en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels πŸ‘‰ If you want to see the tag, subscribe

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Open in Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: β€” Umar Sadullayev | JoshDeveloper β€” Sr. SWE @ EPAM β€” Google Developer Expert β€” "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Show more
5 144
Subscribers
-524 hours
-227 days
-5930 days
Posts Archive
Repost from Umar Sadullayev
"Ortda qolyapman" demang. Juda foydali post yozibdi Linkedin'da bir inson. Shunga o'z izohimni yozmoqchiman. Barchaning o'z "
"Ortda qolyapman" demang. Juda foydali post yozibdi Linkedin'da bir inson. Shunga o'z izohimni yozmoqchiman. Barchaning o'z "timezone"i bor. Barchada vaqt har xil. Bu xuddi, hozir Yaponiyada soat 19:08 bo'lsa, bizda hali 15:08. Bu degani biz 4 soat ortda qolayotganimizni bildirmaydi. Balki, biz o'z vaqtimizdamiz. Ular o'zinikida. Siz ham o'z vaqtingizni yashayapsiz. Boshqalar o'zinikini. O'z vaqtingizni birovnikiga solishtirmang. Kimdir 20 yoshida erishgan narsaga, siz endi 25 yoshingizda erishgandirsiz, ammo siz kech qolgansiz deyilmaydi. Siz o'zingizga berilgan vaqtdan foydalanyapsiz, ular o'zinikidan. Kimniki qancha ? Alloh biladi. Shunday ekan, boshqalar bilan o'zingizni solishtirmasdan, o'z hayotingizda, o'z vaqtingizda yashang. Ularga hasad qilmang. Balki, o'z vaqtingizni mehnatga, ilm olishga sarflang. Ustingizda ishlang. Siz qo'lingizdan kelgan harakat ila erishganingiz, o'z vaqtida erishganingizdir. Na kech va na erta. @UmarSadullayev

Chegirma 🌚 Frontint.uz kursiga bir kunlik katta chegirma e'lon qilmoqchiman. 14-Fevral kuni barcha tariflar uchun 15% chegirma beriladi. Chegirma bir kun amal qiladi. Kimga qiziq bo'lsa frontint.uz saytidan ma'lumotlarni ko'rib, bizga bog'lanishi mumkin. 14-Fevral kungi chegirmadagi narxlar quyidagicha: Classic - 690 000 so'm, 586 500 so'm Pro - 750 000 so'm, 637 500 so'm Premium - 850 000 so'm, 722 500 so'm Ulgurib qoling. 🌚 @JoshDeveloper

Bugungi meetup'ni yozib olishdi. Xudo xohlasa, yaqinda videosi chiqadi. #stay_tuned @JoshDeveloper

Texnik "podcast"larni yo'lga qo'ymoqchi ekanligimni aytgan edim. Shu "podcast" seriyalariga nom topolmay yuribman. Bir maslahatlashmaymizmi ? πŸ™ƒ "Josh Podcast" degan taklif keldi. Yaxshimi ? πŸ˜… Aytgancha, ertaga WebBrain'dagi JS marafoniga keling. Men ham bo'laman inshaaAlloh. @JoshDeveloper

JavaScript "otasi" Brendan Eich'ning Lex Fridman'ga bergan salkam 3 soatlik podcastini ko'rib qoldim. Sizlarga ham ulashmoqchiman. Videoda JavaScript qanday dunyoga kelganidan tortib, dasturchilarga maslahatlargacha bor. https://youtu.be/krB0enBeSiE #podcast @JoshDeveloper

Kanalimizda texnik "podcast"lar uyushtirishni yo'lga qo'yishni anchadan beri o'ylab yurgandim. Endi shunga kirishishni boshlayapman. Xudo xohlasa, ilk mehmonlar bilan ilk texnik mavzuda podcast" uyushtiramiz. #stay_tuned @JoshDeveloper

Shanba kuni tepadagi mavzuda berilayotgan ba'zi savollarga javob beraman. Masalan, boshqa freymvorkka o'tish qachon to'g'ri va qachon noto'g'ri kabi. Kanalda Live yoqib qo'yishni o'ylayapman, shunda uzoqdagilar ham eshita oladi. inshaaAlloh @JoshDeveloper

