Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi
Open in Telegram
311
Subscribers
No data24 hours
+27 days
+1430 days
Posts Archive
Samarqand tumaniga press-tur tashkil etildi
Mazkur turda bir qator jurnalistlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Ijtimoiy soha obyektlarini Davlat-xususiy sherikchilik asosida isitish tizimini modernizatsiya qilish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
👉 Kanalga ulanish
Ҳурматли журналист ва блогерлар!
Жорий йилнинг 9 феврал куни Самарқанд вилояти Иқтисодиёт ва молия бош бошқармаси томонидан Самарқанд туманидаги ижтимоий соҳа объектларига ПРЕСС-ТУР ташкил қилиш режа қилинган. Бунда Сизларга Ўзбекистон Республикаси Президентининг "ИЖТИМОИЙ СОҲА ОБЪЕКТЛАРИНИНГ ИСИТИШ ТИЗИМЛАРИНИ ДАВЛАТ-ХУСУСИЙ ШЕРИКЛИК АСОСИДА МОДЕРНИЗАЦИЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА"ги ПҚ-118-сон қарори бўйича туманда амалга оширилаётган ишлар билан яқиндан танишиш имконияти яратилади.
Барчани мазкур ПРЕСС-ТУРда иштирок этишга таклиф этамиз.
Самарқанд вилояти Иқтисодиёт ва молия бош бошқармаси матбуот хизмати
Мурожаат учун телефонлар:
99-042-01-77; 66-235-15-09.
👉 Kanalga ulanish
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
📢Ayni daqiqalarda “Tashabbusli budjet” loyihasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda
Unda:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti siyosati departamenti direktori Sherzod Muxamedov;
Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazi direktori Iroda Xamidova;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi boʻlim boshligʻi Azimjon Xasanov ishtirok etishmoqda.
‼️Jonli efir: https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/350567991190207/
#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
2024 йилда уй-жой, қурилиш, коммунал хўжалиги, транспорт ва экология соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган устувор вазифалар юзасидан ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.
Батафсил — юқоридаги #инфографикада.
Facebook|Instagram|X
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
⚡️“Tashabbusli budjet” jarayoni 2024-yil 1-mavsumi doirasida loyihalarni amalga oshirishning eng yuqori qiymati 1 360 mln so‘mni tashkil etadi
🇺🇿🪙Respublika bo‘yicha ajratilayotgan jami mablag‘ — 3 trln so‘m.
🔗Hudud va shaharlar kesimida ajratilayotgan mablagʻlar bilan batafsil ushbu havola orqali tanisihing: https://shorturl.at/ezASV
“Tashabbusli budjet” — bu sizning ovozingiz, tanlovingiz va mahallangiz!
#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Aynivaqtda
Viloyat matbuot uyida Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A.Turonov va bir guruh jurnalistlar ishtirokida "Sohada 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, 2024-yilgi rejalar" mavzusida matbuot anjumani o'tkazilmoqda
👉 Kanalga ulanish
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
⚡️Samarqand viloyatida hududiy elektr tarmoqlarini DXSh asosida modernizatsiya qilish muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Muhokama davomida yig‘ilish ishtirokchilari loyihani amalga oshirishning asosiy jihatlarini har tomonlama tahlil qildilar.
➡️ Batafsil
________
⚡️Состоялось обсуждение модернизации региональных электрических сетей в Самаркандской области на основе ГЧП
В ходе обсуждения участники встречи провели обсуждение основных аспектов реализации проекта.
➡️ Подробнее
🇬🇧 ENG
#DXSh #PPP
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
⚡️📣 “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yilgi ilk mavsumiga 1-fevraldan start beriladi!
Bunda:
1️⃣Loyihalar kiritish: 1–20-fevral;
2️⃣Loyihalarni saralash: 21-fevral–11-mart;
3️⃣Ovoz berish: 12–31-mart sanalari davomida o‘tkaziladi.
🪙Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 3 trln so‘m dan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi!
‼️Eslatma! Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 360 mln so‘mni tashkil etadi.
O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ҳурматли журналист ва блогерлар!
Жорий йилнинг 29 январ куни соат 15:00 да вилоят Матбуот уйида Самарқанд вилояти Иқтисодиёт ва молия бош бошқармаси мутасаддилари иштирокида “Соҳада 2023 йилда амалга оширилган ишлар ва 2024 йилги режалар” мавзусида матбуот анжумани бўлиб ўтади.
Барчани мазкур тадбирда иштирок этишга таклиф этамиз.
Самарқанд вилояти Иқтисодиёт ва молия бош бошқармаси матбуот хизмати
Мурожаат учун телефонлар:
99-042-01-77; 66-235-15-09.
