ch
Feedback
Abloguz — marketing & kontent marketing

Abloguz — marketing & kontent marketing

前往频道在 Telegram

Abloguz — marketing va biznes blogi. Marketing. Kontent. Natija. Rivojlanish. Uchrashuvlar va maslahat uchun adminimiz: @abloguz_admin

显示更多
3 504
订阅者
-524 小时
-327 天
-3130 天
帖子存档
Yevropalik tadbirkorlar bitta oddiy narsani yaxshi tushunadi: Bitimi bo'lmagan joydan 20% foyda kutgandan ko'ra, 100 ming dol
Yevropalik tadbirkorlar bitta oddiy narsani yaxshi tushunadi: Bitimi bo'lmagan joydan 20% foyda kutgandan ko'ra, 100 ming dollarlik bitimdan 2% olgan yaxshi. Chunki nolning 20 foizi baribir nol. Bizda esa ko'pchilik narxni tushirmayman, ustama kam bo'lmasin deb o'tirib, mijozni ham, bitimni ham qo'ldan chiqaradi. Kichik foyda bilan bo'lsa ham ishni oling. Aylanma bo'lsa, foyda keladi. @abloguz — eplab bo'lmas daraja sari

O'zbekistonda elektromobillar bir yilda 67% ko'paydi. 2025-yil 1-iyulda 73,6 ming edi, 2026-yil 1-iyulda 122,7 ming bo'ldi. B
O'zbekistonda elektromobillar bir yilda 67% ko'paydi. 2025-yil 1-iyulda 73,6 ming edi, 2026-yil 1-iyulda 122,7 ming bo'ldi. Bu Milliy statistika qo'mitasi ma'lumoti. Lekin eng qizig'i boshqa joyda: shu mashinalarning 72 foizi, ya'ni 88,5 mingtasi Toshkent shahrida. Surxondaryoda esa bor-yo'g'i 429 ta, Jizzaxda 701 ta. Bu nimani anglatadi? Toshkentda elektromobil bozori qizib ketdi. Salon ham, zaryadlash stansiyasi ham, servis ham shu yerda to'planyapti. Mijoz talabchan, raqobatchi ko'p, narx urushi boshlanadi. Viloyatlar esa hali deyarli bo'sh. Mashina ozligi talab yo'qligidan emas, taklif hali u yerga yetib bormaganidan. Raqobat kuchaygan joyda yutish uchun marketing kerak. Raqobat yo'q joyda esa birinchi bo'lib borgan yutadi. Siz qaysi yo'lni tanlaysiz: hamma bor joydami yoki hali hech kim yo'q joydami? @abloguz — eplab bo'lmas daraja sari

Microsoft bilan Crocs qo'shilib kroks chiqaribdi 😄 Windows XP'dagi o'sha yashil qir bilan ko'k osmonni eslaysizmi? Kompyuter
Microsoft bilan Crocs qo'shilib kroks chiqaribdi 😄 Windows XP'dagi o'sha yashil qir bilan ko'k osmonni eslaysizmi? Kompyuter yoqilganda chiqadigan rasm. Endi o'sha rasm oyoqda yuradi. Ustiga yana Internet Explorer, MSN, sichqoncha strelkas ham qo’shib qo'yishibdi. Hozircha faqat o'zlarining xodimlariga, 80 dollardan. Keyin hammaga sotarmish. Ko'rdimu, maktabdagi informatika xonasi esimga tushdi. Microsoft'dagilar ham buni bilib qilgan: o'sha paytda kompyuter oldida o'tirgan bolalar hozir o'zi pul topadi. Bolalikni eslatadigan narsaga esa odam pulni ayamaydi. Sizlar olarmidinglar? 👟 @abloguz — eplab bo'lmas daraja sari

Har doim siz o'ylagandan ko'ra ko'proq vaqt va pul ketadi. @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

