Ahror Alikhanov | Dizayn blog
Open in Telegram
348
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
December '24
December '24
+20
in 0 channels
November '24
+39
in 0 channels
Get PRO
October '24
+50
in 0 channels
Get PRO
September '24
+370
in 1 channels
Get PRO
August '240
in 3 channels
Get PRO
July '240
in 6 channels
Get PRO
June '240
in 0 channels
Get PRO
May '240
in 1 channels
Get PRO
April '24
+18
in 0 channels
Get PRO
March '24
+342
in 1 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 21 December | 0 | |||
| 20 December | +1 | |||
| 19 December | +11 | |||
| 18 December | 0 | |||
| 17 December | 0 | |||
| 16 December | +1 | |||
| 15 December | +1 | |||
| 14 December | 0 | |||
| 13 December | 0 | |||
| 12 December | +2 | |||
| 11 December | 0 | |||
| 10 December | 0 | |||
| 09 December | +1 | |||
| 08 December | 0 | |||
| 07 December | 0 | |||
| 06 December | +1 | |||
| 05 December | +1 | |||
| 04 December | +1 | |||
| 03 December | 0 | |||
| 02 December | 0 | |||
| 01 December | 0 |
Channel Posts
Har gal qarindoshlar bilan ko'rishganda, nima ish qilishimni tushuntirolmay qiynalib ketaman🗿
| 2 | Do'stlar barchaga Hayit ayyomi muborak bo'lsin!
Hamma ezgu niyatlaringiz ijobat bo'lsin. Kelasi Ramazonga barchamizni sog'-salomatlikda yetkazsin. Ezgu amallar sizga doim hamroh bo'lsin! | 368 |
| 3 | Zamonaviy dizaynning asosi Bauhaus haqida nimalarni bilasiz?
Ozroq suhbatlashaylik. | 691 |
| 4 | Bugungi postim dizayn haqida emas, kitoblar haqida.
Kitob inson hayotidagi eng katta xazina. Yuqorida bizning uydagi kutubxonaning rasmi. Bu yerdagi ko‘plab kitoblarni o‘qimagan bo‘lsam ham, bolaligimda kitobga mehr qo‘yishimda aynan mana shu kitoblarga to‘la javon muhim ro‘l o‘ynagan. Bizni bunday muhitda katta bo‘lishimizga sababchi bo‘lgan ota-onamga katta rahmat aytmoqchiman.
To‘g‘ri hozir oldingidek kitobxon emasman, lekin hayotdagi dunyoqarashimni shakllantirishga mana shu kitoblar sababchi bo‘lgan.
Kitob har qanday kasb egasi uchun koni foyda. Dizaynerlar uchun ham ahamiyati katta. Siz badiiy kitob o‘qiganingizda tabiiyki asardagi voqelik hayolingizda aks etadi. Shu sabab sizda biror bir yangi g‘oyani hayolingizda vizual shakllantirish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi.
Xullas, kitob o‘qing, uyingizda kichik bo‘lsada kutubxona shakllantiring, kelajakdagi farzandlaringiz uchun ham! | 863 |
| 5 | Ko‘pincha instagram recomendation'dan yangi ochilgan agentliklar sahifasi chiqib qoladi. Aksariyat holatlarda ularning yangi boshlagandagi sahifa yuritishi deyarli bir-xil. "Logotip sizga nega kerak?", "Brending qanchalik muhim?", "SMM nima?" kabi ma'lumot beruvchi statik postlar.
Bu kabi postlar menimcha o‘z aktualligini yo‘qotganiga ancha bo‘ldi. Bozorda raqobat katta va u yerda unikallik, professionallik kerak.
Tushunaman, mijoz jalb qilish kerak, target kerak. Lekin ozroq boshqacha yondashish ma'qul. Uni o‘rniga o‘z ishlarini, ish jarayonlarini ko‘rsatishi mijozlarga qiziqroq deb o‘ylayman. | 3 786 |
| 6 | Go‘zallik dunyoni qutqaradi, O‘zbekistondagi go‘zalliklarni-chi, kim qutqaradi?
