ShukurDev | Blog
Open in Telegram
Ishdan olgan tajribalarimni va bilimimni shu blogda yoritib boraman.
Show moreUzbekistan63 527The category is not specified
203
Subscribers
-124 hours
-37 days
-730 days
Posts Archive
Repost from Janob Musayev | Engineering Life
Dasturlash HTML/CSS dan boshlanmaydi
6/20
"Dasturlashni o'rganishni boshlagandim. HTML/CSS ni o'rgangandan keyin Javascriptda qiynalib qoldim. Keyin shu bilan qolib ketdi. Shunga nima maslahat berasiz?"
Yuqoridagi mazmundagi gapni bir nechta odamdan shaxsan eshitganimni hisobga oladigan bo'lsam, "dasturlash"ni o'rganishni boshlagan ko'pchilik shu muammoga duch keladi deb hisoblash mumkin (ayniqsa o'quv markazida). Bu savolga esa samimiy javobim "Uzr, siz hali dasturlashni boshlaganingiz ham yo'q" bo'lardi.
Dasturlash HTML/CSS'dan boshlanmaydi. HTML/CSS umuman dasturlash tili ham hisoblanmaydi. Javascript esa dasturlashning eng bazaviy qoidalariga "tupurib" qo'ygan til hisoblanadi. Uni ko'pchilik (backend) dasturchilar faqat majburlikdan ishlatadi (hattoki ba'zi frontendchilar ham).
Sizda esa tabiiyki quyidagi savol paydo bo'lishi mumkin:
"Dasturlash o'zi nimadan boshlanadi?"
Dasturlash
ā”ļø Kompyuter "compute" (hisoblash) so'zidan kelib chiqqanini va uning asosiy ishi hisoblash (aniqrog'i faqat qo'shish) ekani
ā”ļø Kompyuterning eng asosiy ikki qismi ā hardware va software farqlari
ā”ļø Operatsion tizim asosiy vazifasi va o'rni qay darajada muhim ekani, eng asosiy OS'lar farqi va kelib chiqish tarixi
ā”ļø Kompyuter xotirasida ma'lumotlar qanday saqlanishining nazariy (0 va 1) va texnologik tomoni (diodlar)
ā”ļø Eng asosiy ma'lumotlar tiplari ā boolean, int, double, char va ularning turlari ā byte, short, unsigned, long, float... kabilar farqi
ā”ļø Ular xotirada qanday saqlanishi
ā”ļø Sanoq sistemalari qanday ishlashi va ikkilik sanoq sistemasi nima uchun muhim ekani
ā”ļø Eng asosiy amallar ā qo'shish, ayrish, ko'paytirish va bo'lish tiplarga ko'ra qanday ishlashi
ā”ļø Mantiqiy operatorlar AND, OR, NOT nima ish qilishi
ā”ļø Machine Code, Low Level va High Level dasturlash tillari hamda kompilyatsiya bo'ladigan (C, C++, Java) va interpretator (PHP, Javascript, Python) tillar farqi hamda qanday ishlashi
ā”ļø O'zgaruvchi nima ekani va uning vazifasi; o'zlashtirish operatori qanday ishlashi; unary, binary va ternary operatorlar farqi
ā”ļø Shart va sikl operatorlari qanday ishlashi va nima uchun kerakligi
ā”ļø Eng asosiy ma'lumotlar tuzilmalari va algoritmlarni o'rganish va tushunishdan boshlanadi
Eng asosiysi dasturlash tilini o'rganishni dasturlashni o'rganish bilan adashtirib yubormaslik kerak#programming Professional blog | Linkedin | Shaxsiy blog
Repost from SUBYEKTIV
Kichik qishloqdan GIGANT kompaniyalargacha ā Kremniy vodiysidagi oŹ»zbeklar ā”ļø
Subyektivchilar! Nihoyat yangi koŹ»rsatuvimiz chiqdi. Quyidagi havola orqali oŹ»tib uni tomosha qilishingiz mumkin šš¼
Tomosha qiling šš¼ https://youtu.be/aitLkJ_VYMw?si=zpeMm3W_cI7jSPO8
Repost from Botir Ziyatov
OpenAI bosh direktori Sem Altman oʻzining yillik xulosasini eʼlon qildi
Maqolada 17 ta xulosa keltirilgan.
ulardan bazilari:
* Aniq va qisqacha muloqot qiling.
