en
Feedback
Abloguz — marketing & kontent marketing

Abloguz — marketing & kontent marketing

Open in Telegram

Abloguz — marketing va biznes blogi. Marketing. Kontent. Natija. Rivojlanish. Uchrashuvlar va maslahat uchun adminimiz: @abloguz_admin

Show more
3 547
Subscribers
+1124 hours
+187 days
+14630 days
Posts Archive
Sankt-Peterburg dzyudo maktabi Bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlab kreatic g'oyani taqdim etdi. Natijada juda dramatik va kutilmagan video kelib chiqipti… Siz nima deysiz? @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Targetdan kelgan mijoz nega olmaydi? "Aka, target yoqdik, lid ko'p, lekin hech kim sotib olmayapti..." Bu iborani marketingda har kuni eshitamiz. Targetolog lidlarni yog'dirib beradi, lekin sotuv bo'lmaydi. Nega? Chunki reklama va sotuv o'rtasida uzilish bor. 1. "Sovuq" mijozga darhol sotishga urinish Targetdan kelgan odam sizni tanimaydi, sizga ishonmaydi. U shunchaki lentani aylantirib o'tirganida reklamangizni ko'rib qoldi. Unga darhol "Sotib ol" deyish — birinchi ko'rishgan odamga "Menga turmushga chiq" deyish bilan teng. Avval ishonch uyg'oting. 2. Reklama va Direct (Sotuv) bir-biriga mos emas Reklamada bitta va'da beriladi, lekin mijoz Direct'ga yozganida sotuvchi mutlaqo boshqa ohangda javob beradi. Reklama uyg'otgan emotsiyani sotuvchi o'zining sovuq va sekin javobi bilan o'ldiradi. 3. "Puli qancha?" tuzog'i Mijoz narx so'radimi, demak u mahsulotni qiymatini hali tushunmagan. Agar sotuvchingiz "Faloncha so'm" deb javob bersa — dialog tugadi. Narxni aytishdan oldin mijozni ehtiyojini aniqlash shart. Mantiqiy yechim: Target — eshikni qo'ng'irog'i. U mijozni eshigingiz tagiga olib keladi. Lekin uni ichkariga taklif qilish, choy berish va mahsulotni sotish — bu sizni kontentingiz hamda sotuv tizmizga bog'liq. Reklama byudjetingizni maqsadli yo'naltiramiz. Target, kontent va Direct sotuvlarini bir-biriga bog'laydigan yaxlit sotuv voronkasini bo'yicha konsultatsiya bera olamiz: Aloqa uchun shaxsiyga yozing: @abloguz_admin @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Oxirgi marta qaysi reklamani ko'rib, aynan o'sha mahsulotni sotib oldingiz? Yoki aksincha, qaysi reklama sizg'a shunchalik tegdi-yu, lekin baribir hech narsa olmadingiz? Fikringizni izohlarda qoldiring, eng qiziq holatlarni birga tahlil qilamiz! 👇 @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Reklamaga tikkan pulingizning yarmi havoga uchadi. Lekin qaysi yarmi ekanini hech kim bilmaydi. Zo'r rejissyorlar olgan roliklar brendingizni qutqarmaydi. Skladda yotgan yomon mahsulotni reklama qilsangiz, u yanada tezroq o'ladi. Chunki reklama mahsulot sifatini oshirmaydi. U muammoingizni tezroq oshkor qiladi. Eng zo'r reklama — xaridorni harakatga undashi va sotishi kerak. Sodda qoida bor: Yomon tovar bo'lsa, reklamani darhol to'xtating. Sababi u bilan brend qurib bo'lmaydi... Fikrimga qo'shilasizmi? @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Poppi prebiotikli gazli suv brendi interaktiv bilbord va bir vaqtning o'zida yangi cheklangan (limited) ta'mini anons qilishning ajoyib yo'lini topdi. Ular Nyu-Yorkda bilbord o'rnatib, uning ustiga ko'chirishga chorlovchi 500 ta olma shaklidagi stikerlarni joylashtirishdi. Odamlarni stikerlarni ko'chirib olishga undash uchun Poppi ularning ostiga sovg'alarni yashirdi. Masalan, yangi ta'mdagi bir quti gazli suv. Barcha 500 ta stiker bor-yo'g'i bir necha soat ichida talab ketildi. Omadli ishtirokchilar bir qutidan gazli suvga ega bo'lishdi, brend esa reklama roligi uchun ajoyib kontent to’plab oldi. @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

