en
Feedback
RISHTON TUMANI HOKIMLIGI

RISHTON TUMANI HOKIMLIGI

Open in Telegram

📈 Analytical overview of Telegram channel RISHTON TUMANI HOKIMLIGI

Channel RISHTON TUMANI HOKIMLIGI (@rishton_24) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 16 384 subscribers, ranking 3 383 in the Politics category and 4 843 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 16 384 subscribers.

According to the latest data from 06 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 3 564 over the last 30 days and by -30 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 3.66%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 3.30% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 601 views. Within the first day, a publication typically gains 542 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 1.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Sayt:https://gov.uz/oz/rishton www.facebook.com/Rishton24 twitter.com/RISHTON24 https://www.instagram.com/rishtontumanihokimligi/ https://www.youtube.com/rishtontumanihokimligi Elpochta:rishton24@mail.ru Биз билан боғланиш @abror0909

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 07 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Politics category.

16 384
Subscribers
-3024 hours
-2197 days
+3 56430 days
Posts Archive
Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi. — Президент нашей страны вместе с супругой прибыл с официальным визитом в Сербию. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahriga keldi. Nikola Tesla nomidagi xal
+9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahriga keldi. Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл в город Белград. В международном аэропорту имени Николы Теслы высоких гостей встретили Президент Республики Сербия Александр Вучич и его супруга. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Axborot24 “Atlas bayrami” VII xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivaliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Oliy o‘quv muassasalari yangi avlodni qarshi oldi Farg‘ona davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi
+5
Oliy o‘quv muassasalari yangi avlodni qarshi oldi Farg‘ona davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026-2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri yoshlarning yangi hayot bosqichiga kirib kelganini nishonlash bilan birga, ularning oldida turgan ulkan vazifalar va imkoniyatlarni yana bir bor eslatdi. FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov tadbirda talabalik inson hayotidagi eng unutilmas va mas’uliyatli davrlardan biri ekanini ta’kidlab, yoshlarni bilim olishga, izlanishga, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga va universitet sha’nini munosib himoya qilishga chorladi. Tadbir davomida talabalikka tavsiya etilgan 1-bosqich talabalar va ularning ota-onalariga rahbariyatning tashakkurnomalari topshirildi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Issiqlik ta’minotida energiya tejamkor texnologiyalar joriy etiladi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “China Railway
+3
Issiqlik ta’minotida energiya tejamkor texnologiyalar joriy etiladi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “China Railway Construction Corporation (International) Limited” kompaniyasi vitse-prezidenti Van Szinsun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda zamonaviy va energiya tejamkor issiqlik ta’minoti tizimini yo‘lga qo‘yish loyihasi haqida so‘z bordi. ___ В системе теплоснабжения будут внедрены энергосберегающие технологии ___ Energy-Efficient Technologies to Be Introduced in Heat Supply Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Rishton tumani Ichki ishlar bo'limi boshlig'i Shavkatjon Mavlanovning Davlatimiz rahbarining 2026 yil 5 yanvardagi "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli va 2025 yil 18 martdagi PQ-111-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan joriy yilning 7 oyi davomida tuman IIB tomonidan amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi vazifalar hamda hozirgi kunda  o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom - yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari oyligi to‘g‘risida tuman aholisiga murojaati.

#️⃣ 📢 AHOLI VA TADBIRKORLAR DIQQATIGA! 💼 “Loyihalar yarmarkasi”ga marhamat! Tuman hududida istiqomat qiluvchi, turli yo‘nal
#️⃣ 📢 AHOLI VA TADBIRKORLAR DIQQATIGA! 💼 “Loyihalar yarmarkasi”ga marhamat! Tuman hududida istiqomat qiluvchi, turli yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish istagida bo‘lgan barcha fuqarolar va tadbirkorlarni “Loyihalar yarmarkasi”ga taklif etamiz! 📅 Sana: 2026-yil 8-sentabr ⏰ Boshlanish vaqti: 10:00 📍 Manzil: Rishton tumani, Xalqaro kulollar markazi 🚀 Yarmarkada o‘zingizning yangi loyiha va biznes g‘oyalaringiz bilan ishtirok etib, ularni amalga oshirish uchun: 💰 moliyalashtirish imkoniyatlari; 🏦 bank kreditlari; 🤝 tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. 🏦 “Loyihalar yarmarkasi”da barcha tijorat banklari, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida faoliyat yurituvchi tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etadi. ✨ Yangi loyiha — yangi imkoniyat! 💡 Biznes g‘oyangizni amaliy loyihaga aylantirish uchun imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 📢 Barcha tadbirkorlar va tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarni yarmarkaga taklif etamiz!

