Boshqaruv samaradorligi agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi Facebook: https://www.facebook.com/BSA.pressa/ Instagram: https://www.instagram.com/bsa.uz/ Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCVm3AfukMqCaX_e1Bhn8HBQ/vide
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Boshqaruv samaradorligi agentligi
Channel Boshqaruv samaradorligi agentligi (@bsa_uz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 70 227 subscribers, ranking 864 in the Politics category and 994 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 70 227 subscribers.
According to the latest data from 05 November, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 168 over the last 30 days and by 22 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 10.02%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 7.23% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 7 040 views. Within the first day, a publication typically gains 5 080 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi
Facebook: https://www.facebook.com/BSA.pressa/
Instagram: https://www.instagram.com/bsa.uz/
Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCVm3AfukMqCaX_e1Bhn8HBQ...”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 06 November, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Politics category.
“Agro New Drip” MChJ tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish, shuningdek, mikroirrigatsiya tizimlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonada polietilen quvurlar, tomchilatib sug‘orish shlanglari, tomizgichli lentalar, fitinglar, geomembranalar va boshqa zarur irrigatsiya jihozlari ishlab chiqariladi. Korxona mahsulotlarining 40 foizi eksportga yo‘naltirilayotgani, 60 foizi esa ichki bozor ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilayotgani mahalliy ishlab chiqarishning nafaqat mamlakat agrar tarmog‘ini zarur uskunalar bilan ta’minlash, balki tashqi bozorlarda ham o‘z o‘rnini mustahkamlash imkoniyatlarini namoyon etadi.Tashrif davomida xalqaro dastur ishtirokchilari xomashyoni qayta ishlashdan tortib, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sifat nazoratigacha bo‘lgan texnologik jarayonlarni kuzatdi. Shuningdek, mahsulotlarning texnik imkoniyatlari, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi hamda ularni qishloq xo‘jaligida qo‘llash mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumot oldi. Ishtirokchilar O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar yaratish va ularni eksport qilish bo‘yicha shakllangan amaliy tajribani o‘rganish imkoniga ega bo‘ldi. Bu kabi tajribalar almashinuvi mamlakatlar o‘rtasida agrar va suv xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or texnologiyalar transferini jadallashtirish hamda suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan zamonaviy yechimlarni ommalashtirishga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Ma'lumot uchun, loyiha doirasida 264 gektar maydondagi 45 ta sun’iy suv havzasi rekonstruksiya qilingan, xorij texnologiyasi asosida 300 ta intensiv basseyn o‘rnatilib, 80 tonna baliq yetishtirish imkoniyati yaratilgan. Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan osyotr baliqlarini O‘zbekiston sharoitida sanoat usulida yetishtirish texnologiyasi ham mazkur klasterda amaliyotga tatbiq etilgan.Dastur doirasida mamlakatimizda baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish va sohada samaradorlikni oshirish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berdi. Mazkur amaliy tanishuv ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Ta’kidlanganidek, laboratoriya tahlillari natijalari fermer xo‘jaliklariga tuproq unumdorligi va ekinlar holatini aniq baholash, o‘g‘itlardan oqilona foydalanish hamda agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri rejalashtirish imkonini beradi. Bu esa hosildorlikni oshirish, suv va boshqa resurslarni tejash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Shuningdek, ishtirokchilar markaz tomonidan yo‘lga qo‘yilgan mobil agroxizmatlar faoliyati bilan ham tanishdi. Mazkur xizmatlar orqali mutaxassislar bevosita fermer xo‘jaliklariga tashrif buyurib, tuproq va ekinlar holatini joyida o‘rganadi, zarur tahlillarni amalga oshiradi hamda ularning natijalari asosida amaliy tavsiyalar beradi. Dala kuzatuvlari va laboratoriya tahlillarini uyg‘unlashtirish har bir xo‘jalikning o‘ziga xos sharoitidan kelib chiqib, manzilli yechimlar ishlab chiqish imkonini yaratadi.
— Markaz faoliyatida laboratoriya tahlillarining fermerlarga bevosita amaliy tavsiyalar berish bilan bog‘langani e’tiborimni tortdi. Ayniqsa, mutaxassislarning xo‘jaliklarga borib, tuproq va ekinlar holatini joyida o‘rganishi muhim yondashuv hisoblanadi. Ushbu tajriba resurslardan oqilona foydalanish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan biz uchun ham katta qiziqish uyg‘otdi, — deydi Ozarbayjon Qishloq xo‘jaligi vazirligining Strategik rejalashtirish, tahlil va hisobdorlik bo‘limi sektor mudiri Shovgi Lalashov.Delegatsiya a’zolari laboratoriya xizmatlarini tashkil etish, tahlil natijalarini ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish va fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
Dastur doirasida mamlakatning 14 ta hududida 700 nafarga yaqin fasilitator tayyorlandi. Endilikda ular tomonidan davlat tashkilotlari va muassasalarida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan 35 ming nafarga yaqin xodimlarni reja asosida, bosqichma-bosqich o‘qitish ishlari amalga oshirilmoqda.Ayni paytda o‘quv jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari hamda texnikumlarning mazkur yo‘nalish bo‘yicha biriktirilgan 15 mingga yaqin mas’ul xodimi ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar tasdiqlangan reja-grafik asosida, guruhlarga biriktirilgan trenerlar tomonidan olib borilmoqda. Seminarlar davomida ishtirokchilar amaliy topshiriqlarni bajarib, mavzular yuzasidan fikr almashmoqda. Shuningdek, mehnat munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda jamoada o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash yuzasidan amaliy tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.
