Abloguz — marketing & kontent marketing
رفتن به کانال در Telegram
Abloguz — marketing va biznes blogi. Marketing. Kontent. Natija. Rivojlanish. Uchrashuvlar va maslahat uchun adminimiz: @abloguz_admin
نمایش بیشتر3 375
مشترکین
+2724 ساعت
+537 روز
+11330 روز
آرشیو پست ها
Monsanto kompaniyasi prezidenti bir gap aytgan:
"Filial rahbarlarim bosh ofis xarajatini o'z cho'ntagidan to'laydi.
Agar ular biror menejerni 'foydasiz' deb hisoblasa — men o'sha lavozimni o'sha zahoti yo'q qilaman."
Bu og'ir. Lekin to'g'ri.
Bosh ofis — hukmdor emas.
Bosh ofis — daladagi, mijoz bilan yuzma-yuz ishlayotgan xodimga xizmat qiluvchi organ.
Sizning ofisingiz sotuvchiga yordam beryaptimi?
Yoki faqat hisobot yuklab, ishiga xalaqit beryaptimi?
Keyingi postda — yaponlar bu muammoni qanday hal qilganini aytaman.
@Abloguz — eplab bo’lmas daraja sari!
Bosh ofisingiz — kompaniyangizni yeydi.
Foyda keltirmaydi.
Yoqmaydigan gap.
Lekin ko'p kompaniyada shunday.
Toshkentda dabdabali ofis. O'nlab menejer, tahlilchi, HR.
Ular kun bo'yi nima qiladi?
Viloyatdagi sotuvchidan hisobot so'raydi. "Plan qayerda?"
Lekin o'sha sotuvchining real muammosini — hech kim so'ramaydi.
@Abloguz — eplab bo’lmas daraja sari!
Foydaga kirib ishlash uchun chegirma berishni 6 ta qoidasi
• To‘plamlar (Naborlar): Mahsulotlarni birga qo‘shib, to‘plam shaklida arzonroq sotish.
• Yangi mijozlar uchun: Birinchi marta sotib olayotganlarga keyingi safar qaytib kelishi uchun chegirma berish.
• Ombordagi qoldiqlardan qutulish: Sotilmay qolib ketgan tovarlarni tezroq sotib yuborish uchun narxni tushirish.
• O‘rtacha chekni oshirish: Ma’lum bir summaga (masalan, 500 ming so‘mdan ko‘p) savdo qilgandagina chegirma taqdim etish.
• Aqlli sotuvlar (Rasprodaja): Chegirmalarni doimiy emas, faqat aniq va qisqa vaqt ichida o‘tkazish.
• Tovarga tovar (Bonus): Narxni shunchaki tushirmasdan, bitta tovar olganga ikkinchisini sovg‘a qilish.
@Abloguz — eplab bo’lmas daraja sari!
Sotuv tizimini qurishning 6 ta asosiy qoidasi
• Mijozni aniq ehtiyojlarini bilish
• Mijozlarga mahsulot haqida to‘g‘ri ma’lumot yetkazish
• Ortiqcha xarajatlarni kamaytirish
• Mahsulotni uzluksiz (vaqtida) yetkazib berish
• Taminotchilar bilan mustahkam ishlash
• Mijozlarni fikrlari (otzivlar) bilan ishlash
@Abloguz — eplab bo’lmas daraja sari!
Marketologlar homilaga ham reklama qila oladi.
Ona qornidagi bolaga — tug’ilmasidan oldin brend uning ongiga joy egallaydi.
Bu Martin Lindstromning “Brandwashed” kitobidan. Va bu — biznes uchun eng muhim dars.
Tadbirkorlarni aksari mahsulotni sotishga urinadi.
Kuchli brendlar esa — mijoz ongida joy egallaydi.
Farqi katta:
Sotganingizda — mijoz narxni taqqoslaydi, ikkilanadi, arzonini qidiradi.
Ongida joy egallaganingizda — mijoz o’ylamasdan sizni tanlaydi.
Coca-Cola bilan oddiy gazlangan suv o’rtasidagi farq — ta’mda emas. Ongdа.
Lindstrom: xarid qaror ongsiz ravishda, sotib olishdan oldin qabul qilinadi.