“Atlas bayrami” VII xalqaro festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi Respublika “Hunarmand” uyushmasida ommaviy
+5
“Atlas bayrami” VII xalqaro festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi Respublika “Hunarmand” uyushmasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun 17–19-sentabr kunlari Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tadigan “Atlas bayrami” VII xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov, “Amaliy san’at” birlashmasi raisi Alisher Rahimov hamda san’atshunos olimlar ishtirok etdi. Matbuot anjumanida festivalning mazmun-mohiyati, xalqaro ahamiyati, dasturi va asosiy tadbirlari, shuningdek, an’anaviy to‘qimachilik sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari haqida ma’lumot berildi. Festival dasturidan hunarmandchilik, dizayn va tadbirkorlik yo‘nalishlaridagi treninglar, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, mahorat darslari, hunarmandchilik yarmarkasi hamda moda namoyishlari o‘rin olgan. Ipak ishlab chiqarish va to‘qimachilik sohalarida xalqaro B2B va G2B uchrashuvlari, xalqaro moda ko‘rgazmasi hamda “To‘qimachilik san’ati: an’analar muloqoti” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Festival doirasida “O‘zbekiston hunarmandchiligi: barhayot an’analar” fotoko‘rgazmasi ham ochiladi. Tadbir g‘oliblarni taqdirlash marosimi va gala-konsert bilan yakunlanadi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

🚨🚨🚨 🤩 iPHONE FOYDALANUVCHILARI, EHTIYOT BO‘LING! Firibgarlar iCloud (Apple Account) parolini yoki tasdiqlash kodini talab qilishi mumkin. ❗️ iCloud parolingiz va SMS/tasdiqlash kodlarini hech kimga bermang! Firibgarning tahdidiga ishonmang, shoshilmang va begona shaxslarga pul yubormang. 🔐 iCloud — shaxsiy ma’lumotlaringiz kaliti. Uni begonalarga bermang! Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati Kanalga ulanish  👉 fviib.uz 🔹Websаyt | 🔹Telegram |🔹Facebook |🔹Instagram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича отбыл в эту страну с официальным визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimini isloh qilish yuzasidan takliflar taqdimoti b
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimini isloh qilish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по реформированию системы обеспечения населения сжиженным газом. #Mirziyoyev #taqdimot #energetika #suyultirilgangaz Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Rishton tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan bozorlar hamda umumiy ovqatlanish shoxobchalarida profilakti
+8
Rishton tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan bozorlar hamda umumiy ovqatlanish shoxobchalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlar davomida fuqarolarga elektr va gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, shuningdek, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida suyultirilgan gaz ballonlaridan xavfsizlik qoidalariga zid ravishda foydalanish holatlari aniqlanib, bartaraf etish choralari ko‘rildi. 🔰 Farg'ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati

Farg‘ona viloyati Rishton tumani MMTB tasarrufidagi 24-umumta’lim maktabida "Kelajak markazi" bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’r
+2
Farg‘ona viloyati Rishton tumani MMTB tasarrufidagi 24-umumta’lim maktabida "Kelajak markazi" bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi Joriy yilning 7-sentyabr kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 24-umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularda psixologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida muhim tadbir tashkil etildi.

