A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
Website: http://avloniy.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/avloniy.uz Instagram: https://www.instagram.com/a.avloniy/ YouTube: https://www.youtube.com/avloniyuzb Qayta tayyorlov: https://t.me/avloniyqaytatayyorlov
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
Channel A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti (@avloniyuz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 147 112 subscribers, ranking 773 in the Education category and 284 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 147 112 subscribers.
According to the latest data from 07 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 5 440 over the last 30 days and by 42 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 13.69%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 7.18% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 20 156 views. Within the first day, a publication typically gains 10 571 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 35.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Website:
http://avloniy.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/avloniy.uz
Instagram:
https://www.instagram.com/a.avloniy/
YouTube:
https://www.youtube.com/avloniyuzb
Qayta tayyorlov:
https://t.me/avloniyqaytatayyorlov”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 08 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | +142 | |||
| 07 September | +154 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | +11 | |||
| 04 September | +184 | |||
| 03 September | +347 | |||
| 02 September | +170 | |||
| 01 September | 0 |
| 2 | #Forum
⏰ PISA 2025: O‘zbekistonlik o‘quvchilar 82 ballga yaxshilandi
🔵Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamkorligida Taʼlim forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida PISA 2025 xalqaro tadqiqoti natijalari rasman e’lon qilinib, O‘zbekiston o‘quvchilarining xalqaro baholashdagi ko‘rsatkichlari taqdim etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakili Yuliya Risyukova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova, UNICEFning O‘zbekistondagi vakili Regina Maria Castillo, UNESCO vakili, OECDning ta’lim siyosati bo‘yicha tahlilchisi Yuri Belfali, shuningdek, ta’lim sohasi mutaxassislari, xalqaro ekspertlar va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Forum davomida PISA 2025 xalqaro tadqiqoti natijalari rasman e’lon qilinib, O‘zbekistonning asosiy ko‘rsatkichlari, manfaatdor tomonlar uchun tavsiyalar hamda mamlakatimizning PISA 2025dagi ishtiroki natijalari tahlil qilindi.
Forum doirasidagi muhokamalar esa erishilgan natijalarni tahlil qilish, ta’lim tizimining kuchli va rivojlantirilishi zarur bo‘lgan jihatlarini aniqlash hamda natijalardan amaliy harakatlarga o‘tish uchun keyingi vazifalarni belgilashga qaratildi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram | 9 702 |
| 3 | PISA 2025: O‘zbekiston o‘quvchilari natijalarida ijobiy o‘zgarish!
O‘zbekistonlik o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha natijalarida sezilarli o‘sish qayd etildi.
PISA 2025 tadqiqotida 2-daraja bazaviy daraja hisoblanadi. Bu daraja o‘quvchining kundalik hayotda zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olishini anglatadi.
🔺Bazaviy daraja va undan yuqori natija ko‘rsatganlar:
2022-yil — 19%
2025-yil — 65%
📤Bu esa 46 foiz o‘sish demakdir.
↗️Raqamlar o‘quvchilarning bazaviy ilmiy bilim va ko‘nikmalarni egallash darajasi sezilarli yaxshilanganini ko‘rsatmoqda.
🇺🇿PISA 2025 natijalari — O‘zbekiston ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. | 14 786 |
| 4 | PISA 2025: O‘zbekiston o‘quvchilari natijalarida keskin ijobiy o‘zgarish!
O‘zbekistonlik o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha natijalarida sezilarli o‘sish qayd etildi.
PISA 2025da 2-daraja bazaviy daraja hisoblanadi. Bu daraja o‘quvchining kundalik hayotda zarur bo‘lgan asosiy ilmiy bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olishini anglatadi.
🔺Bazaviy darajadan past natija ko‘rsatganlar:
2022-yil — 81,1%
2025-yil — 35,05%
⬇️Ya’ni bu ko‘rsatkich 46,05 foiz punktga kamaygan.
🔺Bazaviy daraja va undan yuqori natija ko‘rsatganlar:
2022-yil — 19%
2025-yil — 65%
📤Bu esa 46 foiz punktlik o‘sish demakdir.
