Студенческий совет ТГМУ | TDTU Talabalar kengashi
Open in Telegram
Официальный канал Студенческого совета ТГМУ. TDTU Talabalar kengashi rasmiy telegram kanali. Bog'lanish uchun: @TKaloqa_bot
Show more1 984
Subscribers
No data24 hours
-147 days
-2830 days
Posts Archive
Repost from ToshDavTU | Ekomed klubi
🌿EkoMed rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling!
EkoMed klubi faoliyatini 📱Instagram va 🕊Telegram sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
📱Instagram: Ekomed | Klubi
🕊Telegram: Ekomed | Klubi
✅Bizni kuzatib boring, eng qiziqlari hali oldinda!🌳- @Ekomedd
Repost from Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
🇰🇷Koreys tili kursi necha oy davom etishini xohlaysiz?
Fikringiz biz uchun muhim! ✅Ovoz bering!
Repost from Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
🇰🇷 TTAda koreys tilini bepul o‘rganishni xohlaysizmi?
Repost from Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
📢Diqqat, talabalar!
🇰🇷Koreys tilini bepul o‘rganish imkoniyati!
Toshkent tibbiyot akademiyasida tezkor koreys tili kursi ochilishi rejalashtirilmoqda! Eng ajoyib tomoni – darslar koreyalik mutaxassis tomonidan olib boriladi!
🔹 Nega bu kurs sizga foydali?
•Koreys tilini tez va samarali o‘rganish – tajribali mutaxassis sizga jonli muloqot orqali o‘rgatadi!
•Tibbiyotga oid koreyscha terminlarni egallash – kelajakda Koreyada ta’lim yoki stajirovka qilish imkoniyatini oshiradi!
•Koreyada ta’lim va amaliyot imkoniyatlari haqida bilib olish – yo‘nalishingiz bo‘yicha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz!
🆓Barchasi mutlaqo bepul! Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🗓Tez orada start! Batafsil ma’lumot tez kunlarda e’lon qilinadi!
💡Tibbiyot sohasida kelajagingizni Koreya bilan bog‘lashni istasangiz – bu kurs aynan siz uchun!
#YoshlarIttifoqi #KoreysTili #Bepul
🇺🇿 Bizning ijtimoiy tarmoqlar:🌐Telegram | 🌐 Instagram
Repost from Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
🎮 “Navro‘z kubogi” kibersport turniri – PES 2021
⚡Turnirni boshlaymiz!
Maydonda to‘p tepish zavqli, lekin virtual futbolning ham o‘ziga yarasha gashti bor! Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari uchun 17-18-19 mart kunlari TTA Yoshlar ittifoqi BT tomonidan “Navro‘z kubogi” kibersport turniri tashkil etiladi!
📍Manzil: TTA Bosh o‘quv binosi (Zakovat arena)
⏰Vaqt: 15:00 (Kech qolmasliklaringiz so‘raladi!)
📢Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar uchun muhim ma’lumot!
Qur’a natijalari va o‘yin qatorlari tayyor!
🏆Qoidalar:
✅Har bir savatdan 3 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga yo‘l oladi.
✅Har bir juftlik bir marotaba o‘yin o‘tkazadi.
✅O‘yin davomiyligi 10 daqiqa.
✅Yutqazgan ishtirokchi musobaqani tark etadi.
⚡ Musobaqa qiziqarli va shiddatli o‘tishi kutilmoqda! Ishtirokchilarga omad tilaymiz!
#Musobaqa #Qur’aNatijalari #Raqobat #G‘oliblikkaIntilish
🇺🇿 Bizning ijtimoiy tarmoqlar:🌐Telegram | 🌐 Instagram
Repost from ToshDavTU | Ekomed klubi
👥Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari uchun yangi imkoniyat! 🌿
👍TTA Yoshlar ittifoqi BT jamoasi tashabbusi bilan “🌱EkoMed” klubi ochilishini e'lon qiladi!
“2025-yil Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yili” munosabati bilan, 😏Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda ✅O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi hamkorlikda ekologiya va tibbiyot sohalarini birlashtiruvchi yangi loyihani taqdim etadi!
🌱“EkoMed” klubi nima?
