cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking Β«Accept allΒ», you agree to the use of cookies.

avatar

Donishmand Dasturchi

Muallif: Muhammadhusayn Olimjonov Dasturlash va shu sohada karera qilish haqida postlar yozib turaman.

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedTechnologies & Applications26 647
Advertising posts
1 658
Subscribers
-324 hours
-107 days
-7830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Yaqinda usedigest.com dan ketdim. Loyiha ayni daromadga kirish arafasiga chiqqandi. Hozirda 2000 ga yaqin foydalanuvchilar ishlatayapti. Loyihaning to'liq backend qismini, AWS bilan bog'liq ishlarini va qisman frontend qismini loyiha boshidan beri qilib kelayotgan edim. Loyiha ko'z o'ngimda tug'ildi, katta bo'ldi. Uni "katta qilish" davomida juda ko'p narsalar o'rgandim. Ko'plab tajriba oldim. Qanday qilib bir g'oyani, g'oya holatida bozorga tayyor mahsulot sifatida olib chiqish jarayonini his qildim. Bu bilimlar kelajakda o'z start-up'imni qilishimda ayni as qotadi deb o'ylayman. Tafsilotlar haqida to'liq aytib o'tirmayman. Lekin loyiha yana rivojlantiriladi. U to'xtatilgani yo'q. Men qaysidir bosqichda o'zim uchun kerak deb bilgan qarorni qabul qildim xolos. Bu mening hayotimdagi ikkinchi bor start-up'da ishlab ko'rish tajribam edi. Start-up loyihalarda ishlashning boshqacha yaxshi va yomon tomonlari bor. Biror kun, bu tajribalarim haqida o'rtoqlashaman. Endi esa, yangi eshiklarni ochib ko'rish, boshqa qiziqarli loyihalarda ishlash vaqti keldi. Tez orada "job search" boshlayapman. Undagi har bir jarayon, xulosalar, fikrlar va natijalar haqida yozib bormoqchiman.
Show all...
πŸ‘ 39❀‍πŸ”₯ 8πŸ”₯ 5⚑ 1
box.com dan ish uchun rad (reject) oldim. Maqola: https://telegra.ph/Boxcom-dan-rad-javob-oldim-03-07
Show all...
πŸ‘ 60πŸ”₯ 14😒 6❀‍πŸ”₯ 3πŸ†’ 3
usedigest.com yangilandi. Web-app'ning yangi versiyasini chiqardik. Asosiy o'zgarishlar asosan frontend tomondan bo'ldi. Web-appni butunlay qaytadan yozib chiqdik. Endi ancha qulay, tez va eski app'dagi juda ko'p bug'lardan holi yangi appni ishlatishingiz mumkin. Bundan tashqari security tomonlama ham ozgina ishlarni amalga oshirdik. Dasturning bazi sensitive API'lari uchun rate-limit qo'ydik. Authentication va Authorization flow'ni yaxshiladik. Email orqali ro'yxatdan o'tadiganlar uchun email verification'ni majburiy qilib qo'ydik. Loyihani birinchi release qilgan vaqtimiz, user privacy'ga uncha etibor bermagan edik. Yangi versiyada, privacy'ga ham etibor qaratdik. Avval, har bir yasalgan digest public edi. Siz shunchaki kimningdir yasagan digest ID sini bilib olib, uning ichidagi kontentni bemalol ko'rishingiz mumkin edi. Endi esa siz digest'ning private yoki public bo'lishi o'zingiz boshqara olasiz. Siz yasagan digest agar private bolsa, uni faqat siz va siz digestga subscribe qilgan odamlargina ko'rishi mumkin. Avval digest'ning build bo'lgan HTML fayllarini public bucketda saqlab, frontendda to'g'ridan to'g'ri public S3 URL orqali render qilgan bo'lsak, endi ularni private bucketga ko'chirib, faqatgina authorized request orqaligina render qilishni boshladik. Bundan boshqa o'zgarishlarni bu yerda o'qishingiz mumkin. Ayni vaqtda dasturni 1000 ga yaqin odam ishlatayapti va foydalanuvchilar soni sekin asta o'sib borayapti. Asosiy foydalanuvchilar Yevropa va AQSH'dan. Bu yil loyiha uchun ancha muncha yangi imkoniyatlar, qulaylik qo'shishni o'ylab turibmiz. Loyiha butunlay tekin va hech qachon pullik qilmoqchi emasmiz.
