cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ўрта Чирчиқ тумани ҳокимлиги | Хокимият Урта Чирчикского района

Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.

Show more
Advertising posts
7 362
Subscribers
-8324 hours
-3887 days
-26730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

O‘rta Chirchiq tumani hokimi I.Kasimov "Adolat" mahallasi hududida joylashgan kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyiha bilan tanishildi. Xususan, "Ria Building Construction" MCHJ tomonidan sanoat sonasida qurilish va loyihalashtirish ishlari olib borilayotgan bo‘lib, umumiy qiymati 2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha joriy yil III choragida ishga tushishi va 50 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Jumladan, uchrashuvda tuman hokimi tomonidan tashabbuskorga loyihani jadallashtirish, zamon talablariga javob beradigan ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yish yuzasidan ko‘rsatma va takliflar berildi. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Show all...
👍 5
#yoshlar_dasturi O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov yoshlar bilan navbatdagi uchravini o‘tkazdi. Tuman hokimi 40 nafar muammoli yoshlar bilan yakka tartibda uchrashib, ularni tingladi va 15 nafarining muammolarini joyida ijobiy hal etdi. Tuman rahbari yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning o‘qishi, ishlashi, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun hozirlangan sharoitlar xususida ta’kidlab, yoshlarning muammolariga yechim topishga doim tayyor ekanligini bildirib o‘tdi. Uchrashuvda ishtirok etgan yoshlarning ishga joylashish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, salomatligini tiklash, o‘zini-o‘zi band qilish, subsidiyaga uy va asbob-uskunalar olish, kadastr kabi turli yo‘nalishlardagi vaqt talab etadigan muammolarini tez fursatda ijobiy hal etish bo‘yicha korxona va tashkilotlar rahbarlariga zaruriy ko‘rsatmalarni berib, ijrosini nazoratga oldi. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Show all...
👍 5👌 1💯 1
#bildirish "O‘rta Chirchiq tuman gaz" gaz taminoti bo‘limi Sizga shuni ma’lum qiladiki, "Yuqoriovul" va "Bunyodkor" mahallalari hududidagi gaz taqsimlash punktlarni demontaj qilish va gaz tarmoqlarini estetik jihatdan tartibga keltirish maqsadida, 2024-yil 3-may kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha "Bunyodkor" va "Yuqoriovul" mahallalari hududidagi aholi va ulgurji istemolchilarida vaqtincha tabiiy gaz taminoti toʻxtatiladi. Aholi istemolchilari soni 765 ta Ulgurji istemolchilari soni 8 ta Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Murojjat uchun telefon +998998371004 "O‘rta Chirchiq tuman gaz" gaz ta’minoti bo‘limi yuzaga  kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Show all...
👍 1
#bildirish Talaba bo‘lish istagidagi xotin-qizlar shoshiling! Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi. Hukumat qaroriga muvofiq, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq, oliy ma'lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta'lim muassasalariga alohida qabul parametrlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar ushbu https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali ariza topshirishlari lozim. Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: - o‘rta maxsus yoki professional ta'lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi; - tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta'lim olmaganligi yoki olmayotganligi; - o‘rta maxsus yoki professional ta'lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.   Ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar: - fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; - mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma; - o‘rta-maxsus yoki professional ta'lim bo‘yicha diplom.   - Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi. Xotin-qizlar uchun O‘rta Chirchiq tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limida hujjatlar yig‘ish boshlandi. Manzil: O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Show all...

