TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
Open in Telegram
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Yoshlar Akademiyasi rasmiy kanali🔊 Kanalda rasmiy ilmiy-innovatsion tanlovlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot berib boriladi⚡️ Ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh Savol va murojaatlar uchun: @tsmu_ya_bot
Show more3 420
Subscribers
+1124 hours
+367 days
+19730 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+81
in 0 channels
August '26
+246
in 17 channels
Get PRO
July '26
+57
in 8 channels
Get PRO
June '26
+132
in 15 channels
Get PRO
May '26
+183
in 6 channels
Get PRO
April '26
+283
in 18 channels
Get PRO
March '26
+193
in 16 channels
Get PRO
February '26
+100
in 9 channels
Get PRO
January '26
+115
in 13 channels
Get PRO
December '25
+412
in 30 channels
Get PRO
November '25
+493
in 36 channels
Get PRO
October '25
+173
in 9 channels
Get PRO
September '25
+207
in 9 channels
Get PRO
August '25
+51
in 3 channels
Get PRO
July '25
+40
in 6 channels
Get PRO
June '25
+44
in 4 channels
Get PRO
May '25
+174
in 8 channels
Get PRO
April '25
+185
in 14 channels
Get PRO
March '25
+173
in 9 channels
Get PRO
February '25
+340
in 19 channels
Get PRO
January '25
+364
in 23 channels
Get PRO
December '24
+208
in 13 channels
Get PRO
November '24
+166
in 9 channels
Get PRO
October '24
+118
in 8 channels
Get PRO
September '24
+91
in 6 channels
Get PRO
August '24
+116
in 7 channels
Get PRO
July '24
+85
in 7 channels
Get PRO
June '24
+59
in 2 channels
Get PRO
May '24
+66
in 4 channels
Get PRO
April '24
+59
in 4 channels
Get PRO
March '24
+23
in 1 channels
Get PRO
February '24
+480
in 4 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | +3 | |||
| 09 September | +14 | |||
| 08 September | +22 | |||
| 07 September | +6 | |||
| 06 September | +4 | |||
| 05 September | +8 | |||
| 04 September | +5 | |||
| 03 September | +5 | |||
| 02 September | +9 | |||
| 01 September | +5 |
Channel Posts
Repost from N/a
😀 Toshkent davlat tibbiyot universiteti — 2026–2027-o‘quv yili uchun nomli stipendiyalar va turli nominatsiyalar tanlovi e’lon qilinadi!
TDTU talabalari uchun katta imkoniyat! ✨
Ushbu tanlovda bakalavriatning 2–6-bosqich, shuningdek magistraturaning 2–3-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
🏅 Stipendiya turlari:
• Rektor stipendiyalari
• Akademiklar stipendiyasi
• Professorlar stipendiyasi
🏆 Nominatsiyalar turlari:
Turli yo‘nalishlarda talabalarning ilmiy, ijtimoiy va innovatsion faolligini baholovchi maxsus nominatsiyalar (batafsil ro‘yxat platformada beriladi)
📤Yuklanishi shart bo‘lgan asosiy hujjatlar:
• Reyting daftarchasi yoki reyting ma’lumotlari
• Til sertifikatlari (mavjud bo‘lsa)
• Ilmiy, ijtimoiy va innovatsion yutuqlar bo‘yicha asoslovchi hujjatlar
• Boshqa zarur fayllar (platformada ko‘rsatilgan tartibda)
📊Baholash mezonlari — 100 ballik tizim asosida:
• Reyting bali
• Til bilish darajasi
• Ilmiy-innovatsion faollik indeksi
• Ijtimoiy faollik indeksi
📄 Rektor nomiga ariza namunasi
📱Hemis ID va parol orqali tizimga kirib, ro‘yxatdan o‘tiladi. Hozirda Reyting va Hemis ma’lumotlari avtomatik integratsiya jarayonida ekanligi sababli stipendiyalar boʻlimi yaqin orada koʻrinadi.
📝Ariza topshirish uchun shu link orqali kiring: TDTU iqtidorli talabalar
✍️Qoʻshimcha savollar uchun: @TDTU_ITITFTEB
Topshirilgan arizalarni “Arizalar bo‘limi” orqali kuzatib borish mumkin. Hujjatlar pdf formatda yuklansin.
Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 25-sentabr 23:59 gacha!!!
🎓Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
👉@tashmeduni_mth
| 2 | 🩺Tibbiyot va tibbiy ta'limdagi yangiliklar
@ScientificDepartment_TSMU | 858 |
| 3 | Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы подготовки медицинских и фармацевтических кадров, их государственной регистрации и непрерывного профессионального образования.
#Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #talim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 100 |
| 4 | ➡️Telegram messenjerida “Шухрат Абдужалилович Боймурадов” nomi bilan ochilgan akkaunt orqali Tоshkent davlat tibbiyot universiteti faoliyati va xodimlariga aloqador, asossiz hamda rasmiy manbalarga tegishli bo‘lmagan xabarlar tarqatilayotgani aniqlandi.
🔹Mazkur akkaunt Tоshkent davlat tibbiyot universiteti yoki uning vakolatli xodimlariga tegishli emasligini rasman ma’lum qilamiz. Ushbu sahifa soxta (fake) akkaunt hisoblanadi va u orqali yuborilayotgan har qanday ma’lumot universitetning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi.
🔹Fuqarolar va hamkorlardan faqat universitetning rasmiy axborot kanallariga ishonishlari, shubhali akkauntlar orqali keladigan xabarlarga e’tibor bermasliklari so‘raladi. Shuni eslatib o'tamizki, shunday shubhali akkauntlardan kelgan xabarlarga javob yozmaslik, tarqatmaslik, shaxsiy yoki xizmatga oid ma'lumotlarni bermaslik yoki yuborilgan turli giperhavola (link) larni bosmaslikni so'raymiz. Holat yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.
⏺Quyida rasmiy kanal va akkauntlar keltirilmoqda
➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektoring rasmiy kanallari:
🕊https://t.me/shuxrat_boymuradov
📱https://www.instagram.com/shuhrat.boymuradov
📺https://youtube.com/@shuhrat.boymurodov
📱https://www.facebook.com/shukhrat.boymuradov
➡️Toshkent davlat tibbiyot universitetining kanallari:
🕊https://t.me/tashmeduni
📱https://instagram.com/tashmeduni
📱https://facebook.com/tashmeduni
https://x.com/TashMedUni
📺https://www.youtube.com/@TashMedUniOfficial
https://www.linkedin.com/school/tashkent-state-medical-university | 882 |
| 5 | 🏆 E’LON
🧪 Professor Sattor Jabbor xotirasiga bag‘ishlangan TIBBIY KIMYO FANIDAN RESPUBLIKA ONLAYN OLIMPIADASI!
Hurmatli talabalar!
Sizlarni tibbiyot sohasida fundamental fanlarning o‘rni va ahamiyatini oshirish, talabalarning ilmiy salohiyati hamda tibbiy kimyo bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan Professor Sattor Jabbor xotirasiga bag‘ishlangan Tibbiy kimyo fanidan Respublika onlayn olimpiadasida ishtirok etishga taklif qilamiz!
🌐 OLIMPIADA FORMATI— ONLAYN
📅 Olimpiada sanasi: 26-sentabr
Olimpiada to‘liq masofaviy formatda, Toshkent davlat tibbiyot universitetining rasmiy olimpiadalar platformasi orqali o‘tkaziladi.
🧬 OLIMPIADA SHARTLARI
Ishtirokchi jamoalar belgilangan kuni onlayn platforma orqali:
• 100 ta test savolini bajaradilar;
• tibbiy kimyo bo‘yicha nazariy bilimlarini namoyish etadilar;
• topshiriqlarni belgilangan vaqt davomida onlayn tarzda bajaradilar.
🎯 OLIMPIADANING MAQSADI
• Oliy tibbiy ta’lim muassasalarida tibbiy kimyo fanini o‘qitish sifatini oshirish;
• Iqtidorli talabalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;
• Talabalarning ilmiy, ijodiy va mantiqiy salohiyatini rivojlantirish;
• Yoshlarning fundamental fanlar va ilmiy tadqiqotlarga qiziqishini kuchaytirish;
• Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy hamkorlik va tajriba almashinuvini rivojlantirish.