↗️Raqamlar o‘quvchilarning bazaviy ilmiy bilim va ko‘nikmalarni egallash darajasi sezilarli yaxshilanganini ko‘rsatmoqda.
🇺🇿PISA 2025 natijalari — O‘zbekiston ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram | 1 |
| 5 | 📊 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi?
OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi. Tadqiqotda 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi. O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi.
Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi.
🔬 Tabiiy fanlar bo‘yicha
O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.
↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan.
💻 Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha:
O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram | 25 829 |
| 6 | 📊PISA 2025 natijalari e’lon qilinmoqda!
Ayni damda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida PISA 2025 xalqaro tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro forum boshlanish arafasida.
🇺🇿Tadbir davomida O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotidagi natijalari, xalqaro reytingdagi o‘rni va asosiy ko‘rsatkichlari taqdim etiladi.
Unda ta’lim sohasi mutaxassislari, xalqaro ekspertlar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
📍PISA 2025 bo‘yicha eng muhim yangiliklarni biz bilan kuzatib boring!
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram | 9 822 |
| 7 | DIQQAT!
PISA 2025 xalqaro tadqiqoti natijalari e’lon qilinishi arafasida!
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 12:30 da Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan PISA 2025 xalqaro tadqiqoti natijalari rasman e’lon qilinadi.
Shu munosabat bilan O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotidagi natijalari, xalqaro reytingdagi o‘rni va asosiy ko‘rsatkichlari keng jamoatchilikka taqdim etiladi.
Natijalarni e’lon qilishga bag‘ishlangan xalqaro tadbirda ta’lim sohasi mutaxassislari, xalqaro ekspertlar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, PISA 2025 tadqiqotida 91 ta mamlakat va iqtisodiyotdan 760 mingdan ortiq 15 yoshli o‘quvchi ishtirok etgan.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram | 14 731 |
| 8 | Institut jamoasi “Zakovat” intellektual klubining Mustaqillik kubogida ishtirok etdi
Institut jamoasiga keyingi bellashuvlarda ham muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz! | 17 398 |
| 9 | #Institut_Kengashi
A.Avloniy nomidagi institutda Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Institut Kengashining 7-son yig‘ilishida tarkibiy bo‘limlar faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Kengashda kun tartibidagi quyidagi:
— Xalqaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari;
— rahbar kadrlar malakasini oshirish kurslarini metodik jihatdan ta‘minlash sifatini oshirish;
— elektron kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
— ijro intizomining bajarilish holati;
— Institutining mehmonxona faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish kabi masalalar tahlil qilindi.
Shuningdek:
- 13.00.07 – “Ta‘limda menejment” ixtisosligi bo‘yicha 2 nafar talabgorni professor ilmiy unvoniga tavsiya etish;
- 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari, ilmiy rahbarlari va maslahatchilarini tasdiqlash;
- institutning “Maktab ta‘limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” jurnali tahririyat hay‘ati tarkibini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas‘ullarning axborotlari eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilindi va mas‘ullarga vazifalar belgilandi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram | 19 961 |
| 10 | #vakant
BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI!
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-son buyrug‘iga asosan, Abdulla Avloniy nomidagi institutning Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limida "vakant" bo‘lib turgan quyidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qiladi:
✅ O‘zbek tili fani (ta’lim boshqa tilda olib boriladigan maktablar uchun) metodisti
✅Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani metodisti
Malaka talablari:
✅ Ma’lumoti — oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura diplomiga egalik afzallik beradi);
✅ Mutaxassisligi — pedagogika, tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha;
✅ Mehnat staji — kamida 3 yil, shundan kamida 1 yil ta’lim sohasida tegishli yo‘nalishda ishlagan bo‘lishi;
✅ Kompyuter savodxonligi — Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint va boshqalar), zamonaviy axborot texnologiyalari va internet tarmog‘idan mustaqil foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
✅ Davlat tilini bilishi (rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish afzallik hisoblanadi);
✅ Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, tegishli standartlardan xabardor bo‘lishi, malakasini muntazam oshirib borishi hamda lavozim majburiyatlarida belgilangan vazifalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
🟢Nomzodlarga qo‘shimcha afzallik beruvchi jihatlar:
🔺 Chet tillarini bilish bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishi;
🔺 Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lishi;
🔺 KRK va KRS tadbirlarida mentor o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan bo‘lishi.
