Blogfolio
Open in Telegram
Design blog Web design: dribbble.com/sirojn1 Graphic design: be.net/sirojn1 © 2018–2025
Show more575
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-1130 days
Posts Archive
575
Yaxshi dizayn g‘oyasi bu — boshqa dizaynerlarni “nima uchun bu g‘oya menga kelmadi?” deb o‘zlarini ahmoqdek his qilishidir. (c)
@blogfolio
575
Yoshlarning hammasi ham ijtimoiy tarmoq va kompyuter o‘yinlariga qul emas
Yuqoridagi videoda ko‘rgan bo‘lsangiz Teamit Academy o‘zining Grafik dizayn kursi o‘quvchilari o‘rtasida kichik chempionat o‘tkazdi. Men natijalarni baholovchilar qatorida edim va shuni bildimki, hozirgi kunda grafik dizayn va umuman IT sohalarini o‘rganuvchilarning yoshi sezilarli darajada kichrayib bormoqda. Bundan 4-5 yil avval bu sohalarga ko‘pincha 20 yoshdan oshgan yigit-qizlar qiziqish bildirib, o‘rganishni boshlasa, bugungi kunda 12-15 yoshli o‘smirlar allaqachon dasturlash, dizayn asoslarini o‘rganib, o‘zlarining ilk loyihalarini yaratishga kirishib ketgan.
Texnologiyalarning rivojlanishi va ularga kirish imkoniyatining osonlashishi yosh avlodni nafaqat turli tarmoq va o‘yinlarga, balki, foydali sohalarga ham erta jalb qilmoqda deb o‘ylayman.
Buni qarangki, Teamit’da bo‘lib o‘tgan chempionatning asosiy mavzusi ham aynan vaqtni qadrlash bilan bog‘liq edi.
@blogfolio
575
Repost from Teamit.uz
Grafik dizaynerlar o‘rtasidagi musobaqamiz nihoyasiga yetdi!
Yaratuvchanlik, original g‘oyalar va yuqori darajadagi dizayn ishlari — barchasi bir sahnada jam bo‘ldi.
G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz va musobaqada qatnashgan har bir ishtirokchiga rahmat aytamiz!
Ijod davom etadi — bu endi boshlanishi!
Teamit Academy - zamonaviy kasblarni biz bilan o'rganing
🏢 Jizzax sh. Maishiy xizmat uyi
🏛 Mo'ljal: "Zokir ota" to'yxonasi
📍Lokatsiya
☎️ 99 550 77 99
🌐 teamit.uz
Telegram | Instagram | Facebook
575
Figma sayt konstruktori (website builder) ustida ishlayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi
Framer, Webflow, Wix, Tilda va boshqa no-code xizmatlari uchun bu jiddiy raqobat bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi rasmni isbot sifatida postlarga qo‘yishyapti, qolaversa rasm egasining bu rasmni o‘chirib tashlashi kerakligi haqidagi xabari yozilgan skrinshot yuribdi.
Aftidan 7, 8-may kunlari bo‘lib o‘tadigan "Figma Config-2025" zo‘r bo‘ladiganga o‘xshaydi.
@blogfolio
575
Yana sun’iy intellekt haqida
Anvar Narzullayev bilan bo‘lgan suhbatning ushbu parchasida ikkita narsani bilib olasiz:
1. Dasturchi nima ish qilishi )
2. Dizaynerning va umuman insoniyatning kreativligi uning sun’iy intellekt oldidagi eng katta ustunligi bo‘lib qolishi.
@blogfolio
575
Sun’iy intellekt bilan qanday raqobat qilamiz?
Matnda SI’dan foydalanilmagan.
So‘nggi kunlarda OpenAI’ning ChatGPT va Sora kabi vositalari haqidagi yangiliklar ko‘plab dizayn bloglarda asosiy mavzuga aylandi. Endilikda SI matn bilan bexato ishlashga qodir, yuqori sifatli va haqiqatga yaqin suratlarni generatsiya qilmoqda. Tan olish kerakki, bu innovatsiyalar dizayn sohasida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Bu xabarlar fonida ba’zi hamkasblarimizdan "endi dizaynerlarga ehtiyoj qolmadi" degan xavotirli fikrlar eshitilmoqda.