🏅 G‘OLIBLARNI TAQDIRLASH
Respublika olimpiadasida eng yuqori natijalarni qayd etgan talabalar:
🥇 I o‘rin
🥈 II o‘rin
🥉 III o‘rin
bo‘yicha Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus darajali diplomlar bilan taqdirlanadi.
📝 RO‘YXATDAN O‘TISH
📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 23-sentabrgacha
Ro‘yxatdan o‘tish rasmiy olimpiadalar sayti orqali amalga oshiriladi:
🌐 olympiad.tashmeduni.uz
Oliy ta’lim muassasalarining 1-3 bosqich talabalari uchun!
🔥 Bilimingizni sinab ko‘ring. Tibbiy kimyo bo‘yicha salohiyatingizni namoyish eting. Respublika olimpiadasida o‘z jamoangiz bilan munosib ishtirok eting!
Barcha ishtirokchilarga omad va yuqori natijalar tilaymiz! 🧪🏆
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
👉@tashmeduni_mth | 822 |
| 6 | 📢E’LON
🏆 Tibbiy amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha VI Xalqaro talabalar olimpiadasi «TIBBIYOT MOHIRLARI–2026» ICHKI UNIVERSITET SARALASH BOSQICHI
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalarni universitet terma jamoasini shakllantirish maqsadida o‘tkaziladigan ichki universitet saralash bosqichida ishtirok etishga taklif qiladi.
🩺 SARALASH YO‘NALISHLARI
🔹 Terapiya — 4–6-kurs talabalari
🔹 Pediatriya — 3–6-kurs talabalari
🔹 Reproduktiv salomatlik — 4–6-kurs talabalari
🔹 Shoshilinch tibbiy yordam — 4–6-kurs talabalari
🔹 Tibbiy profilaktika — 3–5-kurs talabalari
🔹 Urologiya — 4-6 kurs talabalari
📅 SARALASH BOSQICHLARI
I BOSQICH — TEST SINOVI
📅 28-sentabr
Test sinovi ishtirokchi tomonidan tanlangan yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.
➡️ Test natijasiga ko‘ra 60% va undan yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar II bosqichga o‘tadilar.
II BOSQICH — OG‘ZAKI SARALASH
📅 29-sentabr
Og‘zaki bosqichda quyidagilar baholanadi:
• klinik fikrlash;
• klinik vaziyatlarni tahlil qilish qobiliyati;
• asoslangan klinik qaror qabul qilish ko‘nikmasi.
🏆 Eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar ToshDavTU terma jamoasi tarkibiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va universitet sharafini «Tibbiyot mohirlari–2026» VI Xalqaro talabalar olimpiadasida himoya qiladilar.
📝 RO‘YXATDAN O‘TISH
📌 Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 25-sentabr
Olimpiada 2026-yil 30–31-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
👉@tashmeduni_mth | 894 |
| 7 | 📢 E’LON
🦠 AKADEMIK T.O. DAMINOV XOTIRASIGA BAG‘ISHLANGAN YUQUMLI KASALLIKLAR BO‘YICHA XALQARO TALABALAR OLIMPIADASI
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi, Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi, Epidemiologiya kafedrasi hamda 1-son jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi oliy tibbiyot ta’lim muassasalarining 4–6-bosqich talabalarini mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etishga taklif qiladi.
🌍 Bilimingizni sinash, amaliy ko‘nikmalaringizni namoyish etish va xalqaro miqyosda o‘z jamoangizni munosib namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
👥 Ishtirokchilar:
Olimpiadada 4–6-bosqichning 3 nafar talabasidan tashkil topgan jamoalar ishtirok etadi.
🏆 OLIMPIADA 2 BOSQICHDA O‘TKAZILADI
1-BOSQICH — SARALASH BOSQICHI
💻 Masofaviy shaklda
📝 Onlayn test
📅 23-sentabr 2026-yil
2-BOSQICH — YAKUNIY BOSQICH
📍 Bevosita ishtirok etish shaklida
📅 27-oktabr 2026-yil
📌 Manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahri, Farobiy ko‘chasi, 2-uy
⚠️ TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI ICHKI SARALASHI
Xalqaro olimpiadada universitetimiz nomidan ishtirok etadigan 3 nafar talabadan iborat jamoani aniqlash maqsadida ichki saralash o‘tkaziladi.
