en
Feedback
Tanishing...

Tanishing...

Open in Telegram

TTAning Iftixorlari kanaliga xush kelibsiz! Bu yerda Toshkent Tibbiyot Akademiyasining eng iqtidorli, izlanuvchan va yutuqlarga boy talabalarini tanishingiz mumkin! Sizlar – akademiyamizning faxri, tibbiyot kelajagining poydevorisiz!

Show more
307
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
May '25
May '25
+163
in 0 channels
April '250
in 0 channels
Get PRO
March '25
+144
in 9 channels
Channel Posts
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🌐Saida Abdullayeva - 🇺🇿Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori. Toshkent tibbiyot akademiyasining d
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🌐Saida Abdullayeva - 🇺🇿Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori. Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi. 2007-yil Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida tug‘ilgan. Navoiy shahridagi 11-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil olgan. Aynan shu yerda ustozi Sardor Samadov uning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishini sezib, u bilan ko‘proq shug‘ullanishga harakat qildi. O‘zbekiston terma jamoasi safiga qabul qilingach, ustozi Mohira Boltayeva bilan chuqurlashtirilgan amaliy mashg‘ulotlar soni yanada ortdi. Natijada Saida kimyo olamiga butkul sho‘ng‘ib ketdi. 🏅2023-yil Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasida 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan Saida kumush medalni qo‘lga kiritdi. 🥇2023-2024-o‘quv yilida fan olimpiadasining respublika bosqichida 1-o‘rinni egalladi. 🏅2024 yilda Xitoyning Shenjen shahrida o‘tkazilgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi (IMChO)da bronza medali sohibasi bo‘ldi. 🏅2024-yilda qo‘lga kiritgan yirik yutuqlaridan yana biri Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida 87 ta davlat (340 nafar o‘quvchi) ishtirokida o‘tkazilgan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO)da olgan kumush medali bo‘ldi. Saida Toshkent tibbiyot akademiyasiga imtiyozli ravishda davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi. Aslida kimyo fani unga boshqa ko‘plab kasblarni egallash uchun imkoniyat eshiklarini ochishi mumkin edi. Lekin u aynan shifokorlikni tanladi. ➡️Maqsadi — bakalavriatni tamomlab, magistraturani rivojlangan chet davlatlarda davom ettirish, ularning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirib, O‘zbekiston tibbiyotini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shish. ➡️Biz esa maqsadlari aniq va ular sari dadil borayotgan qizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

2
🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️ 🟠🟠Jumanazarova Mohinur Jumanazar qizi fakultet va akademiya tomonidan tashkil qilinib kelinayot
🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️ 🟠🟠Jumanazarova Mohinur Jumanazar qizi fakultet va akademiya tomonidan tashkil qilinib kelinayotgan tadbirlarda, olimpiada va konferensiyalarda muntazam qatnashib kelmoqda. Jumanazarova Mohinur Jumanazar qizi fidoyi, tabiiy yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan, chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, vatanparvar, yurt kelajagiga daxldorlikni his qiladigan, mehnatsevar va boshqa insoniy fazilatlar egasi boʻlgan, faol talabadir. 2020– yil 17 dekabr kuni Samarqand shahrida “Samarqand 2020” I Xalqaro talabalar olimpiadasida ma’ruzasi bilan qatnashib “Оригинальность исследования” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. 2021 yil 25-noyabr Toshkent shahri Toshkent tibbiyot Akademiyasi Farmakologiya bo‘yicha talabalar “Zakovat” intellektual bellashuvining III-o‘rin sohibasi 2021-yil 26-27-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Tibbiyot moxirlari» amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha Xalqaro olimpiadada ishtirok etgan. 