Abdullo Nasullayev
“Portret Group” asoschisi
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganToif belgilanmagan
1 107
Obunachilar
+124 soatlar
+137 kunlar
+930 kunlar
- Kanalning o'sishi
- Post qamrovi
- ER - jalb qilish nisbati
Ma'lumot yuklanmoqda...
Obunachilar o'sish tezligi
Ma'lumot yuklanmoqda...
Qiyin post
Who are you at the end of the day?
Who are you when you are alone, with yourself, at the dark room?
Shaxsiy brend qilmoqchi bo'lgan insonlar odatiy insonlardan ancha farq qiladi.
Ular hayotning ko'p jabhalarida normal insonlardan yaxshi natijalarga erishishgan.
Bu natijalar haqida menga gapirib berayotganlarida juda to'lib toshib aytishadi, qanchadan-qancha insonlar ular sabab yaxshi holatga chiqishganini eshitaman...
Ular o'zlarini "qanchalik yaxshi ota", "qanchalik yaxshi er", "qanchalik yaxshi farzand", "qanchalik yaxshi rahbar"... ekanliklarini eshitib, ulardan ko'p narsa o'rganaman.
Lekin birgina savol ularning aksariyatini juda chuqur o'ylashga majbur qiladi.
"Hammasi tugagandan, keyin o'zingiz bilan yolg'iz qolganda siz kimsiz? Ichingizdagi "bolakay" nimani xohlaydi?"
Suhbatdoshim savolni tushunsa, sukunat boshlanadi.
(Tushunmaganlar biznesmenman deydi😅)
Hozir ham ishonamanki bu postni tushunadiganlar ko'p bo'lmaydi
Nima demoqchiman
Biz hayotimizda yangi darajaga chiqishimiz uchun o'zimizdan boshqa, o'zimizdan tashqaridagi hamma narsani o'zgartirishga harakat qilamiz.
Lekin bilmaymizki, barcha yechim o'zimizda, barchasi ichimizda.
Shunchaki "ichkariga" qarashga qo'rqamiz xolos.
Endi o'ylang, siz kimsiz? Ichingizdagi bolakay xohlayaptimi shu ishni yoki uni majburlash bilan ovoramisiz?
@nasullaevblog
💯 5👍 3❤ 2🔥 1👏 1
"Xohish"ni oshiring, uddalaysiz
Ertalab mijozimiz va biznes ustozimiz bilan nonushtadan boshlandi.
Suhbatdan parcha:
O: "Nechi kilo tosh ko'tarasiz?"
A: "85 kg"
O: "10.000$ bersam bir oy ichida 100 kg ko'tarasizmi?"
A: "Bir haftada chiqaman shu natijaga"
O: "500.000$ bersam 150 kg ko'tarasizmi?"
A: "3 oyda hal qilsa bo'ladi"
O: "1M$ bersam 200kg ko'tarasizmi?"
A: "6 oyda hal qilaman"
Xulosa: Xodimlarda siz xohishni oshiring, ular o'zi biladi qanday uni amalga oshirishni. Biz esa aksini qilamiz, ularning bajarish qobiliyatini oshirish ustida ishlaymiz, lekin xodimlar buni xohlamas ekan, buni amalga oshirolmaymiz.
@nasullaevblog
🔥 20👍 2❤ 2
Eng yaxshi ta'lim o'rnak bo'lish
Yuqorida aytganlarimga o'zim ham amal qilib, jamoam bilan YouTube platformasi uchun yangi loyiha boshladik.
Loyiha nomini o'zim tanladim va birinchi marta o'zim tanlagan nom o'zimga yoqdi.
"Shaxsiy" - nom multi-funksional bo'lib, bu nomdan keyin istalgan so'zni ishlatish orqali loyihaning maxsus rubrikasini ishlab chiqish mumkin.
Masalan, "Shaxsiy fikr", "Shaxsiy tajriba", "Shaxsiy podcast", "Shaxsiy brend" va hkz
Va xuddi shunday ham qilmoqchimiz.
Rubrikalar boshi "Shaxsiy tajriba"dan boshlandi. Birinchi videomiz yuqorida aytganimdek, hech qanday reklamasiz ancha yaxshi start oldi. Bu manga juda katta motivatsiya berdi ⚡️
G'oyaga baho bering reaksiyalar bilan ⬇️
@nasullaevblog
🔥 14⚡ 2
Podcastda gapirilgan mavzular:
- Amerikada yashovchi mijozim bilan suhbat
- Shaxsiy brend uchun 2024-2025 - yillarda trend bo’ladigan platforma
- YouTube’ning shaxsiy brenddagi aktualligi
- YouTube’da muvaffaqiyatli videolar qilish “siri”
Obuna bo’ling: @nasullaevblog
1.03 MB
👍 2🔥 1
Kengayish
Oxirgi vaqtlarda jamoamiz va mijozlarimiz soni oshib borayotgani sababidan jamoamizga yanada yaxshiroq joy izlayapmiz
Agar siz yoki tanishingizda shahar markazida yaxshi holatda 80 m.kv lik joy bo'lsa aloqaga chiqing.
