IMRS Research
Open in Telegram
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti 🟥 Институт макроэкономических и региональных исследований Kanalga ulanish: https://t.me/ifmr_public Aloqa uchun: press@imrs.uz Sayt: https://imrs.uz/
Show more2 614
Subscribers
-124 hours
-27 days
-930 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+6
in 0 channels
August '26
+49
in 2 channels
Get PRO
July '26
+40
in 1 channels
Get PRO
June '26
+65
in 2 channels
Get PRO
May '26
+87
in 16 channels
Get PRO
April '26
+62
in 14 channels
Get PRO
March '26
+24
in 0 channels
Get PRO
February '26
+33
in 0 channels
Get PRO
January '26
+42
in 0 channels
Get PRO
December '25
+55
in 1 channels
Get PRO
November '25
+36
in 0 channels
Get PRO
October '25
+116
in 25 channels
Get PRO
September '25
+23
in 0 channels
Get PRO
August '25
+36
in 0 channels
Get PRO
July '25
+33
in 4 channels
Get PRO
June '25
+71
in 10 channels
Get PRO
May '25
+60
in 5 channels
Get PRO
April '25
+138
in 25 channels
Get PRO
March '25
+105
in 13 channels
Get PRO
February '25
+231
in 14 channels
Get PRO
January '25
+83
in 4 channels
Get PRO
December '24
+145
in 15 channels
Get PRO
November '24
+230
in 32 channels
Get PRO
October '24
+103
in 9 channels
Get PRO
September '24
+142
in 12 channels
Get PRO
August '24
+95
in 8 channels
Get PRO
July '24
+78
in 4 channels
Get PRO
June '24
+77
in 10 channels
Get PRO
May '24
+114
in 5 channels
Get PRO
April '24
+226
in 25 channels
Get PRO
March '24
+222
in 28 channels
Get PRO
February '24
+188
in 13 channels
Get PRO
January '24
+279
in 35 channels
Get PRO
December '23
+281
in 25 channels
Get PRO
November '23
+155
in 23 channels
Get PRO
October '23
+88
in 5 channels
Get PRO
September '23
+91
in 0 channels
Get PRO
August '23
+57
in 0 channels
Get PRO
July '23
+35
in 0 channels
Get PRO
June '23
+77
in 0 channels
Get PRO
May '23
+100
in 0 channels
Get PRO
April '23
+122
in 0 channels
Get PRO
March '23
+178
in 0 channels
Get PRO
February '23
+132
in 0 channels
Get PRO
January '23
+112
in 0 channels
Get PRO
December '22
+158
in 0 channels
Get PRO
November '22
+58
in 0 channels
Get PRO
October '22
+150
in 0 channels
Get PRO
September '22
+159
in 0 channels
Get PRO
August '22
+73
in 0 channels
Get PRO
July '22
+40
in 0 channels
Get PRO
June '22
+42
in 0 channels
Get PRO
May '22
+63
in 0 channels
Get PRO
April '22
+59
in 0 channels
Get PRO
March '22
+189
in 0 channels
Get PRO
February '22
+86
in 0 channels
Get PRO
January '22
+71
in 0 channels
Get PRO
December '21
+42
in 0 channels
Get PRO
November '21
+37
in 0 channels
Get PRO
October '21
+23
in 0 channels
Get PRO
September '21
+57
in 0 channels
Get PRO
August '21
+39
in 0 channels
Get PRO
July '21
+27
in 0 channels
Get PRO
June '21
+242
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 06 September | +1 | |||
| 05 September | +1 | |||
| 04 September | +2 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | +2 |
Channel Posts
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣
☑️Gaz yo‘qotilishini kamaytirish uchun yangi moliyalashtirish mexanizmi
Jahon banki bilan erishilgan 10,6 million AQSH dollari miqdoridagi grant kelishuvi orqali gaz yo‘qotishlarining oldini olish, tejalgan mablag‘larni tizimga qayta yo‘naltirish va 2029-yilga borib qariyb 18 million dollarni tejash ko‘zda tutilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
| 2 | 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣
☑️Gonkong vakillari bilan iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev hamda Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong Maxsus ma’muriy hududi Adliya kotibi, delegatsiya rahbari Paul Lam o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda davlat qarzini boshqarish bo‘yicha vazir maslahatchisi Jasur Karshibayev ham ishtirok etdi.
