en
Feedback
🔰NAMANGAN VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI🔰

🔰NAMANGAN VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI🔰

Open in Telegram
6 542
Subscribers
-1324 hours
+2457 days
+40630 days
Posts Archive
#Islohotlar_samarasi Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida: ✅ Ta’lim sifatini oshirish, pedag
#Islohotlar_samarasi Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida: ✅ Ta’lim sifatini oshirish, pedagoglar malakasini rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish hamda ta’limga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni olib kirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik kengaymoqda. 🇹🇷 Turkiya bilan kelishuv doirasida Istanbul shahrida xorijdagi ilk O‘zbekiston davlat maktabi qurilmoqda. 600 o‘rinli mazkur muassasada ta'lim to‘liq o‘zbek tilida olib boriladi, joriy yilning 30-yanvar kuni Prezident tashrifi doirasida maktab qurilishiga tamal toshi qo‘yilgandi. 🇺🇸 AQSh bilan hamkorlik doirasida 200 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi FLEX dasturi orqali AQShda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lib, joriy o'quv yilida ham 30 nafar o'quvchi AQShga yuborildi. ACCESS dasturi esa 9 ta viloyatdagi 11 ta maktabni qamrab olib, Ikki yillik intensiv ingliz tili kurslari yo‘lga qo‘yilib, joriy yilda ham qariyb 500 nafar o‘quvchi ushbu darslar bilan qamrab olindi. 🇫🇷 Fransiya bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik o‘quvchilar uchun fransuz tili darsliklari mahalliy ta’lim muhitiga moslashtirilmoqda. 2027–2028-o‘quv yili uchun 190 ming nusxadan ortiq darslik va ish daftarini yetkazib berish rejalashtirilgan. Shuningdek, joyil yilda 160 nafarga yaqin fransuz tili fani o'qituvchilarining malakasi Fransiyada oshirilmoqda. 🇷🇺 Rossiya bilan hamkorlik doirasida 2020-yildan buyon 1 500 nafardan ortiq maktabgacha ta’lim pedagogi hamda 10 mingdan ortiq maktab o‘qituvchisi malaka oshirdi. Shuningdek, 600 nafardan ortiq rossiyalik pedagog va metodist O‘zbekistonda faoliyat yuritdi. 🇬🇧 Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda 100 dan ortiq maktabda ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlanishining yangi modeli yaratilmoqda. 2026-yilda 70 nafar o‘quvchini Buyuk Britaniyaga ta’limiy sayohatga yuborish rejalashtirilgan. 🇰🇷 Koreya bilan hamkorlikda har yili 15–30 nafar informatika o‘qituvchisi sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha malakasini oshirmoqda. Shuningdek, 12 mln AQSh dollari miqdoridagi grant hisobidan Toshkent shahrida innovatsion maktabgacha ta’lim tashkiloti va malaka oshirish markazi qurilmoqda. 🇨🇳 Xitoy bilan hamkorlik doirasida joriy yilning iyun–avgust oylarida 100 nafarga yaqin ta’lim sohasi vakili xalqaro seminar va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etdi. Shuningdek, sun’iy intellekt bo‘yicha 7 jildlik o‘quv qo‘llanmasi o‘zbek tiliga mahalliylashtirilmoqda. 🇯🇵 Yaponiya bilan hamkorlik doirasida JICA hamkorligida 2 mln AQSh dollari miqdoridagi grant hisobidan “Ta’lim sifatini oshirish uchun ta’lim tadqiqotlari va baholash salohiyatini kuchaytirish (2025–2028-yillar)” loyihasi amalga oshirilmoqda. 💻 Raqamli ta’lim yo‘nalishida 10 mingdan ziyod maktabga “Canva for Education” platformasidan 3 yil davomida bepul foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Hamkorlik doirasidagi grantning umumiy qiymati 20 mln AQSh dollarini tashkil etadi. 🌐 UNICEF, UNESCO, UNDP va UNFPA bilan hamkorlikda inklyuziv, raqamli va sifatli ta’limni rivojlantirish, pedagoglar salohiyatini oshirish hamda barcha bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yaqin kunlarda Markaziy Osiyoda ilk bor O‘zbekistonda UNESCO shafeligidagi II toifali Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi ochilishi kutilmoqda.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Vazir o‘rinbosarining sayyor qabuli o‘tkazildi ➖ Fuqarolarning ta’lim sohasiga oid murojaatlarini tinglash va ularni hal etis
+9
Vazir o‘rinbosarining sayyor qabuli o‘tkazildi ➖ Fuqarolarning ta’lim sohasiga oid murojaatlarini tinglash va ularni hal etish maqsad qilingan sayyor qabulda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov ishtirok etdi. Unda viloyatdagi ta’lim muassasalarida mavjud muammolar, dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi. 🟢 Jarayonda fuqarolar tomonidan 25 ta murojaat bildirildi. Murojaatlarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kengaytirish, ta’lim muassasalarida qo‘shimcha o‘quv binolari qurish hamda ularni zamonaviy jihozlash, pedagoglarning mehnat munosabatlari, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga oid qator dolzarb masalalar ko'rib chiqildi. ✍️ Ularning 8 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Yechimi ma’lum vaqt talab qiladigan murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