📌Mazkur treninglar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Davlat xizmatida inson kapitalini rivojlantirish loyiha ofisi muvofiqlashtiruvida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), Buyuk Britaniya hukumati va Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
Jumladan, PF-186-son Farmon asosida Xorazm viloyatining Shovot va Yangiariq tumanlari hokimliklari tuzilmasiga tajriba-sinov tariqasida 8 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy bo‘linmalari o‘tkazildi. Natijada hokim o‘rinbosarlari soni 6 nafardan 4 nafarga qisqartirilib, ma’muriy pog‘onalar optimallashtirildi. Shu bilan birga, ular faoliyatini baholash mezonlari kengaytirildi. Rahbarlik lavozimlari uchun Milliy kadrlar zaxirasiga 71 nafar, Istiqbolli kadrlar zaxirasiga 244 nafar, Salohiyatli kadrlar zaxirasiga 56 nafar hamda Rahbar ayollar zaxirasiga 16 nafar nomzod kiritildi. Davlat xizmatchilarining kasbiy salohiyatini oshirish doirasida 5 075 nafar xodimning edu.bsa.uz elektron ta‘lim platformasi orqali malaka oshirish kurslarida o‘qitilishi tashkil etildi.Tadbir davomida mas’ullar jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga batafsil javob berdilar. Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida jamoatchilikni keng xabardor qilish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
– Bundan buyon “kambag‘al oila qolmadi” degan hisobot o‘tmaydi,– dedi Prezidentimiz. Mas’ullarga xorijda kam ish haqiga ishlayotgan yurtdoshlarimizni kasbga o‘qitib, yuqori daromadli ishga joylashtirish, 270 ming nafar aholining daromadini o‘rtacha va undan yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha tumanlar kesimida reja ishlab chiqish topshirildi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
"O‘zbekiston – 2030" strategiyasi, Prezidentimizning 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori bilan tasdiqlangan "Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi" hamda 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-son Farmoni ijrosi doirasida davlat fuqarolik xizmatiga kadrlar tanlovining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida sun’iy intellekt yechimlari joriy etilmoqda.Bugungi kunda tanlovlarda nomzodlarning ma’lumoti (jumladan, ilmiy darajasi), ish staji va test sinovlari natijalari tegishli elektron axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan holda avtomatik tarzda tekshirilmoqda. Bu nomzoddan qo‘shimcha hujjat talab etish zaruratini bartaraf etadi. Navbatdagi bosqichda sun’iy intellekt texnologiyalari tanlov jarayoniga joriy etiladi. Birinchi navbatda nomzodlarning arizalari lavozimga qo‘yilgan barcha malaka talablari asosida sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida avtomatik ko‘rib chiqiladi. Bu kadrlar xizmati xodimlarining ishini yengillashtiradi, hujjatlarni baholashda subyektiv yondashuvga o‘rin qoldirmaydi. Nomzod uchun esa bu — javobni tezroq olish hamda o‘z arizasi qaysi talabga mos yoki mos emasligini aniq bilish imkoniyatidir. Tanlovning suhbat jarayonida esa sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash komissiya a’zolari tomonidan inson omili ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Barcha nomzodlar bir xil mezonlar asosida baholanadi, suhbat natijalarining xolisligini ta’minlanadi. Natijada nomzod uchun quyidagi qulayliklar yaratiladi: ✅ariza bo‘yicha javob kutish muddati qisqaradi; ✅rad etilgan taqdirda uning aniq asosi ko‘rsatiladi; ✅barcha ishtirokchilar uchun yagona va oldindan ma’lum mezonlar amal qiladi; ✅tanlov natijasi bo‘yicha e’tiroz bildirish va uni qayta ko‘rib chiqish imkoniyati saqlanadi. Mazkur texnologik yondashuv tanlov jarayonining xolisligi, ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, davlat fuqarolik xizmatiga teng asosda kirish huquqini ta'minlashga xizmat qiladi. #Strategiya2030 Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
– Buxoro iqtisodiyotiga, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy o‘zgarishlar olib kiradigan 30 milliard dollarlik yangi tashabbuslar bilan kelganmiz,– dedi davlatimiz rahbari. Dastlab ichimlik suvi va oqova tarmoqlari ta’minotiga to‘xtalib o‘tildi. Bu sohada Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan 385 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda. Uning ikkinchi bosqichiga yana 248 million dollar jalb qilinadi. Natijada viloyatning barcha tuman va shaharlarida 1,7 million aholining suv ta’minoti yaxshilanadi, 775 ming kishi kanalizatsiya tarmog‘iga ulanadi. Markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrov hozirgi 80 foizdan 95 foizga yetkaziladi. Prezidentimiz odamlar bu o‘zgarishlarni kutayotganini ta’kidlab, mas’ullarga loyihalarni tezlashtirishni topshirdi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