Show all...
πŸ‘ 27πŸ”₯ 12πŸ—Ώ 4πŸ†’ 2
Instagram va Facebook'ni yaqin 1 yildan oshiq vaqt bomaynida deyarli ishlatmay qo'ygan edim. Dasturlarini o'chirib tashlagan edim. Judayam zarur bo'lib qolsa, browser orqali kirardim. Bugun butunlay voz kechishga qaror qildim. Jahongir aka to'g'ri aytadi. Bu tarmoqlarni foydasidan zarari ko'proq. FOMO (The fear of missing out) - o'ylashimcha, bu tarmoqlar keltiradigan eng katta zarar. Bu shunday narsaki, siz boshqalar sizdan ko'ra yaxshiroq, baxtliroq, osonroq va qulayroq hayotda yashayotganini ko'rasiz va bu narsalarning sizda yo'qligini bilib, depressiyaga tushishni boshlaysiz. Bu keyinchalik hayotingizdan qoniqmaslik va shu kabi turli ruhiy muammolarga sabab bo'ladi. Fikrimcha, baxt - ommatan odamlar ongida "baxt" standartlariga aylangan ne'matlarga ega bo'lish emas. Qalbingiz taskin topadigan va rozi bo'ladigan hayotga ega bo'lish.
Show all...
πŸ‘ 87❀ 13πŸ†’ 4⚑ 3🀣 3πŸ—Ώ 2πŸ”₯ 1
I am finally laid off. Oxirgi paytlar Fleekdagi ishdan judayam charchagan edim. Ishning ko'pligi, ichki tizimdagi judayam ko'p kamchiliklar ham ish jarayonini judayam qiyinlashtirib yuborgandi. Dekabrning boshida rosa ketmoqchi bo'lib aytmoqchi bo'ldim. Lekin, undan ko'ra judayam past performance bilan bo'lsa ham oy oxirigacha ishlab turishga qaror qildim. Oy oxiriga kelib men ham, ular ham kompaniyaga judayam katta foyda keltirmayotganimni sezishdi. Well, then they fired me. Men allaqachon shunday bo'lishini kutayotgan va bunga tayyorlanib turgandim. Lekin ularning dekabr oyi uchun ham va qo'shimchasiga yanvar oyiga ham severance uchun oylik beramiz deyishlarini umuman kutmagandim. Men Dekabr oyi uchun ham "sen deyarli ishlamadingku" deb oylik berishmasa kerak deb turgandim. I am super surprised and happy for that.
Show all...
πŸ‘ 70πŸ•Š 3🍾 1
Remote ish topishning siri. Agar siz Intern yoki Junior bo'lsangiz, ish topishda eng ko'p qiynalayotganlardan bo'lsangiz kerak. Xatto bazi joylar ular uchun ishlashingiz yoki internship o'tashingiz uchun maosh berish o'rniga, pul ham talab qiladi O'zbekistonda. (Men internship qilayotganlarga oylik berilishi kerak deb hisoblaydiganlardanman. Yoki kamida tekin bo'lishi kerak.) Agar Middle yoki Senior bo'lsangiz unda erkinroq va ko'proq maoshli ish qidirayotgan bo'lsangiz kerak. Men remote ish topish uchun o'zim tushunib yetgan qisqacha yo'lni tushuntirishga harakat qilaman. 1. Zo'r resume yozing. 2. LinkedInni zo'r qilib to'ldiring. 3. Barcha o'zingiz haqingizda yozgan joylaringizda bir xil, bir biri bilan compatible ma'lumot yozing. 4. O'zingizning stack'dagi tech interview savollariga yaxshilab tayyorlaning 5. Tez-tez beriladigan HR savollariga yaxshilab tayyorlaning. Ish karerangizni bir hikoya ko'rinishiga keltirib, yodlab oling. 6. LinkedIn va shu kabi job post qilinadigan platformlarda kuniga 50 tadan sizga mos vakansiyalarga apply qilib chiqing. Kamida bir oy davom ettiring shuni. Dunyoning boshqa davlatlarida dasturchilarga talab hali ham juda katta. Butun boshli jamoani remote shakllantirgan kompaniyalar ham talaygina. Ingliz tilini bilsangiz, ozgina muomala madaniyati bo'lsa va yuqoridagi ishlarni shijoat va sabr bilan qilsangiz, remote ish topishingiz ehtimoli juda ham yuqori, xattoki Junior bo'lsangiz ham. Quyida men o'zim avval ishga topshirgan va offer kompaniyalarimda bo'lgan jarayonlar haqida avval yozgan postlarim ulashyapman. Ularni o'qib ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin. fireart.studio dan offer olganim haqida. web-bee.org dan offer olganim haqida. andersenlab.com dan offer olganim haqida. usedigest.com dan offer olganim haqida. fleek.xyz dan offer olganim haqida.