💻 Shakli: onlayn
📅 Sana: 13-sentabr 2026-yil
⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 12-sentabr 2026-yil
❗️ Universitetdan xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun faqat 1 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
📚 Olimpiada yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va jamoat salomatligining asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi.
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
👉@tashmeduni_mth | 674 |
| 8 | 📢 E’LON
🏆 AKADEMIK U.A. ARIPOV NOMIDAGI I XALQARO AMALIY KO’NIKMALAR OLIMPIADASI
Akademik U.A. Aripov nomidagi I Xalqaro amaliy ko’nikmalar olimpiadasida ishtirok etish uchun universitet miqyosida ichki saralash bosqichi o‘tkaziladi.
🔹 Saralash quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
🩺 JARROHLIK YO‘NALISHLARI
• Yurak-qon tomir jarrohligi
• Abdominal jarrohlik
• Kam invaziv jarrohlik
• Torakal jarrohlik
• Neyrojarrohlik
• Onkojarrohlik
• Stomatologik jarrohlik
• Jag‘-yuz jarrohligi
• Oftalmojarrohlik
• Akusherlik va ginekologiya
• Anesteziologiya va reanimatologiya
• Travmatologiya va ortopediya
• Transplantologiya
Ko'nkurslar:
• Jarrohlik tugunlarini bog‘lash
• Pirogov Anatomy
• Jarrohlik asboblarini bilish
📋 SARALASH BOSQICHLARI
📅 24-sentabr
I bosqich — test sinovi
📝 30 ta test savolidan iborat.
Test natijalariga ko‘ra 60 foizdan yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar II bosqichga yo‘l oladi.
📅 25-sentabr
II bosqich — og‘zaki sinov
Ishtirokchilarning tanlangan yo‘nalish bo‘yicha nazariy bilimlari, klinik fikrlashi va amaliy ko‘nikmalari baholanadi.
📍 O‘tkazilish manzili:
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Bosh binosining Simulyatsiya va test markazi
⚠️ MUHIM!
Har bir ishtirokchi faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishi mumkin.
Barcha talabalarni ichki saralashda faol ishtirok etishga hamda universitetimiz sharafini I Xalqaro olimpiadasida munosib himoya qilish imkoniyatidan foydalanishga chorlaymiz!
Olimpiadada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
⏰ Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 21-sentabr.
🏆 Bilimingiz va amaliy ko‘nikmalaringizni namoyish eting — universitetimiz terma jamoasi safidan joy oling!
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
👉@tashmeduni_mth | 634 |
| 9 | 🇺🇿🏔 Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi “Iqlim–Yoshlar–Tog‘lar” mintaqaviy yozgi lagerida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi
2026-yil 16–22-avgust kunlari Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OSCE) tomonidan tashkil etilgan “Iqlim–Yoshlar–Tog‘lar” mintaqaviy yozgi lageri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Davolash ishi fakultetining 3-bosqich talabasi Jurabayeva Mohinur Ro‘ziboy qizi O‘zbekiston nomidan ishtirok etdi. U mamlakatimizdan grant asosida lagerda qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan 4 nafar yoshdan biri bo‘ldi.
Lagerda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 20 nafar yosh ishtirok etib, iqlim o‘zgarishi, tog‘ xavfsizligi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi.
Dastur doirasida ishtirokchilar Chon-Qizil-Suu tog‘ meteorologiya stansiyasida kuzatuvlar olib bordi, gidrologik o‘lchovlarda qatnashdi, tog‘ yaylovlari va o‘rmonlarining holatini baholadi hamda “Qora-Batqoq” muzligiga dala ekspeditsiyasida ishtirok etdi.
Lager yakunida Markaziy Osiyo yoshlarini birlashtiruvchi CASE Lab (Central Asia Shared Expertise Lab) mintaqaviy platformasi tashkil etildi. Mazkur platforma yosh mutaxassislarning iqlim va ekologiya sohalaridagi hamkorligini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tadbir, shuningdek, COP31 hamda 2027-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Bishkek+25” global tog‘ sammitiga tayyorgarlik jarayoniga munosib hissa qo‘shdi.
👏 Mohinurni ushbu xalqaro tadbirda O‘zbekiston va Toshkent davlat tibbiyot universiteti nomidan munosib ishtirok etgani bilan samimiy tabriklaymiz!
