cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi. ____ Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления. 📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8. 📞 +998712035522 🌐 toshkenttumani.uz 📩 @toshkenttumanihokimligibot.

Show more
Uzbekistan13 514The language is not specifiedNews & Media19 713
Advertising posts
4 283
Subscribers
+624 hours
+117 days
+2930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Саудия Арабистони энергетика вазири шаҳзода Абдулазиз бин Салмон Ол Сауд бошчилигидаги делегацияни қабул қилди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Саудовской Аравии во главе с министром энергетики принцем Абдулазизом бин Салманом Аль Саудом. #Mirziyoyev #qabul #SaudiyaArabistoni #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
👍 1
#Musobaqa Toshkent tumani “Burgutlar” jamoasi harbiy musobaqada Bugun, Nurafshon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligi, Yoshlar ishlari Agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi markaziy Kengashi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi oʻtkazilmoqda. Unda Toshkent tumani 11-umumtaʼlim maktabining “Burgutlar” jamoasi ishtirok etmoqda. Toshkent tumani shunqorlariga omad tilab qolamiz. 📷Jarayon fotolavhalarda.Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Show all...
👍 1
#Targʻibot Tushuntirish ishlari davom etmoqda Avval xabar berganimizdek, Toshkent tumani hududidagi barcha mahallalarda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari R.Rixsiyev, Mahalla uyushmasi boʻlimi boshligʻi A.Sultonov, tumani qurilish boʻlimi bosh mutaxassisi B. Davlatovlar hamda gaz va elektr taʼminoti korxonalari, mahalla boʻlimi, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar boʻlimi va boshqa masʼul xodimlar boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  "Yoqilgʻi -energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora- tadbirlari toʻgʻrisida"gi 204-sonli Qarori yuzasidan fuqarolarga targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Har kuni o'tkazilayotgan tadbirlarda isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari oʻrnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini ragʻbatlantirish, yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga oʻtkazishni davom ettirish maqsadida koʻriladigan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritilmoqda. 📷Majnuntol va Xiyobon mahallalari faollari ishtirokida o'tkazilgan tadbir yuqoridagi fotolavhalarda.Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Show all...
👍 1
#Rasmiy_munosabat Chuvalachi mahallasi Mahorat koʻchasi asfalt qilinadimi? Telegram ijtimoiy tarmogʻining @SizdanTelegram sahifasi orqali Toshkent tumani Chuvalachi mahallasi Mahorat koʻchasida yashovchi bir nechta fuqarodan murojaat kelib tushgan boʻlib, shikoyatda koʻchani asfalt qilish masalasi, instansiyalarga yoʻllangan yozma arizalar, asfalt qoplamasi yotqizilmagan yoʻlning fotosuratlari aks etgan. Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz: Murojaatda ko’rsatilgan koʻcha Mahorat koʻchasining orqa tomoni boʻlib, aslida, xonadon egalari fermer xoʻjaligiga tegishli va sugʻoriladigan yer toifasiga kiruvchi yerdan noqonuniy foydalanib kelmoqdalar. Shuningdek, ushbu koʻchada 3ta xonadon joylashgan bo’lib, hozirgi uy-joy egalari avvalgi mulkdorlardan ularga qarashli boʻlgan hovlining pastki qismini sotib olish evaziga dala tomondan eshik ochishga majbur boʻlishgan. Holat yuzasidan, Toshkent tumani hokimligi bosh mutaxassisi B.Davlatov fuqaro bilan suhbat oʻtkazib, qishloq xoʻjaligiga tegishli yerni asfaltlashtirib berish qonunchilikka zid ekanligi va yerdan noqonuniy foydalanish javobgarlikka sabab boʻlishi mumkinligi haqida tushuntirdi. ✅Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Show all...
#Aksiya Toshkent viloyati hokimligi, Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi, viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Farzandim uchun bitta kitob” aksiyasini eʼlon qiladi. Aksiyaga joriy yilning 1-may sanasidan start berildi va 25-mayga qadar davom etadi. Bundan koʻzlangan maqsad – oʻquvchilarning kitobga boʻlgan mehrini shakllantirish, maktab kitob fondini boyitishdan iborat. ⏺ Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi har bir muassasa kesimida talab yuqori boʻlgan kitoblar roʻyxatini tuzadi. Roʻyxat shahar va tuman gazetalarida chop etiladi. Ota-onalar kitob muqovasiga “Farzandimning nomidan maktabga sovgʻa” yozuvi bilan kitoblarni maktabga topshiradi. Maktab kutubxonasi har bir sovgʻa qilingan kitoblar boʻyicha roʻyxat shakllantiradi. ⏺ Viloyat boʻyicha oʻquvchilar soniga qarab, yaʼni oʻrtacha bir oʻquvchiga toʻgʻri keladigan kitoblarga koʻra, gʻolib maktablar aniqlanadi. Gʻolib maktablarning dastlabki 5 tasidan har biriga 200 million soʻmdan mukofot beriladi. ⏺ Yozgi taʼtil paytida yigʻilgan kitoblardan foydalanib, “Maktab kutubxonasi hamma uchun” aksiyasi oʻtkaziladi. Maktab kutubxona maʼmurlariga esa 3 million soʻmdan qoʻshimcha ish haqi toʻlanadi. Shu oʻrinda muhim eslatma! Aksiya doirasida ota-onalarni majburlash, oʻquvchilarga nisbatan bosimlar boʻlgan taqdirda maktab direktori va oʻqituvchilarga nisbatan qatʼiy chora koʻriladi. 🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Show all...