#OAVda_biz PISA 2025: Oʻzbekistonlik oʻquvchilar natijalari yaxshilandi Sevimli-ZAMON 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram

Markazda navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi 🎙️Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Muhammadjon Tuxtasinov tomonidan "Kelajak markazi" guruhi tinglovchilari uchun navbatdagi amaliy mahorat darsi o‘tkazildi. 🎧Mashg‘ulot “Ta’limdagi islohotlar va sohaga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar” moduli doirasida "Ta’limdagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va kasbiy faoliyatda qoʻllash" mavzusiga bag‘ishlandi. ⏰Dars davomida ta’lim sohasidagi so‘nggi islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni pedagogik faoliyatga to‘g‘ri va samarali tatbiq etish yo‘llari amaliy misollar vositasida tushuntirib berildi. 📱  Telegram | 📱  Facebook 📱YouTube📱Instagram

‼️‼️‼️ #Йил_ўқитувчиси ✅ Avval xabar berganimizdek, “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi yakunlandi hamda natijal
‼️‼️‼️ #Йил_ўқитувчиси ✅ Avval xabar berganimizdek, “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi yakunlandi hamda natijalar tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tomonidan muhokama qilindi. ❗️Muhokamalar jarayonida har bir bosqich natijalari umumlashtirilganda ballari teng bo‘lib qolgan pedagoglar uchun qo‘shimcha tanlov sifatida mutaxassislik fani bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.
Bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Yil o‘qituvchisi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita qarori ijrosi to‘g‘risida” 2026 yil 28 avgustdagi 323-son buyrug‘ida Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markaziga alohida topshiriqlar berildi.
🔰 Mazkur topshiriqni bajarish maqsadida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining har bir bosqichida erishgan natijalari teng kelib qolgan sariosiyolik ikki nafar pedagog o‘rtasida mutaxassislik fanidan qo‘shimcha test sinovini o‘tkazish maqsadida Surxondaryo viloyatida 11-avgust kuni qo‘shimcha tanlov bo‘lib o‘tadi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Сенат алифбода тўртта ҳарфни ўзгартиришни маъқуллади   Сенат “Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосини жорий этиш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартириш киритиш ҳақида”ги қонунни маъқуллади. Қонун қуйидаги ўзгаришларни назарда тутади:   G‘ g‘ → Ğ ğ O‘ o‘ → Ö ö Sh sh → Ş ş Ch ch → Ç ç
Қонун кучга киргунига қадар амалдаги алифбо асосида расмийлаштирилган ҳужжатлар, миллий валюта ва қимматли қоғозлар тўсиқсиз муомалада қолади. Давлат органлари ва ташкилотларининг рамзий белгилари, пешлавҳа ва кўрсаткичлардан эса улар яроқсиз ҳолатга келгунига қадар ёки белгиланган муддатгача фойдаланишга рухсат берилади.
Kun.uz расмий канали