2021-yil 14-15-dekabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan «Samarkand – 2020» xalqaro olimpiadada ishtirok etib, 1-o‘rinni, «Umumiy jarrohlik» yo‘nalishida I-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2020-yil 25-dekabrda Buxoro tomonidan tashkillashtirilgan “От учения Абу Али ибн Сино-до третьего ренессанса’’ onlayn xalqaro olimpiadada ishtirok etib, 2-o‘rinni, «Umumiy jarrohlik» yo‘nalishida II-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2022-yil 25-martda bo‘lib o‘tgan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabalar «Avitsenna izdoshlari» ilmiy anjumanida II-xalqaro olimpiadada «Pediatriya» fanidan qatnashib, kafedra va xalqaro bosqichida 1-o‘rinni egallagan va diplom bilan taqdirlangan. 2022-yil 4-aprel Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Yilning eng yaxshi ixtirochi talaba qizi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. 2022-yil 14-oktabrda bo‘lib o‘tgan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Only English” II- Xalqaro talabalar konferensiyasi jarrohlik yo‘nalishida qatnashib faxrli 2-o‘rin sohibasi. 2022-yil 30-noyabr Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Tibbiyot moxirlari» amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha Xalqaro olimpiadada Jarrohlik yo’nalishida ishtirok etib faxrli 1-o‘rinni egalladi va diplom bilan taqdirlandi. 2022 – yil 16-17 dekabr kunlari Samarqand shahrida “Samarqand 2020” III Xalqaro talabalar olimpiadasida qatnashib “Ritorika” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi 2023-yil 9-10 mart Buxoro shahrida “От учения Абу Али ибн Сино-до третьего ренессанса” olimpiadasida onlayn qatnashib faxrli 1-o‘rin sohibasi bo‘ldi 2023-yil bo‘lib o‘tgan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabalar «Avitsenna izdoshlari» ilmiy anjumanida III-xalqaro olimpiadada jarrohlik fanidan qatnashib “For the will and the ability to achieve your goals” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi 2024 yil Rossiya Federatsiyasi Irkutsk shahrida Talabalar almashinuvida Xalqaro Konferensiyasida qatnashib Sertifikat bilan taqdirlandi. 🟠Bundan tashqari xalqaro konferensiyalari faol ishtirokchisi va xalqaro diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan. Yana ta ilmiy 20 maqola va 16 ta tezislar muallifi. 🟠Bundan tashqari o‘zi tahsil olib yuqori ta‘lim asosida har yili bo‘lib o‘tadigan “Talabalar ilmiy jamiyati” ko‘rik tanlovida faxrli birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. TTAning video olish jarayonlarida faol qatnashgan, telekanallarga intervyu bergan, hamda chet el talabalarini O‘zbekiston madaniyati bilan tanishtirgan. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
666
3
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Ashurboyev Farruxjon Alisher o'g'li. 2000-yil, 13-may sanasida Toshkent viloyati Angren shahrida tug'ilgan
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Ashurboyev Farruxjon Alisher o'g'li. 2000-yil, 13-may sanasida Toshkent viloyati Angren shahrida tug'ilgan. Ayni vaqtda Toshkent tibbiyot akademiyasi 6-kurs talabasi. 🏛 Toshkent tibbiyot akademiyasi va Qozon davlat tibbiyot universiteti "Iqtidorli talabalar bo'limi" boshlig'i. 🏥 Toshkent viloyati Angren shahar Bolalar shifoxonasi Qabul boʻlimi shifokori. Publikatsiyalari: 📚 Ilmiy-tibbiy tadqiqot ishi- 34 ta 📚 Ijodiy va badiiy maqolalari -38 ta 📚 Mualliflik kitoblari -3 ta 📚 Umumiy toʻplamlari- 29 ta Qatnashgan tanlovlari: 🏆Xalqaro- 26 ta 🏆Butun Rossiya- 17 ta 🏆Respublika - 32 ta 🏆Ijodiy tanlovlar- 28 ta 🏆Oliygoh tarkibida- 55 ta Avtorlik proektlari: 🎗"Сердца вместе" 🎗 "Академические горизонты" 🎗 "Скандинавская ходьба для долголетия" 📉 Qiziqqan yoʻnalishlari: Kardiologiya, Pediatriya, Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi, Klinik farmakologiya. Ilmiy rahbarlari: ❇️ KGMU. t.f.d., prof. Oliy toifali kardiolog Mayanskaya Svetlana Dmitriyevna. ❇️2. TTA. t.f.d., prof. Salomova Feruza Ibodullayevna ❇️3. TTA. PhD. Xakimova Durdona Saydinovna. 📝 Hozirda "Obstruktiv gipertrofik kardiyomiyopatiyalar" mavzusi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishi ustida ishlamoqda. Instagram: doctor_ashurboyev Telegram: Doctor_Ashurboyev Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