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
👉@tashmeduni_mth | 1 598 |
| 10 | 🎓 Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari “Vodiy Gavhari – 2026” xalqaro yozgi maktabida ishtirok etdi
Andijon davlat tibbiyot institutida 2026-yil 3–11-avgust kunlari o‘tkazilgan “Vodiy Gavhari – 2026” V-Xalqaro yozgi maktabida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari:
1. 3-son Davolash fakulteti 4-kurs talabasi Nurtosheva Feruza
2. Tibbiy-pedagogika, stomatologiya, farmatsiya va pediatriya ishi fakulteti 4-kurs talabasi Solijonova Ruxshona
3. Xalqaro fakultet PIMU 2-kurs talabasi Saidaxmatov Alisherjon ishtirok etdilar.
📚 O‘n kunlik dastur davomida talabalar tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
Xususan, CPR, shoshilinch tibbiy yordam, shok holatlarini boshqarish, desmurgiya, tashqi qon ketishini vaqtincha to‘xtatish, turniket va bosimli bog‘lamlardan foydalanish, sinish va chiqishlarda immobilizatsiya hamda travmalarda birinchi yordam bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.
🏥 Shuningdek, ishtirokchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga tashrif buyurib, qabul bo‘limi, angiografiya, travmatologiya, reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari faoliyati bilan tanishdilar.
🌿 Yozgi maktab dasturidan psixologik treninglar, madaniy-ma’rifiy tashriflar, jamoaviy mashg‘ulotlar va xalqaro ishtirokchilar bilan tajriba almashish tadbirlari ham o‘rin oldi.
Mazkur xalqaro yozgi maktab talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, yangi ko‘nikmalarni egallash va xalqaro tajriba almashish imkonini berdi.
#TDTU #TSMU #VodiyGavhari2026 #PearlOfTheValley2026 #InternationalSummerSchool
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
👉@tashmeduni_mth | 1 317 |
| 11 | 🔥 VIII EVROOSIYO REVMATOLOGLAR KONGRESIGA VALONTYORLAR TARKIBIGA QABUL🔥
Yirik xalqaro tibbiy voqeaning bir qismiga aylanishni, tashkilotchilik boʻyicha qimmatli tajriba orttirishni, muloqot koʻnikmalaringizni rivojlantirishni va foydali tanishuvlar orttirishni xohlaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
2026-yil 25–26-sentabr kunlari Toshkent shahrida VIII Evroosiyo revmatologlar kongressi boʻlib oʻtadi.
📍 Oʻtkazilish joyi: Toshkent shahri, «Hilton Tashkent City» mehmonxonasi
🎯 Koʻngillilar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:
* Mehmonlarni kutib olish va roʻyxatdan oʻtkazish: beydjiklar va tarqatma materiallarni topshirish.
* Spikerlar va VIP-delegatsiyalarni kuzatib borish: xorijiy va mahalliy mutaxassislar bilan ishlash.
* Zallarni texnik qoʻllab-quvvatlash: prezentatsiyalar, mikrafonlar bilan ishlash va taymingni nazorat qilish.
* Matbuot xizmati: media-hamrohlik va SMM jarayonlarida koʻmaklashish.
✨ Siz nimaga ega boʻlasiz?
* Xalqaro darajada ish tajribasi
* Xalqaro sertifikat
* Tibbiyot hamda tashkilotchilik sohasida ulkan tajriba va yangi tanishuvlar.
📌 Arizani qanday topshirish mumkin?
Quyidagi havola orqali anketani toʻldiring 👇
https://forms.gle/cJT5upHuHwejzMTU9
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
👉@tashmeduni_mth | 1 028 |
| 12 | 🚀 Yangi imkoniyat — yangi bosqich!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Davolash ishi fakulteti 2-bosqich talabasi Panjiyev Bexruz Xusniddinovich Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan amaliyot dasturiga qabul qilindi! 🇺🇿
Bexruz shu kungacha yoshlar va ijtimoiy yo‘nalishdagi ko‘plab loyihalarda faol ishtirok etib, volontyorlik va jamoatchilik faoliyatida tajriba orttirib kelmoqda.
