cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Nodizayn

Nodir Khalilov kanali. Mahsulot dizayni sohasida 13 yillik tajribaga egaman. Hozirda Super Dispatch kompaniyasida yetakchi dizayner vazifasida ishlayman. Dizayn va samaradorlik haqida yozaman. Qiziqishlarim va tajribalarim bilan bo’lishaman.

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedArt & Design6 234
Advertising posts
922Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

- CNBC tadqiqotiga ko'ra, 2024-yil oxirigacha 90% kompaniyalar ofis rejimiga qaytadi. - 30% kompaniyalar ofisga qaytishni xohlamagan xodimlar bilan xayrlashishga rozi. - 2% kompaniyalar ofis rejimiga hech qachon qaytmasliklarini bilidirishgan. Lekin ofis rejimiga qaytishni rejalashtirayotgan kompaniyalr 5 kun ofisda bo'lishni emas, kamida 2-3 kun ofisdan ishlashni talab qilishmoqda. Ofis rejimining yaxshi tarafi, hammaning bir joyda bo'lishi muloqotni yaxshilaydi va muammolarni tez-tez hal qilish imkoni bo'ladi. @nodizayn
Show all...
👍 16👎 3🔥 3
Dizayn intervyularda kandidatlar rad javob olishlariga sabab bo'ladigan holatlardan biri, yo'q tajribani bor qilib ko'rsatishga harakat qilish yoki rostgo'ylikning yetishmasligi. Savol: Oxirgi marta foydalanuvchilar bilan qachon intervyuni amalga oshirdingiz va bu jarayondan qanday xulosalar oldingiz? Savolda aniq vaqt va xulosa haqida gap ketmoqda. Ya'ni bu holatda, mavhum javob berish dizaynerning zarariga ishlaydi. Noto'g'ri va rad javob olishga sabab bo'ladigan javoblar: 1. Foydalanuvchi interyulari, ularni qanday tashkillashtirish, ulardan oladigan foydalar, dizaynerlar qachon intervyuni amalga oshirishlari kerakligi haqidagi javob. Lekin kutilgan javob bu emas. Chunki savol intervyular haqida emas, aynan dizaynerning tajribasi haqida edi. 2. O'ylab topilgan javob. Ya'ni kandidat intervyuni o'zida senariya o'ylab topadi. Javob o'ylab topilganligini qo'shimcha savollar berib, osonlikcha bilib olsa bo'ladi. Intervyuda yo'q tajribani bor qilib ko'rsatish faqat kandidat zarariga ishlaydi. Agar kandidatda aniq javob bo'lmasa, buni bildirish kerak va bu kandidat foydasiga ishlashi mumkin. @nodizayn #intervyu
Show all...
👍 12🔥 4
Dizaynerning faqat kuchli bilim, tajriba yoki mahorat egasi bo'lishi intervyudan muvaffaqiyatli o'tishiga yordam bermasligi mumkin. Dizaynerning xulq atvori, qanday odam ekanligi (o’sishga moyillik, ochiq fikrlilik) uni ishga qabul qilinishida katta rol o’ynaydi. Chunki bilim va tajribani o’zlashtirish mumkin lekin xulq-atvorni o’zgartirish qiyin. Xulq-atvor o'zargmasligi ham mumkin yoki uni o'zgartirish ko'p mashaqqat va vaqt talab qiladi. Simon Sinek bu haqida shunday deydi: "You don't hire for skills, you hire for attitude. You can always teach skills." @nodizayn
Show all...
👍 24🔥 6😢 4
Show all...
hirehire on LinkedIn: I've had many conversations lately with some amazing people — candidates…

I've had many conversations lately with some amazing people — candidates for positions we've worked with. Many of them have asked for advice on how to better…