❗️ Mazkur lavozimlarga 45 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar hujjat topshirishlari mumkin.
📩 Hujjat topshirish uchun: t.me/HR_manager_Avloniy
👨💻 Ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.
🗓 Hujjatlar qabuli muddati: 2026-yil 4-sentabrdan 11-sentabrgacha.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 55 508 06 67
Ichki raqam: 1010 | 23 198 |
| 11 | A.AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGIK MAHORAT MILLIY INSTITUTI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI!
➡️Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-son buyrug‘iga asosan, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limida "vakant" bo‘lib turgan quyidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qiladi:
✅O‘zbek tili fani (ta’lim boshqa tilda olib boriladigan maktablar uchun) metodisti;
✅ Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani metodist;
⌛️ Malaka talablari:
➡️ Ma’lumot: oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura diplomiga egalik afzallik beradi);
➡️ Mutaxassislik: Pedagogika (tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha);
➡️ Mehnat staji: kamida 3 yil, shundan kamida 1 yil ta’lim sohasida soha yo‘nalishi bo‘yicha ishlagan bo‘lishi;
➡️ Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k.), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
➡️ Davlat tilini bilishi (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi);
➡️ Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
⭐️ Quyidagilar afzallik beradi:
➡️ Chet tillarini bilish bo‘yicha sertifikatlarga ega bo‘lishi;
➡️ Ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lishi;
➡️ KRK va KRS tadbirlarida Mentor o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritganligi.
❗️ Mazkur lavozimlarga 45 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar hujjat topshirishlari mumkin.
👤 Talabgor nomzodlar hujjatlarini t.me/HR_manager_Avloniy manziliga yuborishlari mumkin.
💻 Ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.
🗓 Hujjatlar qabuli muddati: 04.09.2026 – 11.09.2026-yil
📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +998 55 508 06 67 (ichki raqam – 1010) | 1 |
| 12 | #Bilimlar_kuni
Yangi o‘quv yili: malaka oshirish kurslari boshlandi!
Barcha tinglovchilarga muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram | 18 806 |
| 13 | DIQQAT!
“Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” ilmiy jurnalida maqolangizni chop eting!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan nashr etiladigan “Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” ilmiy-nazariy va o‘quv-uslubiy jurnalining navbatdagi soni uchun maqolalar qabuli davom etmoqda.
Jurnalda quyidagi afzalliklar mavjud:
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi tomonidan 373.3/.5 UO‘K bilan indekslangan;
- ISSN: 3060-4788 xalqaro standart raqamiga ega;
-Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini e'lon qilish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan;
- Crossref va Zenodo platformalari orqali DOI olish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan;
- Xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalarida indeksatsiyalanadi.
Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ–4963-son qarori asosida ta'sis etilgan bo‘lib, Ommaviy axborot kommunikatsiyalari agentligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hamda 2024-yil 11-sentabrdagi №392864-son guvohnomaga ega.
Maqolalarni rasmiylashtirish talablari jurnalning rasmiy saytida joylashtirilgan.
Ilmiy-nazariy va o‘quv-uslubiy jurnalda maqola chop ettirish istagida bo‘lgan mualliflar maqolalarini journal.avloniy.uz platformasi orqali yuborishlari mumkin.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram | 20 530 |
| 14 | #Bilimlar_kuni
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutda yangi o‘quv yili malaka oshirish kurslari boshlandi.
Yangi o‘quv yilida institutda pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.
Kurslarda tinglovchilar:
- zamonaviy pedagogik texnologiyalar;
- ta’lim metodikasi;
- raqamli vositalardan samarali foydalanish;
- kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar.
Yangi o‘quv yili — yangi bilimlar, yangi maqsadlar va yangi imkoniyatlar!
#Avloniy #MalakaOshirish #PedagogikMahorat
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram | 23 093 |
| 15 | #Bilimlar_kuni
“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida institut rektori ishtirok etdi
Bugun yurtimiz maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan an’anaviy “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi.