* Buyuk odamlar bilan ishlash hayotning eng yaxshi qismlaridan biridir.
* Ilhom oʻtkinchi, umr qisqa va ayniqsa "harakatsizlik" e'tibordan chetda qoladigan xavfdir.
@botirziyatov
Repost from Khumoyun Codes
"Uzbek styled" kompaniyalarda dasturchilarni nima deb aldashadi
ā ļø DISCLAIMER ā ļø Quyida keltirilgan gaplar, barcha kompaniyalarga ham tegishli emas, agar quyidagi gaplar sizga tegib ketsa, demak siz ham hayotingizda ushbu yolg'onlarni ishlatgan bo'lishingiz mumkin. Rostdan ham sharoitidan kelib chiqib ish tutayotganlarni, ishchilarga sharoit qilish va biznesni davom ettirish balansni ushlab, biznes qilishga harakat qilayotganlarni hardoim qo'llab quvvatlaymiz.
Oylik kechiktirilsa:
- Uzr uka, sal poylab turing proektimizdan pulimizni olivolaylik, hozir ofisga/o'zimga ham ishlatishga pul qolmadi. Boshqalarga ham bermayapmiz.
- Hozir ofisga manabu, manabu, manabu narsalarni oldik ko'rdingiz, shunga pul ketib qolgandi, sal poylab turing, pul tushsa beramiz.
Oylik oshirmoqchi bo'lib kirsangiz:
- Uka ishlar hozir yaxshi emas, oyligingizni o'zi yaxshi qilib berganmiz qo'ldan kelgancha, 1...2...3... ishlarimiz bitib olsin, manabu loyihani qilib olaylik albatta oshirib beraman.
- Hozir bir ish boshlab qo'ygandik, o'sha o'xshasa albatta ko'tarib beraman, faqat sal sabr qilib turing
- Siz so'ragan oylikni biz hozir qilib bera olmas ekanmiz, mana bu loyihani qo'shimcha sifatida olib qilib bering, bu loyihadan sizga oylik emas, yaxshi ulush qilib beraman.
- Hozircha 100 so'mga oshira olmaymiz, hozircha 20 so'm oshirib turamiz, yangi katta klientlar bilan peregovor ketyapti, N oydan keyin oshirib beramiz, albatta.
Barchasi jonimga tegdi ketaman deganingizda:
- Uka, ishlarimiz endi yaxshi bo'lishni boshlayapti, hali 3-6-12 oylarda zo'r bo'lib ketamiz, aytgan oyligingizni qilib beraman.
- Shuncha ishlarni birga qildik, boshladik, endi oshga yettik deganda, barchasini qaytadan boshlab ketib qolasizmi, unday qilmang, baribir yana eski holatga tushib qolasiz.
- Hozirgi oylingingizga ishlab tursangiz, kompaniyadan ulush qilib beraman, 3-6-12 oylarda, ishonavering.
- Sal ko'p ishlab charchagandirsiz, 3-4 kun ta'til olib, uyingizda dam oling, tez qaror qilmang, bunday.
- Ishlar ko'p tog'ri, biz endi o'sayotgan kompaniyamizku ahir, yosh dasturchilarni olib, o'rgatib ularga foydamiz tegayapti, o'zingiz ham shunday kam narsani bilib kelgan odam edingizku (Bu biz bilan ko'tarilding, endi tashlab ketasanmi, insofing qani manipulyatsiyasi ishlaydi).
- Hali kuchayib ketamiz, ishlarimiz sistematik o'z o'rniga tushib oladi, shundan keyin, siz ketmoqchi bo'lgandek, kattta kompaniyalardaka sharoit qilib beraman, oz qoldi uka sabr qiling.
- Bizning qilayotgan ish faqat pul uchun emas xalqqa yordam. Shu yaxshi ish ustida turgan edingiz.
- Hozir bozor yaxshi emas, ketganingiz bilan ish topishingiz qiyin bo'ladi baribir. Sabr qilsangiz, biz ham sharoitlarni boshqalarnikidan kam qilmasdan rozi qilamiz.