SMM sotishi kerak. Nuqta. Fikrimga qo'shilmaysizmi? Bu postni 3-4 yildan keyin qayta o'qing. Mediadagi har qanday reklamaning maqsadi bitta: sotuv va pul. Kichik biznes boshida brend va imij qurishga pul sarflasa, ko'pincha brend tayyor bo'lguncha yopilib qoladi. Avval sotuv. Brend esa sotuv bilan birga, o'z-o'zidan shakllanadi. Shuning uchun hisobotdagi "100 ming ohvat" sizga pul olib kelmaydi. Muhim raqamlar boshqa: ⚡️ havolaga bosishlar ⚡️ qo'ng'iroqlar ⚡️ to'ldirilgan arizalar Layk va ko'rishlar ko'ngilni ko'taradi, kassani emas. Ikkinchi muhim narsa — sotuvchi. SMM mijozni isitadi va olib keladi. Bitimni esa sotuvchi yopadi. Kichik biznesga katta call-markaz kerak emas, 1-2 ta kuchli sotuvchi yetadi. Formula oddiy: Marketing isitadi ➡️ sotuvchi sotadi ➡️ biznes o'sadi. Biz Abloguz agentligida Performance xizmatimizda ohvat uchun emas, murojaatlar va sotuv uchun ishlaymiz. Har bir sarflangan so'm qancha mijoz olib kelganini raqam bilan ko'rsata olamiz. Hozirda 1ta Performance loyiha olishga ochiqmiz. Natija beradigan performance marketing kerak bo'lsa, yozing ➡️ @abloguz_admin @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Marketing kayfiyatga bog'lansa — u o'ladi. Sekin, sezdirmasdaaan o’ladi. Bir oy faol bo’lsangiz — bozor sizni eslaydi. Uch oy jim tursangiz — bozor sizni unutadi. Qaytish har safar qimmatroqqa tushadi. Kim to'xtamasa — kim boshqarsa, bozor o'shaniki bo'ladi. @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Mana sizga raqobat… ⚡️Wildberries Toshkent yaqinida ulkan logistika markazi qurmoqda — bu Markaziy Osiyodagi eng yiriklaridan
Mana sizga raqobat… ⚡️Wildberries Toshkent yaqinida ulkan logistika markazi qurmoqda — bu Markaziy Osiyodagi eng yiriklaridan biri bo'ladi Ma'lumotlarga ko'ra, Toshkentga tutash Zangiota tumanidagi 67,3 gektar yer "WB INT EXPORT" MChJ'ga ijaraga berilgan. Toshkent viloyatida, poytaxtga yaqin joyda 170 ming m² maydonli kompleks quriladi. U Wildberries'ning Markaziy Osiyodagi yirik hubiga aylanadi. Ijara narxi 25 yilga — 5 million dollar. Kutilishicha, shu tufayli O'zbekistondagi xaridorlar uchun ko'plab mahsulotlar endi bor-yo'g'i 2-5 kunda yetkazib beriladi. @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Boyaroq aytgan video darsligim… • Trendlardagi “bardak” • Biznesni analiz qilish; • LTV v CAC haqida • Bozorni, raqobatni, mi
Boyaroq aytgan video darsligim… • Trendlardagi “bardak” • Biznesni analiz qilish; • LTV v CAC haqida • Bozorni, raqobatni, mijozni analiz qilish bo’yicha; • Brend platformasi; • Marketing strategiyasi Mavzularida batafsil ma’lumot berilgan. Ko’rib chiqib albatta fikringizni ayting: https://youtu.be/nCCkfibB33s?si=6JFHWyxY50VYhGSb

Mana sizga raqobat… ⚡️Wildberries Toshkent yaqinida ulkan logistika markazi qurmoqda — bu Markaziy Osiyodagi eng yiriklaridan
Mana sizga raqobat… ⚡️Wildberries Toshkent yaqinida ulkan logistika markazi qurmoqda — bu Markaziy Osiyodagi eng yiriklaridan biri bo'ladi Ma'lumotlarga ko'ra, Toshkentga tutash Zangiota tumanidagi 67,3 gektar yer "WB INT EXPORT" MChJ'ga ijaraga berilgan. Toshkent viloyatida, poytaxtga yaqin joyda 170 ming m² maydonli kompleks quriladi. U Wildberries'ning Markaziy Osiyodagi yirik hubiga aylanadi. Ijara narxi 25 yilga — 5 million dollar. Kutilishicha, shu tufayli O'zbekistondagi xaridorlar uchun ko'plab mahsulotlar endi bor-yo'g'i 2-5 kunda yetkazib beriladi. @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Universitetlarda marketingni 4 yil o’qitishadi… Sizga esa bugun 1 soatda marketing to’liq tushuntirilgan darsni ulashsam nima deysiz? @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Marketing — eshitishdan boshlanadi. Yaxshi reklama ~ Mijozni tushunishdan boshlanadi. Yaxshi sotuv ~ Uning og'rig'ini bilishdan boshlanadi. Yaxshi mahsulot ~ Bozorni o'rganishdan boshlanadi. Teskarisini qilishadi odatda: avval gapirishadi, keyin o’ylashadi. @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Arzon xodim — eng qimmat xodim. "Yillab ishlayapman, nega oyligim o'smayapti?" — bu savolni bergan bo'lsangiz, hozirgi javobim sizga yoqmaydi. Kompaniya sizga yoshingiz uchun to'lamaydi. Foydangiz uchun to'laydi. Narxingiz qanday oshadi: • Hech kim yecha olmagan tugunni yeching • "Bu mening ishim emas" demang — oling • Boshliqqa dard emas, dori olib boring • Adashsangiz — yashirmang, tuzating Og'ir yukni ko'tara oladigan odam — qimmat turadi. Marketingda mahsulotingizni "arzonroq" deb sotsangiz — o'zingizni o'zingiz kamsitasiz. Mijoz og'riq qanchalik kuchli bo'lsa — shunchalik ko'p to'laydi. Yengil muammo yechimi — arzon. Og'ir muammo yechimi — qimmat. Og'ir yo’lga kiring. Yengil yo’lga qolib, umr bo'yi kam olgandan — bir marta qiynalgan afzal. @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Mijoz "yaxshi" mahsulotni tanlamaydi. U "eng" ni tanlaydi. eng arzon, eng tez, eng yaqin. Bu — pozitsionlashtirishning butun siri. Mijoz sizga pul berishi uchun bitta savolga javob kerak: "Siz aynan nimada №1siz?" Mana 6 ta yo'l — har biri real keys bilan: Cheapest — eng arzon Bir avto ehtiyot qismlar do'koni "hammadan arzon" deb pozitsiyalandi. Boshqalar sifat haqida gapirdi — u faqat narx haqida. Byudjeti tor mijozlar to'g'ridan-to'g'ri unga bordi. Qiymat = pul tejash. Fastest — eng tez Bir yetkazib berish xizmati "30 daqiqada" deb va'da berdi. Mahsulot bir xil edi, lekin u vaqtni sotdi. Shoshgan mijoz narxga qaramadi. Qiymat = vaqt tejash. Nearest — eng yaqin Kichik market katta supermarket bilan raqobatlasha olmasdi. U "eshigingiz oldida" deb pozitsiyalandi. Odam 5 daqiqalik yo'lni tanladi. Qiymat = qulaylik. Biggest — eng katta Bir mebel do'koni "eng katta tanlov — 5000 model" dedi. Mijoz "bu yerda albatta topaman" deb ishondi. Qiymat = ko'lam va tanlov. Most experienced — eng tajribali Bir klinika "20 yillik tajriba" deb pozitsiyalandi. Mijoz sog'liqni yangi klinikaga ishonmadi. Qiymat = ishonch va xavfsizlik. Hottest — eng birinchilardan bo’lasan. Bir brend menda doim yangilik bo’ladi va sen uni xarid qilsang Toshkentdagi, Uzb dagi, Dunyodagi yagonasi bo’lasan dedi… Qiymat = sen tanho bo’lasan dedi. Hammaga "yaxshi" bo'lishga urinsangiz — hech kimga kerak bo'lmaysiz. Bitta "-engni" tanlang. Unda №1 bo'ling. Sizning biznesingiz nimada "eng"? Izohda yozingchi @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