Show all...
⚑ 37πŸ‘ 22πŸ”₯ 3πŸ‘ 3
O'zbekistonda dasturchi bo'lib ishlashning achchiq haqiqatlari. Men remote, xalqaro bozorda dasturchi bo'lib ishlashga qaror qilishimdagi sabablardan biri bu ishdagi erkinlikni xohlashim bo'lgan. Erkinlik - istagan vaqt, istagan joyda, qattiq bosimlarsiz ishlay olish. O'ylaymanki, agar siz o'zbek mahalliy IT kompaniyalardan birida ishlasangiz, quyidagi cheklov, taqiq va bosimlardan hech bo'lmasa bittasini ko'rgansiz yoki boshdan o'tkazgansiz. - Haftasiga 6 kun, kuniga 8+ soat ishlash majburiyati - Kunlik ishlar aslida sizga bog'liq bo'lmagan muammolar tufayli tugallanmay qolsa, ish vaqti tugashiga qaramasdan, ishxonada yarim kechasiga majburlab ushlab turish. - Ishga kech qonganlik uchun, kech qolingan har bir daqiqa uchun oylik maoshdan ushlab qolinadigan qandaydir jarima. - Ishdan erta ketib qolganlik uchun, ofisda o'tmagan har bir daqiqa uchun oylik maoshdan ushlab qolinadigan qandaydir jarima. - Tushlik yoki tanaffus vaqtlarining judayam qat'iy qo'yilganligi va belgilanganidan ko'p vaqt sarflab yuborilganligi uchun yana qandaydir jazo. - Ish sababidan kasal bo'lsangiz, tibbiy xarajatlaringizni qoplanmasligi yoki hech bo'lmasa davolanish davringizda ham oylik maoshingiz berilmasligi. - Ishxonadagi qoidalarni va tizimni "Software development cycle" dan umuman xabari yo'q odamlar tuzishi va nazorat ham ularning qo'lida bo'lishi. - Ishxonadagi motiv amalga oshirilgan yaxshi ishlar rag'batlantirilishi evaziga emas, qilingan xatolar jazolanishi ustiga qurilganligi. - Ish vaqtida to'satdan chiqib qolgan shaxsiy muhim ishlar uchun bir necha odamlardan ruxsat olib, keyingina keta olish va shunda ham ruxsat berilmasligi ehtimolligi yuqoriligi. - Turli shaxsiy ishlar, qandaydir uy hujjatlarini to'g'rilash yoki yaqin insonni shifoxonaga olib borish kabi faqat ish kunlarida qilish mumkin bo'lgan ishlarga ishxonaning ruxsat bermasligi yoki oyiga faqatgina bir martagina ruxsat berilishi. - Pullik mehnat ta'tili berilmasligi Bu hamma kompaniyalarga tegishli emas. Lekin afsuski, O'zbekistondagi aksar mahalliy kompaniyalarda yuqoridagi kabi qattiq ish cheklovlari ko'p ko'zga tashlanadi. Ishxonalar ishchilar ustidan doimiy nazoratni ushlashga harakat qilishadi. Asosiy muammolardan biri shundaki, ular ichki tizimni kamchiliklarini topib, uni bartaraf qilish yoki xalqaro kompaniyalarda qanday qilib ishchilarga erkin ish muhitini yaratib bergan holda ishning samaradorligini oshirish yo'llarini o'rganish va amaliyotga tadbiq qilish o'rniga, eng chapani - ko'proq, qattiqroq, jazoga asoslangan motiv orqali ishlatish evaziga samaradorlikni oshirishga urunishadi. Qachondir sizning ishxonadagi haq-huquqlaringiz tiklanishini, erkinlik berilishini kutib yashamang. O'zingizga nisbatan talabchan bo'ling. Ilm oling, tajriba orttiring va kerakli insonga aylaning. O'zingizni ishxonada majburlikdan, pulga muxtoj bo'lganingiz uchungina bu bosimlarga chidab ishlaydigan holizdan olib chiqing. Bizda hali beri ishchilar haq huquqlari qattiq himoya qilinib, Yevropadagidek imtiyozlarga ega bo'lishiga hali bor. Lekin siz o'zingizni kerakli kadrga aylantirib, o'zingiz uchun istagan ish muhitini yaratishingiz mumkin.