1 017
4
🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰 QURBONQULOV ASQARALI ALISHER O‘G‘LI 📍Tug‘ilgan sanasi: 12-aprel, 2001-yil 📍Tug‘ilgan joyi: Toshkent vilo
🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰 QURBONQULOV ASQARALI ALISHER O‘G‘LI 📍Tug‘ilgan sanasi: 12-aprel, 2001-yil 📍Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati, Angren shahri 📍Ta’lim: Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, 2-son davolash fakulteti, 6-bosqich talabasi Toshkent Tibbiyot Akademiyasining faol, izlanuvchan va bilimga chanqoq talabalaridan biri. Bilimi, namunaviy xulqi, fanlarni puxta o‘zlashtirishi va tirishqoqligi bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Tibbiyot sohasiga oid yangi loyihalar ishlab chiqib, ularni talabalar o‘rtasida targ‘ib qilmoqda. Yutuqlari: •Toshkent Tibbiyot Akademiyasi va Yevropa Ittifoqining Erasmus+ jamg‘armasi o‘rtasida tuzilgan “BERNICA” xalqaro grant sovrindori. 📍Ushbu grant O‘rta Osiyo mamlakatlarida nutritsiologiya va dietologiya sohasida ta’lim va tadqiqot salohiyatini oshirishga qaratilgan. •2024-yil 8–11-may kunlari Italiya, Florensiya shahrida o‘tkaziladigan “Gynecological Endocrinology – 21st World Congress” xalqaro kongressida qatnashish uchun to‘liq grant sohibi. •2024-yil 26–27-yanvarda “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan uchinchi renessansgacha” nomli xalqaro jarrohlik olimpiadasida 3-o‘rin sohibi. •2024-yil “Yilning eng faol talabasi” tanlovining akademiya bosqichida “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasida 1-o‘rin. •2024-yil “Yilning eng faol talabasi” tanlovining respublika bosqichida “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasida 2-o‘rin. •2024-yil Toshkent Tibbiyot Akademiyasida ta’sis etilgan “Vosit Voxidovich Voxidov” nomidagi nomdor stipendiya sovrindori. •2024-yil “Ixtirochi-innovator” nominatsiyasi g‘olibi. •2024-yil 12–14-fevral kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Yoshlar Akademiyasi Forumi” doirasida “Yoshlar akademiyasi faoliyati va ilmiy innovatsion tanlovlar” bo‘yicha faol ishtirokchi sertifikatiga ega. •2024-yil “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining tuman bosqichi g‘olibi. •2023-yil Toshkent Tibbiyot Akademiyasida ta’sis etilgan “Eng yosh tadqiqotchi” nominatsiyasi g‘olibi. •2023-yil “Erkin Yuldashevich Kasimov” nomidagi nomdor stipendiya sohibi. •2023-yil “Pediatriya” fani bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasida 2-o‘rin. •2023-yil “Oilaviy tibbiyotda bolalar kasalliklari” fani bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasida 3-o‘rin. •2023-yil 12-may “Talabalar ilmiy jamiyati” ilmiy-amaliy anjumanida 3-o‘rin. Ilmiy faoliyati va loyihalari 🙏Milliy Tiklanish demokratik partiyasi a’zosi. 📌Ilmiy va o‘quv faoliyati davomida quyidagi yutuqlarga erishgan: 🔹 3 ta elektron o‘quv qo‘llanma muallifi. 🔹 5 dan ortiq ratsionalizatorlik taklifi muallifi. 🔹 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezis hammuallifi. 🔹 9 ta DGU (davlat granti) patenti. 🔹 7 ta BGU (xalqaro granti) patenti. 🔹 6 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma hammuallifi. 📌Muhim loyihalar va ixtirolari: 🔹 Bariatrik uch ballionli zond ixtiro hammuallifi. 🔹 Yosh bolalar va chaqaloqlarda uchraydigan “Tetrado-Fallo” yurak tug‘ma nuqsonining “O‘ng qorincha va magistral o‘pka arteriyasi chiqish yo‘lining transannulyar plastika usuli” ixtiro hammuallifi. 🔹 “Clinical Calculators VKS. Program using National Institutes of Health (NIH) stroke indicators” – insult darajasini aniqlovchi dastur hammuallifi. 🕊@Kurbonkulov_a |📱 Kurbonkulov_a 😏TTA Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi ✅Bizni kuzatib boring! 😏-@ttatanishing
