en
Feedback
Студенческий совет ТГМУ | TDTU Talabalar kengashi

Студенческий совет ТГМУ | TDTU Talabalar kengashi

Open in Telegram

Официальный канал Студенческого совета ТГМУ. TDTU Talabalar kengashi rasmiy telegram kanali. Bog'lanish uchun: @TKaloqa_bot

Show more
1 984
Subscribers
No data24 hours
-147 days
-2830 days
Posts Archive
📢 UEnter 3D texnologiyalardan foydalanish bo'yicha intensiv treningga navbatdagi qabulni e'lon qiladi. 💡Trening 3D ishlab c
📢 UEnter 3D texnologiyalardan foydalanish bo'yicha intensiv treningga navbatdagi qabulni e'lon qiladi. 💡Trening 3D ishlab chiqarishni boshqarish bo'yicha dasturlarni qo‘llash bo‘yicha nazariy qismni va 3D-printerlar, 3D-skanerlar, 3D-ruchkalar va boshqa innovatsion vositalarni ishlatish bo'yicha amaliy qismni o‘z ichiga oladi. ✅ Ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan. Dastur bilan tanishish. Ishtirok etish uchun ariza yuborish. 🗓 Sana: 2025-yil 11-yanvar ⏱️ Vaqt: 14:00-16:00 🌐 Til: o'zbek 📍 Manzil: UEnter @uenteruz Telegram | Instagram | Facebook | Website

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi! Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalar
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi! Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan. ✅Kimlar ariza topshirishi mumkin? 🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan; 🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan; 🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar. 📄 Hujjatlarni topshirish muddati: Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin. 🗂 Qo‘shimcha maʼlumot uchun nizom bilan tanishishingiz mumkin: 👉 Nizomni ko‘rish Jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan iqtidorli yoshlarni eʼtirof etish va rag‘batlantirish bizning burchimiz. Mukofot uchun daʼvogarlik qilayotgan barcha nomzodlarga muvaffaqiyatlar tilaymiz! #MardOʻgʻlon #MardlikVaJasorat Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

2025 йил 15 январдан бошлаб ижара учун квартира! 📍 Жойлашув: Мед Городок ҳудуди, Араб мактаби яқинида. Янги Тошкент тиббиёт
+2
2025 йил 15 январдан бошлаб ижара учун квартира! 📍 Жойлашув: Мед Городок ҳудуди, Араб мактаби яқинида. Янги Тошкент тиббиёт академияси, Беруний метро бекати ва Миллий университетга яқин масофада жойлашган. Шартлар: •1 ёки 2 нафар қиз шерик сифатида қабул қилинади. •Қизлардан озода, тартибли ва масъулиятли бўлиши талаб этилади. Квартира ҳақида: 🏠 3 хонали, капитал еvro ремонт билан таъминланган. 🛋️ Барча зарур шарт-шароитлар мавжуд. Мурожаат учун: Телефон: 📱941600330 Telegram: 👤 @utkirovnna_sh

Karta topib olindi Shu dorixonadan olishingiz mumkin. A.Robinisoga tegishli
+1
Karta topib olindi Shu dorixonadan olishingiz mumkin. A.Robinisoga tegishli

🇺🇿Prezident va nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlish uchun nima qilish kerak? 🖋Ushbu stipendiyalarni qo‘lga kiritish uchun talabalar yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishi va belgilangan tartibda hujjat topshirishi kerak. Har bir stipendiyaning o‘z talablari bo‘lib, ular e’lon qilinadi. Tushunarsiz joylar yoki qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, izohlarda qoldiring! 👉Maqolaning to‘liq shakli
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram | 🌐 Instagram

⭕️Sun'iy intellekt texnologiyalari va neyrotarmoqlardan foydalanib mehnat samaradorligini oshirishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun:
🌐 2024-yilning Top 19 neyrotarmog'i jamlangan qo'llanmani e'tiboringizga havola etamiz! Ushbu qo'llanmada AI vositalaridan foydalanish, ularning ishlash jarayoni va texnikasi haqidagi batafsil ma'lumotlar jamlangan!
⭕️Hoziroq murojaat qiling va qo'llanmani chegirma narxida sotib olishga ulgurib qoling! @AI_learning_support @yetmishboyev_sh