Ya’ni mijoz do’konga kelgunga qadar — u nima olishini allaqachon “bilib” bo’lgan.
Sizning vazifangiz — reklama chiqarish emas. O’sha “oldindan bilish”ni yo’lga qo’yish.
Bu qanday ishlashini bilsangiz — raqobatchidan narx bilan emas, ong bilan yutasiz.
Videoda — aniq misollar bilan ochilgan.
Tadbirkor bo’lsangiz — ko’ring va qo’llang 👇
🔗 [Video havolasi]
🚀 Jamoamizga qo'shiling — Media & Marketing bo'yicha odam qidiryapmiz!
Biz o'smoqdamiz va kuchli jamoani kengaytiryapmiz. Ehtimol, izlayotganimiz — aynan sizsiz 👀
Tajriba muhim, lekin biz uchun fikrlash tarzi undan ham qadrli.
Bizda sizni nima kutadi:
✅ Real loyihalar va kuchli jamoa
✅ O'sish va o'rganish uchun muhit
✅ G'oyalaringiz eshitiladigan, hurmat qilinadigan joy
Qanday ariza berish mumkin?
Quyidagi 4 daqiqalik so'rovnomani to'ldiring 👇
🔗 [So'rovnoma havolasi]
Profilingiz mos kelsa, 3–5 ish kuni ichida siz bilan bog'lanamiz.
Postni tanishlaringizga ulashing — balki kimdir aynan shu imkoniyatni kutayotgandir.
"Sotuvchi" va marketolog o‘rtasidagi 6 ta farq
• Mijoz bilan muloqot: Sotuvchi tayyor mijoz bilan gaplashadi, marketolog esa yangi mijozlarni qidiradi va jalb qiladi.
• To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa: Sotuvchi yuzma-yuz (yoki telefonda) sotadi, marketolog esa reklama va matnlar orqali ko‘pchilikka ta’sir qiladi.
• Ta’sir darajasi: Sotuvchi xarid qaroriga oxirgi pallada ta’sir qiladi, marketolog esa mahsulotga nisbatan xohish va ehtiyojni oldindan uyg‘otadi.
• Texnologiyalar: Sotuvchi skript va e’tirozlar bilan ishlaydi, marketolog esa tahlil (analitika) va reklama instrumentlaridan foydalanadi.
• Ko‘p vazifalilik: Sotuvchi bor e’tiborini bitimni yopishga qaratadi, marketolog esa bozor tahlilidan tortib brendinggacha bo‘lgan katta jarayonni boshqaradi.
• Mijozlarning munosabati: Sotuvchiga aniq bitta xarid uchun ishonch bildirishadi, marketologga esa butun boshli brendning obro‘si bog‘liq bo‘ladi.
@Abloguz — eplab bo’lmas daraja sari!
Og'izdan-og'izga marketing — o'zidan o'zi bo'lmaydi.
Bu tizim qurilishi kerak:
➡️ Kim sizni gapiryapti — aniqlang
➡️ Ularni qanday rag'batlantirasiz
➡️ Mijozni "gapirishga" majbur qiladigan trigger ishlab chiqing
➡️ Salbiy gapni oldini olish mexanizmi
Bu tizim reklamadan arzon.
Va undan 7 baravar kuchli.
Chunki odam reklamaga ishonmaydi.
Odamga ishonadi.
Biznesingizni "odamlar og'zida tarqaladigan" brendga aylantirmoqchi bo'lsangiz — konsultatsiyada aynan shu tizim haqida gaplashishimiz mumkin.
U uchun @abloguz_admin ga yozsangiz bo'ladi.
@Abloguz — eplab bo’lmas daraja sari!
Mijozingiz sizni maqtaydi.
Har bir biznesda "gapiruvchi mijoz" bor.
U sizdan xarid qildi.
Xizmat yoqdi.
Endi u hamma mehmoniga sizni maqtaydi.
Hatto o'zi yetaklab keladi.
Bu — sizni eng qimmat aktivingiz.
Lekin ko'pchilik tadbirkor bu odamga hatto oddiy "rahmat" ham aytmaydi.