#Mashhurlar Abdulhamid Cho‘lpon (1897–1938) haqida: ✨ Cho‘lpon o‘zbek adabiyotida milliy uyg‘onish va erkinlik g‘oyalarini ku
#Mashhurlar Abdulhamid Cho‘lpon (1897–1938) haqida: ✨ Cho‘lpon o‘zbek adabiyotida milliy uyg‘onish va erkinlik g‘oyalarini kuylagan buyuk shoir va yozuvchilardan biridir; ⚠️Uning “Kecha va kunduz” romani hamda she’rlari o‘zbek adabiyotida milliy ong va ruhiy kechinmalarning yorqin ifodasidir; ✅ Cho‘lpon ijodida inson erki, millat taqdiri va adolat masalalari yetakchi o‘rinni egallaydi; ✍️ Adib shoir, nosir va mohir tarjimon sifatida jahon adabiyotining durdonalarini o‘zbek tiliga olib kirgan; 🌟 Cho‘lponning tili nafis, obrazlari ta’sirchan bo‘lib, uning ijodi bugun ham o‘quvchini befarq qoldirmaydi. 🟦🟦🟦🟦🟦

🎓QAYTA TAYYORLOV KURSLARIGA MARHAMAT! Namangan viloyati pedagogik mahorat markazining qayta tayyorlash kurslarini tashkil et
🎓QAYTA TAYYORLOV KURSLARIGA MARHAMAT! Namangan viloyati pedagogik mahorat markazining qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun ochilgan maxsus telegram guruhi. Ish vaqti: dushanba-shanba. Har kuni 09:00 dan 15:00 ga qadar murojaat qilishingiz mumkin. Tel: 69-234-11-45. tg:@NamPMMqt 🌍🌍🌍🌍🌍🌍

AZIZ YURTDOSHLAR! NAMANGAN VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZINING TELEGRAM KANALI BORLIGINI BILASIZMI? MARKAZDAGI YANGILIKLAR
AZIZ YURTDOSHLAR! NAMANGAN VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZINING TELEGRAM KANALI BORLIGINI BILASIZMI? MARKAZDAGI YANGILIKLAR VA VOQEA HODISALARDAN XABARDOR BO’LISHNI ISTASANGIZ KANALIMIZGA OBUNA BO’LING! Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati 🔎𝐖𝐞𝐛𝐬𝐢𝐭𝐞 | ❤ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🌐𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 | 🌐𝐘𝐨𝐮𝐭𝐮𝐛𝐞

#kiberogohlik #xavfsiz_va_soglom_yurt ⚠️ Oʻqituvchilar diqqatiga! Firibgarlarning yangi hiylasidan ogoh boʻling! Soʻnggi paytlarda oʻqituvchilarga notanish raqamlardan qoʻngʻiroq qilib, "Kursda oʻqib, 20% lik ustamaga ega boʻling" deb, plastik kartaga pul oʻtkazishni talab qilish holatlari kuzatilmoqda. Telegram | Instagram | Youtube

