Umar Sadullayev | Blog
Open in Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Show more5 059
Subscribers
-824 hours
+167 days
+1130 days
Posts Archive
ChatGPT'ga kimdir singlisini yoshini so'rab yozibdi. 😄
-35 yosh degan javob ham bor 😄
Savoli quyidagicha: "Men 10 yosh bo'lganimda, singlim meni yoshimni yarimida edi. Hozir 70 yoshdaman. Singlim nechi yoshda ?"
Javoblarni o'zingiz ko'ring :)
Share ✈️
@JoshDeveloper
Xushxabar(cha) 🥳
Allohni izni bilan Itransition'da darajamni ham oshirib oldim. Lvl.5. (Strong Middle desak ham bo'ladi) Alhamdulillah.
Endi bir daraja qoldi toza Senior'ga inshaaAlloh.
Shunaqa gaplar 🙃
@JoshDeveloper
Networking(tanish bilish 😄)
Bugun Meetup'ga borganimni bilasizlar. Odam umuman olganda yetarli keldi. Ammo baribir kam. Bu kabi Meetup'lar ko'p qilinar ekan, ammo juda kam odam kelar ekan. Buni eshitib biroz ranjidim.
Bizda odamlar qandaydir "onlaynlashib" ketgan. Jonli ko'rishgisi, odamlar bilan tanishgisi kelmaydi. "Networking"ga e'tibor qilmaydi uncha.
Bu yaxshi emas. Bu kabi "tekin" bilim ulashish, yaxshi odamlar bilan tanishish imkoni berilsa, foydalanish kerak.
Masalan, bir meetup'da bir aka bilan tanishgan edik. U payti EPAM'da ishlar edim. Shu akaga qoil qoldim. Meetup'da tanishib, kontaktimni olib qolgan edilar. Hozir men sababchi bo'lib, bir yildan beri EPAM'da ishlaydilar. Mana "Networking" samarasi.
Bunga misollar juda ko'p.
Nima demoqchiligimni tushundingiz.
"Networking is not about just connecting people. It's about connecting people with people, people with ideas, and people with opportunities."
©️ Michele Jennae
@JoshDeveloper
Finalga gap yo'q a ?
Fransuzladan alamim qolgandi, Marokash sabab.
Bugun maza qildim ☺️😄
Uzgeeks meetup ham tugadi.
Kimlar qatnashdi ? 🙋♂️
#meetup
@JoshDeveloper
Bugun 14:00 da UzGeeks meetup ga kelmoqchi bo’lganlarga manzil xaritasi mana: link
Yaqinida masjid ham bor. Progress academy’ni o’zida ham namoz o’qishga sharoitlar bor ekan.
14:00 da boshlanadi. inshaaAlloh
@JoshDeveloper
Jamoada kattaroq dasturchilar bo'lsa baribir yaxshi.
To'g'risin aytsam, "Code review" jarayonidan juda ko'p bilim olyapman ulardan.
Ikki tomonlama. O'zimni xatolarimni topib berishadi va to'g'irlayman. O'zim ham ularni kodlarini "review" qilib, ko'p narsa o'rganaman.
Savol berishardi odamlar, yaxshi pul to'lagan joyda yolg'iz ishlaganim yaxshimi, yoki kamroq to'lagan joyda kuchli dasturchilar bilan ishlaganimmi deb. Javobim ikkinchisi bo'ladi, sharoiti to'g'ri kelsa. Hozirshu fikrdaman :)
Shunaqa gaplar.
@JoshDeveloper
Ha aytganday, ertaga 14:00 da Uzgeeks'dagi meetup'ga keling.
Birnarsalar o'rganib ketasiz :) Kamida yangi "foydali" tanishlar orttirasiz.
InshaaAlloh
Presentation tayyorlab o'tiribman mana 🙂
@JoshDeveloper
Repost from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
Frontendchilarni ko'kragiga ham shamol tegadigan bo'ldi. 😅
📆 18-dekabr yakshanba kuni Toshkent shahri Progress Academy'da "UzGeeks December2022 Meetup" bo'lib o'tadi.
📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:
1️⃣. “Angular 15 haqida gaplashamiz” - Umar Sadullayev (Frontend Engineer, ITransition);
2️⃣. “Nuxt 3 bilan tanishuv” - Elzodxon Sharofaddinov (Frontend Engineer, UIC Group).