Bu klub ekologiya va tibbiyotning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishga, ilmiy-amaliy faoliyatni rivojlantirishga va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyiha hisoblanadi.
🎯Klubning asosiy maqsadlari:
Talabalarning ekologik va tibbiy bilimlarini oshirish;
Ekotibbiyot bo‘yicha ilmiy tadbirlar va treninglar tashkil etish;
Ekologik madaniyatni shakllantirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha loyihalar yaratish.
📌Klubda sizni nimalar kutmoqda?
✅Atrof-muhit monitoringi va ekologik tadqiqotlar;
✅Amaliy loyihalar va ekologik tadbirlar;
✅Yangi bilimlar, do‘stlar va o‘zingizni rivojlantirish uchun imkoniyatlar!
❔Kimlar a’zo bo‘lishi mumkin?
TTA bakalavr va magistratura bosqichi talabalari hamda Toshkent shahri va viloyatlaridagi boshqa tibbiyot oliygohlaridan ixtiyoriy ravishda qo‘shilishni istaganlar.
💬Qanday qo‘shilsa bo‘ladi?
Ushbu qilingan onlayn so‘rovnomani to‘ldiring.
👉So‘rovnoma havolasi👈
Klub faoliyatida ishtirok eting va o‘z hissangizni qo‘shing!
🌱EkoMed – 2025-yilning ekologik maqsadlarini amalga oshirishga o‘z hissangizni qo‘shing!
Atrof-muhitni muhofaza qilish bugun boshlanadi. Birgalikda ekologik muammolarni hal qilaylik va sog‘lom kelajak uchun hissa qo‘shaylik!
#EkoMed #Ekologiya2025 #Ekotibbiyot #TTA #YoshlarKlubi
✅Bizni kuzating!😏- @Ekomedd
Repost from Tanishing...
😏Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Iftixorlari
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi bilimli, izlanuvchan va iste’dodli yoshlarni yetishtirishda davom etmoqda. Ular o‘z ilmiy yutuqlari, ixtirolari va xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari bilan nafaqat akademiyaning, balki butun yurtimizning faxriga aylanishmoqda.
Ular – ilmga chanqoq, tibbiyot sohasini rivojlantirish yo‘lida fidokor va har tomonlama namuna bo‘lishga intilayotgan yoshlar!
Bu yerda Toshkent Tibbiyot Akademiyasining eng iqtidorli, ilmiy va ijtimoiy faol talabalarini tanishingiz mumkin!
🔬Yo‘nalishlar:
• Ilmiy izlanishlar
• Xalqaro va milliy olimpiadalar
• Yangi innovatsion loyihalar
• Ixtirolar va patentlar
• Davlat va xalqaro grantlar
• Stipendiyalar
• Stajirovkalar
• Maqola va tezislar
• Ekologik va tibbiy loyihalar
• Ijtimoiy loyihalar
• Jamoat va yoshlar siyosatidagi faollik
• Ijtimoiy va yetakchilik faoliyati
• Davlat va yoshlar tashabbuslarida ishtirok
• Liderlik va jamoatchilik ishlari
• Ma’naviy va ma’rifiy loyihalar
• Davlat mukofotlari
TTA talabalari – ertangi tibbiyotimiz kelajagi!
💙Siz bilan faxrlanamiz!
✅Bizni kuzatib boring!😏-@ttatanishing
Repost from TSMU | SCIENTIFIC DEPARTMENT
🟦🟦🟦 🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦
🥱 Toshkent tibbiyot akademiyasi Sizlarni, 2025-yil 18-aprel kuni bo'lib o'tadigan “Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusiga bag‘ishlangan
(off/online) Xalqaro yosh olimlarning ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etadi.
Konferensiya yo'nalishlari:
1. Jarrohlikning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari;
2. Terapiyaning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari;
3. Onalik va bolalikni muhofaza qilish;
4. Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari;
5. Reabilitatsiya, sport tibbiyoti va an’anaviy tibbiyotning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari;
6. Zamonaviy tibbiyotda IT texnologiyalari;
7. Jamoat sog‘liqini saqlash maktabi va Oliy hamshiralik ishi.
Konferensiya 🇺🇿o‘zbek, 🇷🇺rus va 🇬🇧ingliz tillarida o’tkazilishi rejalashtirilgan.