Show all...
πŸ”₯ 67πŸ‘ 12❀ 2
Lekin hamma ham bir vaqtda ko'p ishlarda ishlay oladimi? - Afsuski yo'q. Dasturchilarni omadi bor. Asosan remote (online) ishlash mumkin bo'lgan ishlardagina qilish mumkin buni odatda. Bir vaqtda ko'p ishda ishlash, qonunga xilofmi? Bir nechta ishxonalardagi meeting'lar bir vaqtga to'g'ri kelib qolsa nima bo'ladi? Ko'p ishda ishlash hisobiga ishxonadagi performance tushib ketishichi? Bunaqa qilishim, ishxonamga nisbatan adolatsizlik bo'lmaydimi? Bunaqa savollar ko'p. Bu kabi savollarga javob beradigan, aynan shunday ishlaydigan odamlar allaqachon community ham tuzishgan - overemployed.com. Deyarli hamma savollarizga reasonable javob berishgan. Shaxsiy xulosam shundayki, kimdir qisqa muddat davomida ko'p pul topishi kerak bo'lsa, Bunga har xil sabab bo'lishi mumkin - uy sotib olish, qarzlarni yopish va hokazo, shu yo'lni tanlashi mumkin agarda buni eplay olsa. Lekin buning ham o'ziga yarasha o'ziga yarasha judayam yomon tomonlari bor. Ulardan biri tezda burnout bo'lish. Kuchli charchoq, stress, oxiri borib hech nima qilgisi kelmay qolish. Bundan tashqari, noto'g'ri joyga kirsangiz, ovqatlangani ham vaqt topa olmay qolishingiz mumkin. Shuning uchun overemployment qilish mumkin bo'lgan ishxonalar tanlanadi. Polshaga kelganimga 2 oydan oshdi lekin aynan shu sabab bilan hali ham ko'chaga chiqib, u-bu joylarni aylanishga vaqt topmadim. Yana qancha vaqt bardosh beraman bilmayman lekin tez orada buni tugatib, regular style'ga qaytsam kerak
Show all...
πŸ‘ 45⚑ 5🀯 1
Overemployment. Disclaimer: faqat pul haqida gaplashamiz. Avval boshqa dasturchilarning bir vaqtda bir nechta ishda ishlagan vaqtlari va bu davrdagi turli qiyinchiliklari haqida hikoyalarini eshitgandim. Men ham sal kam 3 oydan beri 2 ta ishda ishlayapman. Bu vaqt davomida juda qattiq stressli kunlarni boshdan o'tkazdim. Bunga sabab faqatgina ikkita ishda ishlaganim emas. Ikkala ishning deyarli bir xil vaqtda boshlangani va ikkalasida ham ish ko'p va qiyin qismiga to'g'ri kelib qolgani, boshqa davlatga ko'chib o'tishim, universitetda o'qishni boshlashim hammasi bir vaqtda sodir bo'lgani vaziyatni judayam qiyinlashtirib yubordi. Hozir ham judayam erkin va ko'p vaqtga ega emasman. Bularning hammasini bittagina yaxshi tomoni bo'ldi xolos - pul. O'tgan ikki yarim oy mobaynida, o'tgan bir yilda ishlab topgan pulimdan ko'proq topdim. Keyin yaxshilab o'ylashni boshladim. 1 yil erkin kamdaromadli ish yaxshimi yoki 2 oylik judayam stressli ish? Balki bir vaqtda 2 tadan ham ko'proq kompaniyalarda full-time ishlab bo'lar. Bu degani bitta kompaniyada 3 yilda topadigan pulni, bir vaqtda 3 ta joyda ishlab 1 yilda topishdek. Lekin hammasi bunchalik oddiy emas. Siz duch kelgan kompaniyalarda parallel ravishda ishlay olmaysiz. Oyliklar ham ishxonadan ishxonaga qarab farq qiladi. Kasbingiz orqali