Jumladan, Olmazor tumanidagi 28 -son umumta’lim maktabida tashkil etilgan tantanali tadbirda institut rektori Abduvali Ismailov ishtirok etdi.
Tadbir avvalida muhtaram Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari, ustoz va murabbiylariga yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi.
Tantanali tadbirning eng quvonchli lahzalaridan biri — maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarining tantanali ravishda topshirilishi bo‘ldi.
Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchi va ustozlar uchun ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va ezgu maqsadlarga boy bo‘lsin! | 17 178 |
| 16 | Qadrli o‘quvchilar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Muhtaram ota-onalar!
Barchangizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi shukuhi bilan uyg‘un holda kirib kelgan yangi o‘quv yili — Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Ayniqsa, bugun “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida qalbi hayajon va orzularga to‘lib, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan aziz bolajonlarimizni hamda ularning ota-onalarini ushbu unutilmas kun bilan alohida qutlayman.
Davlatimiz rahbari boshchiligida ta’limni rivojlantirish, ustozlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktablarimizning qiyofasi va mazmuni yangilanib, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarning kirib kelayotgani yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Bu imkoniyatlarning amaliy natijasini o‘quvchilarimiz erishayotgan yutuqlarda yaqqol ko‘rib turibmiz. Yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar, sport va ijodiy bellashuvlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgani, bitiruvchilarimizning yurtimiz va xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritayotgani barchamizga katta faxr bag‘ishlaydi.
Ishonamanki, yangi o‘quv yilida ham ustozlarimizning fidokorona mehnati, ota-onalarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi va o‘quvchilarimizning bilimga intilishi yangi yutuqlarga zamin yaratadi.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, o‘qish va mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook | 14 016 |
| 17 | Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
—
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины!
Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость!
Слава нашему народу – созидателю независимости!
С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан.
Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток!
Да здравствует Республика Узбекистан!
Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев,
Президент Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 14 135 |
| 18 | Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustozlar va aziz o‘quvchi-yoshlar!
Barchangizni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
Bugun davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida ham ulug‘ bir maqsad mujassam — farzandlarimizning baxtli kelajagini ta’minlash, ularni bilimli, mustaqil fikrlaydigan, Vatan taqdiriga daxldor avlod etib tarbiyalash.
Hurmatli ustozlar!
Har bir farzandning qalbida ilmga mehr uyg‘otish, uning iste’dodini yuzaga chiqarish, hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashishdek ulug‘ vazifani sidqidildan ado etib kelmoqdasiz. O‘quvchilarimizning har bir yutug‘ida sizning bilimingiz, sabr-toqatingiz va fidokorona mehnatingiz bor. Buning uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Aziz o‘quvchilar!
Sizlarning har bir yutug‘ingiz biz uchun quvonch va faxrdir. Bugun olayotgan bilimingiz, qilayotgan izlanishlaringiz va oldingizga qo‘yayotgan maqsadlaringiz ertaga nafaqat o‘z hayotingizni, balki Vatanimiz kelajagini ham belgilaydi. O‘z kuchingizga ishoning, bilim olishdan va izlanishdan hech qachon to‘xtamang.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini, albatta, barchamiz birgalikda yaratamiz!
Aziz yurtdoshlar!
Shu qutlug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik, fayz-u baraka va farovonlik tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook | 14 348 |
| 19 | 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Hurmatli ustozlar, aziz hamkasblar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ sanasi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari, milliy qadriyatlarimiz, milliy o‘zligimiz va erkin taraqqiyotimizning buyuk timsolidir.
Bugun yurtimizda qaror topgan tinchlik va osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va yangilanish jarayonlari ta’lim sohasini izchil rivojlantirish, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi uchun munosib sharoitlar yaratish, maktablarda sifatli ta’limni ta’minlashga mustahkam zamin yaratmoqda.
Shu ulug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, kasbiy faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar va ezgu niyatlaringiz ro‘yobini tilaymiz!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
🇺🇿Yangi O‘zbekiston — yangi yutuqlar sari!
🎉Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Abdulla Avloniy nomidagi institut jamoasi | 29 084 |
| 20 | 🇺🇿🇺🇿
#Bayram_shukuhi
#taqdirlash | 28 159 |