👍 1
Aholi roziligi – yurt farovonligi O‘rta Chirchiq tumanining "Jang‘aboy" mahallasi hududida Hududiy elektr tarmoqlari AJ Toshkent hududiy filiali O‘rta Chirchiq tumani bo‘limi tomonidan 5,5 kilometr SIP kabellar tortilib, 2 ta transformator va 189 ta temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatildi. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Show all...
👍 4👏 1
#Aksiya Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Deputatlar kengashi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi, Prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda “Farzandim uchun bitta kitob” aksiyasini eʼlon qiladi. Aksiyaga joriy yilning 1-may sanasidan start berildi va 25-mayga qadar davom etadi. Bundan koʻzlangan maqsad – oʻquvchilarning kitobga boʻlgan mehrini shakllantirish, maktab kitob fondini boyitishdan iborat. ⏺ Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi har bir muassasa kesimida talab yuqori boʻlgan kitoblar roʻyxatini tuzadi. Roʻyxat shahar va tuman gazetalarida chop etiladi. Ota-onalar kitob muqovasiga “Farzandimning nomidan maktabga sovgʻa” yozuvi bilan kitoblarni maktabga topshiradi. Maktab kutubxonasi har bir sovgʻa qilingan kitoblar boʻyicha roʻyxat shakllantiradi. ⏺ Viloyat boʻyicha oʻquvchilar soniga qarab, yaʼni oʻrtacha bir oʻquvchiga toʻgʻri keladigan kitoblarga koʻra, gʻolib maktablar aniqlanadi. Gʻolib maktablarning dastlabki 5 tasidan har biriga 200 million soʻmdan mukofot beriladi. ⏺ Yozgi taʼtil paytida yigʻilgan kitoblardan foydalanib, “Maktab kutubxonasi hamma uchun” aksiyasi oʻtkaziladi. Maktab kutubxona maʼmurlariga esa 3 million soʻmdan qoʻshimcha ish haqi toʻlanadi. Shu oʻrinda muhim eslatma! Aksiya doirasida ota-onalarni majburlash, oʻquvchilarga nisbatan bosimlar boʻlgan taqdirda maktab direktori va oʻqituvchilarga nisbatan qatʼiy chora koʻriladi. 🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Show all...
👍 2👏 1
#bildirish SAYYOR QABULGA MARHAMAT! Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, muammolarni joyida o‘rgangan holda tezkorlik bilan hal etish maqsadida, O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov va sektor rahbarlari aholi uchun 2024-yil 3-may kuni soat 09:00 da sayyor qabul o‘tkaziladi. Sayyor qabul "Oltio‘g‘il" mahallasida joylashgan tuman Madaniyat bo‘limi binosida bo‘lib o‘tadi. Aziz fuqarolar! Sizlarda murojaatlaringiz bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyurishingiz mumkin! Lokatsiya O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Show all...
👍 2👌 1
#yoshlar_dasturi O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov yoshlar yetakchilari va muammoli yoshlar bilan yakka tartibda uchrashib, ularni tingladi hamda ayrim muammolarini ijobiy hal etdi. Tuman rahbari yoshlarning o‘qishi, ishlashi, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun hozirlangan sharoitlar xususida ta’kidlab, ularning muammolariga yechim topishga doim tayyor ekanligini bildirib o‘tdi. Shuningdek, tuman hokimi yetakchilarning muammoli yoshlar bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotganligini alohida ta'kidlab o‘tdi hamda muammoli yoshlarning ishga joylashish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, salomatligini tiklash, o‘zini-o‘zi band qilish, subsidiyaga uy va boshqa muammolarini tez fursatda ijobiy hal etish bo‘yicha korxona va tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatmalarni berib, ijrosini nazoratga oldi. Bugun ham tuman hokimi yoshlar bilan uchrashishi rejalashtirilgan. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Show all...
👏 6👍 3💯 1
Pillachilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan. O‘rta Chirchiq tumanida avval xabar berganimizdek, ipak qurti urug‘i tarqatilib, parvarishi boshlab yuborildi. Tumandagi mavjud inkutaboriyalarda xorijdan keltirilgan qurt urug‘lari belgilangan me’yor asosida jonlantirildi. Shu kunlarda fermer xo‘jaliklarida, aholi xonadonlaridagi kasanachilaripak qurti boqmoqda. Pilla boquvchilar va kasanachilarning mavsum davrida bajargan ishlari ularga pensiya ta’minlashda bir yillik ish staji deb hisoblanishi katta imtiyoz bo‘ldi. Ayni kunlarda tuman hokimi I.Kasimov va sektor rahbarlari pillachilik bilan shug‘ullanayotgan oilalarni ko‘zdan kechirmoqda. Ayniqsa, "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan ishsiz fuqarolarga o‘z xonadonlarida pillachilik bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratib berish va shu orqali ularning bandligini ta’minlanmoqda. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Show all...
👍 11🔥 1👌 1💯 1
Xitoy elchisi O‘rta Chirchiq tumanidagi yangilanishlar bilan tanishdi Xitoyning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun aholi tomorqalari va ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Batafsil "Nurafshon" telekanali reportajida O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Show all...
👍 3🔥 1👏 1