"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Open in Telegram
" HET" AJ Toshkent hududiy filiali Murojaat uchun: @Toshvilhet_bot Facebook: https://www.facebook.com/share/1FCmEJT2G2/
Show more979
Subscribers
-324 hours
-57 days
-830 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+6
in 0 channels
August '26
+117
in 5 channels
Get PRO
July '26
+1 038
in 5 channels
Get PRO
June '26
+50
in 8 channels
Get PRO
May '26
+26
in 2 channels
Get PRO
April '26
+72
in 2 channels
Get PRO
March '26
+36
in 7 channels
Get PRO
February '26
+90
in 6 channels
Get PRO
January '26
+75
in 21 channels
Get PRO
December '25
+170
in 22 channels
Get PRO
November '25
+29
in 8 channels
Get PRO
October '25
+1 015
in 5 channels
Get PRO
September '25
+50
in 4 channels
Get PRO
August '25
+91
in 5 channels
Get PRO
July '25
+24
in 1 channels
Get PRO
June '25
+28
in 1 channels
Get PRO
May '25
+20
in 1 channels
Get PRO
April '25
+9
in 0 channels
Get PRO
March '25
+8
in 0 channels
Get PRO
February '25
+12
in 0 channels
Get PRO
January '25
+8
in 0 channels
Get PRO
December '24
+14
in 0 channels
Get PRO
November '24
+12
in 0 channels
Get PRO
October '24
+6
in 0 channels
Get PRO
September '24
+28
in 1 channels
Get PRO
August '24
+105
in 0 channels
Get PRO
July '24
+44
in 0 channels
Get PRO
June '24
+16
in 0 channels
Get PRO
May '24
+10
in 0 channels
Get PRO
April '24
+13
in 0 channels
Get PRO
March '24
+9
in 0 channels
Get PRO
February '24
+12
in 0 channels
Get PRO
January '24
+26
in 0 channels
Get PRO
December '23
+39
in 0 channels
Get PRO
November '23
+10
in 0 channels
Get PRO
October '23
+28
in 0 channels
Get PRO
September '23
+3
in 0 channels
Get PRO
August '23
+8
in 0 channels
Get PRO
July '23
+24
in 0 channels
Get PRO
June '23
+6
in 0 channels
Get PRO
May '23
+5
in 0 channels
Get PRO
April '23
+8
in 0 channels
Get PRO
March '23
+7
in 0 channels
Get PRO
February '23
+27
in 0 channels
Get PRO
January '23
+30
in 0 channels
Get PRO
December '22
+273
in 0 channels
Get PRO
November '22
+8
in 0 channels
Get PRO
October '22
+8
in 0 channels
Get PRO
September '22
+5
in 0 channels
Get PRO
August '22
+9
in 0 channels
Get PRO
July '22
+11
in 0 channels
Get PRO
June '22
+8
in 0 channels
Get PRO
May '22
+23
in 0 channels
Get PRO
April '22
+34
in 0 channels
Get PRO
March '22
+38
in 0 channels
Get PRO
February '22
+12
in 0 channels
Get PRO
January '22
+14
in 0 channels
Get PRO
December '21
+37
in 0 channels
Get PRO
November '21
+20
in 0 channels
Get PRO
October '21
+4
in 0 channels
Get PRO
September '21
+14
in 0 channels
Get PRO
August '21
+22
in 0 channels
Get PRO
July '21
+12
in 0 channels
Get PRO
June '21
+10
in 0 channels
Get PRO
May '21
+7
in 0 channels
Get PRO
April '21
+25
in 0 channels
Get PRO
March '21
+35
in 0 channels
Get PRO
February '21
+31
in 0 channels
Get PRO
January '21
+356
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | +1 | |||
| 07 September | +1 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | +1 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | +3 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
+2
KOMPLAYENS YO‘NALISHIDA TARG‘IBOT YIG‘ILISHI
Bugun, 8-sentabr kuni Quyi Chirchiq tumani elektr ta’minoti korxonasining majlislar zalida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali Komplayens bo‘limi xodimlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
🔹 Yig‘ilish davomida elektr ta’minoti tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish, pora olish va berishning salbiy oqibatlari, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olish, xodimlarning huquqiy va korrupsiyaga qarshi bilimlarini oshirish hamda tashkilotda halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash yuzasidan tushuntirishlar berildi.
📌 Tadbir yakunida xodimlarga xizmat faoliyati davomida qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, fuqarolar bilan munosabatlarda xolislik va odob-axloq me’yorlariga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝Telegram 📝 Facebook
| 2 | DIQQAT! OGOHLANTIRISH!