Shu va shu kabi bahonalar bilan, ba'zida aka-ukalikni vaj qilib odamni manipulyatsiya qiluvchi kompaniyalar/rahbarlar hali ham juda ko'p. Shuning uchun do'stlar, sizni miyyangizni boshqarishga harakat qilishayotganda eshtayotgan gaplaringizni filterdan tog'ri o'tkazishga o'rganing.
O'zingiz eshtgan yolg'onlarni izohlarda qoldiring š
@khumoyun_codes
Repost from Aziz Rahimov
Eng muhim maslahat
1. Yoshlar turli maslahatlar soārashadi. Xohlaydigan narsalari samimiy: rivojlanish, biznes boshlash, dangasalikni yengish.
2. Eng muhim maslahat ā juda ham oddiy: Ingliz tilini oārgan. Hamma ishingni tashlab hoziroq boshla.
3. Ingliz tilini bilmagan odamga ā nimalarni boy berayotganini tushuntirish oāta qiyin. Harakat qilib koāraman: Koāzing oq-qora koārar edi, birdan rangli koārishni boshlading. Yoki qulogāing eshitmasdi, eshitib tushinishni boshlading.
4. Ha shu darajada. Chunki Oāzbek, Rus tillaridagi bilim ā 2 bet narsa boālsa, Ingliz tilidagi maālumot ā Garvard Kutubxonasi. Oāqimaydigan odamga farqi yoāq, oāqiydigan uchun esa...
5. Til oāzi vosita xolos. Lekin til bilgach savollarga javoblar olishing tezlashib ketadi. Til bilmaydigan shogirdlarimga mavzuni soatlab tushuntiraman. Biladiganlariga kitob nomini aytaman xolos. Shu mavzuda mendan ham oātib ketishadi.
6. Ingliz tilini oārgan, shunda bilim bilan seni oārtangda faqat Google, Quora, yoki 20$ lik kitob qoladi.
@azizrakhimov_blog
Repost from @Rustam-Zā”ļø
Design Patterns
More here, with Python implementations: https://github.com/Rustam-Z/senior-python-engineer/tree/main/design_patterns#design-patterns-with-python
#engineering
Repost from Donishmand Dasturchi
Lekin hamma ham bir vaqtda ko'p ishlarda ishlay oladimi?
- Afsuski yo'q. Dasturchilarni omadi bor. Asosan remote (online) ishlash mumkin bo'lgan ishlardagina qilish mumkin buni odatda.
Bir vaqtda ko'p ishda ishlash, qonunga xilofmi?
Bir nechta ishxonalardagi meeting'lar bir vaqtga to'g'ri kelib qolsa nima bo'ladi?
Ko'p ishda ishlash hisobiga ishxonadagi performance tushib ketishichi?
Bunaqa qilishim, ishxonamga nisbatan adolatsizlik bo'lmaydimi?
Bunaqa savollar ko'p. Bu kabi savollarga javob beradigan, aynan shunday ishlaydigan odamlar allaqachon community ham tuzishgan - overemployed.com. Deyarli hamma savollarizga reasonable javob berishgan.
Shaxsiy xulosam shundayki, kimdir qisqa muddat davomida ko'p pul topishi kerak bo'lsa, Bunga har xil sabab bo'lishi mumkin - uy sotib olish, qarzlarni yopish va hokazo, shu yo'lni tanlashi mumkin agarda buni eplay olsa.
Lekin buning ham o'ziga yarasha o'ziga yarasha judayam yomon tomonlari bor. Ulardan biri tezda burnout bo'lish. Kuchli charchoq, stress, oxiri borib hech nima qilgisi kelmay qolish. Bundan tashqari, noto'g'ri joyga kirsangiz, ovqatlangani ham vaqt topa olmay qolishingiz mumkin. Shuning uchun overemployment qilish mumkin bo'lgan ishxonalar tanlanadi.
Polshaga kelganimga 2 oydan oshdi lekin aynan shu sabab bilan hali ham ko'chaga chiqib, u-bu joylarni aylanishga vaqt topmadim. Yana qancha vaqt bardosh beraman bilmayman lekin tez orada buni tugatib, regular style'ga qaytsam kerak
Repost from Donishmand Dasturchi
Overemployment.