✍️ Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz
Barchani kutib qolamiz.
PS: Ko'ramiz, PHPmeetupga kelganchalik ko'p odam kelarmikin))
Bugun meeting'da bir sherikimiz ekranini "share" qilgandi.
Ob-havoga "7'C Smoke" deb yozib qo'ygan ekan.
Toza ingliz menejerimiz, anu Smoke'ni ma'nosi nima, unaqa havo haroratini eshitmagan ekanman dedi. 😄
Ana, inglizlarni o'zi ham inglizchani zo'r bilmaydi. 😄
@JoshDeveloper
Bugun Najot ta'limga mehmonga bordik.
Sharoitlarini ko'rib, hursand bo'ldim. 👍
Ajoyib.
@JoshDeveloper
Frontend intervyulari kursimiz tugashiga ham 1 oylar qoldi.
Ayni damda, HTML CSS JS va TS ni o'tdik va tugatdik.
Rasmda o'quvchimizdan feedback 😉
Sotuvga chiqadimi ? Rasman e'lon kurs tugaganda chiqadi. Ammo hozirdan sotib olib, sekin ko'rib bormoqchilar uchun sotuv ochiq.
Narx: 750 000 so'm. (Hozirga qadar 28 atrofida dars o'tildi)
Aloqa: @FrontIntAdmin
@JoshDeveloper
Afsus, Marokash jamoasi futbolda yutqazdi.
Ammo, boshqa ko'plab narsalarda ular g'olib. Olqishlarga arziydi. Islomofopiya ko'paygan davrda, Marokash va Qatar davlatlari islomga katta xizmat ko'rsatishdi
Barchasiga rahmat 👏
Respect.
@JoshDeveloper
Ha aytgancha, kecha Mockint loyihamizda WebBrain Academy bilan ham hamkorlik kelishuviga erishdik.
Agar siz ushbu o'quv markazini tamomlagan bo'lsangiz, o'zlaridan tasdiqlatib, intervyu uchun o'z chegirmangizni olishingiz mumkin.
Shunaqa gaplar bizda 🙂
@JoshDeveloper
Diqqat!
Darajangiz oshsa, o'zingizni bosib oling. 😄😄
Rasmda Juniordan Middle'ga ko'tarilgan "okya" bilan suhbatimiz 😄
(hazillashib yozyaptilar)
#joke
@JoshDeveloper
Ko'pchilik kutayotgan Feedback chiqdi.
Yaqinda Mockint.uz tomonidan o'tkazilgan o'tgan Junior darajasi intervyusiga Feedback chiqdi.
Manba: https://t.me/MockInt/43
@JoshDeveloper
Repost from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
📆 18-dekabr yakshanba kuni Toshkent shahri Progress Academy'da "UzGeeks December2022 Meetup" bo'lib o'tadi.
📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:
1️⃣. “Angular 15 haqida gaplashamiz” - Umar Sadullayev (Frontend Engineer, ITransition);
2️⃣. “Nuxt 3 bilan tanishuv” - Elzodxon Sharofaddinov (Frontend Engineer, UIC Group).
🎉 Meetupda qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi.
🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.
Hamkorlar:
Progress Academy
Thinkland kompaniyasi
✍️ Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda
Primitive va Object qiymatlari uchun xotira ajralishi.
Xo'sh, bu mavzuga maqola yozmoqchi edim, ammo Object'lar uchun avval yozgan ekanman. Ushbu maqolani.
Tepada berilgan savolda esa, primitive qiymatlarni xotirada saqlanishi haqida. Bu haqida esa yozmaganman. Menimcha shart ham emas.
Rasmda ko'rib turganingiz, Stack va Heap. Chapdan boshlab o'qisangiz, tepadagi postga javob topib olsak bo'ladi.
Demak, yangi variable ochsak, xotirada unga yangi address ham ochilar ekan. Agar u variable qiymati o'zgarsa, xotiradagi o'sha addressdagi qiymatni o'zini o'zgartiradi. Yangi address ochib o'tirmaydi.
Garbage Collector ?
"Vapsheta" unga o'zi nima bor buyerda ? :)
Shunaqa gaplar 🙂
@JoshDeveloper