❌ Ta'mirga pul sarflash ✅ Kamxarch dekor bilan kamchiliklarni berkitish IKEA butun dunyodagi ijarada turuvchilar allaqachon o
+4
❌ Ta'mirga pul sarflash ✅ Kamxarch dekor bilan kamchiliklarni berkitish IKEA butun dunyodagi ijarada turuvchilar allaqachon o'zlashtirgan layfxak bilan bo'lishmoqda: qo'lning yengil harakati bilan teshiklar, dog'lar va ko'chgan burchaklar ko'zdan g'oyib bo'ladi. Strategik joylarga gilamcha, tumbochka va juft po'sterlar qo'yildi — bo'ldi, shu bilan interyer tayyor. Tejamkorlik estetikasiga nima deysiz? Siz ham mijozingiz kimligini bilganingizda yechimlarni shunaqa noodatiylarini berardingiz… @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Nega mijozlar bir xil mahsulotga 2 baravar ortiqcha pul to'laydi? Javob — sotish kanalini mijoz psixologiyasiga beradigan ta'sirida. Odamlar mahsulotni xarid qilganda ikki xil ruhiy holatni sotib oladi: Maksimallashgan qulaylik yoki Status va eksklyuzivlik. 1. Qulaylik illyuziyasi (Convenience Effect) Kofe tarmoqlari har qadamda, metro, aeroport va do'kon ichida paydo bo'ladi. Nega? Chunki ko'z o'ngida ko'p takrorlangan brendga miya avtomatik ravishda "ishonchli" degan yorliq yopishtiradi. Mijoz kofe sifatini baholab o'tirmaydi, miya tayyor gormonal qulaylikni tanlaydi. 2. Eksklyuzivlik va sun'iy taqchillik (Scarcity) Aksincha, qimmatbaho brendlar (masalan, Rolex) o'zini har qadamda sotmaydi. Ular kanalni ataylab toraytiradi. Bino, vitrina, xizmat ko'rsatish darajasini qattiq ushlaydi. Miya buni: "Bu hamma uchun emas, faqat tanlanganlar uchun" deb qabul qiladi. Natijada narx ikkinchi darajaga tushadi. Bizdagi asosiy xato: Ko'p ishlab chiqaruvchilar o'z xaridorini psixologiyasini tushunmaydi. Tovarini har qanday do'konga sochib tashlaydi. Online va oflayn narxlar bir-biri bilan urushadi, rasta chang, do'kon xodimi befarq. Mijozda shubha va xavotir uyg'onadi — xarid to'xtaydi. Kanalingiz mijozingiz xarakteriga mos kelmasa, eng zo'r mahsulot ham rastada chang bosib yotadi. Mijozingiz miyasidagi xarid yo'lagini qayta quramiz. Mahsulotingizni xaridor psixologiyasiga moslash, sotuv kanallaridagi narx urushiga chek qo'yish bo'yicha konsultatsiyaga ro'yxatdan o'tsangiz ham bo'ladi: Shaxsiyga yozing: @abloguz_admin @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Siz oxirgi marta qaysi mahsulotni qimmatroq bo'lsa ham, "yaqinroq va topish osonroq" bo'lgani uchun sotib oldingiz? Sifatiga va narxiga qaramay, aynan qaysi xaridda miyangiz eng kam kuch sarflashni tanladi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring, eng qiziq javoblarni birga tahlil qilamiz! 👇 @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Mijozingiz raqobatchiga ketayotgani yo'q. U eng kam kuch talab qiladigan yo'lni tanlayapti. Bu nima degani? Inson miyasi — energiyani tejashga harakat qiladi. U noma'lum yoki qiyin topiladigan mahsulotga ortiqcha energiya sarflamaydi. Agar mahsulotingiz mijozni kunlik marshrutida uchramasa, miya avtomatik ravishda yonidagi muqobiliga o'tadi. Sotuv kanali — moshina va ombor emas. Bu mijoz miyasidagi eng qisqa xarid yo'lagi. Qanchalik yaqin bo'lsangiz, sotish shunchalik osonlashadi. Olovlar ko'p bo'lsa, shu mavzuda bugun fikrlarimni bo'lishardim... @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Taylandning Purra mineral suv brendi sportchilar e'tiborini tortishning ajoyib yo'lini topdi. Ular suv idishlarini haqiqiy to
+3
Taylandning Purra mineral suv brendi sportchilar e'tiborini tortishning ajoyib yo'lini topdi. Ular suv idishlarini haqiqiy toshlarga aylantiradigan maxsus moslama ishlab chiqishdi. G'oya shunchalik omadli chiqdi-ki, ijtimoiy tarmoqlarda virus kabi tarqaldi. G’oyaga nima deysiz? @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Rostan, buni avval sizga hech kim aytmagan... Mijozni o'rgangandan nima foyda? Ochig'ini etaman! Quruq o'rganishni o'zi, BIR TIYIN. Siz aniq keyingi qadamni qo'ya olishingiz kerak. Agar usha qadam nimaligini bila olmayotgan bo'lsangiz, bu yerdagi darsni ko'ring. https://t.me/c/2287529385/217 @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Aqlli xarid savatchasi (Smart basket) Kimdir "Yandex" da mahsulotlar yetkazib berilishidan maroq olsa, oflayn-riteyllarda esa o'z texnologiyalari bor. Masalan, Niderlandiyadagi Lidl tarmog'ida xarid savatchalari xaridorlarni ortidan o'zlari yuradi. Bu mijozga faqat qulaylik uchun o’ylab topilmagan… Savatcha mijoz haqidagi barcha ma’lumotlarni yeg’adi… Do'kon bo'ylab marshrut, turli bo'limlarda o'tkazilgan vaqt, javonlarga qaytarib qo'yilgan tovarlar — xaridorning xulq-atvori haqida ulkan hajmdagi ma'lumotlarni yig'ish mumkin. Ko’rib turganingizdek barcha katta brendlar, mijozni o’rganishga anchagina sarmoyalar kiritishayapti… @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Ertalabgi mavzuni IT va Startaplar misolida ko'rsak... Bozorimizdagi klassik holat: Dasturchilar va IT jamoalar 2 yil davomida dunyoda yo'q, o'ta murakkab CRM tizim yoki mobil ilova ishlab chiqishadi. Barcha funksiyalarni tiqishadi, kodini ideal qilib yozishadi. Natijachi? Tadbirkorga u "prosta" tushunarsiz, murakkab va o'ta qimmat bo'lib qoladi... Chunki ular mahsulotni o'ziga oshiq bo'lib qolishgan, mijozni muammosini esa unuta yozishgan bo'ladi. Boshqa tarafdan, ayyorroq jamoalar nima qiladi? Ular 2 hafta ichida oddiygina Telegram-bot yoki sodda sayt (MVP) tayyorlab, bozordan real buyurtma yig'ishni boshlaydi. Elektr to'kini Benjamen Franklin kashf etgan bo'lishi mumkin, lekin haqiqiy pulni elektr hisoblagichni o'ylab topgan odam ishlagan. Mahsulotingiz eskirib, bozordan siqib chiqarilishini kutib o'tirmang. Raqobatchingiz zaif joyingizni topib, sizdan o'zib ketishidan oldin — o'z mahsulotingizni o'zingiz yangilang. Loyihangiz ustida 3 yildan beri ishlayapsiz-u, hali ham sotuv yo'qmi? Demak, u bozorga umuman kerak emas bo'lishi mumkin... @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