👉 Kanalga ulanish
Repost from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Тадбиркорларнинг барқарорлик рейтинги жорий этилади“Тадбиркорлик субъектларининг барқарорлик рейтингини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида” Президент қарори (ПҚ-39-сон, 23.01.2024 й.) қабул қилинди 🔰Қарорга кўра, 2024 йил 1 февралдан қонунчилик талабларига риоя этган ҳолда фаолият юритаётган тадбиркорларни аниқлаш ва қўшимча рағбатлантиришни назарда тутувчи Тадбиркорлик субъектларининг барқарорлик рейтинги жорий этилади. 🗂 Рейтинг доирасида тадбиркорлар қуйидаги тоифаларга ажратилади: 🔹“ААА”, “АА” ва “А” тоифалар – юқори барқарорлик рейтинги; 🔹“ВВВ”, “ВВ” ва “В” тоифалар – ўрта барқарорлик рейтинги; 🔹“ССС”, “СС” ва “С” тоифалар – қониқарли барқарорлик рейтинги; 🔹“D” тоифа – қуйи барқарорлик рейтинги. 🏢 Рейтинг Солиқ қўмитасининг “Тадбиркорларнинг барқарорлик рейтинги” электрон платформасида идоралараро ахборот алмашинуви воситасида автоматик тарзда (онлайн) шакллантирилади ва Савдо-саноат палатасининг расмий веб-сайтида эълон қилиб борилади. 🏅Юқори барқарорлик рейтингидаги тадбиркорлар ҳар йили 20 август – Тадбиркорлар куни арафасида тақдирлаш учун давлат мукофотлари ҳамда “Фаол тадбиркор” кўкрак нишонига тавсия этилади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
Фуқаролар учун бюджет | 2024 ЛОЙИҲА
⬇️ Батафсил (pdf, 1.32 MB)
Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi majlislar zalida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi.
Ushbu soat davomida yurtimizda va xorijda ro'y berayotgan eng so'nggi yangiliklar, "Xalqaro hamkorlik aloqalarida protokol va etiket qoidalari" mavzusida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi.
👉 Kanalga ulanish
Yosh mutaxassislar amaliyot o‘tmoqda
Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayev tomonidan 2023-yil 11-dekabrda tasdiqlangan amaliyot o‘tash grafigiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 13-sentyabrdagi 180-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatning Payariq, Samarqand va Ishtixon tumanlarida budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganish yakunlari bilan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar qatorida xodimlarning o‘z lavozim majburiyatlarini bilish hamda faoliyatida me’yoriy-huquqiy hujjatlardan foydalangan holda ishini tashkil qilishidagi yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ushbu yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni boshqarmaning tegishli bo‘limlarida hamda malakali mutaxassislari rahbarligida joriy yilning 16-yanvaridan boshlab tasdiqlangan grafik asosida amaliyot o‘tmoqdalar.
👉 Kanalga ulanish
📝 Aholidan kelib tushgan murojaatlarning 2023-yil yakunlari bo‘yicha sarhisobi
✅ Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda shahar va tumanlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlariga 2023-yil davomida jami 2430 ta, shundan jismoniy shaxslardan 2407 ta va yuridik shaxslardan 23 ta murojaat kelib tushgan.
✅ Jami kelib tushgan murojaatlarning 65 foizi yoki 1880 tasi elektron, 35 foizi yoki 846 tasi yozma shaklda taqdim qilingan.
Murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarning 42 foizi yoki 1021 tasi subsidiya ajratish masalasida, 12 foizi yoki 281 tasi moddiy yordam ajratish masalasida, 259 tasi yoki 11 foizi budjetga oid masalalar, 171 tasi yoki 7 foizi ish haqi masalalari bo‘yicha murojaat qilingan. Moddiy yordam so‘rab murojaat qilganlar soni 2022 yilga nisbatan
50 foizga kamaydi.
✅ Joylardagi iqtisodiyot va moliya bo‘limi xodimlari tomonidan aholi murojaatlarini kamaytirish yuzasidan amaliy tushuntirish-tashviqot ishlari amalga oshirib berilmoqda, bunda boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan hududdagi har bir mahallaga ma’sul xodim biriktirilgan holda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
✅ Kelib tushgan murojaatlar amaldagi tartib bo‘yicha to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazilib, o‘rganish va ijrosini ta’minlash uchun ma’sul xodimlarga yo‘naltirilgan o‘rganish natijasi bo‘yicha 332 tasi ijobiy hal bo‘ldi, 2012 tasiga ijobiy tushuntirishlar berildi, 55 tasiga vakolat doirasiga kirmasligi uchun rad etildi hamda 31 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborildi.
2023-yilda boshqarma rahbariyati tomonidan shahar va tumanlarda 16 ta sayyor qabullar o‘tkazildi. Sayyor qabullarda aholidan jami 95 ta og‘zaki murojaatlar kelib tushdi, shundan 61 tasi jismoniy shaxslardan va 34 tasi yuridik shaxslardan.
✅ Murojaatlarning 42 foizi joyida ijobiy hal qilindi, 52 foizigi ijobiy tushuntirishlar berildi, 6 foiziga rad etildi.
Jami murojaatlarnining 42 foizi tadbirkorlik, 37 foizi ijtimoiy sohani moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, 6 foizi subsidiya ajratish masalasida murojaat qilingan.