773
5
😏Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Iftixorlari Toshkent Tibbiyot Akademiyasi bilimli, izlanuvchan va iste’dodli yoshlarni yetishtirishda davom etmoqda. Ular o‘z ilmiy yutuqlari, ixtirolari va xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari bilan nafaqat akademiyaning, balki butun yurtimizning faxriga aylanishmoqda. Ular – ilmga chanqoq, tibbiyot sohasini rivojlantirish yo‘lida fidokor va har tomonlama namuna bo‘lishga intilayotgan yoshlar! Bu yerda Toshkent Tibbiyot Akademiyasining eng iqtidorli, ilmiy va ijtimoiy faol talabalarini tanishingiz mumkin! 🔬Yo‘nalishlar: • Ilmiy izlanishlar • Xalqaro va milliy olimpiadalar • Yangi innovatsion loyihalar • Ixtirolar va patentlar • Davlat va xalqaro grantlar • Stipendiyalar • Stajirovkalar • Maqola va tezislar • Ekologik va tibbiy loyihalar • Ijtimoiy loyihalar • Jamoat va yoshlar siyosatidagi faollik • Ijtimoiy va yetakchilik faoliyati • Davlat va yoshlar tashabbuslarida ishtirok • Liderlik va jamoatchilik ishlari • Ma’naviy va ma’rifiy loyihalar • Davlat mukofotlari TTA talabalari – ertangi tibbiyotimiz kelajagi! 💙Siz bilan faxrlanamiz! ✅Bizni kuzatib boring! 😏-@ttatanishing
2 490
6
🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️ Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi – 2006-yil 13-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ayni damda T
🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️ Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi – 2006-yil 13-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ayni damda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-son davolash fakulteti 2-bosqich talabasi, hamda akademiyaning 👍Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti “Besh tashabbus yo‘nalishlari” koordinatori. Hozirda Toshkent Tibbiyot Akademiyasida tashkil etilgan 😐MMC klubida bosh koordinator sifatida faoliyat yuritadi va kimyo fanidan dars beradi. Erishgan yutuqlari: 🥇Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori. 🎓Toshkent Tibbiyot Akademiyasida tashkil etilgan Zulfiya nomidagi stipendiya sohibasi. 🎓Uzbekistan GTL stipendianti. 🥇Shveysariyada o‘tkazilgan 56-Xalqaro Kimyo Olimpiadasining kumush medali sohibasi. 🥇Qozog‘istonda o‘tkazilgan Xalqaro Mendeleyev Olimpiadasining bronza medali sohibasi. 🥇Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan 18-Xalqaro Yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasining bronza medali sohibasi. 🥇Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro Kimyo Olimpiadasining oltin medali sohibasi. •Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Iqtidorli”, “WikiStipendiya” va “V” o‘quv oromgohlarida tashkiliy guruh a’zosi bo‘lgan. •Top-100 Uni Camp, Eko-avlod o‘quv oromgohlarida ishtirokchi bo‘lgan. 🥇RXTU, Uzbekistan GTL, Ziyo Forum tomonidan tashkil etilgan “Kimyo Girls” olimpiadasida 1-o‘rin sohibasi. •Yoshlarning ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi “Sefer” loyihasi asoschisi. 🎓Shuningdek, bir qancha olimpiadalar hamda ilmiy konferensiyalarda ishtirok etgan. 📱Instagram | 🕊Telegram @Hakimova_Shahzoda https://gazeta.tma.uz/tibbiyotnoma-pdf/2024/tibbiyotnoma-2024-03.pdf 😏TTA Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
1 369
7
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Kamilov Jasurbek Dilshodovich — Toshkent shahrida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son d