➡️ Konferensiyada ishtirok etish uchun Google 👉forma to‘ldirishingiz 👈 kerak!
⏰Dedlayn: 2025-yil 5-aprelga qadar.
↖️Konferensiya o’tkazilish joyi: Toshkent sh., Farobiy, 2-ko‘chasi, TTA akademik litsey zali
Hurmat bilan, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va
ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
✅@ScientificDepartment_TMARepost from Kumushkon Library with Marjona
🫀Avstraliyada 40 yoshli erkak 100 kun to‘liq sun’iy yurak bilan yashagan dunyodagi birinchi inson bo‘ldi.
🫀 Mart oyi boshida unga haqiqiy donor yuragi ko‘chirib o‘tkazildi.
🔵Yangi Janubiy Uels shtatida yashovchi bemor og‘ir yurak yetishmovchiligidan azob chekib kelayotgandi. U o‘z xohishi bilan sun’iy yurak transplantatsiyasiga rozi bo‘ldi. Shu tariqa erkak Avstraliyada birinchi, dunyo bo‘ylab oltinchi implantat yurak olgan bemorga aylandi.
🖥BiVACOR implantati avstraliyalik olim Daniel Timms tomonidan ishlab chiqilgan. Bu dunyodagi birinchi rotorli nasos va magnit levitatsiya asosida ishlaydigan qurilma bo‘lib, bunday mexanizm tabiiy qon aylanishiga o‘xshash jarayonni hosil qiladi.
Sun’iy yurak implantatsiyasi bo‘yicha dastlabki beshta operatsiya 2024 yilda AQShda o‘tkazilgan. Barcha bemorlar oxir-oqibat donorlik yuraklarini olgan, ammo implantatsiya va transplantatsiya o‘rtasidagi eng uzoq davr atigi 27 kunni tashkil etgan. Avstraliyalik bemor esa sun’iy yurak bilan uch oydan ortiq yashadi.
Avstraliya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 23 milliondan ortiq odam yurak yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda, ammo ulardan atigi 6 ming nafari donorlik yuragini oladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun hukumat sun’iy yurak texnologiyasini rivojlantirishga 50 million dollar ajratdi.
Professor Kris Xeyvord BiVACOR yurak yetishmovchiligini davolash usulini tubdan o‘zgartirishiga qattiq ishonmoqda.
“Keyingi o‘n yil ichida sun’iy yurak donorlik yuragini kuta olmaydigan bemorlar uchun haqiqiy muqobil bo‘ladi”, — dedi u.
Qurilma hozircha vaqtinchalik yechim sifatida qaralayotgan bo‘lsa-da, kelajakda ishlab chiqaruvchilar uni yurak o‘rnini doimiy bosadigan vositaga aylantirmoqchi. Biroq professor Devid Kolkuxunning ogohlantirishicha, hozircha implantning ishlash muddati atigi 100 kun, donor yuragi esa 10 yildan ortiq (yoki 3000 kun) ishlaydi.
Shu sababli sun’iy yurak transplantatsiyaning o‘rnini bosadi deb hisoblash uchun hali “uzoq yo‘lni bosib o‘tish kerak”
✅@Kumushkon_kutubxonasi - Ilmga intilganlar uchun
Repost from Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
🎮 “Navro‘z kubogi” kibersport turniri – PES 2013
Maydonda to‘p tepish zavqli, lekin virtual futbolning ham o‘ziga yarasha gashti bor!
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari uchun 👍TTA Yoshlar ittifoqi BT tomonidan “Navro‘z kubogi” kibersport turniri tashkil etiladi!
🔹 O‘yin: Pro Evolution Soccer 2013 (Patch)
🔹Ishtirokchilar soni cheklangan!
•1-davolash fakulteti – 32 ta o‘rin
•2-davolash fakulteti – 32 ta o‘rin
•Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti - 16 ta o‘rin
•Pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati, tibbiy pedagogika va surdotarjimonlik fakulteti - 16 ta o‘rin
•Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti - 16 ta o‘rin
📌Ro‘yxatdan o‘tish uchun
Navro‘z shukuhi bilan kibersport zavqini birga his qilamiz!