Suratkash Kirill Tsybenko tomonidan Toshkent shahridagi deyarli barcha mozaikalarning suratini "Toshkentning unutilgan san'ati" nomi ostida bir joyga to‘planibdi.
U Behance'dagi to‘plam tavsifida shunday deb yozadi:
Noyob mozaikalarni topish uchun butun shaharni aylanib chiqishdan huzurlandim. Ko‘plab mozaikalar odatdagiga o‘xshamaydi va bundaylarini boshqa shaharlarda uchratmaysiz.
Men yuzdan ortiq mozaikalarni suratga tushirdim va hujjatlashtirdim. Afsuski, ularning ba'zilari yashirilgan, to‘silgan, shu sababdan suratga ololmadim. Ba'zilari esa xarob ahvolda yoki buzib tashlangan.
Balandparvoz shiorlarimizda biz shaharlarni, tariximizni sevishimizni aytamiz. Qanchalik madaniyatli xalq ekanligimiz bilan maqtanamiz-u, bor narsalarning qadriga yetish, umumjamoat mulklarini, hatto daraxtlarni asrashdan qochamiz.
Shu suratlarni bir inson o‘zi, individual shaklda amalga oshirgan. Kimdandir qanchadir summa so‘ramagan. Budjetdan pul chiqartirmagan.
Mayli, shunchaki go‘zallikdan rohatlanaylik. Suratlardan foydalansangiz, muallifni manba sifatida keltirib ketishni unutmang.
Mozaikalar mualliflari: aka-uka Jarskiylar, V. I. Chub, V. I. Drigin, Arnold Gan va boshqa ijodkorlar.
#Kuzatuv #Tavsiya #ŌzSōz
@mirzo_zominiy | 603 |
| 7 | O‘tkan yili 8-mart arafasida ISHONCH ajoyib reklama kampaniyasi taqdim qilgan edi. U 19 ta videorolikdan iborat bo‘lib, bayramdan oldin va keyin ham publish qilib borilgan. Roliklardagi asosiy message shu tartibda edi: "Xa, bugun 8-mart emas, lekin ayollarga har kuni mehrli bo‘lish mumkin".
Rostdan ham juda ajoyib o‘ylangan g‘oya va ijtimoiy chaqiruv.
Bugun bayram arafasida shuni bir esladim va sizga ham yetkazmoqchi bo‘ldim. Keling ayollarga mehr berish uchun, yilda bir martda 8-martni kutmaylik. Har kuni mehrli bo‘ling, doim xursand qiling. | 598 |
| 8 | Dam olish kunlarini yaxshi yakunlab olgan bo‘lsangiz, sizlarga yana bir ajoyib keys ko‘rsatmoqchiman.
"Morning" coffee shop uchun tayyorlangan ish ekan. Menga juda yoqgan tarafi, insonlarni tonggi kayfiyati va uyqudan uyg‘onish holatidan ajoyib uslub chiqarishgan ekan.
Muhimi oddiy minimal va qiziqarli, noodatiy aydentika ekan.
To‘liq taqdimot | 951 |
| 9 | Yaqinda "Пятницкий маркетинг" blogida Apple kompaniyasining Ex-strategi Sasha Popkov bilan bo‘lgan suhbatda, u "O‘zbekistonda brendlar bormi? Bo‘lsa qaysilar?" degan savollarga ham javob berdi.
Endi bu savolni sizga bermoqchiman. Sizningcha, O‘zbekistonda brend drajasiga chiqqan yoki brend bo‘lib shakillanayotgan bizneslardan qaysilarini bilasiz? O‘zi O‘zbekistonda brend bormi?
Fikrlaringizni izohlarda yozing, ozroq suhbatlashaylik) | 894 |
| 10 | Xo’sh, ro’yxatdan o’tganlar, qatnashmoqchi bo’lganlar bormi? | 818 |
| 11 | 4. Odatiy rutinadan chalg‘ish. Asosiy ish joyingizda ko‘pincha bir xil topshiriqlar bo‘lishi mumkin. Festivallarda esa sotsial, global muammolarga asoslangan, qiziqarli topshiriqlar beriladi
5. Albatta agar g‘olib bo‘lsangiz, tanlovning final bosqichida ishtirok etish imkoniyati. Final bosqichi Fransiyaning Kan shahrida bo‘lib o‘tadi va u yerda dunyoning eng kuchlilari qatnashishadi.