#IJTIMOIY_XIZMATLAR Nogironligi bolgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda ♿️Nogironligi bo‘lgan shaxslarning manzilli ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ularning uy-joy-maishiy va boshqa yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy xizmat va moddiy yordamni kengaytirish, ularni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish, shu jumladan sifatli yordamchi va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida: 📌Bugun, Toshkent tumani Sanoat mahalla raisi hamda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim U.Xamidullayeva  nogironligi bo‘lgan shaxslarning  POM  RTV moslamalariga ehtiyoji bor yo‘qligi bo‘yicha monitoring olib bordi. ♻️ Oilalar bilan olib borilgan suhbat jarayonida ayrimlar moslamalar bilan ta'minlanganligi, boshqalarning muddati tugab moslamalarga ehtiyoji borligi aniqlandi. Ularning murojaatlari axborot shaklida tuman IHMga yetkazildi. 📷Jarayon fotolavhalarda.Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Show all...
E-auksion.uz savdo platformasida 380 dan ortiq bo'lgan Avtotransport vositalarini sotib oling! 🔹Angren shaharida 114 ta (Ko'rish) 🔹Bekobod shaharida 49 ta (Ko'rish) 🔹Bo'ka tumanida 4 ta (Ko'rish) 🔹Bo'stonliq tumanida 4 ta (Ko'rish) 🔹Zangiota tumanida 9 ta (Ko'rish) 🔹Qibray tumanida 16 ta (Ko'rish) 🔹Nurafshon shahrida 24 ta (Ko'rish) 🔹Oqqo'rg'on tumanida 130 ta (Ko'rish) 🔹Olmaliq shahrida 3 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron tumanida 1 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron shahrida 6 ta (Ko'rish) 🔹Parkent tumanida 2 ta (Ko'rish) 🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish) 🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish) 🔹O'rtachirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish) 🔹Chinoz tumanida 3 ta (Ko'rish) 🔹Chirchiq shahrida 8 ta (Ko'rish) 🔹Yuqorichirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish) 🔹Yangiyo'l tumanda 5 ta (Ko'rish) 🔹Yangiyo'l shahrida 1 ta (Ko'rish) Barchasini ko'rish 👇Xabardor bo'lish uchun👇 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Show all...
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумидаги нутқиВыступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на III Ташкентском международном инвестиционном форуме — Address by President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Third Tashkent International Investment Forum Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
👍 1
Иккинчи йўналиш: банк-молия соҳаси. Сўнгги йилларда мамлакатимизда кўплаб хусусий банклар очилди. Бозоримизга Европанинг етакчи банклари кириб келди. Қатор рақамли банклар ўз фаолиятини амалга оширмоқда. Форум доирасида Европа тикланиш ва тараққиёт банки билан Ўзбекистоннинг йирик банкларидан бири бўлган “Асакабанк”ни хусусийлаштириш бўйича битим имзоланди. Молиявий ресурсларга талабни қондириш учун капитал бозорини ривожлантириш бўйича ёндашувлар қайта кўриб чиқилмоқда. Ўзбекистонда халқаро молиялаштириш инструментларини ривожлантириш устида иш олиб борилмоқда.
Хорижий сармоялар оқими бир неча баробар ортиши, корпоратив бошқарув сифати ошиши, янги етакчи банк-молия институтлари кириб келишини кутиб қоламиз”,
- деди Президент. Facebook|Instagram|X
Show all...
Давлатимиз раҳбари сармоядорлар ҳуқуқларини ҳимоя қилишни кучайтириш мақсадида қатор аниқ таклифларни билдирди. Биринчидан, янги таҳрирдаги “Инвестициялар тўғрисида”ги қонун қабул қилиниши таъкидланди. Ушбу ҳужжат Жаҳон савдо ташкилоти тартиб-қоидалари ва стандартларига мувофиқ ишлаб чиқилди. Иккинчидан, тез орада мамлакатимизда Рақамли технологиялар халқаро маркази ҳузурида Халқаро тижорат суди иш бошлайди. Ушбу суд Ўзбекистон суд-ҳуқуқ тизимида алоҳида ўринга эга бўлади. Учинчидан, яқин вақтда саноат зоналари тизимида мутлақо янгича ёндашувлар жорий этилади. Саноат зоналарини бошқаришда хусусий операторлар, жумладан, юқори малакали хорижий компанияларни фаол жалб қилиш амалиёти кенгайтирилади. Махсус иқтисодий зоналар фаолият муддатлари бўйича чекловлар ҳам бекор қилинади. Хорижий сармоядорлар учун ерларни ижарага бериш муддати 25 йилдан 49 йилгача, яъни, икки баробар узайтирилади. Бунда, қонунлар билан кафолатланган амалдаги имтиёз ва преференциялар тўлиқ сақлаб қолинади. Facebook|Instagram|X
Show all...