🇺🇿 Batafsil
____
☑️ Economic and Financial Cooperation Discussed with Hong Kong Representatives
On August 28, a meeting was held between Umid Abidkhadjaev, Deputy Minister of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan, and Paul Lam, Secretary for Justice of the Hong Kong Special Administrative Region of the People’s Republic of China and Head of the Delegation. Jasur Karshibaev, Advisor to the Minister on Public Debt Management, also took part in the meeting.
🇬🇧 More
#Cooperation #Management #Education
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х | 751 |
| 3 | Hududlar iqtisodiyoti: prognozdan strategik boshqaruvga
🟥 Hududlarning 2030-yilga borib iqtisodiy o‘sish natijalari bugungi tendensiyalar bilangina emas, balki qaysi o‘sish drayverlarini ishga tushirish, mavjud xavflarni oldindan boshqarish hamda natijaga yo‘naltirilgan hududiy iqtisodiy siyosatni shakllantirish bilan belgilanadi.
📚Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) “Aql markazlari” bilan hamkorlikda hududlar iqtisodiy o‘sishini baholash va prognozlashtirishning yagona metodologik yondashuvini shakllantirmoqda.
📊 Yondashuv 2030-yilgacha uchta ssenariyni modellashtirishga asoslanadi:
Inersion ssenariy: mavjud tendensiyalar saqlansa, iqtisodiyot qanday o‘sadi?
Maqsadli ssenariy: qancha qo‘shimcha investitsiyalar, yangi quvvatlar va tarkibiy islohotlar hisobiga maqsadli ko'rsatkichlarga yetish mumkin?
Passiv ssenariy: ichki va tashqi bozorlarda iqtisodiy xavflar yuzaga chiqsa, hudud qancha o‘sishni yo‘qotishi mumkin?
📈 Bunday yondashuv prognozni oddiy raqamdan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun qaror qabul qilish va risklarni boshqarish instrumentiga aylantiradi.
MHTI tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda “Aql markazlari” ekspertlari ushbu metodologiyani amaliy hisob-kitoblar asosida ko‘rib chiqib, uni hududlar kesimida yanada takomillashtirish bo‘yicha yondashuvlarni muhokama qildi.
🎯 Maqsad har bir hudud uchun o‘sishning aniq drayverlarini aniqlash, resurs va investitsiyalarni ustuvor yo‘nalishlarga safarbar qilish hamda iqtisodiy siyosat natijasini o‘lchash imkonini beradigan yagona analitik tizimni yaratishdir.
🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn | 769 |
| 4 | 🇺🇿 Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab barchamiz uchun aziz va muqaddas bo‘lgan ulug‘ bir ayyom – Mustaqillik bayrami oldidan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
3️⃣5️⃣ Tadbirlarda mamlakatimiz taraqqiyoti, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgan hamyurtlarimiz «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlanayapti.
🟥 Mana shunday jonkuyar vatandoshlarimiz orasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tadqiqotchilari ham bor.
✅ Institutda o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi. Qayd etilganidek, bunday e’tirof mutaxassislarga kuch-g‘ayrat beradi va jonajon yurtimizning yanada yuksalishi yo‘lida katta mas’uliyat bilan faoliyat yuritishga undaydi.
🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn | 648 |
| 5 | Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim natijalar va dolzarb vazifalar
🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI)da Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
🔰 Seminarda O‘zbekistonda BRM da ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlarga erishish borasida yaxshi natijalar qayd etilayotgani, biroq hal etilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar ham borligi ta’kidlandi. Xususan:
📉 Kambag‘allik darajasi 2021-yildagi 17 foizdan 2025-yilda 5,8 foizgacha pasaygan va kambag‘al aholi soni 6 mln nafardan 2,2 mln nafargacha qisqargan. Manzilli ijtimoiy siyosat, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, inson kapitalini rivojlantirish hamda mahallabay ishlash mexanizmlari bunda muhim ahamiyat kasb etdi. Maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim bilan qamrab olish, gender tengligini ta’minlash bo‘yicha ham yaxshi natijalarga erishildi. Biroq ayni paytda xotin-qizlar va erkaklarning iqtisodiy faolligi o‘rtasidagi tafovut saqlanib qolmoqda: ayollarda ushbu ko‘rsatkich 43–45 foizni, erkaklarda esa qariyb 70 foizni tashkil etadi. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkiloti bahosiga ko‘ra, ayollar va erkaklarning ish haqi o‘rtasidagi tafovut 25–35 foizni tashkil etadi.