Bekobod tumani elektr energiyasi iste'molchilari diqqatiga!
Sizlarga ma'lum qilamizki, "Bekobod tuman elektr ta'minoti" tomonidan 2026-2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 2026 yil 09 sentabr kuni soat 09:00 dan 11:00 ga qadar 10 kVli "Suvhavzasi" havo tarmog'ida daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib boriladi.
Shu vaqt oralig'ida Bekobod tumanining quyidagi mahallalarida elektr ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi:
• Bo'ston MFY (Savhoz liniya)
• Qo'rg'on MFY (bir qismi)
• Gulzor MFY
• Mallaboy MFY
• Nazarboy MFY
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝Telegram 📝 Facebook | 116 |
| 3 | DIQQAT! OGOHLANTIRISH!
Yuqori Chirchiq Tumani elektr energiyasi iste'molchilari diqqatiga!
Sizlarga ma'lum qilamizki, 2026 yil 9-sentabr kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha oralig‘ida 35 kV L-Jumabozor tarmog‘ini joriy ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli, P.S. Jumabozor 35/10kV dan ta'minlangan quyidagi tarmoqlarda va hududlarda elektr energiyasi ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi:
Elektr ta'minoti uziladigan tarmoqlar (f.r.):
• Darxon
• Jumabozor
• Ahmad Yassaviy
• Qorasuv
• Guliston
• Agro fayz
• Oxunboboyev
• Akis
Elektr ta'minoti uziladigan mahallalar (MFYlar):
• Jumabozor MFY
• Farovon MFY
• Navoiy MFY (ayrim joylari)
• Usmonobod MFY
• Obodon MFY
• Guliston MFY
• Darxon MFY
• Nurli yo'l MFY
• Ahmad Yassaviy MFY
• Yangi hayot MFY
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝Telegram 📝 Facebook | 102 |
| 4 | DIQQAT! OGOHLANTIRISH!
Hurmatli iste'molchilar!
Elektr ta'minoti tarmog‘idagi ta'mirlash ishlari munosabati bilan ikki hududda vaqtinchalik elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
1. O‘rta Chirchiq Tumani elektr ta'minoti shuni ma'lum qiladiki, F.R. Evalak XEL-6 kV tarmog‘ida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli, 10.09.2026 yil kuni soat 09:00 dan 15:00 gacha oralig‘ida quyidagi hududlarda vaqtinchalik elektr ta'minotida uzilishlar bo‘ladi:
• O‘rta Chirchiq tumani:
Yangilik,
Jangaboy
Galabotir MFYlarida.
• Nurafshon shahri:
Oybek, Evalak MFYlarida.
2. Elektr ta'minoti tarmog‘idagi nosozliklarning oldini olish maqsadida, NST Qorasuv 35.10 kV da ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli, 09.09.2026 yil kuni soat 14:00 dan 15:00 gacha oralig‘ida quyidagi MFYlarda vaqtinchalik elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi:
• Rovotak
• Qorasuv
• Tinchlik
• Fayziobod
• Do‘stlik
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝Telegram 📝 Facebook | 723 |
| 5 | KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH — BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ
8-sentabr kuni Olmaliq shahar hokimligida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Komplayens xodimlari tomonidan Olmaliq shahar elektr ta’minoti xodimlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
📝 Yig‘ilish davomida korrupsiyaning oldini olish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, fuqarolar bilan ishlash jarayonida qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚠️ Xususan, pora berish va olish, noqonuniy manfaat evaziga xizmat ko‘rsatish yoki mansab vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish og‘ir huquqiy oqibatlarga olib kelishi haqida xodimlarga batafsil tushuntirish va ogohlantirish ishlari olib borildi.
🇺🇿 Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik, shaffoflik hamda qonun ustuvorligini ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Energetika sohasida faoliyat yuritayotgan har bir xodim ushbu islohotlarga o‘zining halol mehnati va mas’uliyatli yondashuvi bilan munosib hissa qo‘shishi zarur.
💡 Elektr energetikasi — xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyoti uchun muhim strategik soha. Shu bois sohada faoliyat yuritayotgan har bir xodimdan yuksak mas’uliyat, halollik, vijdonlilik va qonunlarga qat’iy amal qilish talab etiladi.
🤝 Yig‘ilish yakunida xodimlarga korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish, xizmat faoliyatida qonuniylik va adolat tamoyillariga amal qilish hamda o‘z vazifalarini sidqidildan bajarish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝Telegram 📝 Facebook | 141 |
| 6 | No text... | 181 |
| 7 | 📌📌📌📌📌📌
TEMIR-BETON MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH SIFATI NAZORATDAN O‘TKAZILDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Shartnomaviy xizmatlar va mahsulot ishlab chiqarishni monitoring qilish boshqarmasi tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari Toshkent hududiy filialining Quyi Chirchiq tuman elektr ta’minoti korxonasi hududida joylashgan “Ishlab chiqarish sexi”da o‘tkazildi.
