish, pora olish, o‘rtada vositachilik qilish ham – jinoyat! 🔴 Korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymang! Korrupsiyani to‘xtating! 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
💎Mutolaa Ishlarni rivojlantirish uchun rejalar tuzishning oʻzi kamlik qiladi. Ularni vaqt kelganda oʻzgartirishni ham bilish kerak. ✍️ Ayzek Azimov 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
#kitobsevarmillat Республика бўйлаб IV Республика «Китобхонлик ҳафталиги» китоб кўргазма-ярмаркалари, "Заковат" беллашувлари, учрашувлар, давра суҳбатлари ва турли маданий тадбирлар билан давом этмоқда. Эслатиб ўтамиз, 27-28 апрель кунлари ҳафталик доирасида Тошкент шаҳридаги “Dream park” истироҳат боғида китоб савдо ярмаркаси бўлиб ўтади. Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Show all...
#UrDU #UrSU #УрГУ 🇺🇿Urganch davlat universiteti 1935-yilda tashkil etilgan bo’lib, mazkur dargoh Xorazm vohasidagi o’zining uzoq tarixiga ega bo’lgan nufuzli oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi. O’tgan yillar davomida mazkur universitetda yuzlab ilm darg’alari, olim-u professorlar, fan doktorlari va salohiyati yuksak rahbarlar yetishib chiqdi. Urganch davlat universiteti mustaqillik yillarida, ayniqsa, so’nggi 8 yil ichida taraqqiyotning o’ziga xos rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Respublikada moliyaviy va akademik mustaqillikka ega bo’lgan nufuzli universitetlar qatoridan joy olgan Urganch davlat universiteti bugun 9 ta fakultet, 42 ta kafedraga ega. 97 ta yo’nalishda bakalavr bosqichida, 33 ta yo’nalishda ta’limning sirtqi shaklida, 37 ta mutaxassislikda magistratura bosqichida malakali qadrlar tayyorlab kelmoqda. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
#Kitobxonlik_haftaligi_2024 📔Kutubxonaga kitob sovg‘a qil ✅“Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Kutubxonaga kitob sovg‘a qil” aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya davomida Otabek Rahimov, Zumrad Jumamurodova, Sharqiya Eshjonova kabi ijodkorlar o‘zlarining yangi nashr qilingan kitoblarini, Zulayho Xodjaniyozova, Qurbonjon Matchanova, Ataboy Rahimov kabi ko‘plab yurtdoshlarimiz o‘z shaxsiy kutubxonalaridan kitoblar sovg‘a qildilar. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI! “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yil 1-may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflar hisobini oson hisoblash maqsadida Jamiyat veb-saytida elektr energiyasi iste’molini hisoblash kalkulyatori ishga tushirildi. Kalkulyator orqali elektr hisobini turli tariflarda hisoblash imkoni yaratildi. Shuningdek, maxsus bot orqali elektr energiyasini tezkor kalkulyatori ham ishga tushirildi. Shu bilan bir qatorda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ veb-saytidagi “Shaxsiy kabinet” orqali shaxsiy hisob raqamingizga oid ma’lumotlar – iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori, qoldiq va boshqalar tо‘g‘risida real vaqt (on-line) rejimida batafsil ma’lumotga ega bо‘lishingiz mumkin. “Shaxsiy kabinet”ga kirish uchun qо‘llanma. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...