2024 йилнинг энг намунали тиббиёт олий таълим муассасасига овоз беринг! Сўровномада иштирок этиш учун қуйидаги 👉 ҳавола усти
2024 йилнинг энг намунали тиббиёт олий таълим муассасасига овоз беринг! Сўровномада иштирок этиш учун қуйидаги 👉 ҳавола устига босинг. 🌐@ssvuz | 🌐@ssvmatbuotkotibi |🌐 Facebook | 🌐Instagram

🎯Toshkent tibbiyot akademiyasida “Keling Vatanimizga qanot bo‘laylik” shiori ostida ijodiy ishlar onlayn tanlovi E'LON qilin
🎯Toshkent tibbiyot akademiyasida “Keling Vatanimizga qanot bo‘laylik” shiori ostida ijodiy ishlar onlayn tanlovi E'LON qilinmoqda.                           🗂Tanlov yo‘nalishlari 📝“Keling vatanimizga qanot bo‘laylik” yo‘nalishi; 📝“Milliy hunarmandchilik” yo‘nalishi; 📝“Oilam - mening hayotim” yo‘nalishi; 📝“Ustozim hayotim chirog‘i” yo‘nalishi; 📝“Tibbiyotning barhayot siymolari” yo‘nalishi; 📝 “Mahallam -mening hayotim” yo‘nalishi; 📝 “Mening orzuim” yo‘nalishi; 📝“O‘zbekistonda yashashim bilan g‘ururlanaman, Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qishim bilan faxrlanaman” yo‘nalishi 🎁Tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish (Har bir yo'nalish bo'yicha mukofotlanadi) 🥇1-o‘rin sohiblari 1000 000 so‘m, 🥈2-o‘rin sohiblari 750 000 so‘m, 🥉3-o‘rin sohiblari 500 000 so‘m 👨🏻‍💻Tayyorlangan ijodiy ishlar fakultetning Yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosariga yuboriladi. 📘Tanlov nizomi: Nizom 🎬Eslatma: Nizomda ko'rsatilgan Tanlov shartlari bilan oldindan tanishib chiqing va ishtirok eting.

✅Toshkent tibbiyot akademiyasida eng yaxshi faoliyat olib borayotgan fakultet dekanatiga ovoz bering. ⁉️Ovoz berish 7-yanvar 23:59 gacha!
Anonymous voting

2024 йилнинг энг намунали тиббиёт олий таълим муассасасига овоз беринг! Сўровномада иштирок этиш учун қуйидаги 👉 ҳавола усти
2024 йилнинг энг намунали тиббиёт олий таълим муассасасига овоз беринг! Сўровномада иштирок этиш учун қуйидаги 👉 ҳавола устига босинг. 🌐@ssvuz | 🌐@ssvmatbuotkotibi |🌐 Facebook | 🌐Instagram

Repost from Yoshlar.edu.uz
#yil_talabasi2024 🗣“Yilning eng faol talabasi – 2024” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi davom etmoqda 🏛 Talaba
+9
#yil_talabasi2024 🗣“Yilning eng faol talabasi – 2024” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi davom etmoqda 🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Yilning eng faol talabasi – 2024” respublika ko‘rik-tanlovining navbatdagi nominatsiyalari bo‘yicha yakuniy bosqich davom etdi. Taqdimotlar davomida “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” va “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyalari bo‘yicha ishtirokchilar baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, nominatsiya g‘oliblari bilan tanishing:
“Yilning eng faol ixtorichi-innovator talabasi”
🥇1-o‘rin: No‘monjon Ibrohimov – TIQXMMI MTU talabasi; 🥈2-o‘rin: Asqarali Kurbonkulov – TTA talabasi; 🥉3-o‘rin: Sardor Vahhobov – TATU talabasi.
“Yilning eng faol tadbirkor talabasi”
🥇1-o‘rin: Muqaddasxon Sodiqova – ADPI talabasi; 🥈2-o‘rin: Ruxshona Ilhomova – MRDI talabasi; 🥉3-o‘rin: Shaxnoza Elboyeva – SHDPI talabasi.
“Yilning eng faol sportchi talabasi”
🥇1-o‘rin: Feruza Sharipova – BuxDU talabasi; 🥈2-o‘rin: Islambek Abdazov – QorDU talabasi; 🥉3-o‘rin: Mohinabonu Ro‘ziyeva – TerDU talabasi. ➡️ Jarayondan fotolavhalar ☑️Qolgan nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlarning taqdimotlari ertaga baholanishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzating:
Instagram | YouTube | Telegram