#qayta_tayyorlov 🟦🟦🟦 🟦🟦 ◀️ To'liq ma'lumotni ushbu video havoladan oling! MAHORAT MARKAZIDA QAYTA TAYYORLOV KURSLARI UCH
#qayta_tayyorlov 🟦🟦🟦 🟦🟦 ◀️ To'liq ma'lumotni ushbu video havoladan oling!
MAHORAT MARKAZIDA QAYTA TAYYORLOV KURSLARI UCHUN SHARTNOMA BERISH BOSHLANDI!
**Hurmatli pedagoglar!O'z bilimingizni yangi yo'nalishda boyitish, qo'shimcha fan bo'yicha malaka egallash va kasbiy imkoniyatlaringizni kengaytirish vaqti keldi!
☄️ Endilikda kasbiy (7 oylik) va kasbiy pedagogik (11oylik) fan yo'nalishlari bo'yicha qayta tayyorlov kurslariga shartnoma olish imkoniyati mavjud. Yangi fan yo'nalishini egallash istagida bo'lgan barcha talabgorlarni kurslarimizga taklif etamiz.
💵 Shartnoma to'lovlari 7 oylik uchun 8 550 000 so'm, 11 oylik uchun 12 550 000 so'm, 4 oylik Maktabgacha kasbiy ta'lim yo'nalishi uchun 5 500 000 so'm.
➡️ Siz uchun kerakli fan yo'nalishini tanlang, shartnomangizni oling va qayta tayyorlov kursida tahsil olishni boshlang! 📎 https://retrain.uzedu.uz ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ ✔️ Yangi yo'nalish — yangi bilim — yangi imkoniyat! 🔥 Imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Faningizni tanlang, shartnomangizni oling va kelajagingiz sari dadil qadam tashlang!
Bizni kuzating!
📱 Telegram | 📱 Facebook 📱 YouTube📱 Instagram

#iqtibos Odamzot hayotida shunday pallalar bo'ladiki, ba'zida ularni hech qachon unutging kelmaydi, ba'zida esa tushingda kec
#iqtibos Odamzot hayotida shunday pallalar bo'ladiki, ba'zida ularni hech qachon unutging kelmaydi, ba'zida esa tushingda kechirgandek unutishni xohlaysan. Ammo bunday vaqtlar hayotingda qanday iz qoldirganidan qat'iy nazar, baribir qalbingning bir bo'lagi hamisha o'sha xotiralar bilan band bo'lib qolaveradi. ©O'tkir Hoshimov " Tushda kechgan umrlar

#ilmiy_metodik_ishlar PEDAGOGNING ILMIY-METODIK ISHLARI 📝 Nazorat ishlari materiallari nima? Nazorat ishlari materiallari —
#ilmiy_metodik_ishlar PEDAGOGNING ILMIY-METODIK ISHLARI 📝 Nazorat ishlari materiallari nima? Nazorat ishlari materiallari — o‘quvchilarning muayyan davr yoki mavzular bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini xolisona tekshirish hamda baholash uchun mo‘ljallangan topshiriqlar, savollar va metodik mezonlar majmui. 📌 Unda turli darajadagi yozma ishlar, amaliy masalalar, testlar, topshiriqlar banki hamda baholash mezonlari aniq aks ettiriladi. 🎯 To‘g‘ri shakllantirilgan nazorat materiallari o‘quvchilarning bilim bo‘shliqlarini aniqlash, ta’lim sifatini oshirish va baholash jarayonida to‘liq xolislikni ta’minlashga yordam beradi. #Pedagog365 #IlmiyMetodikIshlar #NazoratIshlari #Baholash #Talim #SifatliTalim 👉 https://t.me/pedagog_365

#pedagogik_keys Taʼlimiy-pedagogik vaziyatlar va ularning yechimlari https://t.me/pedagog_365 kanalida
#pedagogik_keys Taʼlimiy-pedagogik vaziyatlar va ularning yechimlari https://t.me/pedagog_365 kanalida

#amaliy_tavsiya Samarali pedagogik faoliyat uchun uzluksiz amaliy tavsiyalar https://t.me/pedagog_365 kanalida
#amaliy_tavsiya Samarali pedagogik faoliyat uchun uzluksiz amaliy tavsiyalar https://t.me/pedagog_365 kanalida