#Murojaat #Brifing Rishton tumani prokurori Rashidbek Mehmonovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan tuman aholisiga murojaati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Yan Sondersni qabul qildi. — През
+3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Yan Sondersni qabul qildi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального секретаря Всемирной таможенной организации Яна Сондерса. #Mirziyoyev #qabul #JBT #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Zamonaviy laboratoriyalar: oziq-ovqat xavfsizligi va eksport imkoniyatlarining yangi imkoniyatlari Mamlakatimizda aholini sif
+3
Zamonaviy laboratoriyalar: oziq-ovqat xavfsizligi va eksport imkoniyatlarining yangi imkoniyatlari Mamlakatimizda aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, eksport mahsulotlarining xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2026-yil 12-maydagi Farmoni bilan oziq-ovqat xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimi joriy etilib, “daladan dasturxongacha” tamoyili asosida zamonaviy yondashuvga yo‘l ochildi. Farg‘ona viloyatida ham ushbu tizim doirasida zamonaviy laboratoriya infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Agrokimyo va tuproq tahlili markazida 500 dan ortiq turdagi pestitsid qoldiqlari, og‘ir metallar va nitratlarni aniqlash imkonini beruvchi zamonaviy uskunalar ishga tushirildi. Fitosanitariya laboratoriyasida esa PZR va rentgen uskunalari yordamida o‘simliklardagi virusli va bakterial kasalliklar, zararkunandalar hamda boshqa xavf omillari aniqlanmoqda. Bu nafaqat ichki bozorni xavfsiz mahsulotlar bilan ta’minlash, balki Farg‘onada yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini ham kengaytirmoqda. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Repost from Rasmiy axborot
🇺🇸Vashington shtati gubernatori Bob Ferguson O'zbekistonga tabrik yo'lladi Gubernator Vashington shtati xalqi nomidan O‘zbekistonning Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi ochilishi munosabati bilan mamlakatimizni samimiy tabrikladi.
Ushbu diplomatik vakolatxona savdo va investitsiyalar, texnologiyalar, innovatsiyalar, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, madaniyat, turizm hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etishini alohida ta'kidlab o'tdi.
Bob Ferguson kelgusidagi hamkorlikda tashkil qilinadigan ishlarni Gubernator sifatida katta umid bilan kutishini ma'lum qildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlim
+3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Китайской Народной Республики во главе с заведующим Отделом международных связей Центрального комитета Коммунистической партии Китая Лю Хайсином. #Mirziyoyev #qabul #Xitoy #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Kambagallikni_qisqartirish Har bir xonadon ortida bir inson taqdiri bor Ba’zan bir oilaning muammosi tashqaridan qaraganda o
+5
#Kambagallikni_qisqartirish Har bir xonadon ortida bir inson taqdiri bor Ba’zan bir oilaning muammosi tashqaridan qaraganda oddiydek ko‘rinadi. Ammo o‘sha xonadonga kirib, odamlarning hayoti, tashvishi va orzularini eshitganingizda, masalaning asl mohiyati ayon bo‘ladi. Rishton tumanida kambag‘allikni qisqartirishga ham aynan shunday — inson taqdiri va oila kelajagini markazga qo‘ygan holda yondashilmoqda. 📍 Bugun tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov va shtab a’zolari Mehnatobod mahallasida bo‘lib, xonadonma-xonadon oilalarning sharoiti, muammolari va imkoniyatlarini o‘rgandi. 🏠 Har bir oilaning holati turlicha. Kimdir ish izlaydi, yana kimdir o‘z hunarini daromad manbaiga aylantirish uchun ko‘makka muhtoj. Ayrim xonadonlarda esa mavjud imkoniyatni to‘g‘ri yo‘naltirishning o‘zi kifoya. Shu bois suhbatlar davomida muammolar shunchaki qayd etilmadi. Ularni hal etish yo‘llari izlandi. 🤝 Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish va eng muhimi — doimiy daromad manbaini yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Chunki bugun berilgan yordam bir kunlik ehtiyojni qoplashi mumkin. Ammo oilaga barqaror daromad manbai yaratib berilsa, bu uning butun hayotini o‘zgartirishi mumkin. 📊 Shuning uchun endi asosiy mezon — raqamlar emas, natija. Natija esa oddiy raqamlar bilan emas, xonadondagi o‘zgarish bilan o‘lchanadi: ishli bo‘lgan inson, daromadi oshgan oila, ro‘zg‘orida farovonlik paydo bo‘lgan xonadon va ertangi kuniga ishonch bilan qarayotgan insonlar bilan... 🌱 Kambag‘allikni qisqartirish — shunchaki iqtisodiy vazifa emas. Bu inson qadrini ulug‘lash, oilaning kelajagiga ishonch yaratish va har bir xonadonning munosib hayot kechirishi uchun mas’uliyatdir. 🎯 Maqsad bitta: har bir oila mustaqil daromadga ega bo‘lsin, har bir xonadonda farovonlik bo‘lsin, har bir inson ertangi kuniga ishonch bilan qarasin. Chunki har bir xonadon — e’tibor markazida. Har bir oila — biz uchun muhim.

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Po‘lat Razzaqovich Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Po‘lat Razzaqovich Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. ❗️Prezident Administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish ishlari doirasida: 🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimi va uning bo‘linmasi tugatildi; 🔷davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish Komplayens xizmatining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi; 🔷mahalla instituti faoliyatining samaradorligini yanada oshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X