👨💻 Yoshlar bandligi. Har yili qariyb 600 ming nafar yosh mehnat bozoriga kirib kelmoqda. 2024-yilda yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasi 8 foizni tashkil etgan. 2005-yilda o‘qimayotgan, ishlamayotgan va kasbiy tayyorgarlikdan o‘tmayotgan yoshlar ulushi 25,3 foizni tashkil etardi. 2025-yilda bu ko‘rsatkich 13,7 foizga pasaydi. Lekin yoshlarning amaliy ish tajribasiga ega emasligi dolzarbligicha qolmoqda. Yoshlarning Mehnat.uz platformasidagi rezyumelari tahliliga ko‘ra, ularning 69,1 foizi ish tajribasiga ega emas. MHTI tomonidan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda qatnashgan respondentlarning 27,2 foizi ish topish, 25 foizi chet tilini o‘rganish eng dolzarb masala ekanini qayd etgan.
🤖 Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt. O‘zbekistonning sun’iy intellektga tayyorlik ko‘rsatkichi sezilarli yaxshilandi va 2020-yildagi 95-o‘rindan 2025-yilda 62-o‘ringa ko‘tarildi. Galdagi muhim vazifa - hisoblash quvvatlari, texnologik infratuzilmalarning imkoniyatlarini oshirish.
🌱 “Yashil iqtisodiyot” va energetik o‘tish borasida 2016–2025-yillarda O‘zbekistondagi elektr stansiyalarining o‘rnatilgan quvvati qariyb ikki baravar oshib, 26,9 GVtga yetgan. Buning 7,6 GVt yoki 28,2 foizi quyosh va shamol generatsiyasi hissasiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi yillarda energetika sohasini rivojlantirish uchun qariyb 23 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilingan.
🌐 Seminarda xalqaro BRM ko‘rsatkichlarini baholashda statistik ma’lumotlarning kechikib yangilanishi masalasiga ham e’tibor qaratildi. Xususan, Sustainable Development Report 2026da qayta tiklanuvchi energiyaning yakuniy energiya iste’molidagi ulushi bo‘yicha O‘zbekiston ko‘rsatkichi 2022-yil ma’lumotlariga asoslangan. Shu sababli, mamlakat energetika sohasida keyingi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar va yangi quvvatlarning ishga tushirilishi ayrim xalqaro BRM indikatorlarida hali to‘liq aks etmagan.
💬 Tadbir yakunida BRMga erishishda ilmiy tadqiqotlar, ishonchli statistik ma’lumotlar, dalillarga asoslangan qarorlar hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning yakuniy natijadorligini muntazam baholab borish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn | 536 |
| 6 | 🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) yetakchi mutaxassisi Abdulatifxon Anvarxonov "O‘zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" dasturiga bergan intervyusida Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) ga erishish borasida yurtimizda qayd etilgan natijalar va galdagi muhim vazifalar haqida to‘xtaldi. | 665 |
| 7 | 🟥 “Aql markazlari” hamkorligining yangi bosqichi: sanoat korxonalari unumdorligini oshirish bo‘yicha amaliy yondashuvlar
🏛 Joriy yil 21-avgust kuni Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan “Sanoat korxonalarida unumdorlikni oshirish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda respublikadagi 14 ta yetakchi “aql markazlari” mutaxassislari ishtirok etdi.
🏭 Seminarda UNIDO tomonidan ishlab chiqilgan Resurs samaradorligi va toza ishlab chiqarish (RECP) yondashuvi asosida korxonalar faoliyatini joyiga chiqqan holda baholash, ishlab chiqarish jarayonlari xaritasini tuzish, resurs yo‘qotishlari va samarasiz jarayonlarni aniqlash usullari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Lean Management, Six Sigma va 5S uslubiyatlari asosida ortiqcha yo‘qotishlar va nuqsonlarni kamaytirish bo‘yicha amaliy yondashuvlar taqdim etildi.
🌱 Korxonalarning xalqaro bozorlarga chiqishi va yangi global talablarga moslashuvida ekologik boshqaruvni takomillashtirish, ISO 14001 va ISO 14064 standartlarini joriy etish, shuningdek, CE marking kabi muvofiqlik talablarini bajarishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Seminar yakunida ishtirokchilarga ilmiy tadqiqot tashkilotlari biriktirilgan sanoat tarmoqlari va hududlardagi korxonalarni o‘rganishda mazkur uslubiyatlardan foydalanish hamda tahlil natijalari asosida manzilli amaliy takliflar ishlab chiqish tavsiya etildi. Kelgusida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish, uslubiy materiallar va to‘plangan amaliy tajribalarni o‘zaro almashib borishga kelishib olindi. | 1 053 |
| 8 | Jizzax viloyatida hududiy rivojlanishning yangi modeli: ilmiy tadqiqotdan amaliy natijaga
🇺🇿 Davlat rahbari tomonidan 25-iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan Jizzax viloyatida mavjud iqtisodiy salohiyat va ichki zaxiralarni ishga solishga qaratilgan ilmiy-amaliy yechimlar ishlab chiqildi.