🗣Olim bo‘lish uchun ➡️Bir o‘smir yigit olimdan so‘radi: – Ustoz, sizday donishmand bo‘lish uchun nima qilishim kerak? ‼️Doni
🗣Olim bo‘lish uchun ➡️Bir o‘smir yigit olimdan so‘radi: – Ustoz, sizday donishmand bo‘lish uchun nima qilishim kerak? ‼️Donishmand javob bermadi. O‘spirin uning ortidan bir necha kun tinimsiz ergashib yurdi, savolini takrorlayverdi. ↪️Nihoyat olim unga «Ortimdan yur!» degan ishora berdi-da, daryoga boshlab bordi. Suvga tushishdi. Shu payt donishmand o‘smirning yelkasidan qattiq tutib, suvga botirdi. Bola bechora qutilishga ming chiranmasin, uddasidan chiqolmadi. Ozroq vaqt o‘tgach, olim uni qo‘yib yubordi. O‘smir o‘pkasini to‘ldirib-to‘ldirib nafas oldi, birozdan so‘ng sal o‘ziga keldi. ↪️Shunda ustoz so‘radi: – O‘g‘lim, suvda dimiqib turgan payting eng ko‘p istagan narsang nima bo‘ldi? ➡️Havo! Faqat havo olishni xohladim! – dedi o‘spirin entikib. ↪️Uning o‘rniga boylikmi, ko‘ngil ochishmi, kuch-qudrat yo sevgi-muhabbatmi istamadingmi? – deb so‘radi donishmand. ➡️Aslo! Nafasim tugab, bo‘g‘riqib ketdim, faqat havo olishnigina istadim, – dedi o‘smir shosha-pisha. ↪️Olim bo‘lish uchun, bo‘talog‘im, – deb so‘zida davom etdi ustoz, – xuddi ana shunday xohish kerak. Sen boshqa maqsadlarni chetga surib, faqat shu yo‘lda harakat qilishing lozim. Bu maqsad kechayu kunduz xayolingni band etishi zarur. Agar olimlikka shunday g‘ayrat bilan intiladigan bo‘lsang, niyatingga albatta yetishasan! 📱  Telegram | 📱  Facebook 📱YouTube📱Instagram

Bugun 10-sentabr taniqli adib, O’zbekiston xalq yozuvchisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi Rahmat Fayziy taval
Bugun 10-sentabr taniqli adib, O’zbekiston xalq yozuvchisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi Rahmat Fayziy tavallud topgan kun. 📱  Telegram | 📱  Facebook 📱YouTube📱Instagram

‼️‼️‼️ #Sayyor_qabul 📣 Namanganda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Sayyor qab
‼️‼️‼️ #Sayyor_qabul 📣 Namanganda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Sayyor qabuli” tashkil etilmoqda. ⏰ Vaqti: 2026-yil 10-sentyabr kuni soat 11:00 da 📍Manzil: Davlatobod tumanidagi 95-maktab (Quyi G’irvon MFY, To’raqo’rg’on koʻchasi 10-uy) 🔰 Mo‘ljal: Elobod city turar-joy majmuasi 📞 Bog‘lanish uchun: (93) 400-53-54 Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

#diqqat_eʼlon #sport ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida maktab oʻquvchilari oʻrtasi
#diqqat_eʼlon #sport ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportni ommalashtirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Maktab ligasi” musobaqalariga start berilmoqda. ➖ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida hamda 10 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada ishtirok etish uchun joriy yil 10-sentabrdan boshlab roʻyxatdan oʻtish boshlanadi. 🔹 Roʻyxatdan oʻtish 5tashabbus.uz platformasi orqali 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi. 👉 Barcha maktab oʻquvchilarini ushbu sport musobqalarida qatnashib, oʻz iqtidorlarini namoyish etishga chaqirib qolamiz. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#iqtibos Bolalar uyda ota-onalaridan, maktabda o‘qituvchilardan axloqqa xilof bo‘lgan odat va ishlarni ko‘rmasliklari axloqiy
#iqtibos Bolalar uyda ota-onalaridan, maktabda o‘qituvchilardan axloqqa xilof bo‘lgan odat va ishlarni ko‘rmasliklari axloqiy tarbiya hisoblanadi. FITRAT Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati 🪩𝐖𝐞𝐛𝐬𝐢𝐭𝐞  |  📲 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦   |  📕𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 | 📹𝐘𝐨𝐮𝐭𝐮𝐛𝐞