cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining rasmiy Telegram-kanali https://surxondaryo.mehnat.uz http://www.youtube.com/@SurxondaryoviloyatiKQVBb-ut7ot

Show more
Advertising posts
3 710
Subscribers
-5924 hours
-1137 days
-14030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Surxondaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi: 🔷 Surxondaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi: Bosh arхitektori; Tuman (shahar) Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo’limlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho’’basi boshlig'i; 🔷 Sariosiyo tumani hokimligi: Yuristkonsulti; 🔷 Uzun tuman hokimligi: hokimning chegara masalalari bo`yicha yordamchisi; 🔷 Boysun tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi: Dahnaijom mahallasi хotin-qizlar faoli; ❗️Arizalar 28.05.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi. ➖ Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma 🔷 Agentlikning Surxondaryo viloyati filiali — 76-223-51-42 🔷 Murojaat uchun bot@vacancy_argos_bot 🔷 Vakansiyalar kanali@vacancy_argos
Show all...
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali

Photo unavailableShow in Telegram
💼 Yangi tayinlov Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining tegishli buyrug'i bilan To‘ranazorov Jur’at Abdimurod o‘g‘li - Muzrabot tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo‘limi boshlig'i avozimiga tayinlandi. Jur’at To‘ranazorov 1990-yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2017-yilda Toshkent viloyati Navoiy Davlat Konchilik Institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – Metallurg. Tayinlovga qadar Muzrabot tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o'rinbosari vazifasida faoliyat yuritayotgan edi. Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi jamoasi Jur'at To'ranazarovning kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyatlar tilaydi. ✅Bosh boshqarmaning rasmiy sahifalari Telegram|web-sayt|facebook
Show all...
👍 5
02:13
Video unavailableShow in Telegram
🟢 Ҳоким ёрдамчилари тавсияномалари асосида 81 мингта лойиҳага 1 трлн. 400 млрд сўм имтиёзли кредитлар ва 5400 дан ортиқ ишсизларга 31 млрд сўм миқдорида субсидиялар ажратилди Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш агентлиги ахборот хизмати раҳбари Носир Боймирзаев маълум қилди. Ўтган даврда 1 млн 300 минг нафар фуқаронинг даромадли меҳнат билан бандлиги таъминланди. Хусусан, уларнинг 355 минг нафари доимий ва мавсумий ишларга жойлаштирилди, 765 минг нафари ўзини-ўзи банд қилган шахс сифатида рўйхатга олинди, 61 минг нафари якка тартибдаги тадбиркорликка, 13 минг нафари ҳунармандчиликка ва 36 минг нафари ҳақ тўланадиган жамоат ишларига жалб қилинди, 74 минг нафар фуқарога ижара асосида ер майдонлари ажратилди. Ҳоким ёрдамчилари томонидан касб-ҳунар ва тадбиркорликка ўқишга йўналтирилган 35 минг нафар фуқаролар ўқишни тамомлаб, сертификатларга эга бўлишди. Шунингдек, 20 мингдан ортиқ маҳаллабай микролойиҳалар шакллантирилиб, улардан 7 200 таси ишга туширилиши натижасида 23 мингта янги иш ўрни яратилди. ✍️ Батафсил Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️ TelegramVeb saytFacebook  YouTubeInstagram|
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш агентлиги томонидан ҳоким ёрдамчилари фаолиятини самарали ташкил этиш бўйича амалга оширилган ишлар АОКАда Агентлик ахборот хизмати раҳбари Носир Боймирзаев иштирокида шу мавзуда брифинг бошланди. Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин: 🖥 Жонли эфир 〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Show all...
👍 1
​​Doimiy ravishda konditsioner yoqilgan xonada o‘tirish qanday salbiy oqibatlarga olib keladi? ☀️ Yoz faslini havoni sovitib beruvchi konditsionersiz tasavvur qilish mushkul. Ushbu texnika ostida jon saqlaydigan ofis ishchilari va boshqa barcha foydalanuvchilar konditsionerni ishlatish qoidalariga amal qilishni unutmasligi lozim. ❗️Konditsioner ishlayotgan xonadagi havo quruqlashadi, inson o‘zini holsiz his etadi va ba’zilarda bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Konditsionerdan chiqayotgan sovuq havo oqimi xonadagi odamga to‘g‘ridan to‘g‘ri kelsa, tananing yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. Quruq havo oqimlari terining holatiga ham ta’sir qiladi: surunkali dermatozi bor insonlarda teri qurishi, qichishi va hatto toshmalar paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, konditsioner burun shilliq qavatiga ham salbiy ta’sir etib, tomoq og‘rishi, burun oqishi, ko‘zlar yoshlanishi hamda allergik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin. ⚠️ Konditsioner havo filtrlari bir yilda kamida ikki marotaba tozalanishi kerak. Konditsioner feni o‘zidan xonadagi havoni aylantirishi natijasida havo tarkibida bo‘lgan barcha changlar va kasallik tarqatuvchi mikroblar filtrda qolib ketadi. Agarda filtrlar o‘z vaqtida tozalanmasa, ular to‘ladi va xonadagi havo ifloslanadi. Bu esa o‘tkir virusli va respirator kasalliklarga olib keladi. 🦠 Masalan, legionella bakteriyasi nam havoda va kichik suv tomchilarida to‘planib qoladi. 1976-yilda AQSHda ilk bor ushbu bakteriya keltirib chiqaradigan kasallikning tarqalishi qayd etilgan. Amerikada bir mehmonxonada qolgan AQSH legionlar yig‘ilishining 200 nafar ishtirokchilari kasal bo‘lib qolgan. Ularda grippga o‘xshash alomatlar kuzatilgan. Keyinchalik kasallikni qo‘zg‘atuvchi patogen aniqlandi va unga mos ravishda legionella deb nom berildi. ❗️Bunday bakteriyalar tarqalmasligi uchun hozirgi ishlab chiqariladigan konditsionerlarda bakteriyalarning rivojlanish xavfini kamaytiradigan antibakterial filtrlar mavjud. Ular muntazam tozalab turilsa, konditsioner uchun to‘g‘ri joy tanlab o‘rnatilsa hamda undan chiqayotgan harorat darajasi me’yorida bo‘lsa, hech kim kasallanmaydi.