👉Барча танишларингизга хабар беринг, овоз йиғишда фаол иштирок этинг ва биз учун муҳим бўлган ушбу жараёнда қўллаб-қувватланг. 🔗Ушбу ҳаволани улашинг ва овоз беришда иштирок этишни унутманг!

Ovoz berishda TTAni qo'llab-quvvatlaylik! Поддержим ТМА в голосовании! Let's support TMA in the voting! Тошкент тиббиёт акаде
Ovoz berishda TTAni qo'llab-quvvatlaylik! Поддержим ТМА в голосовании! Let's support TMA in the voting! Тошкент тиббиёт академияси 👉 OVOZ BERING - ГОЛОСОВАНИЕ - VOTE!

Plastik jarrohlik bo‘yicha ikkinchi dars bo‘lib o‘tdi! 😏Toshkent tibbiyot akademiyasining klinik bazasi – “Chinor” tibbiyot markazida plastik jarrohlikka qiziquvchi 4-5-6-kurs talabalari uchun tashkil etilgan fakultativ kursning ikkinchi mashg‘uloti ham muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 🌍Mashg‘ulotda nafaqat mahalliy, balki xorijiy talabalar ham faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘lida davom etmoqda. Bu darsning o‘ziga xosligi O‘zbekiston lab va tanglay jamiyatining qo‘llab-quvvatlovi bilan yanada boyitilganida namoyon bo‘ldi. Jamiyat mutaxassislari talabalar uchun qimmatli maslahatlar berib, plastik jarrohlik sohasidagi yangi yondashuvlar va texnikalarni o‘rgatishdi. Dars davomida talabalar: 🔹 Plastik jarrohlikning zamonaviy texnologiyalarini o‘rgandi, 🔹 Professional rivojlanish yo‘lida yana bir qadam tashladi. 💡Ushbu mashg‘ulot kelajakda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sari muhim hissa qo‘shmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

😏TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI: "2024-YIL SARHISOBI"
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Repost from Publication_uz
#prezident_stipendiyasi 🔝O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi tanlovi(talabalar, magistrantlar va dok
#prezident_stipendiyasi 🔝O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi tanlovi(talabalar, magistrantlar va doktorantlar uchun)! 📣 27.01.2025 kuni soat 20:00 da "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi tanlovi" mavzusida bepul vebinar tashkil qilinadi. 🎯 Asosiy maqsad - tanlovga tayyorgarlik jarayonlarini tashkil qilishda nomzodlarga yordamlashish, shuningdek, ilmiy sohada faoliyat olib borayotgan yoshlarimizni yanada qo'llab-quvvatlash va ularning ilmiy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan. 🌐 Bepul vebinarimiz quyidagi Telegram kanalimiz orqali bo'lib o'tishi rejalashtirilgan: https://t.me/publish_uz 👨‍💼Speaker haqida qisqacha ma'lumotlar: http://myurls.co/fakhriddin_abdikarimov P.s: Ushbu bepul vebinar o'zimning shaxsiy tajribalarim asosida tashkil qilinmoqda. Telegram: https://t.me/publish_uz Murojaat: https://t.me/publicationu

Repost from SSV matbuot kotibi
2024 йилнинг энг намунали тиббиёт олий таълим муассасасига овоз беринг! Сўровномада иштирок этиш учун қуйидаги 👉 ҳавола усти
2024 йилнинг энг намунали тиббиёт олий таълим муассасасига овоз беринг! Сўровномада иштирок этиш учун қуйидаги 👉 ҳавола устига босинг. 🌐@ssvuz | 🌐@ssvmatbuotkotibi |🌐 Facebook | 🌐Instagram

