cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Kosonsoy 54-maktab | RASMIY

Namangan viloyati Kosonsoy tumani 54-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab rasmiy kanali Maqsadimiz: Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash. Shiorimiz: Ilmdan yaxshiroq xazina bo'lmas, qo'lingdan kelgancha tera olsang bas.

Show more
Advertising posts
200
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#mock #ielts 📄IELTS Mock exam at Irfan. •Haqiqiy imtihon atmosferasini his qilish •Ishonchli materiallar bilan ishlash •Natijaga tez fursatda ega bo'lish 📌O'z o'rningizni hoziroq band qiling hamda speaking imtihonini shahrimizdagi eng tajribali ustoz Ehson Usmanov bilan topshiring ⏰16-mart yakshanba kuni soat 09.00 da. Irfan education o'quv markazida. 📍Markaziy chorraha MAX binosi 3-qavat. Kosonsoy tuman IIV binosi ro'parasida. 💵Mock exam narxi : 25.000 so'm 🤩(Shuningdek writing uchun Ehson Usmanovdan personal feedback olishingiz mumkin) Ro'yxatdan o'tish uchun👇: 🧑‍💻Administrator 📲+998941551302 📥Qabul tugashi 15-mart soat 18.00 da. Bizni kuzatib boring: @irfan_edu
Show all...
👍 1🔥 1
#Эътироф 🔰 Зулфия номидаги Давлат мукофоти - бу катта ишонч ва масъулият! 👉 Аҳмаджонова Муҳайё - Косонсой фарзанди. Қалбида истеъдод ва юрт равнақига дахлдорлик ҳисси жўш ўраётган забардаст ёшлар вакили, бўлажак шифокор. - Зулфия номидаги Давлат мукофотининг Президентимиз томонидан топширилиши менга чексиз ифтихор бағишлайди. Ушбу мукофот мени янада юксак марралар сари қатъият билан олға интилишимда, Зулфияхонимдек оқила, ўз юртига, халқига, ижодига содиқ бўлган буюк ижодкорга муносиб издош бўлишда алоҳида аҳамият касб этади, - дейди қаҳрамонимиз. ☑️ Маълумот учун, Муҳайё Аҳмаджонова Президентимизнинг 2024 йил 4 март куни эълон қилинган "Зулфия номидаги Давлат мукофоти билан тақдирлаш тўғрисида"ги қарорига асосан таълим йўналишида эришган ютуқлари сабаб ардоқли шоирамиз номидаги Давлат мукофоти билан тақдирланди. Косонсой туман ҳокимлиги Ахборот хизмати 👉 Telegram | Facebook  | Instagram | Youtube
Show all...
Repost from Hilola Umarova
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan munis opa-singillar, Qadrli ustozlar! Avvalo, sizlarni va siz orqali oilangizdagi barcha xotin-qizlarni bugungi bahor ayyomi — “8 mart — Xalqaro xotin qizlar kuni” bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman hamda o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildiraman. Ayol borki, butun olam bor, ayol borki, hayot bor. Ayol borki, zaminimizda yasharish, yangilanish davom etaveradi. Aminmanki, jonajon yurtimizdagi har bir er yigit, avvalo, mehribon onasi, oilasi, farzandlari baxtli bo‘lishini istaydi, bu yo‘lda uchraydigan to‘siqlarni yengishni o‘zining sharafli burchi, deb biladi. Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor natijasida ham bugungi kunda barcha sohalarda ayollarimizning faolligi kundan kun ortib bormoqda. Xususan, ta’lim tizimida ham ana shunday yuz minglab zahmatkash va fidoyi xotin-qizlar farzandlarimiz baxt-u kamoli uchun sidqidildan mehnat qilib kelishmoqda. Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor go‘zallik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadoningizga fayz-u baraka tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Show all...
👍 1
#tabrik #8_mart 💐Aziz ayollar! Munis opa-singillar! Aqli-yu odobi go'zal o'quvchi qizlarimiz! Sizlarni "8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" bilan chin dildan tabriklaymiz. ----------------------------------------- #табрик #8_март 💐Азиз аёллар! Мунис опа сингиллар! Ақли-ю одоби гӯзал ӯқувчи қизларимиз! Сизларни "8 март – Халқаро хотин-қизлар куни" билан чин дилдан табриклаймиз. 👉@kosonsoy54maktab👈
Show all...
👍 1
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI 16 YOSHGA TO‘LGAN MAKTAB BITIRUVCHILARIDAN O'Z VAQTIDA PASPORT (ID KARTA) OLISHLARINI SO'RAYDI ✅Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz. 🧑🏻‍💻Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan. ❗️Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 400 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 55 ming (14%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan. Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar! ⚡️Farzandingizning konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, 16 yoshga to‘lgan farzandlaringizni o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini elektron bazaga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni so‘raymiz. 📍Ma'lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etishlari zarur.