Backend'chilarni tepadagi mavzularga holati. πŸ˜„ #joke @JoshDeveloper

Tepadagi fikrlarimni to'liqroq yozishga vaqt topdim mana. Rasm ham chizdim πŸ˜… Mana nega React'ni "hate" qilaman. Shaxsan o'zimga kelsak, biror texnologiyani yomon ko'radigan darajada ahmoq emasman. Ammo, ma'lum bir maqsadlar uchun o'zimni shunday ko'rsatishim mumkin. React kutubxonasini Angular freymvorkidan kuchsiz deyish noo'rin. Aslida ikkisi ham o'z o'rniga ega. Ikkisini ham ishlatiladigan o'rinlari bor. "Hate" qilishimga asosiy sabab esa, bizda balans buzilib ketganligi. Indeed.com va djinni.co saytlaridan olingan ma'lumotlar yordamida tepadagi rasmni chizdim. Bizda balans buzilganini shu orqali tushuntirmoqchiman. Bu real hayotda bo'layotgan narsa. Ish qidirib yurgan Frontend'chilarni 80-90% qismi React'chi bo'ladi. Shaxsan o'zim, telegramdagi ishsizlik bo'yicha yozishmalarimga qarasam, Angulardan ish qidirib yurgan birorta Middle dasturchini bilmayman. Ammo React'dan, juda ko'p. Junior'lik davrida barchasida ham qiyinchilik bo'ladi. Sababi balans buzilgan joyda vaziyat shunday bo'ladi. React'ni maqtayotgan odamlarga qarshi shu sabab gapiraman. Balansni buzishga qo'shimcha sababchi bo'lishadi chunki. Bozorga kengroq qarasak esa, bu holat jiddiy muommolardan biri, ishsizlikka olib keladi. Shu sabab, Vue'ga kamroq tosh otaman, React'ga ko'proq. Chunki Vue'da balans bor. Ish ham o'rtacha, odamlari ham. React'da esa, ish ko'p, ammo odamlari esa 10-20+ barobar ko'p. Angularda esa mazza. Ish o'rtacha, odamlar esa kamroq. Bu gaplarimdan keyin, Vue va Angular dasturchilari "Nonimizni yarimta qilmasade shu bola" deyishi mumkin. Ammo, rizq Allohdan. Balansni ushlash orqali ko'pchilik ishsizlar ish bilan ta'minlanadi, raqobat ham kuchayadi. React ish e'lonlariga ham yuzlab odam topshirib "flood" qilib yubormaydi πŸ˜„. Yuzlagan React'chilar ish qidirib sarson bo'lmaydi. Xullas, me'yor bo'ladi. Shu sabab o'quv markazlarini qilayotgan ishlariga gapiraman. Yo JS va Umumiy frontendni shu qadar zo'r o'rgatishsinki, bemalol xohlagan freymvorkida ishlay olsin(bu qiyin), yoki yiliga minglagan React'chilarni chiqarishdan oldin, ularni taqdirini ham o'ylab ko'rishsin, ular sizga ishonib shu sohaga kirgan. Bozorni o'rganib turib qaror qilish kerak. Shunaqa gaplar πŸ™‚ Biz Angular'chilar kamchilik bo'lsak ham bag'rimiz keng πŸ˜‰ The battle's finished, the secret's revealed. #angular #react #vue @JoshDeveloper

photo content

"Shuuv" qilibdi rostan 🌚 "Javob"lar kelyapti Reactchilardan. Ha, bunga oxshashi React uchun allaqachon bor. Lekin Angular'da ham bu yangilik emas. Masalan "Angular Universal" bor bo'lgan ancha muddatdan beri. Ammo, Vite ishlatish iloji yo'q edi. Angular yangi versiyasida esa bu muommo Standalone-Component'lar orqali hal qilindi. AnalogJS esa shu va shu kabi yangiliklarni kiritdi. Bu degani, Angular bozori yana ham ochiladi inshaaAlloh, React'chilarni esa ichi "shuv" qiladi. πŸŒšπŸ˜„ Hazillashamanda. Shunchaki, maqsadim bir narsa, oramizda Frontend'chi borki deyarli hammasi React'chi. Jahon bozorida esa, Vue va Angular'ga ham talab qaynab yotibdi. O'quv markazlari inkubatordek React'chilarni chiqaravermay, boshqa yo'nalishlarni ham to'ldirishsa balans bo'lar edi. Ishsizlar ham kamroq bo'lardi. Baribir xohlagan freymvorkda ishlay oladigan "jangchi"larni o'qita olishmaydi(9-12 oy yetmaydi demoqchiman), hech bo'lmasa shu tepada aytganimni qilishsa ham yaxshiroq edi. Yana Alloh biladi. Yana "shuv" qildimi ? πŸ˜„ @JoshDeveloper