Ammo aslida vaziyat butunlay boshqacha. Neyron tarmoqlar biz uchun raqobatchi emas, aksincha, qo‘limizdagi yana bir vositadir. Sun’iy intellektdan foydalanish orqali ishimizni tezlashtiramiz, ko‘proq ijodiy imkoniyatlarni kashf qilamiz va yanada sifatli natijalarni olishga erishamiz. Lekin ijodkorlik va g‘oyalarni yaratish – insonning noyob va o‘rnini bosib bo‘lmas xususiyatiligicha qoladi.
Sun’iy intellekt ilgari odamlar qilgan ishlarni yig‘ib, umumlashtirib, ulardan yangi natijalar yaratadi. Aslida, dizayner sifatida biz ham tez-tez shunday qilamiz. Bu holatda bizning ustunligimiz esa, inson sifatida o‘z ishimizga mehr bilan yondashishimiz, unga ma’no va his-tuyg‘ularni qo‘sha olishimiz va eng muhimi, "nima uchun aynan shunday qilayotganimizni" boshqalarga tushuntirib bera olishimizda aks etadi.
Shuning uchun neyron tarmoqlarni raqobatchi sifatida emas, balki yangi g‘oyalar olish, ilhomlanish va kreativ jarayonni yanada boyitish uchun foydalanadigan yordamchilar sifatida qabul qilishimiz lozim.
@blogfolio
575
💎 Key Visuals 1.0: Logo dizayn bo‘yicha mentorship
Grafik dizayner va mentor Maqsadjon Olimjanov logo dizayn bo‘yicha o‘z tajribasi, bilimlari va ko‘nikmalarini boshqalar bilan bo‘lishish maqsadida yangi loyiha – mentorship dasturini boshlamoqda.
Ushbu mentorship dasturi dizayn sohasida ma’lum tajribaga ega bo‘lgan va o‘z faoliyatini keyingi bosqichga olib chiqmoqchi bo‘lganlar uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Ro‘yxatdan o‘tish va mentorship haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://forms.gle/3PSpZYzXH4u8Ws576
@blogfolio
575
Figma tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritdi va narxlar oshdi
Mavjud mijozlar uchun yangi narxlar va tarifdagi o‘zgarishlar 2025-yil 11-martdan boshlab yoki undan keyingi birinchi yangilanish muddatida kuchga kiradi deyilmoqda xabarda.
Yaxshi xabar ham bor: Figma o‘qituvchi va talabalar uchun bepulligicha qoladi.
@blogfolio
575
Photoshop Beta’da Hue/Saturation’ning yangilangan versiyasi paydo bo‘ldi
Endi tasvirdagi ma’lum rangni o‘zgartirish uchun bosqichma-bosqich qidirish shart emas. Yangi versiya tanlangan tasvirda mavjud eng muhim 6 ta rangni sizga ko‘rsatadi.
Batafsil: PiXimperfect
@blogfolio
575
Tartibsizlikdan go‘zallik yaratish va foydalanuvchi tajribasini kuchaytirish san’ati
Klassik prinsiplariga qarama-qarshi ravishda, “Ixtiyoriy ritm” qotib qolgan qoidalardan tashqarida ishlaydi. Undan qo‘rqmang!
Havolani kompyuterdan ochish tavsiya etiladi: https://antiquewhite-jackal-431005.hostingersite.com/
@blogfolio
575
+1
"Произвольный ритм (ixtiyoriy ritm)ni veb-saytlarda ishlatishdan maqsad nima? Mohiyati nimada o‘zi bu usulni? Nima foyda bunaqa qilishdan?" degan savollarni bergan edim Farruxbek Abdullayevga.
Erinmasdan batafsil javob tayyorlabdi. Keyingi postda javob havolasini ulashaman. Undan oldin esa kimda qanday qisqacha fikr bor bu bo‘yicha?
Yuqoridagi suratlar ixtiyoriy ritm atamasi nima ekanligi va gap nima haqida ketayotganligini anglab olishingiz uchun.