Disclaimer: faqat pul haqida gaplashamiz.
Avval boshqa dasturchilarning bir vaqtda bir nechta ishda ishlagan vaqtlari va bu davrdagi turli qiyinchiliklari haqida hikoyalarini eshitgandim. Men ham sal kam 3 oydan beri 2 ta ishda ishlayapman. Bu vaqt davomida juda qattiq stressli kunlarni boshdan o'tkazdim. Bunga sabab faqatgina ikkita ishda ishlaganim emas. Ikkala ishning deyarli bir xil vaqtda boshlangani va ikkalasida ham ish ko'p va qiyin qismiga to'g'ri kelib qolgani, boshqa davlatga ko'chib o'tishim, universitetda o'qishni boshlashim hammasi bir vaqtda sodir bo'lgani vaziyatni judayam qiyinlashtirib yubordi. Hozir ham judayam erkin va ko'p vaqtga ega emasman. Bularning hammasini bittagina yaxshi tomoni bo'ldi xolos - pul.
O'tgan ikki yarim oy mobaynida, o'tgan bir yilda ishlab topgan pulimdan ko'proq topdim. Keyin yaxshilab o'ylashni boshladim. 1 yil erkin kamdaromadli ish yaxshimi yoki 2 oylik judayam stressli ish? Balki bir vaqtda 2 tadan ham ko'proq kompaniyalarda full-time ishlab bo'lar. Bu degani bitta kompaniyada 3 yilda topadigan pulni, bir vaqtda 3 ta joyda ishlab 1 yilda topishdek. Lekin hammasi bunchalik oddiy emas. Siz duch kelgan kompaniyalarda parallel ravishda ishlay olmaysiz. Oyliklar ham ishxonadan ishxonaga qarab farq qiladi.
Kasbingiz orqali ko'proq daromad topishning bunaqa usulini horizontal salary growth deb olsak, o'z tajribangiz, bilimingizni o'stirish orqali oylik darmodangizni o'sishini vertical salary growth deb atasak bo'ladi.
Vertical Salary Growth.
Bitta kompaniyada ishlab bilim va tajribangizni oshirib, doimiy ravishda o'z ustingizda ishlab, oylikni oshirish ancha vaqt oladigan jarayon. Hech bir kompaniya har 3 oyda oylikni oshirishni istamaydi. Bundan tashqari o'zingizni texnik tomondan rivojlantirish ham ancha vaqt oladi. Lekin shunga qaramasdan, keling bazi Top kompaniyalardagi average L2-L3 SWE'lar oylik maoshlarini ko'raylik. Glassadordan olgan birinchi qidiruv natijamga ko'ra Google'da L2 darajadagi SWE uchun yillik o'rtacha maosh - $79K - $147K. Hmm, yomonmas...
Shaxsiy fikrim shundayki, long term uchun shu yo'lni tanlagan yaxshi. Boshlanishiga oylik kamroq bo'lsa ham bitta ish. Lekin o'sha bitta tanlayotgan ishingiz sizga haqiqatda bilim va tajribangizni oshirishingizda yordam berishi kerak. Shunchaki vaqtni sotib, pul oladigan joy bo'lishi kerak emas. Chunki long run'da baribir, ko'proq bilim va tajribali odamlar yutadi.
Horizontal Salary Growth.
Yuqorida aytganimdek, o'zingizni rivojlantirish hisobiga emas, ish joylarini ko'paytirish hisobiga ham oylik daromadni oshirish mumkin. Keling Mid-level darajadagi SWE'larning o'rtacha yillik maoshini ko'raylik. Google'da Yevropadagi Node.js dasturchilarning o'rtacha yillik maoshini so'raganimda birichi natija - $68k - $81k. Shuni 70k deb olaylik. Shunda, siz agar bir vaqtda 3 ta full-time ishda ishlay olsangiz, 70k * 3 = $210k. Xullas, siz bilan bir xil texnik bilimga ega odam bitta kompaniyada ishlaganidan ko'proq topasiz.
