fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Boshqaruv samaradorligi agentligi

Boshqaruv samaradorligi agentligi

رفتن به کانال در Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi Facebook: https://www.facebook.com/BSA.pressa/ Instagram: https://www.instagram.com/bsa.uz/ Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%D1%8

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Boshqaruv samaradorligi agentligi

کانال Boshqaruv samaradorligi agentligi (@bsa_uz) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 70 250 مشترک است و جایگاه 860 را در دسته سیاست و رتبه 993 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 70 250 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 02 نوامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 179 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 24 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید شده (به صورت رسمی توسط تلگرام)
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 10.48% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 7.70% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 7 359 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 5 406 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 0 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi Facebook: https://www.facebook.com/BSA.pressa/ Instagram: https://www.instagram.com/bsa.uz/ Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%...”

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 03 نوامبر, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته سیاست تبدیل کرده‌اند.

70 250
مشترکین
+2424 ساعت
+2287 روز
+17930 روز
آرشیو پست ها
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik masalalari
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida umumiy qiymati 7,8 milliard dollar boʻlgan 145 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida Vyetnamning “ROX Group” kompaniyasi tomonidan mamlakatimizda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida Vyetnamning “ROX Group” kompaniyasi tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida qurilayotgan yangi turizm markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

O'quvlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi Hududlarda tashkil etilayotgan xavfsiz va hurmatga asoslangan m
+3
O'quvlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi Hududlarda tashkil etilayotgan xavfsiz va hurmatga asoslangan mehnat muhitini shakllantirishga qaratilgan o‘quv-treninglar samaradorligini oshirish va yagona yondashuvni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Davlat xizmatida inson kapitalini rivojlantirish loyiha ofisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, filiallari mas’ullari ishtirokida Zoom platformasi orqali muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida o‘quv-treninglarni tashkil etish va o‘tkazish masalalari, trenerlar oldida turgan ustuvor vazifalar hamda belgilangan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, hududlarda treninglarni bir xil metodik yondashuv asosida o‘tkazish, o‘quv jarayoni sifatini ta’minlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini muvofiqlashtirib borishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur muloqot amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarga tezkor yechim topish, trenerlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda barcha davlat organlari va tashkilotlarida xavfsiz va hurmatga asoslangan mehnat muhitini shakllantirish bo‘yicha yagona standart va yondashuvlarni qaror toptirishga xizmat qiladi.
👍Ma'lumot uchun, ushbu haftadan boshlab trenerlar respublikaning 14 ta hududidagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 10 mingdan ortiq mas’ul xodimlari uchun o‘quv-treninglarni davom ettiradi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

Davlatimiz rahbari Buxoro shahridagi Qoʻshmadrasa ansambliga tashrif buyurdi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

Agrar sohada bilim va innovatsiyalarni joriy etish imkoniyatlari o‘rganildi "Agrar va suv xo‘jaligi sohasida barqaror boshqar
+9
Agrar sohada bilim va innovatsiyalarni joriy etish imkoniyatlari o‘rganildi "Agrar va suv xo‘jaligi sohasida barqaror boshqaruv va samaradorlik" mavzusidagi maxsus xalqaro o‘quv-amaliy tanishuv dasturi doirasida ishtirokchilar Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyati, uning ilmiy salohiyati va innovatsion ishlanmalari bilan tanishdi.
Мarkaz direktorining o‘rinbosari A.Bahodirov mehmonlarga, muassasaning asosiy maqsad va vazifalari, ilmiy-tadqiqot salohiyati hamda agrar sohada bilim va innovatsiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Uchrashuvda Respublika agroxizmatlar markazi bo‘lim boshlig‘i O.Salimov ilm-fan yutuqlarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga integratsiya qilish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari, agroxizmatlar markazi orqali 17 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 dan ortiq xizmat "Yagona darcha" tamoyili asosida ko‘rsatilayotgani, agrokonsalting, o‘quv kurslari, dala namoyishlari va raqamli vositalar orqali ilg‘or agrotexnologiyalar ommalashtirilayotgani haqida ma'lumot berdi. Shundan so‘ng, ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada mehmonlar olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar, yangi navlar va innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, ishtirokchilar Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti faoliyati bilan ham tanishib, agrar soha mutaxassislarini tayyorlash, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish borasidagi ishlar haqida ma’lumot oldi. "Aqlli" issiqxonalardagi ish jarayonlari delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ular zamonaviy boshqaruv tizimi, ishlab chiqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish va issiqxonalar imkoniyatlari yuzasidan savollariga mutaxassislardan javoblar oldi.
Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Kongress-xoll majmuasi va zamonaviy mehmonxonalar qurilishini koʻzdan kechirdi
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Kongress-xoll majmuasi va zamonaviy mehmonxonalar qurilishini koʻzdan kechirdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства Конгресс-холла и современных гостиниц в городе Бухаре. #Mirziyoyev #tashrif #Buxoro #bunyodkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Fikr Shovgi Lalashov, Ozarbayjon Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ul xodimi Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev bunyodkorlik ishlarining borishi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish uchun Buxoro viloyatiga keldi. Tashrif Kogon tumanidagi Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