Show all...
Repost from Bandlik Vazirligi
Photo unavailableShow in Telegram
Mehnat shartnomasi: ▪️nomuayyan muddatga; ▪️3 yildan ko‘p bo‘lmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi) tuzilishi mumkin. Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati shartlashilmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tarixi 10.10.1991-yil – Mehnat va ijtimoiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston SSR Davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga aylantirildi. 1992-yil – O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti a'zoligiga qabul qilindi. 14.07.1993-yil – mehnat muhojirlari ishlari bo‘yicha Respublika agentligi tashkil etildi. 13.02.2001-yil – Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta'minot vazirligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi tuzildi. Vazirlikning asosiy vazifasi sifatida aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni nazorat qilish, mehnatga haq to‘lash sohasida yagona umumdavlat siyosatini yuritish, ishsizlar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish, yosh Respublika taraqqiyotida ishchi kuchidan foydalanish bo‘yicha Xalqaro mehnat tashkiloti, boshqa davlatlarning mehnat organlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish belgilandi. 06.04.2001-yil – mehnat muhojirlari ishlari bo‘yicha Respublika agentligi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga aylantirildi. 04.12.2016-yil – Shavkat Mirziyoyev Miromonovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangandan so‘ng, mehnat sohasi va bandlikni ta'minlashda jadal islohotlar, shuningdek, O‘zbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar boshlandi. 07.02.2017-yil – 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi va uning to‘rtinchi – “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” yo‘nalishida quyidagilar nazarda tutildi: - yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta'minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish; - mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish. 24.05.2017-yil – O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga aylantirildi. Vazirlikning asosiy vazifasi sifatida yangi ish o‘rinlari tashkil etish uchun davlat buyurtmasini ishlab chiqish, aholi bandligini ta'minlashga doir hududiy va tarmoq dasturlarni amalga oshirish, oliy va o‘rta maxsus, kasbiy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, kam ta'minlangan oilalarga nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lash va moddiy yordam berishni monitoring qilish hamda boshqalar belgilandi. 27.11.2018-yil – O‘zbekiston Migratsiya bo‘yicha Xalqaro tashkilotga a'zo bo‘ldi. 1991-yildan bugungi kungacha bo‘lgan vazirlar: 1991 – Alixan Atajanov – O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri 1995 – Oqiljon Obidov – O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri 1999 – Shavkatbek Ibragimov – O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri 2001 – Oqiljon Obidov – O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri 2006 – Aktam Xaitov – O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri 2014 – Aziz Abduxakimov – O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri 2017 – Aktam Xaitov – O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri 2018 – Sherzod Kudbiev – O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri 12.09.2019 dan Nozim Baxtiyorovich Xusanov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri hisoblanadi
Show all...
02:39
Video unavailableShow in Telegram
#Madhiya Bugun, 27-may kuni Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari ish kunini O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini kuylash bilan boshladi. ✅Bosh boshqarmaning rasmiy sahifalari Telegram|web-sayt|facebook
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ 900 дан ортиқ вакант лавозимга танлов эълон қилинди Қуйидаги ташкилотлар тизимидаги вакант лавозимлар учун эълон қилинган танловларга аризалар қабул қилинмоқда: ▪️ Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ▪️ Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ▪️ Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ▪️ Соғлиқни сақлаш вазирлиги ▪️ Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазирлиги ▪️Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ▪️ Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ▪️ Рақамли технологиялар вазирлиги ▪️ Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги ▪️ Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ▪️ Сув хўжалиги вазирлиги ▪️ Транспорт вазирлиги ▪️ Энергетика вазирлиги ▪️ Маданият вазирлиги ▪️ Тоғ-кон саноати ва геология вазирлиги ▪️Спорт вазирлиги ▪️ Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси ▪️ Давлат активларини бошқариш агентлиги ▪️ Ёшлар ишлари агентлиги ▪️ Солиқ қўмитаси ▪️ Маданий мерос агентлиги ❗️Танловда иштирок этиш учун номзод vacancy.argos.uz порталида рўйхатдан ўтиши лозим. ◾️ Барча бўш иш ўринлари
Show all...
👍 1
Бонапарт саройида фотосуратчи Марио Тестинонинг Ўзбекистон бўйлаб тасвирга туширган асарлари намойиш этилмоқда 25 май куни Римдаги Бонапарт саройида мода оламининг энг довруғли фотосуратчиларидан бири Марио Тестинонинг «Гўзал дунё» кўргазмаси ўз ишини бошлади. 👉 Батафсил Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Show all...