👍 5🔥 2
6 мыслей про собеседования За последнее время у меня было много разговоров с потрясающими людьми — кандидатами на позиции, с которыми мы работали. Многие обращались за советами о том, как лучше упаковать свой опыт, как проходить собеседования в международные компании. Давайте сегодня поговорим про собеседования. Всё, что хочу рассказать ниже — это вроде бы очевидные штуки, но почему-то мне постоянно случается видеть, как даже классные кандидаты это игнорируют или забывают. Вообще всё сводится к двум словам: надо готовиться. Дайте-ка повторю: НАДО ГОТОВИТЬСЯ к собеседованиям. Когда я в последний раз нанимался на работу в Интерком, я не особо готовился. Сейчас, несколько лет спустя, так уже не получилось бы. Сейчас за каждую позицию вы конкурируете с большим количеством хорошо подготовленных кандидатов. Как готовиться: 1. Прикиньте, какие вопросы вам могут задать, и подготовить на них ответы. Рекрутеры обычно спрашивают довольно типовые вещи, их несложно предсказать. Дайте ChatGPT описание вакании, и AI вам нагенерит кучу вопросов, которые могут задать. (С ответами на вопросы так уже не получится, ответы-то про вас и ваш опыт.). Можно написать себе подсказки для ответов на типовые вопросы, чтобы ничего не забыть, и держать перед глазами. 2. Одна из частей такой подготовки — прочитать список требуемых компетенций в описании позиции, и на каждую компетенцию вспомнить хороший пример ситуации, когда вы её ярко демонстрировали. На каждую! Нужны именно конкретные примеры — опытные интервьюеры обязательно вас про них спросят. Вспомнить на ходу хороший пример может быть сложновато. 3. Задание со звёздочкой — примеры сложных ситуаций и конфликтов. Тут очень тонкая грань и можно легко навредить себе неудачным примером. «Всё, что вы скажете, может быть использовано против вас». Если в каком-то примере у вас выходит позиция жертвы, или вам хочется обвинять остальных, или звучите так, что вы-то молодец, но вас не поняли — возможно лучше в такие примеры не ходить. 4. Ещё одна часть подготовки: сделать хотя бы минимальное исследование про компанию, в которую вы подаётесь. Еще лучше, если получится попробовать продукт и составить своё впечатление. Если интервьюер видит, что вы подались в сотню компаний и даже не помните, с какой из них говорите, ему скорее всего захочется продолжать с более заинтересованными кандидатами. 5. Ещё обязательно подготовьте список вопросов для нанимающего менеджера (даже если вы не все из них и не сразу зададите). Найм — это отношения, в которых обеим сторонам должно быть комфортно, и если у вас нет вопросов про позицию — это сигнал, который рекрутер может считывать как «да мне всё равно я всё потерплю просто наймите меня уже пажамлумста» — такие кандидаты хорошим компаниям вряд ли нужны. 6. Про вот этот пункт говорят реже, но мне он очень импонирует. Продумайте ответ на разные возможные вопросы о ваших сильных и слабых сторонах (тоже с примерами ситуаций). Иногда видишь, что человека совершенно застают врасплох вопросы об этом — и если человек вообще ничего не знает о своих сильных и слабых сторонах, это может интерпретироваться как то, что человеку не интересно рефлексировать и учиться. Ну и последнее. Мы все — живые люди (даже рекрутеры). Ваше эмоциональное состояние считывается и оставляет о себе впечатление, иногда намного более сильное, чем то, что именно вы говорили. Если у вас сейчас всё сложно, вы не в ресурсе, мир отвернулся и всё такое (а после нескольких отказов даже самые стойкие из нас могут там оказаться), возможно, стоит сначала чуть восстановиться. Ну или попробовать вспомнить и вызывать у себя состояние спокойной уверенности, радости, оптимизма. Хотя этого не пишут в списке требований к позиции, люди обычно хотят работать с лёгкими позитивными приятными людьми. Что ещё забыл? Какие у вас есть советы собеседующимся?