Xullas, imkoniyatingiz bo‘lsa qatnashing, afsus qilmaysiz. Omad sizni tark etmasin! | 772 |
| 12 | 21-fevral kuni "Young Lions Competition Central Asia" festivaliga ro‘yxatdan o‘tishning so‘ngi kuni ekan. Shu bois, bu kabi festivallarda qatnashish dizaynerlarga nima uchun kerakligi haqida fikrlarim bilan bo‘lishmoqchiman
Bu festival bizga nima beradi?
1. Muammoga tez va effektiv yechim berish. Belgilangan qisqa muddat davomida berilgan muammoga qanday yechim bera olish ko‘nikmangizni sinab, yoki shakillantirib olishingiz mumkin.
Bu yerda siz 24 soat davomida berilgan brifga yaxshi va kreativ yechim bera olishingiz kerak bo‘ladi.
2. Rezyumeyingiz uchun ham plyus bo‘lishi mumkin. Festivallarda qatnashib, u yerda yaxshi natijaga erishganingiz sizga kelgusidagi intervyularingizda yaxshigina naf keltirishi mumkin
3. Jamoa bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish. Odatda bu festivalda 2 kishilik jamoa bo‘lib qatnashiladi. "Bitta aql yaxshi, ikkitasi undan ham yaxshi" naqli asosida g‘oyalar kollabratsiyasidan eng yaxshisini tanlashga harakat qilasiz.
(davomi keyingi postda) | 620 |
| 13 | Bu kabi kreativ g‘oyalar osmondan olinmaydi, ular asosan bizning hayotimizdan, ba'zan biz ilg‘amaydigan oddiy narsalardan olinadi.
Kreativlikni oshirish uchun juda ko‘p kuzatish kerak. Nafaqat bu kabi keyslarni, balki hamma narsani. Kundalik hayotdagi oddiy voqeyliklarga ham e'tiborli bo‘lish talab qilinadi.
Misol uchun, qushlarning uchishi, sayrashi, mashinalar harakati, insonlarning bir-biriga munosabati, kundalik bajariladigan amallar va h.k.
Shundagina siz boshqalar payqamaydigan detallarni ko‘rishni o‘rganasiz.
Kuzatishdan to‘xtamang, hayotingiz kreativga to‘la bo‘lsin! | 5 435 |
| 14 | IKEA dan ajoyib kreativ reklama kampaniyasi.
"Proudly Second Best — Faxr bilan, eng yaxshi ikkinchi" deb nomlangan kampaniyada ajoyib g'oya olib chiqilgan.
Bu yerda IKEA biz 1-likka davogar emasmiz, 1-o‘rin bu albatta ota-onaning bag‘ri. Biz farx bilan ikkinchilar ichida eng yaxshisimiz deyapti. Bu juda ham ajoyib va inson his-tuyg‘ulariga ta'sir qiluvchi g‘oya.
Bu reklama kampaniyasi 2023-yilda Cannes Lions da 1 ta oltin va 4 ta kumush mukofotlarini qo‘lga kiritgan.
To‘liq keys | 975 |
| 15 | "Eski logosi yaxshi edi" deganlar ko‘nglingizni to‘q qiling.
Menga aytishgan ma'lumotlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, kechagi taqdimotda Zakovatning barcha yo‘nalishlarini birlashtiruvchi eco-sistema taqdim qilingan. Bu huddi "Alphabet Inc", "Meta" kabi turli yo‘nalishlarni birlashtiruvchi bosh brend desak bo‘ladi.
Zakovat klubi, Zakovat Gambit va shu kabi bir qator loyihalar bir eco-sistemaga jamlanadi. Har bir loyihaning o‘zi alohida logosi bo‘ladi, ular hozircha o‘zgarishsiz qolgan. | 707 |
| 16 | Zakovatning bugun taqdim qilingan logosi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘zim shaxsan to‘liq taqdimotni ko‘rganim yo‘q. Lekin ko‘pchilikdan "eskisi yaxshi edi", "juda oddiy" degan gaplarni eshitdim. Va pinterestdan shunga o‘xshash logolar bilan solishtirib, "chopilgan" ekanku deganlar ham bo‘ldi.