📚 Mazkur jarayonda “Aql markazi – hokimlik – Xalq deputatlari Kengashi” hamkorligi ilmiy tadqiqot natijalarini hududiy boshqaruv qarorlariga tatbiq etish va ular asosida amaliy choralarni belgilash mexanizmi sifatida qo‘llanildi.
✅ MHTI mutaxassislari tomonidan viloyatning 13 ta shahar va tumanlari joyiga chiqqan holda kompleks o‘rganilib, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ixtisoslashuv va ishga solinmagan imkoniyatlar tahlili hamda mahalliy tashabbuslar asosida 128 ta manzilli chora-tadbirdan iborat dastlabki “Yo‘l xarita”lari loyihalari shakllantirildi.
👨👩👦 Ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita”lar joriy yilning 14-avgust kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 7-chaqiriq 33-sessiyasida muhokama qilinib, ularni amalga oshirish va natijadorligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn | 1 221 |
| 9 | 🌍 O‘zbekiston global barqaror rivojlanish xaritasida yangi bosqichga chiqdi!
BMTning Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i, SDSN, O‘zbekistonda SDSN Uzbekistan milliy tarmog‘i tashkil etilganini rasman e’lon qildi.
Batafsil | 776 |
| 10 | 🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) da Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) oyligi doirasida BRM da ko'zda tutilgan maqsad hamda vazifalarning hududlarda amalga oshirilishi va ixtiyoriy mahalliy sharhlarni tayyorlashga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.
🔰 Seminarda 14 ta hududdagi 41 ta oliy ta’lim muassasasining 100 nafardan ortiq olim va tadqiqotchilari ishtirok etdi. Tadbir davomida BRMni hududiy darajada amalga oshirish, xalqaro tajribadan foydalanish hamda ixtiyoriy mahalliy sharhlarni (VLR) tayyorlashning O‘zbekiston uchun ahamiyati muhokama qilindi.
🔎 Shuningdek, hududlarda BRM ko‘rsatkichlarini monitoring qilish, ilmiy-tadqiqotlarning natijalaridan samarali foydalanish va hududlarni rivojlantirishni Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn | 841 |
| 11 | #seminar
Sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish va samaradorlikni yuksaltirish masalalari muhokama qilindi
Olmaliq davlat texnika instituti binosida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati hamkorligida Integration xalqaro konsalting kompaniyasi eksperti Atanas Kochov hamda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda hududdagi sanoat korxonalarining vakillari uchun amaliy bilim va tavsiyalar taqdim etildi.
Seminar davomida korxonalarda foydalanilmayotgan resurslardan samarali foydalanish va toza ishlab chiqarish (RECP), Lean Management, Six Sigma metodologiyalari, shuningdek, ISO sertifikatlash tizimi bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar va amaliy yondashuvlar muhokama qilindi.
Tadbirda sanoat korxonalari, viloyat hokimligi, tuman va shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, oliy ta’lim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Seminar yakunida viloyat hokimi o‘rinbosari R. Kunarov va Integration xalqaro konsalting kompaniyasi eksperti Atanas Kochov o‘rtasida ilg‘or xalqaro tajribalarni Toshkent viloyatidagi mahalliy sanoat korxonalari faoliyatiga amaliyotga yo‘naltirilgan tarzda joriy etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Mazkur tashabbuslar viloyat sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, ortiqcha xarajat va yo‘qotishlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish hamda raqobatbardoshlikni yuksaltirishga xizmat qiladi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 846 |
| 12 | 🟥 Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) oyligi doirasida MHTIda yosh tadqiqotchilar uchun seminar tashkil etildi.
🔰 Mazkur tadbir "BRM bo‘yicha tadqiqotlar va reytinglar: SDG Index metodologiyasini qo‘llash amaliyoti" masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda ilmiy muassasa va oliygohlar yosh tadqiqotchilari qatnashdi.
❗️6-avgust kuni Oliy Majlis Senatida "Barqaror rivojlanish maqsadlari: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi" konferensiyasida BRM oyligiga rasman start berildi. Oylik doirasida respublika bo'ylab bir necha tadbirlar – parlament tinglovlari, mahalliy Kengash sessiyalari, forumlar, davra suhbatlari va mahallalardagi uchrashuvlar, shuningdek, maxsus media-loyihalar tashkil etiladi.