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Kamilov Jasurbek Dilshodovich — Toshkent shahrida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son davolash fakulteti 5-bosqich talabasi, akademiyaning Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti "Yoshlar daftari va metsenatlik" yo‘nalishi koordinatori. Faoliyati: ✨O‘zbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasi — xalqaro aloqalar va volontyorlik yo‘nalishi bosh koordinatori. 🕊 "Yaxshilik Qil" volontyorlik va xayriya guruhi asoschisi. 🌎 "Butunjahon Yoshlar Ofisi"rahbari. Asosiy e’tirof va mukofotlar: 🏅 2022 — Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan “За самоотвержную борьбу против Covid-19” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 🩺 2022 — Irkutsk davlat tibbiyot universitetida malaka oshirish kurslarini yakunlagan. 🏆 2023 — Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Yil Volontyori-2023” xalqaro tanlovining "Sog‘liqni saqlashni rivojlantirishda faol ishtiroki uchun" nominatsiyasi bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida 1-o‘rin sohibi. 🇰🇿 2023 — Qozog‘iston Prezidenti ishtirok etgan “International Volunteers Forum” forumda O‘zbekiston delegatsiyasi koordinatori. 🌎2024 — Rossiya Federatsiyasi Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan “Umumjahon yoshlar festivali” uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant sohibi. 🇶🇦 2024 — Qatar Respublikasining Qizil Yarim Oy tashkiloti tomonidan “Volunteers Division” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 🏅 2024 — Rossiya Federatsiyasi Prezidentining farmoyishi bilan Vladimir Putin nomidan esdalik medal va diplom bilan taqdirlangan. 🇦🇿 2024 — Boku shahrida COP29 doirasida ASAN (Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Davlat agentligi) tomonidan tashkil etilgan loyihada O‘zbekiston delegatsiyasi koordinatori. 🫂 2024 yil, 5 dekabr — Rossiyada o‘tgan “МЫВМЕСТЕ” xalqaro forumi doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan va taklif bildirgan. 🏅 2024 — Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2020-yildan beri topshiriladigan mukofot — “MDH mamlakatlarida volontyorlik faoliyatidagi faolligi uchun" maxsus nominatsiyasi g‘olibi. Qozog‘iston Madaniyat va axborot vaziri nomidan diplom bilan taqdirlangan. Xalqaro tajriba: 🌍 Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya (Antalya), Ozarbayjon, Qirg‘iziston kabi davlatlarda tibbiyot va volontyorlik sohalariga oid xalqaro tadbir va safarlarda ishtirok etgan. @Jasur_kamilov 📱instagram 📱 telegram 😏 tma.uz Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
705
8
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ ⚡️⚡️Boboyev Jahongir Mirsodiq o‘g‘li 03.08.1996 yil Surxondaryo viloyati Angor tumanida tavallud topgan. H
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ ⚡️⚡️Boboyev Jahongir Mirsodiq o‘g‘li 03.08.1996 yil Surxondaryo viloyati Angor tumanida tavallud topgan. Hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Travmatologiya va ortopediya yo‘nalishi 1-bosqich magistratura talabasi. Akademiyaning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi. U o‘qishi davomida o‘zining tirishqoqligi, izlanuvchanligi, har qanday vazifani sidqidildan bajarib, barchaga o‘rnak bo‘ladigan talaba ekanligi bilan ajralib turadi. ⚡️2022-yil “O‘zbekiston yoshlari va talabalar forumi-2021” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev bilan yoshlar uchrashuvi ishtirokchisi; ⚡️2022-yil Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan WikiStipendiya marafoni doirasidagi Wikioromgohda “Eng yaxshi wikitahrirchi” nominatsiyasi g‘olibi; 🥇2022-yil Oliy ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Zakovat” NNT tomonidan o‘tkazilgan respublika intellektual olimpiadasida Sportcha zakovat yo‘nalishida 1-o‘rin, umumjamoa hisobida 2-o‘rin g‘olibi. Prezident sovg‘asi – 100 ta monoblok va 100 mln so‘m pul mokufoti sohibi. 