视频消息00:57

MVP qilish bo'yicha... Bugungi olingan bir ikkita usulni bo'lishgim keldi... @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Kichik g'oyani mukammal bajarish — katta g'oyani rejalashtirishdan afzal. Marketingda ham shunaqa. Bitta ishlaydigan reels — 100 ta rejadagi videodan kuchliroq. Bitta to'g'ri offer — 10 ta chala g'oyadan afzal. Katta reja qog'ozda qoladi. Kichik, bajarilgan ish — pul keltiradi. Siz rejalashtiryapsizmi — yoki amalda qo’llayapsizmi? @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Qisqa muddatli stress qarorlar sifatini oshiradi. Uzoq muddatli stress esa ularni rasvo qiladi. Shu sabab, stressda ko'p bo'lish tavsiya etilmaydi) @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Biznes egasi yoki tadbirkor bo’lsangiz… Bu DTP ni siz albatta ko’rishingiz kerak.

Kompaniyadagi o'sish nima evaziga bo'ladi? O'sish bepul kelmaydi. Har doim biror narsa evaziga: ➡️ Vaqt evaziga — bugungi rohatni ertangi natijaga almashtirasiz. ➡️ Qulaylik evaziga — o'sish har doim noqulay zonada bo'ladi. ➡️ Eski odat evaziga — yangi daraja eski usul bilan kelmaydi. ➡️ Ba'zi odamlar evaziga — sizni pastga tortadiganlar bilan yo'lingiz ayriladi. O'smoqchimisiz? Unda nimadan voz kechishga tayyorsiz? @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Nima deb nomlashni bilmadim… Hali o’zimizni agentlik deb ommaga olib chiqmadik… Yaxshi pul to’laymiz desakda lekin, Ichki tizimimizni endi qurayotganimiz sabab, hamma mutaxassis ham bizda ishlashni istamayapti… Xizmatlarimizga mijoz topish uchun deyarli o’zimizga kontentlar va targetlar qilmadik… Lekin eshigimizni taqillatib, katta katta siz tanigan mashxur brendlar… Insonlar… Korxonalar… Hakorlik qilaylik, marketingimizni oling deb qayta qayta eshik taqillatib… Taklifimizni payti kelsa 7-10 kundan ham ko’proq kutishga rozi bo’lishayapti… Aynan mana shu aslida rizq deb atalsa kerak… Kundan kun kutmagan joylarimizdan takliflar tushayapti… Bugun barcha sababni qilsangiz ham — ishlar yurib ketmayaptimi… Demak bilingki usha siz kutgan kunga oz qoldi… Asosiysi to’xtamang…