👉 Kanalga ulanish
Repost from IMRS Research
🟥 Qanday qilib Angliya banki inflatsiyani ikki barobar kamaytirishga erishdi?
📝Buyuk Britaniyada inflatsiyaning 2,3 barobarga sekinlashishida 3 ta asosiy omillar muhim rol o'ynadi:
🏛 Angliya bankining pul-kredit siyosati samaradorligi;
〽️ Energiya regulyatorining energiya narxlari bo'yicha siyosati hamda manzilli subsidiya tizimi;
🛒 Jahonda energiya va oziq-ovqat narxlarining barqarorlashishi.
📉2023-yil noyabr oyida Buyuk Britaniyada yillik inflatsiya darajasi 2022-yilning mos davridagi 10,5 foizdan 4,6 foizgacha sekinladi. Bu esa so'nggi ikki yil ichidagi eng past ko'rsatkich hisoblanadi.
📈2023-yil davomida Angliya banki iqtisodiyotda talabni sovutish va narxlar oshishini sekinlashtirish maqsadida asosiy stavkasini ketma-ket 5 marta ko'tardi. 2023-yil fevral oyida asosiy stavka 3,5 foizdan
4,0 foizga oshirilgan bo'lsa, mart oyida 4,25 foizga, may oyida 4,5 foizga, iyun oyida 5 foizga va avgust oyida 5,25 foizgacha ko'tarildi.
Hozirga qadar asosiy stavka 5,25 foiz darajada saqlanib turibdi. Bu esa so'nggi 15 yildagi eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi.
Asosiy stavkaning ko'tarilishi natijasida
- moliya bozorlarida foiz stavkalarining ko'tarilishi moliyaviy vositalardan (masalan, depozitlar) keladigan daromadlarning oshishiga olib kelib, odamlarni sarflash o'rniga ko'proq jamg'arishga undadi, bu esa tovarlar va xizmatlarga bo'lgan talabni kamaytirdi;
- iste'mol va ipoteka kreditlari bo'yicha yuqori foiz stavkalari odamlar va kompaniyalar kamroq qarz olish va sarflash ehtimolini kamaytirdi va natijada iqtisodiy faoliyatning sekinlashishi talab inflatsiyasini kamaytirdi;
- foiz stavkalarining ko'tarilishi hamda talabning kamayishi importga bo'lgan bosimni kamaytirib, valyuta kursini mustahkamlanishiga olib keldi, bu o'z navbatida import qilinadigan tovarlar va xizmatlar narxini pasaytirib, inflatsiyani kamaytirishga xizmat qildi.
🎯Gaz va elektr energiyasi bozori bo‘yicha boshqarma (The Office of Gas and Electricity Markets - Ofgam) har bir gaz va elektr energiya birligiga energiya yetkazib beruvchilar tomonidan undiriladigan maksimal miqdorni cheklab qo'yadi. Bu chegarani har chorakda energiya bozoridagi o'zgarishlarni aks ettirish uchun qayta ko'rib chiqadi. Chegara global energiya bozorlaridagi o'zgarishlarga qarab ko'tarilishi yoki pasaytirilishi mumkin.
Ofgam tomonidan qo‘yilgan energiya narx chegarasi 2022-yil fevral oyidan boshlab keyingi davr uchun 1877 funt sterlingga (54 foizga) oshdi. 2022-yilning 4-choragida energiya narxlari keskin darajada oshganligi sababli ushbu ko‘rsatkich 3371 funt sterlinggacha (80 foizga) ko‘tarildi.
🏦 Shuningdek, 2022-yilning oktabr oyidan 2023-yilning mart oyigacha bo‘lgan davrda Energiya to‘lovlarini qo‘llab-quvvatlash tizimi (Energy Bill Support Scheme) doirasida uy-xo‘jaliklariga energiya xarajatlarining ma’lum qismini qoplash uchun manzilli ravishda 400 funt sterling miqdorida mablag‘ ajratildi.
👉 Batafsil
Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi majlislar zalida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi.
Ushbu soat davomida yurtimizda va xorijda ro'y berayotgan eng so'nggi yangiliklar, "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbaalari sohasida amalga oshirilgan ishlar" mavzusida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi.
👉 Kanalga ulanish
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
⚡️Budjet mablag‘lari hisobidan dekabr oyi II yarmi uchun jami 6 778,3 mlrd so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berildi
🏢Joriy yilning 7-yanvar holatiga koʻra budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga budjet mablag‘lari hisobidan dekabr oyi II yarmi uchun jami 6 778,3 mlrd so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berildi.
Budjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun yakuniy hisob-kitoblar bo‘yicha taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan to‘lab berilishi ta'minlanmoqda.
РУ | ENG
#Budjet #TreasuryCommetee
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi majlislar zalida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi.
👉 Kanalga ulanish
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan 2023-yilda nashr etilgan tadqiqotlar e'lon qilindi
👉 pdf, 39.7 MB
👉 Kanalga ulanish