MHTI mamlakatda BRM amalga oshirilishi monitoringi uchun mas’ul yetakchi ilmiy tashkilot sifatida milliy ma’ruza va sharhlar asosini tashkil etuvchi tahliliy ishlarni muntazam olib bormoqda. Hozirda Institut O'zbekistonning uchinchi Ixtiyoriy milliy sharhi ishlab chiqilishiga faol tayyorgarlik ko'rmoqda. | 691 |
| 13 | 📢 E’LON: KICHIK VA O‘RTA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI ISHLAB CHIQARISH UNUMDORLIGI VA RESURS SAMARADORLIGI DIAGNOSTIKASIGA TAKLIF ETAMIZ!
Pilot loyiha doirasida korxonangizda unumdorlik diagnostikasi bepul o‘tkaziladi.
➡️ Bu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
⏳ Arizalar 2026-yil 1-sentyabrgacha qabul qilinadi.
☎️ Bog‘lanish uchun: +998 90 997 87 53 | 2 221 |
| 14 | 🟥Buxoro viloyatida sanoat korxonalarida unumdorlikni oshirish bo‘yicha tadbirkorlar ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.
🏫Joriy yilning 10-avgust kuni Buxoro davlat texnika universiteti binosida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida Integration xalqaro konsalting kompaniyasi eksperti Atanas Kochov hamda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan o'quv-seminari tashkil etildi.
🏭Seminarda korxonalarda ishlatilmayotgan resurslardan samarali foydalanish va toza ishlab chiqarish (RECP), Lean Management, Six Sigma metodologiyalari hamda ISO sertifikatlash tizimi bo‘yicha eng dolzarb amaliy bilimlar taqdim etildi.
📈Seminarda sanoat korxonlari, viloyat hokimligi, tuman va shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, oliy ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
✍️Seminar yakunida ilg'or tajribalarni mahalliy korxonalar faoliyatiga real vaqt rejimida joriy etishga kelishib olindi. | 1 084 |
| 15 | 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣
⏺Jizzax viloyatida yangi iqtisodiyot va kelajakka hozirlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 30-iyul kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev hamda xalqaro ekspert Samer Chidiak ishtirokida Jizzax viloyati iqtisodiy, texnologik va inson kapitali salohiyatini yangi iqtisodiyot talablari asosida rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv va tadbirlar o‘tkazildi.
🇺🇿 Batafsil
_______
⏺ New Economy and Future Readiness Discussed in Jizzakh Region
On 30 July this year, a series of meetings and events was held with the participation of Deputy Minister of Economy and Finance Umid Abidkhadjaev and international expert Samer Chidiac, focusing on developing Jizzakh Region’s economic, technological and human capital potential in line with the demands of the new economy.
🇬🇧 More
#Jizzax #Inson_kapitali
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х | 1 017 |
| 16 | 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣
⏺Qurilish materiallari sanoatida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi hamkorlik modeli — ilmiy ishlanmadan sanoat mahsulotigacha bo‘lgan ekotizm yo‘lga qo‘yildi
Farg‘ona viloyati misolida qurilish materiallari sanoatidagi muammolarni ilmiy- texnologik yechimlar asosida bartaraf etish hamda yangi avlod mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida ilm-fan va biznes oʻrtasida hamkorlik mexanizmi dastlabki sinov “Ilmiy-texnik konsorsium” yig‘ilishi tashkil etildi.
Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Umid Abidxadjayev, olimlar, tadqiqotchilar va 40 ga yaqin yirik qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalari, quruvchi va developerlar hamda davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Olimlar va tadqiqotchilar tomonidan tarmoq muammolari hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarga qaratilgan 30 dan ortiq ilmiy-texnologik yechimlar taqdim etildi va pitch-sessiyalar o'tkazildi.
Jumladan, pitch-sessiyalari yakunida ilmiy-tadqiqot instituti va biznes o‘rtasida dastlabki ilmiy-hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi:
✅ bazalt asosidagi innovatsion kompozit profillarni ishlab chiqarish orqali import (metall va yog‘och) o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni yaratish;
✅ grafen membranalari yordamida sanoat suvini tozalash orqali mahsulot sifatini oshirish;
✅ mahalliy kaolinni boyitish orqali yuqori sifatli xomashyo olish hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish.