@blogfolio
575
Citigroup tasodifan mijozning hisob raqamiga 280 dollar o‘rniga 81 trillion dollar o‘tkazib yubordi
Financial Times’ning yozishicha, to‘lov 2024-yil aprel oyida amalga oshirilgan, biroq ushbu holat bir yil o‘tgach oshkor etilgan. Shu bilan birga, to‘lovni amalga oshirgan bank xodimi ham, tranzaksiyalarni tekshirishi kerak bo‘lgan ikkinchi mansabdor shaxs ham xatoni payqamagan.
Shubhali to‘lovni tranzaksiya qayta ishlanganidan bir yarim soat o‘tgach, bankning uchinchi xodimi aniqladi, yana bir necha soat o‘tgach, o‘tkazma bekor qilindi.
FT manbalarining ta’kidlashicha, hodisa ma’lumot kiritishdagi xatolik va noqulay foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘lgan zaxira tizimi bilan bog‘liq.
Ko‘rib turganingizdek, yomon UI (User Interface) dizayni nafaqat foydalanuvchilarga noqulaylik keltiradi, balki milliardlab dollarlik xatolarga ham olib kelishi mumkin.
@blogfolio
575
Ushbu videoda shunday ma’no bor: "Professional mahorat tajriba orqali o‘sadi, ijodkorlik esa e’tibor va ishtiyoq bilan rivoj topadi"
Dizaynda tajriba yillar orqali o‘lchanmasligini yanada yaxshiroq anglash uchun bundan ortiq ma’noga ega jumla bo'lmasa kerak.
To‘liq ma’ruza bu yerda.
@blogfolio
575
Repost from ©️ gulomov design
Agar men sohamizda endi faoliyat olib borishni boshlaganimda...
Status: o'rganuvchi, yosh 18, 2025-yil.
1️⃣ Maqsad bosqich
Dizayn sohasi qo'limdan yaxshi kelishiga ishonch xosil qilish, online ochiq manbalardagi darsliklarni va boshqa dizaynerlar ishlarini kuzatish. Selfstudy bilan shug'ullanish va ushbu jarayon o'zimga ma'qul kelayotganini aniqlash. So'ng miyyadan boshqa barcha chalg'ituvchi hayollarni tozalab tashlash. Dizayn bo'yicha yaxshi darajaga chiqishni niyyat va maqsad qilish.
Maqsadlarni ma'lum bir muddat o'tganidan so'ng yana tekshirib va tahlil qilib olish mumkin. Bu haqida keyinroq yozib o'taman.
2️⃣ Ta'lim bosqich
Moliyaviy imkoniyatimdan kelib chiqqan holda o'quv markaz yoki online kurs sotib olar edim. Imkoniyatim umuman yo'q bo'lgan holatda - bepul ochiq manbalarga yo'l olar edim. Youtubeda hozirda yetarlicha manbalar mavjud. Hard bilimlarga maksimal fokusimni qaratar edim.
Kursda e'tibor berishim kerak bo'lgan yana bir holat - bu uning muddati. Butun bir yilga mo'ljal olmaganligiga qarash bo'lar edi. Ya'ni ushbu bosqich uchun kamida 4-6 oyni mo'ljal qilar edim. 1 yillik yoki undan oshiq vaqtga mo'ljal qilingan kursda vaqtdan yutqazish xavfi bo'lishi mumkin.
3️⃣ Shogirdlikka tushishga harakat qilar edim
Ma'lum bir darajadagi hard bilimlardan so'ng, ya'ni asosiy grafik dasturlarni o'rganganimdan so'ng, dizayn prinsiplari bilan yaxshilab tanishib chiqqanimdan so'ng, vizual bazamni kuzatuvchanlik va amaliy qism orqali rivojlantirib olgandan so'ng, shogirdlikka harakatni boshlar edim.
1-sektor agentliklar. Mahalliy barcha agentliklarni kuzatib chiqar edim. Potensial 2-3 yoki 4-5 talariga stajirovka uchun shogirdlik taklifi bilan chiqar edim (taklif bilan chiqishni o'zi ham alohida yondashuv talab qiluvchi qiziqarli mavzu, bu haqida keyingi postda tavsiya qoldiraman).