ko'proq daromad topishning bunaqa usulini horizontal salary growth deb olsak, o'z tajribangiz, bilimingizni o'stirish orqali oylik darmodangizni o'sishini vertical salary growth deb atasak bo'ladi. Vertical Salary Growth. Bitta kompaniyada ishlab bilim va tajribangizni oshirib, doimiy ravishda o'z ustingizda ishlab, oylikni oshirish ancha vaqt oladigan jarayon. Hech bir kompaniya har 3 oyda oylikni oshirishni istamaydi. Bundan tashqari o'zingizni texnik tomondan rivojlantirish ham ancha vaqt oladi. Lekin shunga qaramasdan, keling bazi Top kompaniyalardagi average L2-L3 SWE'lar oylik maoshlarini ko'raylik. Glassadordan olgan birinchi qidiruv natijamga ko'ra Google'da L2 darajadagi SWE uchun yillik o'rtacha maosh - $79K - $147K. Hmm, yomonmas... Shaxsiy fikrim shundayki, long term uchun shu yo'lni tanlagan yaxshi. Boshlanishiga oylik kamroq bo'lsa ham bitta ish. Lekin o'sha bitta tanlayotgan ishingiz sizga haqiqatda bilim va tajribangizni oshirishingizda yordam berishi kerak. Shunchaki vaqtni sotib, pul oladigan joy bo'lishi kerak emas. Chunki long run'da baribir, ko'proq bilim va tajribali odamlar yutadi. Horizontal Salary Growth. Yuqorida aytganimdek, o'zingizni rivojlantirish hisobiga emas, ish joylarini ko'paytirish hisobiga ham oylik daromadni oshirish mumkin. Keling Mid-level darajadagi SWE'larning o'rtacha yillik maoshini ko'raylik. Google'da Yevropadagi Node.js dasturchilarning o'rtacha yillik maoshini so'raganimda birichi natija - $68k - $81k. Shuni 70k deb olaylik. Shunda, siz agar bir vaqtda 3 ta full-time ishda ishlay olsangiz, 70k * 3 = $210k. Xullas, siz bilan bir xil texnik bilimga ega odam bitta kompaniyada ishlaganidan ko'proq topasiz. Bu yerdagi qiziq holat shundaki agar siz, ko'p joyda ishlasangiz va bilimingizni ham bir vaqtni o'zida oshirib bola olsangiz, oylik triple yoki quadriple o'sishi mumkin, agar hamma ishxonalariz oylikni oshirishsa. Yani 2 ta joyda ishlaydigan Senior dasturchi, ikkita joyda ishlaydigan Middle dasturchidan ko'proq topadi. Bu yerda Middle va Senior atamalari bilim darajasiga nisbatan ishlatildi. Men bir vaqtda 5 ta ishda ishlab, yiliga 1 million dollar topadigan SWE hikoyasini eshitganimda, rosti ancha hayron qoldim. U overemploymentni anchagina yaxshi tomonlarini sanab bergan.
Show all...
πŸ‘ 33⚑ 3
Bir paytlar ashaddiy Windows'chi va Android'chi edim. Macbook ishlatishni 1 yilcha avval boshladim. Sifatli noutbuk. Hozirgacha biror boshqa noutbuk Macbook'nikidek sifatli touchpad, speaker va mikrofon bilan chiqqanini ko'rmadim. iPhone olganimga 1 hafta bo'ldi. Hozircha judayam maqtab tashlaydigan darajada yaxshi taraflarini ko'rmayapman. Android telefonlardagi judayam ko'p imkoniyatlar yo'q. Noqulay taraflari ham ko'p. Lekin judayam chiroyli dizayn va ushlaganda beradigan premium his bor.
Show all...
πŸ‘ 61😁 16πŸ”₯ 15🐳 5⚑ 2🌚 2