🇺🇿 Bizning ijtimoiy tarmoqlar:🌐Telegram | 🌐 Instagram
Repost from Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
⚠️DIQQAT!
👍TTA Yoshlar Ittifoqi tomonidan rejalashtirilayotgan kibersport futbol turniri uchun ovoz berish davom etmoqda! 🎮
📌Turnirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan yoshlar o‘z tanlovlarini bildirishi muhim. Shu sababli, faqatgina qatnashishni rejalashtirayotganlar ovoz berishlarini so‘rab qolamiz.
Natijaning adolatli bo‘lishi uchun ishtirok etmaydiganlar ovoz berishdan tiyilishlarini so‘raymiz.
✅Sizning tanlovingiz turnir formatini belgilaydi!
🇺🇿 Bizning ijtimoiy tarmoqlar:🌐Telegram | 🌐 Instagram
Repost from Yoshlar Ittifoqi | ToshDavTU
❓TTA Yoshlar Ittifoqi jamoasi tomonidan rejalashtirilayotgan kibersport yo‘nalishida futbol turniri qaysi o‘yinda o‘tkazilsa yaxshiroq bo‘ladi?
Fikringiz muhim! Ovoz bering! ✅
Repost from TSMU | SCIENTIFIC DEPARTMENT
💐 Dear Women,
😏 We sincerely congratulate you on March 8 – International Women’s Day! Your dedication, contributions to science and education, and commitment to knowledge are truly admirable.
🌷We wish you good health, groundbreaking scientific achievements, and success in all your endeavors!
Happy Women's Day!
@ScientificDepartment_TMA
Repost from SSV matbuot kotibi
🔴 🟦🟦🟦
❗️“Мақсадим – инсонлар дардига дармон бўлиш”
📃 Куни кеча Президентимиз жамият ҳаётида фаол бўлган 28 нафар хотин-қизни Зулфия номидаги Давлат мукофоти билан тақдирлаш тўғрисидаги қарорни имзолади. Ушбу нуфузли мукофот совриндорлари орасида Тошкент тиббиёт академиясининг даволаш факультети 1-босқич талабаси Саида Абдуллаева ҳам бор.
🧪 Қаҳрамонимиз 2007 йил Самарқанд вилоятининг Пахтачи туманида туғилган. Навоий шаҳридаги 11-сонли айрим фанлар чуқур ўрганиладиган ихтисослаштирилган мактабда таҳсил олган. Айнан шу ерда устози Сардор Самадов унинг кимё фанига бўлган қизиқишини сезиб, у билан кўпроқ шуғулланишга ҳаракат қилди.
👩🏻🔬 Ўзбекистон терма жамоаси сафига қабул қилингач, устози Моҳира Болтаева билан чуқурлаштирилган амалий машғулотлар сони янада ортди. Натижада Саида кимё оламига буткул шўнғиб кетди.
💬 — Атрофимиздаги барча нарса ва ҳодисаларга жавобни кимё орқали топиш мумкинлигини англаб етдим, — дейди у. — Қолаверса, бу йўлда ўзим учун жуда кўп нарсаларни кашф қилдим. Ҳар бир кимёгарнинг севимли жойи бу – лаборатория. Мен учун ҳам шундай. Тажрибаларим самарасини кўриб, хурсанд бўламан. Устозим Моҳира опа кимёни амалий томондан тушуниб етишимга кўмаклашди.🥈Машғулотлар аста-секин ўз самарасини бера бошлади. 2023 йил Хива шаҳрида бўлиб ўтган биринчи Абу Райҳон Беруний номидаги Халқаро кимё олимпиадасида 10-синф ўқувчиси бўлган Саида кумуш медални қўлга киритди. 🥇2023/2024 ўқув йилида фан олимпиадасининг республика босқичида 1-ўринни эгаллади. 🥉Ўтган йили эса Хитойнинг Шенжен шаҳрида ўтказилган 58-Халқаро Менделеев олимпиадаси (IMChO)да бронза медали соҳибаси бўлди. 🥈Унинг 2024 йилда қўлга киритган йирик ютуқларидан яна бири Саудия Арабистонининг Ар Риёд шаҳрида 87 та давлат (340 нафар ўқувчи) иштирокида ўтказилган 56-Халқаро кимё олимпиадаси (IChO)да олган кумуш медали бўлди. 🏥 Эришган муваффақиятлари самараси ўлароқ, Саида Тошкент тиббиёт академиясига имтиёзли равишда давлат гранти асосида ўқишга қабул қилинди. Аслида кимё фани унга бошқа кўплаб касбларни эгаллаш учун имконият эшикларини очиши мумкин эди. Лекин у айнан шифокорликни танлади.