Yaxshi muhit va jamoa bilan joyingizni ham tanitamiz 😉
Aloqa uchun: @Sanjar_7174
👍 4🔥 1
Natija muhimmi yoki gapirish?
Yoshligimdan ko'p gapirib hech narsa ish qilmaslikni va shunday insonlarni yoqtirmayman
O'zim ham doim aytgan ishini qiladigan inson bo'lishga harakat qilganman
Shu uchun ham kam kitob o'qiyman, sababi o'qiganlarimga amal qilmay turib, yangi bilim ololmayman
Hozirgi kungacha (2021-yildan beri) agentligimizda 30 ga yaqin multimillioner tadbirkorlar, TOP ekspertlar va siyosat vakillarini shaxsiy brendlarini qurganmiz.
90% dan oshiq mijozlarimizga bergan va'damiz ustidan chiqdik
Agentligimiz mijozlarining va xodimlarning LTV si istalgan brend bilan raqobat qila olishiga ishonaman.
Biz nafaqat shunchaki shaxsiy brendni rivojlantiramiz, balki xalq orasidagi "Yashirin Olmos"larni xalqning o'ziga tanishtiramiz.
Missiyamiz ham shunga yaqin: "Kuchli shaxsiyat va uzoq tajribaga ega insonlarni mashhur qilish orqali xalq va insoniyatga ta'lim-tarbiya berish"
Mijozlarimiz qo'li orqali hozirgi kunga qadar jami 10.000.000 dan ortiq insonlarga foyda beruvchi ma'lumotlar yetkaza oldik
Hozirda bir vaqtning o'zida 15 ga yaqin mijozlarga xizmat ko'rsatib kelyapmiz va bu raqamlar oshib bormoqda
Albatta 4 yil biznes uchun juda qisqa vaqt, lekin shu davr ichida maqsad qilgan natijalarimizning katta qismiga erishib ulgurdik
Lekin bugun men bu fikrimning xato tomoni bor ekanini tushundim.
Natijalarni qilishga qildik, lekin ular haqida gapirmaganimiz, noo'rin kamtarligimiz bizga pand bera boshladi
Bozorda biz haqimizda yetarli ma'lumotga ega bo'lmaslik, kechagina sohaga kirganlar bilan tenglashtirilishimizga sabab bo'ldi
Haqiqiy "kotta bolla"ni shaxsiy brendi bilan shug'ullanibmizku, lekin buni ovoza qilmabmiz
Hozir ayolim bilan gaplashib shuni tushundim, ish qilish kerak bo'lgan ishni qilish kerak. Gapirish kerak joyda gapirish
Tarozi teng bo'lganida hamma tomonidan hurmat qilinasiz, bir tomoni bosib ketganida emas
Obuna bo'ling @nasullaevblog
🔥 15👍 7❤ 6⚡ 3
Give the prove with your results, not your words
Yoshligimdan ko'p gapirib hech narsa ish qilmaslikni va shunday insonlarni yoqtirmayman
Jang uzoq davom etadi
Boksda raqiblar uzoqroq davom etmoqchi bo’lishsa dastlabki roundlar agressiv bo’lmaydi
Aksincha, ular uzoq muddatni ko’zlab puxtalik va sinchklovlik bilan harakatlanishadi
Agar raqib qo’rqoq bo’lsa boshlanishidan hujum va g’alaba harakatida bo’ladi
Hayotda ham shunday. O’ziga ishonchi past bo’lganlar doimo birinchi “qo’l ko’tarishga” urinishadi
Siz so’ramasangiz ham “nimalarni qoyillatganini” , qaysidir kattakonni tanishiyu, o’tgan kuni qancha soqqa ko’targanini aytishga urinadi
O’ylaydiki bu kuchning ramzi…
Men ko'rgan birorta kuchli inson bunday harakat qilmagan. Suhbatdosh qancha kamtar va natijalari haqida kamdan kam gapirsa u shuncha kuchli bo'lib chiqadi
Afsuski hamma ham buni anglab yetmaydi. Gaplashib turamiz, so'ralmagan joydan doimiy maqtanishlar, suhbat jarayonida dominant pozitsiyani ushlashga harakat qilish.
Maslahatim, bunday qilmang. O'zim ham shunga maksimum harakat qilaman
Shunda uzoqroqqa borolasiz va jang ham uzoq davom etadi
@nasullaevblog
🔥 20👍 4❤ 1👏 1
‼️Muhim savol‼️
Siz meni Instagramda ham kuzatasizmi?Anonymous voting
- Ha
- Yo’q
👍 2
Boshqa reja tanlang
Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.