Holbuki bitta wow-effekt — kutilmagan sovg'a, alohida e'tibor bo'ladi — uni umrbod "bepul sotuvchi"ga aylantiradi.
@Abloguz — eplab bo’lmas daraja sari!
Og'izdan-og'izga marketing — ikki tomoni o'tkir pichoq bo'ladi.
Bir kunda brend quriladi. Bir kunda sindiriladi.
O'zbekistonda bu ayniqsa xavfli.
Bitta klinikada shifokor qo'pol muomala qilsa —
mijoz buni o'zida saqlamaydi.
U qarindoshiga, Telegram guruhiga, mahallasiga aytadi:
U klinikaga bormanglar.
Bitta salbiy tajriba — yuzlab yo'qotilgan mijoz.
Shuning uchun eng aqlli brendlar —
reklama rasmiga emas,
har bir mijoz qanday his bilan chiqib ketishiga e'tibor beradi.
Chunki o'sha mijoz — borib gapiradi.
Yaxshi bo'lsa — maqtaydi.
Yomon bo'lsa — sindiradi.
Sizning biznesingizda mijoz qanday his bilan chiqib ketadi?
Bilmasangiz — bu eng muhim savol.
Izohlarda yozing — birga ko'ramiz.
@Abloguz — eplab bo’lmas daraja sari!
Noyob savdo taklifi (UTP) ishlab chiqishni 7 ta asosiy qoidasi
• Aniq va lo‘nda bo‘lishi (chalg‘itmaslik)
• Foyda bera olishi (mijozga foydasi tegishi)
• Raqobatchilardan ajralib turishi (boshqalarda yo‘q narsa)
• Narxlarning to‘g‘ri belgilanishi
• Doimiy tahlil (analitika)
• Halol va ochiq munosabat (aldovlarsiz)
• Kuchli va zaif tomonlarni bilish (SWOT tahlili)
@Abloguz — eplab bo’lmas daraja sari!
1999-yilda bitta qo'rqinchli film chiqishidan oldin —
yuzlab talaba ko'chalarga kino biletlari ni tashlab ketishdi.
Odamlar topib oldi.
Bir-biriga gapirdi.
Film hali chiqmagan — lekin butun shahar u haqda gapirardi.
Reklama emas. Shov-shuv bo'lishni boshlandi.
Sizga ham bepul sotuvchilar legioni kerak.
Atrofingizdagi eng sergap, eng ko'p tanishli, doim odamlar markazidagi mijozlarni toping.
Ularga alohida e'tibor bering.
Mahsulotni birinchi ko'rsating.
Ular o'z tashabbusi bilan — sizni hammaga tavsiya qiladi.
Bepul.
Sizning biznesingizda bunday odamlar bormi?
Va ularni qadrlayapsizmi?
Izohlarda yozing⬇️⬇️
@Abloguz — eplab bo’lmas daraja sari!
Sizga bitta sirni aytaman.
Eng aqlli brendlar o'z mahsulotini o'zi maqtamaydi.
Ular boshqalarni gapirtiradi.
Qanday qilib?
Ular "fikri qabul qilanidagian odamlar"ni topadi. Sohadagi hurmatli, so'zi o'tadigan odamlarni.
Yangi mahsulot chiqsa — reklamaga bermaydi.
Avval o'sha odamlarga beradi.
Gollivud eng qimmat treylerdan ko'ra — bitta mashhur kinokritikning maqtoviga ko'proq suyanadi.
Qiziq bo'lsa, sal turib bir keys haqida yozamiz...
@Abloguz — eplab bo’lmas daraja sari!\
Storitelling uchun 10 ta g‘oya
• Tanishuv va o‘zingiz haqingizdagi hikoyalar
• Kompaniya va xodimlarning hayoti
• Mijozning fikri (otziv) va uning tarixi
• Kulgili va qiziqarli voqealar
• Biznes haqida voqealar
• Jarayon ichidagi muhitni his qildirish
• Kasb tanlash haqidagi hikoyalar
• Bilim va tajribalar qanday to‘plangani haqida
• Hayotiy vaziyatlar va muammolar
• Yakuniy sarhisob (natijalar)
@Abloguz — eplab bo’lmas daraja sari!