🤝 Humo Fest — volontyor
🏃♂️ Zamin Ultra — volontyor
🏕 Sky Camp — volontyor
🌱 Green Innovations — koordinator
🚀 GrowX — loyiha ishtirokchisi
🧠 STEAMIFY — mentor
🌍 Youth for Peace MUN — delegat
Har bir loyiha unga yangi tajriba, yangi ko‘nikmalar va insonlarga foyda keltirish imkoniyatini berdi.
Bugungi ushbu imkoniyat esa uning yoshlar bilan ishlash va jamoatchilik faoliyatidagi navbatdagi muhim qadami bo‘ldi. ✨
Yangi tajribalar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari! 🚀
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
👉@tashmeduni_mth | 1 005 |
| 13 | O‘zbekistonda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda
O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida xorijiy talabalar soni 24 647 nafarni tashkil qiladi.
Ularning eng katta qismi Hindiston fuqarolari – 13 060 nafar. Keyingi o‘rinlarda Turkmaniston – 4 884 nafar, Pokiston – 1 165 nafar ва Qozog‘iston – 1 129 nafar qayd etilgan.
Xorijiy talabalar orasida eng ommabop yo‘nalish tibbiyot bo'lib, ushbu yo‘nalishda 16 476 nafar xorijiy talaba yoki xorijiy talabalar kontingentining qariyb 67 foizini qamrab olgan.
Eng ko‘p xorijiy talabalar Toshkent davlat tibbiyot universitetida – 4 155 nafar, Samarqand davlat tibbiyot universitetida – 4 153 nafar, TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida – 2 886 nafar, Buxoro davlat tibbiyot institutida – 2 178 nafar hamda O‘zbekiston Milliy universitetida – 1 917 nafar.
Son bo‘yicha TOP-10 talikka, shuningdek, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Urganch davlat tibbiyot instituti, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ham kiradi.
Oliy ta’lim tashkilotlarining mazkur indikator bo‘yicha natijalari va toifalar kesimidagi reytingi bilan ilova qilinayotgan batafsil axborot-tahliliy sharhda tanishishingiz mumkin.
HEMIS ma’lumotlari asosida tayyorlandi
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook | 1 119 |
| 14 | + | 1 |
| 15 | Bitta ilmiy loyiha uchun qariyb 8,2 million AQSH dollari!
Yevropa tadqiqot kengashi — ERC yangi va juda yirik ERC Plus Grant dasturini ochdi. Gap oddiy fellowship yoki qisqa muddatli stipendiya haqida emas. Bu tanlovda bitta ilmiy loyiha uchun 7 million yevrogacha — bugungi kurs bo‘yicha qariyb 8,2 million AQSH dollari ajratilishi mumkin.
Loyiha 4 yildan 7 yilgacha davom etadi.
Bu grantning eng qiziq tomoni — fuqarolik bo‘yicha cheklov yo‘q. O‘zbekistonlik olimlar ham ariza berishi mumkin. Bundan tashqari:
— yosh chegarasi yo‘q;
— barcha fan yo‘nalishlari qatnashishi mumkin;
— tabiiy va texnik fanlar bilan birga ijtimoiy va gumanitar fanlar ham qamrab olinadi.
Lekin bitta muhim shart bor: loyiha Yevropa Ittifoqi yoki Horizon Europe’ga assotsiatsiyalashgan davlatdagi universitet yoki ilmiy tashkilot bazasida amalga oshirilishi kerak.
Ya’ni O‘zbekistonlik olim avval Yevropadan mos host tashkilot topishi va loyiha bo‘yicha kelishib olishi lozim. ERC bu tanlovda oddiy “yaxshi loyiha”ni emas, balki, yangi ilmiy yo‘nalish ochishi, katta muammoni yechishi yoki butun bir sohani o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan dadil g‘oyalarni izlamoqda.
📅 Ariza topshirish muddati: 2-sentabr 2026-yil.
Birinchi tanlovda taxminan 30 ta loyiha moliyalashtirilishi rejalashtirilgan.
🔗 Rasmiy sahifa:
https://erc.europa.eu/apply-grant/erc-plus-grant
Ariza topshirish:
https://ec.europa.eu/info/funding-tenders/opportunities/portal/screen/opportunities/topic-details/ERC-2026-PLUS
Agar ilmiy portfelingiz kuchli va g‘oyangiz katta bo‘lsa, bu oddiy grant emas — o‘z ilmiy maktabingizni qurish darajasidagi imkoniyat.