2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan intellektual dasturlar uchun patent sohibi; 2022-yil Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan WikiStipendiya marafoni 1-o‘rin g‘olibi va 50 mln so‘m pul mukofoti sohibi; 2022-yil Akademiyada talabalar uchun yaratilgan “Pirogov anatomik stoli” loyihasi o‘zbek tilidagi versiyasi muallifi; 🥇2022- yil Akademiya tomonidan ta’sis etilgan akademik Turgʻunpoʻlat Obidovich Daminov nomli stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi; 2023-yil UNICEF ning “Education in Emergencies” global o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat bilan taqdirlangan; 2023-yil Samarqand davlat tibbiyot instituti tomonidan o‘tkazilgan “Samarqand-2020” III xalqaro olimpiadasi g‘olibi. 2023-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘tkazilgan Xalqaro Pediatriya olimpiadasi g‘olibi, 3-o‘rin. 2023-yil Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkazilgan Intellektual haftalikda Breyn-ring yo‘nalishi 2-o‘rin va umumjamoa hisobida 45mln so‘m pul mukofoti g‘olibi; 2023-yil Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan “Wikistipendiya” marafoni doirasidagi “Wikioromgoh” loyihasi uchinchi mavsumini tashkillashtirishdagi faolligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan; 2023-yil Akademiyada ta’sis etilgan “Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy nomidagi stipendiyasi” sohibi; 2023-yil Akademiyada ta’sis etilgan “Erudit” nominatsiyasi g‘olibi; 2024-yil Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining “Ethics and Governance of Artificial Intelligence for Health” va “Interventions for Noncommunicable Diseases in Primary Health Care” kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab sertifikat bilan taqdirlangan; 2024-yil Belorussiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan MDX davlatlari tibbiyot xodimlari oʻrtasidagi intellektual oʻyinda 1-o‘rin g‘olibi; 2024-yil Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Modern approach for diagnosis, treatment and prevention of Tuberculosis” xalqaro talabalar olimpiadasi g‘olibi, 2-o‘rin; 2024-yil O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “WikiStipendiya” loyihasi 3-mavsumi doirasidagi “WikiOromgoh IV” loyihasini tashkillashtirishdagi faolligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan. J. Boboyev o‘z sohasida qator yutuqlarga erishishdan tashqari Akademiyaning ijtimoiy hayotida ham faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasidagi shaxmat-shashka, “Zakovat”, “Wikiclub TMA” klublariga rahbarlik qilib, talaba-yoshlarni ta’limga yo‘naltirishga katta hissa qo‘shmoqda. Boboyev Jahongir Mirsodiq o‘g‘li kelajakda albatta o‘z kasbining malakali shifokori bo‘lib yetishishiga, xalqimizga munosib kadr bo‘lib, ta’lim sohasi bo‘yicha erishgan yutuqlarini maqsadli ravishda yosh avlodga yetkazishiga ishonch bildiramiz. 🥱tma.uz Instagram: Dr_Boboyev
1 549
9
🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️ ⏩Yerejepbayev Quanishbek Tursunovich-1998-yil 15-sentabr sanasida Navoiy viloyati Konimex tumani
🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️ ⏩Yerejepbayev Quanishbek Tursunovich-1998-yil 15-sentabr sanasida Navoiy viloyati Konimex tumani tug'ilgan. Ayni vaqtda Toshkent tibbiyot akademiyasi Kardiologiya yo'nalishi 1-bosqich magistranti. 🏅2020-yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26-maydagi Farmoniga binoan "Mehr-saxovat" ko'krak nishoni. 🏅2021-yil Qoraqalpog'iston Respublikasining "Xoshamet" milliy mukofoti sohibi. 🏆2022-yil "Ulug'bek vorislari" Respublika ko'rik tanlovi g'olibi. 2023-yil Turkiya davlatining Istanbul shahrida xalqaro stajirovka sohibi. 🏅2024-yil "Islom Karimov" nomli Davlat stipendiyasi sohibi. 🏅2025-yil "Innovatsion g'oyalar yetakchisi" ko'krak nishoni sohibi. 💼Istanbul, Izmir, Moskva, Astana, Kuala-Lumpur shaharlarida tibbiyot sohasiga oid xalqaro safarlarda bo'lgan. 📱 Instagram. 🥱 tma.uz Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
1 334
10
🟠🔴🟠🔴🔴🔴🔴🟠🟠🟠 ▶️Qiyomova Marjona Murodxo‘ja qizi – 2001- yil 11-noyabrda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan.