Shuningdek, korxonalar muammolari asosida dastlabki “Muammolar banki” shakllantirilib, tajriba-sinov (pilot) uchun istiqbolli ishlanmalar saralab olindi va ularni loyiha sifatida amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlar belgilab olindi.
🇺🇿 Batafsil
#Qurilish #Muammolar_banki
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х | 765 |
| 17 | Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident!
Facebook|Instagram|X | 796 |
| 18 | 🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti hamkorligida universitet huzurida “Qurilish materiallari sanoati forsayt ofisi” tashkil etildi.
❗️ Mazkur tashabbusni amaliy tomondan qo’llab-quvvatlash maqsadida strategik innovatsiyalar va sun’iy intellekt sohalari bo'yicha xalqaro ekspert Samer Shidiak Farg’ona viloyatiga taklif qilindi.
Ma’lumot uchun: Samer Shidiak QF5 kompaniyasida innovatsiyalar va sun’iy intellekt transformatsiyasi bo‘yicha rahbar, Microsoft kompaniyasida mintaqaviy direktor va bosh innovatsiyalar rahbari lavozimlarida ishlab, Yaqin Sharq va Afrikadagi Microsoft texnologiya va innovatsiya markaziga, Dubay hukumati huzurida innovatsiyalar va kelajakni shakllantirish markazida rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan. Samer Shidiak biznes boshqaruvi va kompyuter fanlari bo‘yicha bakalavr, biznes psixologiyasi bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘lib, Georgetown, Harvard va Stanford universitetlarida maxsus ta’lim dasturlarida tahsil olgan. U 9 ta kitob muallifi, 10 ta xalqaro mukofot sohibi hamda mobil to‘lovlar sohasidagi patent egasidir.
🤝 Samer Shidiakni Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov qabul qildi. Mazkur uchrashuv doirasida viloyat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish imkoniyatlari, kelajakka hozirlik ko’rish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni keng joriy etish, qurilish materiallari sanoatida forsayt yondashuvini shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun: Forsayt ofisi viloyatdagi qurilish materiallari bozoriga talab, texnologik, iqtisodiy va investitsiyaviy o‘zgarishlarni muntazam kuzatish, rivojlanish prognozlarini ishlab chiqish hamda korxonalar va davlat organlari uchun ilmiy asoslangan takliflar tayyorlashga yo'naltirilgan ilk tashabbus hisoblanadi.
🏭 Tashrifning mantiqiy davomi sifatida Farg’ona viloyati qurilish materiallari korxonalari vakillari uchun “Kelajakka tayyor iqtisodiyot sari: yangi imkoniyatlar va strategik yondashuvlar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi va korxonalarning kelajakka tayyorgarlik darajasi bo‘yicha bevosita muloqot amalga oshirildi.
✅ Bundan tashqari, tashrif dasturi doirasida Farg‘ona shahar hokimligidagi Vaziyatlar markazi va sun’iy intellekt asosidagi loyihalar bilan tanishildi, Ferghana Digital Hub rezidentlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Crown Ceramic korxonasiga tashrif buyurilib, korxona vakillari bilan qurilish materialari kelajagi mavzusida suhbat tashkil etildi. Shuningdek, Farg'ona viloyatida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha tuzilgan maxsus ishchi guruh a’zolari uchun forsayt usullarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha maxsus master-klass tashkil etildi.
Ma'lumot uchun: Qurilish materialari sohasida bugun passiv sovitish va issiqlikni qaytaruvchi, suvga chidamli va resurs tejamkor materiallar, kam uglerodli sement, beton va bloklar, o‘z holatini monitoring qiluvchi materiallar, o‘z-o‘zini tiklovchi beton, manfiy uglerod iziga ega materiallar, energiya ishlab chiqaruvchi sirtlar, yirik hajmli 3D qurilish usullari yuqori darajadagi innovatsiya emas, balki zaruriy talabga aylanib bormoqda. | 1 003 |
| 19 | Jeffri Saks: O’zbekiston, ehtimol, tom maʼnoda, dunyoning yangi ogʻirlik markazidir.
Батафсил | 1 182 |
| 20 | O‘zbekiston global barqaror rivojlanish maydoniga integratsiyalashmoqda
Taniqli iqtisodchi Jeffri Saks tomonidan asos solingan Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i - SDSNga O‘zbekistondan a’zo bo‘lgan barcha tashkilotlar orasidan birinchi bor Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti asosiy mezbon (host), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti esa hammezbon (cohost) sifatida tanlab olindi.
Batafsil | 1 065 |