Show all...
Repost from Ta'lim nazorati
#Диққат_эълон ⚡️ Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga! ❗️Attestatsiya jarayonlari uchun to'lovlarni 2024-yilning 10-martiga qadar amalga oshirishingiz mumkin. ✅ Xabaringiz bor, 2024-yilning birinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish muddati 15-yanvardan 1-martga qadar davom etdi. Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo'lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga murojaat qilishgan. ❕O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-martiga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show all...
Repost from Ta'lim nazorati
🎓 Tog‘ri universitetni tanlash eng muhim qarorlardan biridir! 🌟 Bugungi kunda O‘zbekistonda 200 dan ortiq universitetlar, 5 mingdan ziyod yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berib kelmoqda. ⌛️ Bunday vaqtda abituriyentlar universitetlarni tubdan o‘rganishi va o‘ziga eng ma’qul ta’lim muassasasini aniqlashi kelajagi uchun juda muhim! 👉 Bu borada mentalaba.uz platformasi abituriyentlar uchun yordam beradi. 🏆 O‘z kelajagingizga befarq bo‘lmang! Mentalaba.uz abituriyentlar uchun imkoniyatlar portali!
Show all...
#taqdirlash #qizlar_olimpiadasi 🏆GʻOLIBLAR TAQDIRLANDI ⚡️Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 5-11-sinf o‘quvchi-qizlari o‘rtasida matematika fanidan olimpiada gʻoliblari taqdirlandi. 🥉3-OʻRIN: 📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida: 🗺Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Muslimaxon Rahimberganova; 📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida: 🗺 Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Sabrina Abdulazizova; 📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida: 🗺 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Yorqinoy Hasanova; 🥈2-OʻRIN: 📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida: 🗺 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Zarina O‘ktamboyeva; 📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida: 🗺 Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Nastarin Kamolova; 📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida: 🗺 Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Charos Toshmatova. 🥇1-OʻRIN: 📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida: 🗺 Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Komila Mirzomiddinova; 📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida: 🗺 Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Dildora Mahkamova; 📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida: 🗺 Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Guliraʼno Nurillayeva. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Repost from Ta'lim nazorati
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida yosh koʻrsatkichiga koʻra gʻolib “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi Bugun, 27-fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Hukumat qarori (15.01.2022 №23) bilan tasdiqlangan aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi haqida ma’lumot berildi. G’oliblar va sinovlarini muvaffaqiyatli bajargan shaxslar bir yil mobaynida quyidagi imtiyozlar va ragʻbatlantirishlardan foydalanadi: 1-oʻrin: «Temurbeklar maktabi»ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi 1-oʻrin – davlat yoʻlovchi tashish shahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foiz chegirmali toʻlov bilan imtiyozli yurish imkoniyatini taqdim etadi (bundan taksi mustasno) 1, 2 va 3-oʻrin: ➖ farzandlari maktab, bogʻcha, shuningdek, yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga navbatsiz joylashtiriladi ➖ ish joyi hisobidan dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yoʻllanmalar taqdim etilad ➖safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat toʻlovining 50 foizini chegirma bilan toʻlaydi va muddatli harbiy xizmatga birinchilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi. Har yili mart — noyabr oylarida beshta yoʻnalishda sport sinovi ishtirokchilaridan quyidagi tartibda sport sinovlari qabul qilinadi:mart-aprel — 7 yoshdan 17 yoshgacha; ➖aprel-may — 18 yoshdan 29 yoshgacha; ➖avgust-sentyabr — 30 yoshdan 49 yoshgacha; ➖oktyabr-noyabr — 50 yosh va undan katta yoshdagi shaxslardan; ➖noyabr — davlat tashkilotlari xodimlari; 🏃🏻‍♂️ Joriy yilning 1-mart kuni 208 ta tuman (shahar)da 1 tadan umumtaʼlim maktablarida sport sinovlari qabul qilishga start beriladi. ❗️Eslatib o‘tamiz, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari amaliy sinovlardan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show all...
🔰 “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi tuman bosqichi g'oliblari aniqlandi. ♻️ Joriy yilning 26-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 562-sonli qarori asosida tashkil etilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Kosonsoy tuman bosqichi o'tkazildi. ♻️ Kosonsoy tumani 8-sonli maktabda bo’lib o’tgan tanlovda tumandagi 46 ta maktabning 228 nafar 7-9-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar. ♻️ Tanlovning yakuniy natijlariga ko'ra: 🥇1-o’rinni 18-sonli maktab 100 million so’m 🥈2-o’rinni 5-sonli maktab 75 million so’m 🥉3-o’rinni 31-sonli maktab egallab, 50 million so’m pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati
Show all...
👍 1