Bu yerdagi qiziq holat shundaki agar siz, ko'p joyda ishlasangiz va bilimingizni ham bir vaqtni o'zida oshirib bola olsangiz, oylik triple yoki quadriple o'sishi mumkin, agar hamma ishxonalariz oylikni oshirishsa. Yani 2 ta joyda ishlaydigan Senior dasturchi, ikkita joyda ishlaydigan Middle dasturchidan ko'proq topadi. Bu yerda Middle va Senior atamalari bilim darajasiga nisbatan ishlatildi.
Men bir vaqtda 5 ta ishda ishlab, yiliga 1 million dollar topadigan SWE hikoyasini eshitganimda, rosti ancha hayron qoldim. U overemploymentni anchagina yaxshi tomonlarini sanab bergan.
Repost from FarĀ·hodĀ·jon
Humane Ai Pin
Apple bozorni toālaqonli oāzgartirgan texnologiyalarining ustida ishlagan bir nechta mashhur odamlar bor. Jony Iveāni hamma biladi. Yana bittasi Tony Fadell: iPod, iPhone yaratilishida ishtirok etgan va keyinroq Nest kompaniyasiga asos solgan.
Lekin koāpchilik bilmaydigan va Appleāda 19 yil ishlagan yana bir dizayner bor: Imran Chaudhri. 2018-yilda Humane kompaniyasiga asos solgan. Va yaqinda shu kompaniya oāzining birinchi mahsulotini taqdim qildi: Humane Ai Pin.
Qurilma juda oāziga xos: xuddi toāgānagāichdek (āpinā nomi shundan) koākrakka ātaqiladiā va filmlardagi kelajak qurilmalarini eslatvoradi.
Kiritish, asosan, ovoz orqali: qurilma bilan gaplashiladi. Kamerasi yordamida bir nechta barmoq yoki qoāl ishoralarini taniydi. Masalan, qoāl mush qilinganda ābosh ekrangaā oātadi, bosh va koārsatkich barmoqlarni birlashtirganda rejim oāzgaradi va hokazo. Bundan tashqari, qurilmaning oāzi bir yoki bir necha marta tegish orqali baāzi amallarni ishga tushirsa boāladi.
Chiqarish ham, asosan, ovoz orqali. Suhbat toāliq sunāiy intellekt ustiga qurilgan va koāp savollar yoki soārovlarga qurilma ovoz orqali javob beradi. Lekin kichik proyektor orqali kaftga sodda maālumotlarni koārsatishi mumkin.
Kamerasi xuddi harakat kameralari (action camera) kabi video va foto oladi, lekin kamera faqat hozir koārinib turgan tasvirni oladi xolos - turli sozlamalar yoki usullarda foto/video olish imkoniyati yoāq.
Humane.center hamma maālumotlarni boshqaradigan joy. Video, photo, eslatma va hokazolarni shu yerda koārish va boshqarish mumkin.
Sunāiy intellekti koāp kundalik holatlar uchun moāljallangan: har xil savollarga javob berishdan tortib magazinlardagi mahsulotlarning narxini bilishgacha. Tavsiyalar berayotganda mavjud eslatma yoki yozuvlarga asoslanadi.
Narxi $699 - qurilma, $24 - oylik obunasi. Obunasi ichiga ChatGPT, mobil aloqa va internet ham kiradi.
Qurilma va kompaniya asoschilarining asosiy gāoyasini tushunish uchun ikkita videoni tavsiya qilaman:
- Introducing Humane Ai Pin - qurilmaning barcha imkoniyatlari koārsatilgan.
- The disappearing computer - Imran Chaudhri qurilmaning gāoyasi haqida kengroq tushuntirgan.
Menda eng katta savol maxfiylik: turli davralarda qurilmadan ovoz bilan foydalanish juda noqulay va jamoat joylarida matn yoki ekran toāgāriroq hisoblanadi. Hammaning oldida odam koākragini bosib āuni qilā, ābuni qilā deb gaplashaverishi gāalati. Va boshqalarni fotoga olishi ham yaqqolmas.
Lekin birinchi videoning oxirida Imran juda yaxshi gapni keltirdi:
Humaneādagi bizning maqsadimiz hozirgi mavjud dunyo uchun emas, ertaga boālishi mumkin dunyo uchun qurish.
(
Itās out aim at Humane to build for the world, not as exists today, but as it could be tomorrow.)@farhodjon #humane #apple