Show all...
👍 9 1🎉 1
Kostya Gorskiydan (Yandex sobiq dizayn direktori va Intercom sobiq dizayn menejeri) ish intervyulariga tayyorlanish bo’yicha maslahatlar:
Show all...
Militsiya xodimi dizayndagi kamchilikni tushuntirib beribdi. Ya'ni matn va u joylashgan maydon orasida bo'shliq bo'lishi va matn maydonga yopishib qolmasligini tushuntirmoqda. Qoyil 👍 @nodizayn
Show all...
🔥 34👍 10 2😱 2🤣 2
Yana bir qiziq misol. O'tgan yili haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun, Davlat Xizmatlari markaziga bordim. Taxminan 100 tadan ko'p odam navbat kutar edi. Shunda xodimlardan qiziqib, har bir odam bilan ishlashga qancha vaqt ketishi va bir kunda navbatda turgan barcha odamlar haydovchilik guvohnomasini yanglilay olishlari haqida so'radim. Xodim 00:00 gacha ishlashini, chunki ularga shunday buyruq bo'lganini va xotirjam bo'lib navbat kutsam bo'lishini aytdi. Yuzdan ortiq odam uchun faqat 2 dona xodim xizmat ko'rsatar edi va har bir xodimga xizmat ko'rsatish 10–15 daqiqa vaqt olar ekan. Hisoblab ko'rsak, shuncha xodimga xizmat ko'rsatish uchun 24 soat ishlash ham kamlik qiladi. Bu yerda ham katta ehtimol bilan o'z kabinetidan tashqariga chiqmasdan muammoni yechgan odam, shunchaki, odamlarni ishini "osonlashtirish" uchun xodimlardan yarim kechgacha ishlashni talab qilgan. Aslida, shu muammoni o'rganish uchun, haqiqiy vaziyatni o'rganib chiqqanda, yechim hamma uchun foydaliroq bo'lardi. Misol uchun, xodimlar sonini 2 baravarga oshirish, jarayonni 2 baravarga tezlashtiradi. Shuning uchun har bir muammoga yechim taklif qilishdan oldin, uni chuqur o'rganib chiqish tavsiya qilinadi. Aks holda, foydasiz yechimlar bilan odamlarni sarson qilganimiz qoladi.
Show all...
👍 19🔥 2
Iltimos, “Open byudjet”ga ovoz bering Ushbu iltimosni, uyimizdan 200 metr uzoqlikda joylashgan do'konga borib kelishda, naqd 3 marta 3 xil odamdan eshitdim. Dizayn jarayonida, muammoga yechim taklif qilishdan oldin, muammo chuqur o'rganiladi. Aslida bu jarayon dizaynga real hayotdan kirib kelgan. Muallifni eslolmadim, lekin qaysidir mashhur dizayner "Barcha odamlar dizayner" degan edi. Misol uchun, bemor shifokor oldiga borib, qorni og'riganidan shikoyat qildi. Shifokorning vazifasi kasallikni (muammo) o'rganish. Yaxshi shifokor bemordan qanday taom iste'mol qilgani, dard uni qancha vaqtdan beri bezovta qilishi va shu kabi savollarni so'raydi. Keyin bemorni qon tahlili va boshqa jarayonlarni o'rganib, ular asosida kasallikni aniqlab, keyin muolaja (yechim) tayinlaydi. Bu yerda muammo bu kasallik, davolash bo'yicha ko'rsatma esa yechim sifatida kelmoqda. Agar shu holatda shifokor yaxshi tajribaga ega bo'lmasa, kasallikni o'rganmasdan turib, davolash bo'yicha ko'rsatma berishi mumkin. Open byudjet masalasiga qaytamiz. Bilishimcha, open byudjetda yutib chiqish uchun mahalla va maktablar bir-biri bilan kelishuvni ham amalga oshirishadi. Misol uchun, ikkita maktab bir-biri bilan kelishadi, birinchi safar, ikkala maktab ham faqat bir maktab uchun ovoz yig'adi va bu maktab g'olib bo'lib, byudjetni qo'lga kiritadi. Keyingi safar esa, g'olib bo'lgan maktab ikkinchi maktabga ovoz yig'ib beradi. Talabalar va maktab xodimlari esa, "Iltimos, ovoz bering", deb sarson bo'lib yurishibdi. Katta ehtimol bilan shu yechimni o'ylab chiqqanlar, muammoni ildizini topmasdan, yechim o'ylab chiqishgan.
Show all...
👍 10🔥 3
Sourcegraph Product Designer qidirayotgan ekan. E'tiborimni tortgan tomoni, job description sahifasida kompaniyadagi dizayn haqida ma'lumot berishgan. Unda dizaynerlar kimligi, dizayn jamoa maqsadi, prinsiplari, dizayn jarayoni va boshqa muhim ma'lumotlar berilgan. 👉 Design at Sourcegraph @nodizayn
Show all...
👍 8 2🔥 1