+2
📍“Samaradorlik xaritasi”
▫️ Boshqaruv samaradorligi: islohotlar, natijalar, hamkorlik va amaliy tashabbuslar 👍 Tafsilotlar bilan videoda tanishing.
📍 “Efficiency Map”
▫️ Governance еfficiency: key reforms, results, partnership and practical initiatives 👍 Watch the video for more details.
📍«Картa эффективности»
▫️ Эффективность управления: реформы, результаты, партнёрство и практические инициативы 👍 Подробности — в видеоролике.
Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

+6
Hududlarda xavfsiz va hurmatga asoslangan mehnat muhitini shakllantirishga qaratilgan o‘quv-treninglar davom etmoqda ▫️Tafsilotlar OAV lavhalarida.
Ma'lumot uchun, ushbu haftadan boshlab trenerlar davlat tashkilotlarida inson resurslarini boshqarish hamda xavfsiz ish muhitini yaratish uchun mas’ul bo‘lgan 10 mingga yaqin xodimlar uchun o‘quv-treninglarni davom ettiradi.
Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

Agrar sohada sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar: xalqaro tajriba bilan amaliy tanishuv "Agrar va suv xo‘jaligi sohasi
+6
Agrar sohada sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar: xalqaro tajriba bilan amaliy tanishuv "Agrar va suv xo‘jaligi sohasida barqaror boshqaruv va samaradorlik" mavzusidagi maxsus xalqaro o‘quv-amaliy tanishuv dasturi doirasida ishtirokchilar uchun IT Park O'zbekistonga amaliy tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjondan kelgan soha rahbarlari hamda mutaxassislari "IT Park O'zbekiston: qishloq xo‘jaligida sun’iy intellektni joriy etish va raqamlashtirishni rivojlantirish" mavzusidagi taqdimot bilan tanishdilar. Unda agrar sohada sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari orqali resurslardan samarali foydalanish va boshqaruv qarorlarining sifatini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, qishloq xo‘jaligida raqamli yechimlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish, mavjud xavf-xatarlarni oldindan baholash hamda sohada boshqaruv samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur amaliy tashrif ishtirokchilarga O‘zbekistonning agrar sohani raqamlashtirish borasidagi tajribasini o‘rganish, ilg‘or texnologik yechimlar bilan tanishish va ularni o‘z mamlakatlarida tatbiq etish imkoniyatlarini baholash uchun muhim. Bunday o‘quv-amaliy uchrashuvlar nafaqat bilim va tajriba almashinuvini ta’minlaydi, balki mintaqada agrar va suv xo‘jaligi sohasida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari tarixiy merosni asrash va turizm in
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari tarixiy merosni asrash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar, shuningdek, sanoat va qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishadi. Ikki kunlik tashrif doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimida ishtirok etish, hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

Davlatimiz rahbari mehnat migratsiyasi sohasini takomillashtirish vazifalarini belgilab berdi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi hamda xorijda ishlash istagidagi aholini til va kasblarga maqsadli o‘qitish
Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi hamda xorijda ishlash istagidagi aholini til va kasblarga maqsadli o‘qitish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

Andijonda natijaga asoslangan boshqaruv: islohotlar amaliyotga tatbiq etilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–24
Andijonda natijaga asoslangan boshqaruv: islohotlar amaliyotga tatbiq etilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–243-son Farmoni ijrosi doirasida Andijon viloyatida boshqaruv samaradorligini oshirish va aniq natijalarga erishishga qaratilgan tizim joriy etilmoqda. Ushbu tizim doirasida mas’ullar faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari belgilanib, hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, inson resurslarini rivojlantirish hamda boshqaruv qarorlarining natijadorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🧢Batafsil Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa

Yig‘ilishda migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yil boshidan buy
Yig‘ilishda migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yil boshidan buyon 1 million 116 ming kishi migratsiyadan qaytgan. Ular orasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Yaponiya va Rossiyada sanoat, qurilish, logistika, xizmat ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi sohalarida tajriba orttirgan mutaxassislar bor. Prezidentimiz xorijda yirik sanoat korxonalarida ishlab, zamonaviy texnologiya va mehnat madaniyatini o‘zlashtirgan mutaxassislar mamlakatimiz korxonalari uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidladi. Hokimlar va tarmoq rahbarlari ularga munosib ish taklif qilib, bilim va tajribasidan foydalanishi lozim. Shu maqsadda chet eldan qaytgan fuqarolarning ishlagan joyi, kasbi va staji aks etadigan platforma yaratilib, hokimlar hamda tarmoq rahbarlari foydalanadigan tizimga ulanadi. Yil yakunigacha qaytgan 250 ming kishiga mos ish topish, tadbirkorlik qilishni istaganlarga esa yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz chet elda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish davlatning doimiy vazifasi ekanini alohida
Prezidentimiz chet elda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish davlatning doimiy vazifasi ekanini alohida ta’kidladi.
– Chet elda ishlayotgan har bir yurtdoshimiz – oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uchun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlar. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz!
– dedi Prezidentimiz. Xorijda muammoga duch kelgan vatandoshlarimiz endi yordam so‘rab, “Onlayn mahalla” platformasida xabar qoldira oladi. Zarur hollarda elchining o‘zi fuqaro oldiga borib, uning huquqini himoya qiladi va muammosiga yechim topish bilan shug‘ullanadi.
– Chet elda mehnat qilayotgan birorta yurtdoshimiz o‘z muammosi bilan yolg‘iz qolmasligi kerak,
– dedi Prezidentimiz. Hokimlar oldiga xorijda ishlayotganlarning oilasi va ota-onasi farovon hayot kechirishi, farzandlari yaxshi ta’lim olishi uchun sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi. Har bir vatandoshimiz qayerda bo‘lmasin, ortida uni qo‘llab-quvvatlaydigan Vatani borligini his qilib yashashi kerakligi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X

Xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berish tartibi soddalashtirilgach, ikki yilda ularning soni uch baravar ko‘paydi. U
Xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berish tartibi soddalashtirilgach, ikki yilda ularning soni uch baravar ko‘paydi. Ushbu agentliklar orqali xorijda ishga joylashganlar esa besh karra ortdi. Prezidentimiz sohada xatolar, korrupsiya va fuqarolarni aldash holatlari ham bo‘lganini aytdi. Muammolarni bartaraf etish uchun alohida qonun qabul qilinib, huquqiy asos yaratildi. Kelasi yildan fuqarolarni chet elga ishga yuborish vazifasi xususiy sektordagi eng ishonchli bandlik agentliklariga to‘liq o‘tkaziladi. Yuqori daromadli ishga joylashtirilgan har bir kishi uchun agentlikka 1,5 million so‘mdan rag‘bat puli to‘lanadi. Yoshlarni kasb va tilga tayyorlash uchun texnikum binolarining bir qismi bepul ijaraga beriladi. Chet eldan jalb qilingan o‘qituvchi va ekspertlarga ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi, o‘quv jarayoni uchun zarur uskuna va jihozlar bojxona bojidan ozod qilinadi. Shu bilan birga, xususiy bandlik agentliklari to‘liq shaffof tizimda ishlaydi, ularning reytingi yuritiladi. Fuqaroning aniq ishga joylashishi, huquqlari ta’minlanishi, yuqori daromad olishi va kafolatli ijtimoiy ta’minotga ega bo‘lishi asosiy mezon bo‘ladi. Prezidentimiz bir oyda agentliklar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qaror loyihasini kiritish, ushbu faoliyatni ijtimoiy xizmat sifatida ko‘rib, soliqqa tortishni shunga mos ravishda soddalashtirishga topshiriq berdi. Facebook|Instagram|X