🟠🔴🟠🔴🔴🔴🔴🟠🟠🟠 ▶️Qiyomova Marjona Murodxo‘ja qizi – 2001- yil 11-noyabrda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Biotibbiyot muhandisligi 4-bosqich talabasi. 📘Ilk bor 1-bosqichligida, 2022-yil Akademiyada ta’sis etilgan “Zulfiya” nomidagi maxsus stipendiya sohibasi bo‘ldi. O‘sha yili Germaniya davlati tomonidan tashkil qilingan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lib, aynan shu muvaffaqiyat sabab Germaniya elchixonasi bilan 9000 yevro grant miqdorida shartnoma imzoladi va ushbu mablag‘ bilan – 📚“Kumushkon kutubxonasi”ni tashkil qildi. Bugungi kunda mazkur kutubxona 3500 nafar qishloq aholisi, 1000 dan ortiq yoshlar uchun ilm-ma’rifat maskaniga aylangan. Shuningdek, Koreya Xalqaro Sog‘liqni Saqlash Fondining KGA dasturi bo‘yicha biotibbiyot muhandisligiga oid va Xitoyning Chison kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan UTT texnikasiga bag‘ishlangan maxsus o‘quv kurslarini tamomlagan. Uning tibbiyot sohasidagi intilishlari, Rossiyadagi “Студент года 2022” tanlovida 2-o‘rin egalladi. O‘sha yilning o‘zida “Samarkand 2020” III xalqaro olimpiadasida Anatomiya fanidan “Clinical thinking” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. 🏅2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “KELAJAK BUNYODKORI” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, Akademiyada “Abu Nasr Farobiy” nomidagi stipendiyaning sovrindori bo‘ldi. Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan X xalqaro “Medicine Pressing Questions” ilmiy-amaliy konferensiyasida tibbiyotda start-up bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi. 2023-yil davomida xalqaro tajriba orttirish maqsadida Ozarbayjon Davlat Tibbiyot Universiteti va klinikalarida xalqaro mobillik dasturi asosida, amaliyot o‘tagan bo‘lsa, iyul-avgust oylarida Janubiy Koreyaning “Roen”, “Yonsei Prime”, “Yongin Severance” klinikalarida stajirovka qildi. Shuningdek, 2023-yilda III Xalqaro “Followers of Avicenna” olimpiadasida Biofizika fanidan 1-o‘rinni egalladi va Germaniyaning Jade universiteti maxsus yozgi o‘quv kurslariga qabul qilindi. 20 dan ortiq maqola va tezislari nashr qilindi. “Biofizika” o‘quv qo‘llanmasi hammualifi hamda she'riy kitobi “Bolalikdan bugunga” nomi bilan xalqaro nashriyotda chop etildi. 🏆2024-yilda “Sog‘liqni Saqlash Vaziri” nomidagi stipendiya sohibasi, “Digitalization – the future medicine” II talabalar xalqaro konferensiyasida 1-o‘rinni olgan. IV Xalqaro “Followers of Avicenna” olimpiadasida Biotibbiyot muhandisligi fanidan 1-o‘rinni egalladi. 2024-2025-yillarda esa Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, bir talaba yosh uchun berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga harakat qildi, 4 o‘quv yilida 4 marotaba stipendiant bo‘lib, ko‘plab tanlovlar g‘olibi bo‘ldi. O‘zbekistonimizning yosh iqtidorli vakilasi bo‘lib, kelajakda ilm-fan va innovatsiyalar, zamonaviy tibbiyotni yanada rivojlantiradigan olima bo‘lishida muvaffaviqiyatlar tilab qolamiz. 🥱tma.uz https://www.instagram.com/marjona_kiyomova?igsh=MTByN2ZsZzExYWl0bA== https://t.me/Kumushkon_kutubxonasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