💬 — Бундай қарорга келишимга ўз вақтида ҳамшира бўлиб ишлаган бувим сабабчи бўлганлар, — дейди Саида. — Улар болалигимдан тиббиёт ходимлари одамларнинг дардига дармон бўлишини кўп бор такрорлардилар. Энг катта орзулари — мени оқ халатда кўриш. Шу боис Тошкент тиббиёт академиясида ўқишга қарор қилдим.🩺 Қаҳрамонимиз келажакда эндокринология йўналишида малакали шифокор бўлмоқчи. Саиданинг айтишича, бунга қандли диабет, қалқонсимон без касалликларининг бутун дунёда кенг тарқалаётгани ва одамлар улардан азият чекаётгани сабаб бўлди. Истаги — келгусида бу хасталикка чалинган инсонларнинг ҳаётини енгиллаштириш учун ечимлар топиш. 📝 Ҳозирда Саида фан олимпиадаларига тайёрланаётган тенгдошларига яқиндан кўмак бермоқда. Бу орқали у ўзи каби яхши натижаларга эришган ёшлар сонини кўпайтиришни ният қилган.
💬 — Ушбу юксак мукофотга нафақат меҳнатим, балки давлатимиз раҳбарининг биз ёшларга ўз иқтидоримизни намоён этиш ва чуқур билим олишимиз учун яратган имкониятлари, устозларим берган билимлар ва ота-онамнинг ишончи туфайли сазовор бўлдим, деб ҳисоблайман. Бунинг учун улардан чексиз миннатдорман. Қолаверса, бу – уларнинг ҳам ютуғидир, — дейди бўлажак шифокор.✅ Айтиш лозимки, Тошкент тиббиёт академиясида Саида каби улкан ютуқларга эришиб келаётган талабалар гуруҳлари тузилган бўлиб, улар бошқа ёшларни ҳам ортидан эргаштирмоқда. 📌 Унинг мақсади — бакалавриатни тамомлаб, магистратурани ривожланган чет давлатларда давом эттириш, уларнинг илғор тажрибаларини ўзлаштириб, Ўзбекистон тиббиётини ривожлантиришга ўз ҳиссасини қўшиш. ✨ Биз эса мақсадлари аниқ ва улар сари дадил бораётган қизга муваффақиятлар тилаб қоламиз! Соғлиқни сақлаш вазирлиги Матбуот хизмати. 🌐@ssvuz | 🌐@ssvmatbuotkotibi |🌐 Facebook | 🌐Instagram
Repost from Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy
#Xushxabar #Faxr
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi!
Bu yuksak e’tirof ilm-fan, ijod va jamiyat rivojiga o‘zining aql-zakovati, salohiyati va mehnati bilan hissa qo‘shayotgan iqtidorli qizlarimizga beriladigan eng nufuzli mukofotlardan biridir.
G‘urur bilan aytamizki, bu yil ham ushbu sharafli mukofotga sazovor bo‘lganlar safida 😏Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi ham bor!
Abdullayeva Saida Ravshan qizi – TTA davolash fakulteti 1-bosqich talabasi!
Bu nafaqat uning, balki butun akademiyamizning faxri! Ilmiy-pedagogik jamoamiz va minglab talabalar nomidan Saidani ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!
Kelgusi faoliyatida ham yuksak zafarlar tilaymiz!
#TTA #ZulfiyaMukofoti #TalabamizFaxrimiz
✅Bizni kuzatishda davom eting!TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Зулфия номидаги Давлат мукофоти билан тақдирлаш тўғрисида"ги Қарори
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О награждении Государственной премией имени Зульфии"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