O‘rganish davomida sexda ishlab chiqarilayotgan turli xil temir-beton tayanchlar hamda travers mahsulotlarining sifati, shuningdek, ularning belgilangan texnik talab va me’yorlarga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.
Nazorat jarayonida sifat talablariga javob bermaydigan temir-beton tayanchlar ishlab chiqarilishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan mas’ul xodimlardan tushuntirish xatlari olindi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, kelgusida bunday xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida sex boshlig‘iga nisbatan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 182 |
| 8 | 📌📌📌📌📌📌
KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERING!
Hurmatli fuqarolar! Agar siz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning filial va korxonalari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:
Ishonch telefoni: +998781507561,
Telegram-bot: @HETanticor_bot ,
Call-markaz: 1154
Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz | 218 |
| 9 | YANGIYO‘L TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan Yangiyo‘l tumanida elektr uzatish tarmoqlari atrofidagi daraxt shoxlarini tozalash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Bu ishlar elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish, simlarga shikast yetishini kamaytirish va aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝Telegram 📝 Facebook | 267 |
| 10 | #e‘lon
⚡️ DIQQAT! ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ xodimlari tomonidan 110/35/6 kV “Go‘shtkombinat” podstansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 7-sentyabr kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha Zangiota tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
🔌 Elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan mahallalar:
“Turkiston” MFY
“Erkin” MFY
“Yangi hayot” MFY
“Qurilish” MFY
“Quyoshli” MFY
“Vatanparvar” MFY
“Istiqlol” MFY
“O‘rta” MFY
“O‘rtaovul” MFY
“Ulug‘bek” MFY
“Katta chinor” MFY
“Fayz” MFY
“Gulzor” MFY
“Olmazor” MFY
“Obod turmush” MFY
“Abdujalilbob” MFY
“Sorteppa” MFY
“Xo‘jamozor” MFY
“Eski qal’a” MFY
“Bog‘zor” MFY
“Chorbog‘” MFY
“Asil” MFY
“Dehqonobod” MFY
“Madaniyat” MFY
“Zarafshon” MFY
“Yangi bo‘zsuv” MFY
“O‘rikzor” MFY
“Chinor” MFY
“Obod to‘qimachi” MFY
“To‘qimachi” MFY
⚠️ Fuqarolardan elektr ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishni inobatga olishlarini so‘raymiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
📞 Murojaat uchun telefon:
71-207-18-54
📝Telegram 📝 Facebook | 233 |
| 11 | RASMIY MUNOSABAT
O‘rta Chirchiq tumani "Farovon" MFY O‘rikzor ko‘chasida elektr kuchlanishining pastligi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatga javoban
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda O‘rta Chirchiq tumani "Farovon" MFY O‘rikzor ko‘chasida yashovchi aholi tomonidan elektr energiyasi kuchlanishi pastligi to‘g‘risida murojaatlar tarqaldi.
Ushbu murojaat "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali O‘rta Chirchiq tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida haqiqatan ham "Farovon" MFY O‘rikzor ko‘chasida elektr kuchlanishi me’yoridan past ekanligi aniqlandi.
Muammoni tezkor bartaraf etish maqsadida O‘rta Chirchiq tumani elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan tegishli ishlar amalga oshirildi. Xususan, hududda 6 dona temir-beton tayanch o‘rnatildi hamda 600 metr uzunlikdagi zamonaviy SIP kabellari tortildi. Shundan so‘ng, xonadonlardagi elektr hisoblagichlar yangi tarmoqqa ulandi.
Ayni damda mazkur hududda elektr energiyasi ta’minoti me’yoriga keltirilganligini va kuchlanish barqarorlashganligini ma’lum qilamiz.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali aholidan yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi hamda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishini bildiradi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝Telegram 📝 Facebook | 193 |
| 12 | RASMIY MUNOSABAT
Yangiyo‘l shahri, “Olmazor” MFY, Shodlik ko‘chasidagi yangi transformator bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatga javoban
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l shahri, “Olmazor” MFY, Shodlik ko‘chasiga yangi olib kelingan transformatorning ishga tushirilmaganligi haqida murojaatlar tarqalgani yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali quyidagilarni ma’lum qiladi:
Mazkur murojaat “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, ayni damda Yangiyo‘l shahri, “Olmazor” MFY, Shodlik ko‘chasiga o‘rnatilgan yangi transformator punkti to‘liq ish faoliyatida ekanligi ma’lum qilinadi.