1 808
11
🆎🅰️🆎🆎🆎🆎🆎🆎🆎 ▶️Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi –1999-yil 18-fevralda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida tava
🆎🅰️🆎🆎🆎🆎🆎🆎🆎 ▶️Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi –1999-yil 18-fevralda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida tavallud topgan. Hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Ginekologiya yo'nalishi bo'yicha magistratura talabasi. U 6 yoshidan boshlab sportning stol tennisi turi bilan muntazam ravishda shugʻullanib keladi. Sportning ushbu turi boʻyicha 20 ta oltin, 10 ta kumush va 8 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, 3 marotaba Oʻzbekiston Kubogi sohibasi boʻlgan. Oʻzbekiston yoshlari milliy terma jamoasi tarkibida mamlakatimiz chempionatlarida va xalqaro arenalarda munosib ishtirok etgan. 📌Respublika miqyosidagi, shuningdek “Universiada–2020”, “Rektor kubogi” musobaqalarining mutlaq g‘olibi bo‘lib, аkademiyada “Namunali sportchi” nominatsiyasi sohibasidir. Ilm-fan sohasida Muhayyo doimiy izlanishda. 📚Tibbiyotning dolzarb muammolariga bagʻishlangan 25 dan ortiq tezis va ilmiy maqolalari nafaqat O‘zbekistonda balki chet el nashriyotlarida (AQSH, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi, Yevropa va mahalliy jurnallar) jumladan: “Texas journal of medical science”, “Medical and natural science”, “Eurasian medical research periodical”, “Internauka”, “Journal of innovations in scientific and educational research” jurnallarida chop etilgan. Ilm-fan yo‘nalishida o‘tkazilgan 20 dan ziyod olimpiadalar, nominatsiyalar va ko‘rik-tanlovlar g‘olibi bo‘lgan. Ustozlari bilan hamkorlikda tibbiyot muassasalari talabalari uchun tavsiya etilgan “Tibbiy biologiya va genetika” darsligi, “Ko‘p faktorli etiologiyani hisobga olgan holda semirishda aholining ovqatlanishini gigiyenik baholash” mavzusida monografiya, “Bolalar organizmining anatomo-fiziologik xususiyatlari” va “Sitologiya” o‘quv qo‘llanmalari shuningdek, “Kuylagim keladi yurt jamolini”, “Koʻzimga kel” va “Zulfiyaxonim izdoshlari” sheʼriy toʻplamlari muallifidir. 🏅Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi 2024-yilda ZULFIYA MUKOFOTI SOVRINDORI sifatida taqdirlandi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Muhayyojon kelgusida tibbiyot sohasining rivojlanishiga, Yangi Oʻzbekistonimizni gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shadigan inson kapitali boʻlib shakllanishiga ishonamiz. Kelajakda bundanda ulkan ilm choʻqqilarini zabt etishlari, jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlgan yetuk shaxs, Vatanga munosib farzand, raqobatbardosh kadr, malakali shifokor boʻlib yetishishlariga tilakdoshmiz! 🥱tma.uz gazeta.tma.uz/tibbiyotnoma-2024-03 Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
1 105