Manba
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi! | 1 379 |
| 16 | ⏺🟦🟦🟦 🟦🟦
💬2026/2027-o‘quv yili uchun o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!
➡️Toshkent davlat tibbiyot universitetining barcha bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish 24-avgust kunidan boshlanadi.
📍Manzil: Toshkent davlat tibbiyot universitetining 10-o‘quv binosi
(oldingi Olmazor tibbiyot kolleji binosi)
Kerakli hujjatlar:
➡️ Pasport/ID-karta — asl nusxasi ko‘rsatilgan holda 2 nusxa
➡️ Abituriyent javoblar varaqasi — 2 nusxa
➡️ Abituriyent qaydnomasi (5 ta ta’lim muassasasi tanlangan) — 2 nusxa
➡️ Attestat yoki diplom va uning ilovasi — 2 nusxa
➡️ Hujjatlar yig‘ma jildi (papka-skorosshivatel) — 1 dona
➡️ Delfin fayl (pustishka) — 2 dona
➡️ Imtiyozga oid hujjatlar (mavjud bo‘lsa) — 1 nusxa
➡️ Sertifikatlar (mavjud bo‘lsa) — 1 nusxa
➡️3×4 hajmdagi fotosurat — 8 dona
🕐Hujjatlarni qabul qilish vaqti:
Dushanba – Shanba: 08:00 – 17:00
Yakshanba: dam olish kuni
☎️CALL-Markaz:
📞 +998 95 475 45 01
📞 +998 95 475 45 02
📞 +998 95 475 45 03
📞 +998 95 475 45 04
📞 +998 95 475 45 06
➡️Abituriyentlardan hujjatlarni belgilangan muddatlarda to‘liq tayyorlab kelishlari so‘raladi.
Rasmiy sahifalarimiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin | 883 |
| 17 | 🌱 DIQQAT, TALABALAR!
🚀 “FORMULA–2026” ILM-FAN FESTIVALI
Fan. Innovatsiya. Kelajak — Sizniki!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talaba-yoshlarning ilmiy salohiyati, innovatsion g‘oyalari va amaliy loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Formula–2026” ilm-fan festivali e’lon qilinmoqda!
🎯 Festivalning asosiy maqsadi:
— talabalarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash;
— ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
— ekologik va ijtimoiy muammolarga zamonaviy yechimlar yaratish;
— istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish.
💡 Agar sizda yangi ilmiy g‘oya, innovatsion loyiha yoki kelajak uchun foydali tashabbus bo‘lsa — bu imkoniyat aynan siz uchun!
📲 Ishtirok etish uchun quyidagi QR-kodni skaner qiling yoki havola orqali ariza topshiring.
🎓 Imkoniyatni boy berib qo‘ymang!
G‘oyangiz bilan kelajagingizni yarating!
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi! | 1 592 |
| 18 | 🟦🟦 #rasmiy_xabar
💬Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2026/2027-o‘quv yilidagi o‘quv jarayonlari quyidagi sanalardan boshlanadi:
➡️1-bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan;
➡️2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan.
ToshdavTU ma'muriyati
✅Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn | 740 |
| 19 | #rasmiy_xabar
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi
2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:
✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 901 |
| 20 | 🔝 Startapchilar uchun TOP ILOVALAR!
Quyidagi dastur va ilovalar orqali startapingizni MVP bosqichigacha olib chiqishingiz mumkin:
1. Trello ➡️ Loyiha vazifalari va jamoa ish jarayonini vizual boshqarish.
2. Notion ➡️ Hujjatlari, rejalar va ma‘lumotlar bazasini bir joyda jamlash.
3. Solidworks ➡️ Mahsulotlarning 3D modellarini va texnik chizmalarini yaratish.
4. NX ➡️ Murakkab muhandislik mahsulotlari va prototiplarini yuqori aniqlikda modellashtirish.
5. Google Sheets ➡️ Moliyaviy hisob-kitoblar, hisobotlar va ma‘lumotlar bazasini yuritish.
Bu xabarni startap boshlamoqchi bo‘lgan tanishlaringizga yuborib qo‘ying.
Bizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | YouTube | 1 269 |