Ehtimol, murojaat e’lon qilingan vaqtda transformatorning montaj yoki sozlash ishlari yakunlanmagan bo‘lishi mumkin. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida doimiy ravishda tarmoqlarni modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.
Yuzaga kelgan tushunmovchiliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝Telegram 📝 Facebook | 196 |
| 13 | 📌📌📌📌📌📌
AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi.
Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz | 192 |
| 14 | RASMIY MUNOSABAT
Zangiota tumani Erkin mahallasida elektr ta’minotining uzilishlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatga javoban
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumani Erkin mahallasida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgani haqida tarqalgan murojaat yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali Zangiota tumani elektr ta’minoti korxonasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Erkin mahallasida elektr ta’minotining vaqtincha uzilishiga, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning Toshkent viloyati bo‘yicha elektr ta’minotini yanada yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida olib borilayotgan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘lgan. Mazkur rejali ishlar elektr tarmoqlarining ishonchliligi va barqarorligini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shuni ta’kidlaymizki, mazkur rejali uzilishlar yuzasidan iste’molchilarimiz oldindan ogohlantirilgan. Xususan, bu haqda 1055 Markaziy dispecherlik xizmati orqali hamda Zangiota tumani elektr ta’minoti korxonasining Telegram guruhida xabar berilgan edi.
Hozirgi kunda Erkin mahallasida elektr ta’minoti to‘liq tiklangan bo‘lib, barqaror ta’minlanmoqda.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ elektr ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishlar tufayli yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝Telegram 📝 Facebook | 183 |
| 15 | #RASMIY_MUNOSABAT
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo'l tumanida rejali elektr ta'minoti uzilishlari gaz ta'minotidagi uzilishlar bilan bir vaqtda sodir bo'layotgani yuzasidan bildirilgan murojaat e'tiborga olinganini ma'lum qilamiz.
Sizning mazkur murojaatingiz mutasaddilarga zudlik bilan yetkazildi. Holatni o'rganish va belgilangan noqulayliklarni ijobiy hal qilish maqsadida tegishli choralar ko'rilmoqda.
Yuzaga kelgan vaziyat bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝Telegram 📝 Facebook | 230 |
| 16 | Mirzo Ulug‘bek mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
Yangiyo‘l tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, aholi uchun qulay sharoit yaratish borasida amaliy ishlar olib borildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida 100 kVA quvvatga ega transformator, 67 ta beton ustun hamda 1,7 kilometr SIP kabel o‘rnatildi.
Natijada mahallaning olis hududlarida istiqomat qiluvchi aholi uchun elektr ta’minoti sifati va barqarorligi sezilarli darajada yaxshilandi.
Avvallari maishiy texnikalardan to‘laqonli foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelgan xonadonlarda bugun elektr energiyasidan foydalanish imkoniyati ancha yaxshilangan.
Bunday amaliy ishlar aholining kundalik hayotiga qulaylik olib kirib, inson qadri va farovonligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning joylardagi amaliy ifodasi bo‘lmoqda.
Mahalla raisi ta’kidlaganidek, aholining eng ko‘p takrorlagan murojaatlari elektr ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan.
Bugun esa olib borilgan amaliy ishlar natijasida mazkur muammolarga yechim topilib, aholi uchun elektr ta’minotida sezilarli qulayliklar yaratildi.
— «Aholining doimiy murojaatlari asosan elektr ta’minoti masalasi bo‘yicha bo‘lar edi. Ba’zi hollarda ularga qanday javob berishni bilmay qolgan kunlarim ham bo‘lgan. Bugun esa Yurtboshimiz tomonidan bizdek olis hududlarga qaratilayotgan e’tibor va amaliy ishlar natijasida muammolarimiz ijobiy yechim topdi», — deydi mahalla raisi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝Telegram 📝 Facebook | 578 |
| 17 | #RASMIY_MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l tumani Qoratepa MFY, Toshkent ko‘chasidagi yog‘och ustunlar bo‘yicha tarqalgan murojaatga javoban
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l tumani Qoratepa MFY, Toshkent ko‘chasi aholisi tomonidan hududdagi 7 ta yog‘och elektr uzatish ustunini (simyog‘ochni) almashtirish bo‘yicha kelib tushgan murojaat e’tiborimiz markazida.