⚕️Plastik jarrohlik bo‘yicha birinchi dars bo‘lib o‘tdi! 😏Toshkent tibbiyot akademiyasining klinik bazasi – “Chinor” tibbiyot markazida 4-5-6-kurs talabalari uchun tashkil etilgan fakultativ kursning birinchi mashg‘uloti muvaffaqiyatli o‘tkazildi! Bu mashg‘ulotda ishtirok etganlarning uchdan bir qismini xorijiy talabalar tashkil etdi. 🌍Ular turli davlatlardan kelib, plastik jarrohlik sohasida yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash yo‘lida birlashdilar. Mazkur kurs orqali talabalar: 🔹 Nazariy bilimlarini mustahkamlaydi, 🔹 Amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, 🔹 O‘z sohasida yangi qirralarni kashf etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 💡Ilk mashg‘ulotda talabalar plastik jarrohlik sohasining zamonaviy yondashuvlari, jarrohlik amaliyotlari uchun zarur texnikalar va usullar bilan tanishdilar. Mashg‘ulotda qatnashgan talabalar uchun bu ilk qadam kelajakdagi muvaffaqiyat sari ishonchli zamin yaratmoqda. Kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lish sari birinchi qadamni tashlang!
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

#Forum #Yoshlar_ittifoqi 🖋Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Jahongir B
+9
#Forum #Yoshlar_ittifoqi 🖋Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Jahongir Boboyev va 2-son davolash fakulteti yetakchisi Ayubxon Sirojiddinov “Yoshlar yetakchilari forumi”da ishtirok etishdi. 💳Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan ushbu forumda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirok etdi. Forumni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Sa’dullayev hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi X. Sattorov ochib berdi. ➡️Tadbir davomida tajribali spikerlar tomonidan yetakchilar uchun yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, jamoani boshqarish, va boshqa muhim mavzularda seminar-treninglar tashkil etildi. Shuningdek, mamlakatimizning yirik tadbirkorlari bilan uchrashuvlar va ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi. 📎 “Yoshlar forumi – 2024” yosh yetakchilar uchun katta tajriba almashish va o‘z mahoratini oshirish imkonini berdi. #YoshlarForumi2024 #TTA #FaolYoshlar #Yetakchilik
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

🟦🟦🟦🟦 #Tabriklaymiz 🥱 Toshkent tibbiyot akademiyasining 👌 Yoshlar akademiyasi xabar beradi 🔈 😏Toshkent tibbiyot akadem
🟦🟦🟦🟦 #Tabriklaymiz 🥱 Toshkent tibbiyot akademiyasining 👌 Yoshlar akademiyasi xabar beradi 🔈 😏Toshkent tibbiyot akademiyasi  Farmatsiya, Menejment, Fundamental tibbiyot, Biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti talabasi MARJONA QIYOMOVA - 🙄 ISLOM KARIMOV nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi bo'ldi. Marjona Qiyomova, Biotibbiyot muhandisligi yo'nalishi 4-bosqichida tahsil olmoqda. O'quv yillari davomida Akademiyada ta'sis etilgan "Zulfiya", "Abu Nasr Farobiy", "Sog'liqni saqlash vaziri" nomidagi stipendiyalar sohibasi bo'ldi🏅 ➡️Shuningdek, 15 dan ortiq Xalqaro olimpiada va ilmiy anjumanlar g'olibi bo'lgan. ➡️2022-yilda Germaniyaning Xalqaro loyihalar tanlovida grant sohibasi hamda 2023-yilda "Mirzo Ulug'bek vorislari", "InnoWomen" Respublika tanlovlari g'olibi bo'ldi. ➡️2023-yil Ozarbayjon va Janubiy Koreya Respublikalarida Xalqaro mobillik almashinuv dasturida stajirovka o'tadi. ➡️2023-yil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoni bilan "Kelajak bunyodkori" Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Iqtidorli talabamizning  hammualliflikda "Biofizika" o'quv qo'llanmasi hamda ilmiy tadqiqotlari doirasida 20 dan ortiq xorijiy va respublika miqyosida ilmiy maqolalar va tezislari nashr etilgan.
👨‍🏫Ilmiy rahbar: Biotibbiyot muhandisligi, Biofizika va Informatika kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Bazarbaev Muratali Irisalievich.
👌Yoshlar akademiyasi - ilm-fan rivojiga o'z hissangni qo'sh" 🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram 📺You Tube | 🐦Twitter