Umumiy oladigan bo‘lsak to‘liq taqdimotni ko‘rmasdan, u bilan batafsil tanishmasdan bunday nokonstruktiv feedback berish yaxshi emas.
Logotiplar o‘xshash bo‘lishi bu "chopilgan" degani ham emas. Aynan bu kabi abstract, geometrik shakllar unikal bo‘lmasligi tabiiy va normal holat. Asosiysi aydentika va brend g‘oyasi qanchalik yaxshi ishlanganligi va to‘g‘ri xizmat qilishida.
Zakovatni keyingi faoliyatida va yangi loyihalarida omad tilab qolaman.
Rasmlar twitterdan olindi | 815 |
| 17 | O‘qing, izlaning, to‘xtamang!
Oxirgi paytlar ishlar ko‘pligi bois o‘z ustimda ishlashga, o‘rganishga ko‘p vaqt ajrata olmayapman. Bu albatta yaxshi emas.
Agar siz hali yosh bo‘lsangiz va sizda vaqt bo‘yicha muammolar bo‘lmasa, unda o‘z ustingizda ko‘proq ishlang. Self-study qiling, yangiliklarni o‘rganing, "skill"laringizni oshiring. O‘rganganlaringiz albatta kelajakda sizga yordam beradi. Natijasi hozir sezilmasligi mumkin, lekin 2-3 yildan so‘ng hozirgi mehnatingizni samarasini ko‘ra boshlaysiz. Hech qachon ma'lum bir bilimlarni egallagandan keyin, "bo‘ldi, yetarli" deb to‘xtab qolmang.
Bu maslahatlarni ko‘p eshitgan bo‘lishingiz mumkin, lekin sizga yana eslatib qo‘yishni hohladim. | 774 |
| 18 | Harflarni to‘g‘ri yozaylik!
Ko‘pchilik dizaynerlar harflar orasiga masofa berganda O‘ va G‘ harflaridagi apostrofni ham alohida belgi sifatida ishlatishadi. Va ko‘pincha yuqoridagi kabi holat yuzaga keladi. Aslida apostrof doim harf bilan birga kelishi kerak, chunki bu yerda u alohida belgi emas, yaxlit bir harf sifatida ishlatilinishi kerak.
Yuqoridagi holat yuzaga kelmasligi uchun, matnga "tracking" (masofa) berilganda, harf va apostrof orasida uni o‘chirib qo‘yish kerak bo‘ladi. Ba'zi holatlarda esa kerning uchun ozroq manfiy (-) qiymat berilsa ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. | 834 |
| 19 | Tipografika — dizaynning asosiy qismi.
Ba'zi endi o‘rganishni boshlagan dizaynerlar, ko‘pincha dizaynni vizual jihatdan ochib berish uchun boshqa elementlarga ko‘p e'tibor qatatishadi. Har-xil vizual effectlar, grafik elemetlar va manipulyatsion photolarni asosiy planga olib chiqishadi. Tipografikaga esa unchalik e'tibor berilmaydi.
Tipografika kompazitsiyaning kuchli elementi, u albatta sizning ishingiz sifatini yana ham yuqori bosqichga olib chiqishga yordam beradi. Qanday loyiha bo‘lishidan qat'i nazar, bu sizning qo‘lingizdagi eng yaxshi instrument. To‘g‘ri tanlangan garnitura orqali sizda dizaynga o‘zingiz xohlagan kayfiyatni berish imkoniyati mavjud. Tipografika dizayn maketiga vizual balans berish imkoniyatini yaratadi. | 940 |
| 20 | - 3 yildan keyin o'zingizni qanday ko'rmoqdasiz?
- Yanada kattaroq muammolar ichida.
Ahror Alikhanov ©️
Xazil :D
@gulomovdesignblog | 695 |