Shuni ma’lum qilamizki, joriy yilning 27-iyul kuni muhtaram Prezidentimizning topshirig‘iga ko‘ra, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani kommunal sohada namunali tumanga aylantirilishi belgilangan edi. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan tuman miqyosida bosqichma-bosqich mahalliy fuqarolar yig‘inlaridagi (MFY) mavjud muammolar o‘rganilib, keng ko‘lamli qurilish va modernizatsiya ishlari boshlab yuborilgan.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJning Yangiyo‘l tumanidagi mas’ul xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar doirasida Qoratepa MFY hududi ham chuqur tahlil qilingan. Mazkur o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, hududdagi mavjud yog‘och elektr uzatish ustunlarini zamonaviy temir-beton tayanchlariga almashtirish ishlari belgilangan reja asosida amalga oshiriladi. Toshkent ko‘chasida qayd etilgan 7 ta yog‘och ustun ham ushbu modernizatsiya dasturiga kiritilgan bo‘lib, ularni almashtirish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, bugungi kunga qadar Qoratepa MFYda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida quyidagi ishlar allaqachon bajarilgan:
• Hududdagi 128-sonli transformator punkti (TP) mukammal ta’mirlandi.
• TPdan chiquvchi 0.4 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari daraxt shoxlaridan to‘liq tozalandi.
• Hududni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 6 kV kuchlanishli tarmoq ham daraxt shoxlaridan tozalanib, tarmoqning uzluksiz va xavfsiz ishlashi ta’minlandi.
Yuqorida qayd etilgan modernizatsiya ishlari Yangiyo‘l tumani aholisini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, elektr ta’minoti infratuzilmasini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan har bir murojaat inobatga olinib, belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi ta’minlanadi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝Telegram 📝 Facebook | 261 |
| 18 | #jarayon #kuz_qish ⚡️
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA
📍 Zangiota tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabi hududida joylashgan 3- va 85-sonli transformator punktlarida kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
⚙️ Kuz-qish mavsumida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida:
🟢 6 dona eskirgan yog‘och tayanchlar zamonaviy temir-beton tayanchlarga almashtirilmoqda;
🟢 800 metr uzunlikda yangi elektr simlari tortilmoqda;
🟢 transformator punktlari himoya to‘ri bilan o‘ralmoqda;
🟢 elektr havo tarmoqlariga tegib turgan daraxt shoxlari kesilib, tarmoqlarning xavfsizligi ta’minlanmoqda.
⚡️ Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish, avariya holatlarining oldini olish hamda iste’molchilarni kuz-qish mavsumida barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
🔨 Ta’mirlash va yangilash ishlari belgilangan reja asosida davom etmoqda.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝Telegram 📝 Facebook | 241 |
| 19 | KORRUPSIYAGA QARSHI MUROSASIZLIK — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
Joriy yilning 2 sentabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filialida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati vakillari, viloyat elektr ta’minoti korxonalarining rahbarlari, bosh muhandislar hamda “Energosavdo” viloyat bo‘linmasi xodimlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda korrupsiya mamlakatimiz taraqqiyotiga g‘ov bo‘layotgan jiddiy xavf-xatar ekanligi alohida ta’kidlandi. Xususan, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz bo‘lish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish har bir xodimning asosiy vazifasi ekanligi qayd etildi.
Tadbir davomida quyidagi muhim jihatlarga to‘xtalib o‘tildi:
• Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish: korrupsiyaviy xavflarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish;
• Huquqiy madaniyatni yuksaltirish: xodimlarning kasbiy bilim va malakasini muntazam oshirib borish;
• Odob-axloq qoidalariga rioya etish: xodimlarning xizmat faoliyati davomidagi, shuningdek, ishdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va jamoatchilik bilan bo‘lgan munosabatlarida yuksak ma’naviy me’yorlarga amal qilish.
Yig‘ilish yakunida barcha mas’ul xodimlar korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda halol mehnat faoliyatini yuritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarni oldilar.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝Telegram 📝 Facebook | 311 |
| 20 | 📌📌📌📌📌📌
ORTIQCHA ELEKTR JIHOZLARNI O‘CHIRISHNI UNUTMANG!
Bugun biz odatlangan qulayliklar ortida ulkan mehnat va resurslar yotibdi. Elektr energiyasidan oqilona foydalanish — bu oddiy tejamkorlik emas, balki tabiatga bo‘lgan g‘amxo‘rlikdir.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barchamizni resurslardan mas’uliyat bilan foydalanishga chorlaydi. Har bir o‘chirilgan ortiqcha elektr jihozi— umumiy maqsadimiz sari qo‘yilgan qadamdir.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝Telegram 📝 Facebook | 306 |