G'oyangiz hech kimga kerak emas... Daho hodimlaringiz tun-kun laborotoriya yoki opisda o'tirib, zo'o'o'r mahsulot ishlab chiqdimi? Tabriklayman. Bu mahsulot 90% ehtimol bilan bankrot bo'ladi. Chunki zo'r texnikani injenerlar ishlab chiqari, zo'r mahsulotni esa marketologlar. Agarda mahsulot mijozni aniq bir og'rig'ini hal qilmas ekan — u shunchaki javonda chang bosib yotadigan qimmatbaho buyum bo'lib qoladi. Yangi mahsulotni ishlab chiqarishdan oldin o'zingizga bor-yo'g'i 3 ta savol bering: 1. Odamlarga bu haqiqatan ham kerakmi? 2. U raqobatchilarnikidan yaxshiroqmi? 3. Odamlar buning uchun pul to'lashga tayyormi? Agarda bittagina savolga "Yo'q" degan javob olsangiz — loyihani darhol to'xtating. Yutqazishingiz aniq bo'lgan jangga kirmang.... Nima demadingiz? @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Marketingni chuqurroq o'rganaman deganlarga... Shu yerda ko'p gaplashayapmiz: https://t.me/+BUJF5YIVvPtlZDY6 @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Yuqori tezlikdagi marketing 🏎💨 Formul-1 poygachisi Lando Norris LEGO’dan yasalgan poyga avtomobilida poyga trassasini bosib o'tdi. Bu LEGO Group va McLaren Automotive kollaboratsiyasining bir qismi bo'lib, to'liq o'lchamdagi poyga mashinasini ishlab chiqish uchun 342 817 ta Lego Technic detali hamda 768 ta Lego motori talab etildi. @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Hoziroq buni tarqating! Introvertlar (odamlar bilan kam muloqot qiluvchilar) uchun mos qahvaxona topildi. Bitta kofe olish uchun ijtimoiy muloqot minimal darajaga tushirilgan! Devordagi tuynuk orqali kofe berish konsepti yangicha tus oldi... Agar mijozingiz kimligini bilganingizda, siz ham unga mos yondoshardingiz... Eh... @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Networking qilasizmi? Qilsangiz, qayerda va qanday formatda qilasiz?

Video message00:29

Har kuni kiyim do'konlari va dorixonalardan doimiy SMS xabarlar keladi. "Sizga 20% chegirma bor!" deb har hafta xabar keladi. Odamlar bu SMS- xabarlarni o'qimasdan o'chirib tashlaydi. Aqli raso brendlar esa boshqacha ish tutadi: Bazasini guruhlarga va segmentlarga bo'lib chiqadi. Bolalar kiyimini faqat farzandli ayollarga yuboradi. Avval botda "Sizga chegirmalar haqida xabar yuboraylikmi?" deb ruxsat so'raydi. Ular behuda SMS xarajatini tejaydi va real sotuvni bir necha baravarga oshiradi. @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!