Agar agentliklarni barchasi rad javobini bersalar, unda dizayn sohasi mavjud bo'lgan 2-sektor poligrafiya yoki tipografiyaga shogirdlik taklifi bilan chiqar edim. Ular qabul qilish imkoniyatlari yuqoriroq.
Ushbu jarayonlarga ideal holatda ta'lim bosqich 6-oy, shogirdlik 1-1.5 yilgacha vaqtni mo'ljal qilgan bo'lar edim.
575
Repost from Ahror Alikhanov | Dizayn blog
14-fevral – Dizayner dardi
Bobur uslubida g‘azal
Oshiq yurar dovdirab, gul ila yorni quchar,
Mijoz esa menga der: "Buyurtmam qachon tugar?"
Kimdir yorga bitar, she’r ila ishq izhorin,
Men esa logotipni tugatmoqdir qarorim.
Kimdir dilda shod erur, yori ila sayr aylab,
Men kechasi yururman, yangi font qayta izlab.
Kimsa gul ila borgay, ko‘ngli shod va mehribon,
Men esa rang tanlayman, ko‘kmi yoki qirmizon?
Kimdir yor ila kulur, g‘amdan kechib beqaror,
Men mijozdan eshiturman: "Banner bo‘lurmi tayyor?"
Bobur aytadurkim, ishqga vaqtim yo‘q bugun,
Oshiq yorga gul uzgay, dizayner – ijodga qul!
© ChatGpt va men ikkimizning birgalikdagi ijod mahsulimiz.
Rasm esa Midjourney ijod mahsuli.
575
Figma'da kichik yangilanish paydo bo'ldi
Endi har qanday obyekt – jumladan, freymlar, shakllar, rasmlar, videolar, vektorlar va matnlar uchun aspekt nisbatini qulflash mumkin. Bu esa obyekt yoki uning asosiy konteyneri o‘lchamini o‘zgartirganingizda uning proporsiyalari saqlanishini ta’minlaydi.
Qisqa qilib aytganda, endi "Scale (K)" kamroq bosiladigan bo'ldi.
@blogfolio
575
Repost from Hashar Design Community
Yangilandi.
Izohi ostida OpenAI bugun rebrending o‘tkazdi!
🔘 Kompaniyaning logotipi, uslubi va vizual aydentikasini yangilandi.
Shuningdek, o‘zgarishlar ChatGPT foydalanuvchi interfeysiga ham ta’sir ko‘rsatdi.
💭 Hasharchilar, yangi dizaynga o‘z fikringizni bildiring?
575
Repost from Nodizayn
✨ Sun’iy intellekt dizaynerlarning ishini tortib olmaydi. Aksincha, undan foydalana bilmagan dizaynerlarni ishsiz qoldiradi.
Keling, real misol bilan tushuntiraman. Ishda murakkab ma’lumotlar bilan ishlashni talab qiladigan dizayn yechimi ustida ishlayabman. Har xil rollarga qarab imkoniyatlar berish kerak, lekin rollar ko‘p, ma’lumotlarning iyerarxiyasi ham juda murakkab. Bu iyerarxiyani tushunarli diagramma shakliga keltirishim kerak.
30 daqiqa vaqt sarflab, qaysi vizualizatsiya usulini tanlashni hal qila olmadim. Barcha tafsilotlarni ChatGPT’ga tushuntirib, bosqichma-bosqich yo‘riqnoma berdim. Natijada, u atigi 10-15 soniyada kerakli diagrammani tayyorlab berdi. Diagramma men o'ylagandan ham tushunarli va sodda holatga keldi.
Sun'iy intellektdan qo'rish emas, balki uni bizni ishimizni osonlashtiruvchi vosita sifatida ko'rishimiz kerak.
@nodizayn
575
"Sun’iy intellekt yaqin 2 yilda dizaynerlarni ishsiz qoldirishi 100%" – Jahongir Ortiqxo‘jayev
Tadbirkorning aytishicha, qo‘l mehnati va aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar, arxitektor va dizaynerlar yaqin yillarda ishsiz qoladi.
@blogfolio