AnalogJS Vite ⚑dan foydalangan holda, SSG va SSR ishlatilgan dasturlar yasashda Angular uchun yangi "meta-framework" chiqibdi. Endi Angular dasturlarni qurish ancha yaxshilanadi inshaaAlloh. (Shundoq ham yaxshi edi 🌚) U haqida batafsil quyidagi videoda: https://youtu.be/1XWvA6iL92I React'chilar, ichingiz "shuuv" qildimi ? πŸ˜„ #angular @JoshDeveloper

ChatGPTbek deymiz shekilli buni πŸ˜„ O'zbekcha yozib ko'rgandim atayin. Shoir chiqdiku bu 🀣 #chatgpt #joke @JoshDeveloper
ChatGPTbek deymiz shekilli buni πŸ˜„ O'zbekcha yozib ko'rgandim atayin. Shoir chiqdiku bu 🀣 #chatgpt #joke @JoshDeveloper

Nima mavzuda "speech" qilishimni hal qilib oldim. To'g'ri JS freymvorkini tanlash mavzusida qilaman πŸ˜„πŸŒš InshaaAlloh. Angularni maqtab-maqtab kelarman balki πŸ‘€ Bir suhbatlashamiz InshaaAlloh. @JoshDeveloper

Hafta oxiri, shanba kuniga WebBrain tomonidan JS marafon bo'layotgan ekan. Speaker bo'lishga chaqirishdi. Keling, bir narsalar haqida gaplashamiz πŸ™ƒ Ro'yhatdan o'tish va batafsil: https://t.me/webbrain_academy/985 @JoshDeveloper

Mana javobim. Fikrimcha yaxshi javob berdim deb o'ylayman. Kelgan takliflarni ochiqchasiga "reject" qilgandan ko'ra, menimcha
Mana javobim. Fikrimcha yaxshi javob berdim deb o'ylayman. Kelgan takliflarni ochiqchasiga "reject" qilgandan ko'ra, menimcha shu kabi biror usul orqali ikkingiz o'rtangizda "connection"ni ushlab qolganingiz ma'qul. Chunki, hozirgi ish joyingizda qancha qolishingizni bilmaysiz. Yangi ish joy kerak bo'lib qolganda, qattiqroq yopgan eshikingizni qayta taqillatib yurmang. Biroz ochiq qo'ying eshiklarni πŸ˜… @JoshDeveloper

Ancha muddat Recruiter opalardan sado chiqmay qolgandi. Sababi, hozirgi kompaniyamga kirganimga ko'p bo'lmagani deb o'ylayman
Ancha muddat Recruiter opalardan sado chiqmay qolgandi. Sababi, hozirgi kompaniyamga kirganimga ko'p bo'lmagani deb o'ylayman. Oxiri, bugun bir joydan taklif keldi. πŸ˜„ Nima deb javob yozganim qiziqmi ? @JoshDeveloper

Bu aka kitob ham yozibdilar. React'dan. πŸ˜„ #wow @JoshDeveloper
Bu aka kitob ham yozibdilar. React'dan. πŸ˜„ #wow @JoshDeveloper

Nihoyat official ChatGPT AI'dan foydalanib ko'rdim. Maza ekanku a. πŸ˜„ Angulardan bir kichik hodisaga test yozishini so'radim.
Nihoyat official ChatGPT AI'dan foydalanib ko'rdim. Maza ekanku a. πŸ˜„ Angulardan bir kichik hodisaga test yozishini so'radim. Aftidan yomon emas. Ishim ancha osonlashadigan bo'ldi. 🌚 @JoshDeveloper

Quyidagi postni kun.uz, azon.uz, qalampir.uz va boshqa media platformalarini manzillariga yuboraylik. Foydamiz tegar. https://t.me/dasturchi_pf/2375 @JoshDeveloper