Umar Sadullayev | Blog
Open in Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Show more5 060
Subscribers
+224 hours
+227 days
+2330 days
Posts Archive
Juniorlik davri 👨💻
Juniorlik dardini Juniorlar juda yaxshi tushunadi.
Dardingizni yengillashtirish uchun siz azizlarni onlayn suhbatimizga taklif qilamiz 😉
Suhbatda quyidagi mavzular o'rin olgan:
1. Junior darajasiga kimlar to'g'ri keladi ?
2. Juniorlarning ishga kirishdagi kamchiliklari va maslahatlar.
3. Resume qanchalik muhim ?
4. Nega kompaniyalar Juniorlarni ko'p qabul qilishmaydi ?
5. Tezroq Middle bo'lish sirlari 🌚
Suhbat mehmoni - Sardorbek Muxtorov
- CEO of Webbrain Academy
- Co-Founder and Team Leader of "Digital One IT" Company
Suhbat vaqti: 7 - Noyabr, 19:30
Suhbat manzili: @JoshDeveloper kanali
Yaxshi Junior bo'lmoqchilar va "Yetar endi Juniorlik" deb yurganlarni alohida taklif qilamiz. 😉
Ulashing. ✈️
@JoshDeveloper
Yozgan kodlarimga Unit test yozgim kelmay telegramda o'tiribman 😢
Yaxshiyam faqat Unit test yozyapman, chunki Automation tester'larimiz bor, agar ularni ham yozganimda aniq tamom bo'larmidim 😄
Boshqa yana bir jamoamizda shunday vaziyat, bechoralar 😅
Ular nima deganlarga 👇
Unit testing
Automated testing
@JoshDeveloper
Juniorlar uchun ajoyib maslahatlar olish uchun suhbat uyushtirish arafasidamiz inshaaAlloh.
Suhbat mehmoni kim bo'lar ekan-aa 🤔
Topingchi 😉
Hint 💡: Bu insonni oxirgi postlarimdan biriga biroz aloqadorligi bor. :)
@JoshDeveloper
#DevFest22 yaqinlashmoqda!
Sizlarga mamnuniyat bilan festivalimizdan oldingi, tajribali injinerlar bilan online suhbatlarni e'lon qilamiz!
5-Noyabr 6:00pm - Azimjon Pulatov (https://t.me/lazyprogrammer) (SDE @ Amazon)
Cracking the System Design Interview (O’zbek tilida)
6-Noyabr 2:00pm - Jakhongir Rakhmonov (https://t.me/jakhonrakhmonov) (SDE @ Amazon)
Coding AMA: Engineering, life and work in Europe (O’zbek tilida)
Batafsil davomini o'qish: https://t.me/gdgtashkent/1270
@JoshDeveloper
O'zim bilgan Github repo'lar ichida eng yaxshilaridan biri, bu https://github.com/jwasham/coding-interview-university
Computer science va Algorithms'ga aloqador yaxshi kontent ulashilgan.
Kimga qiziq bo'lsa, marhamat )
@JoshDeveloper
Bu postdan keyin kimni kimligini sekin bilib olyapman ☹️😏😄
Nout maniki, narxi istaganimcha qo'ya olaman.
Olx'da 1000$+ shundaylar. Demak odamlar qo'yayapti shu narxni.
Olmaysizmi ? Jimgina o'tavering. Barakasini bersin deb. Negativ yozavermasdan.
Ba'zilar savdo ustiga o'zini kompyuterini tiqishtirishyapti. Bunaqa emasda 😄 Mayli bemalol manga hech qanday zarari yo'q, Alloh xohlagani, lekin odobdan emas hazratlar. Yaxshi emaaas...
Aslida esa, pul kerak bo'lib sotuvga qo'yishga majbur bo'lgandim. 🙂
Yordamingiz uchun katta rahmat aziz obunachilarim😊
@JoshDeveloper
Macbook Pro M1 13’’ 8GB/256GB 2020 sotiladi.
Yangidek turibdi, olinganiga 1 yil ham bo’lmagan.
O’zimniki, ishonchli 😉
Емкость 🔋: 93%
Rangi rasmdagidek. Hamma joyi yaxshi. Laminatsiyada, chexollari bilan.
Narxi: 1000$ (Oxirgi narx)
Olish niyatingiz aniq bo’lsa, @Josh_Developer ga bog’laning.
Reklama uchun uzr, sotish kerak bo’lib qoldida 😅
@JoshDeveloper
Bu videodarsni ko'rganlar bormi ?
Tushunarli bo'lganmi ?
Fikringizni qoldirishingiz va ma'lumot almashishingiz uchun komment hardoim ochiq-a 😉🙂
@JoshDeveloper
Execution context, Lexical environment va Closure | JavaScript | Frontint.uz darslaridan
Videodarsni ko'rish: https://youtu.be/cfB5ITw16_Q
Savol va fikrlaringizni video kommentiga qoldirishingiz mumkin. 😉
#dars
@JoshDeveloper
Hey intern dasturchilar 👋
Sizlarga ajoyib kurs e'lonini ko'rib qoldim 🌚
React.js'dan loyiha qilib, Junior darajasiga chiqmoqchi bo'lganlar uchun yaxshi imkoniyat ko'rinadi.
Marhamat:
https://t.me/webbrain_academy/843
@JoshDeveloper
Tepada aytgan darsni videosini YouTube'ga joylayapman, ba'zi narsalar sabab juda cho'ziladigan bo'ldi. Uzoqi ertagacha darsni yuklab, kanalda e'lon qilaman InshaaAlloh.
Dars nima haqida ? 😉
Execution context
Lexical environment
Scope
Closure
mavzularini chuqur tartibda o'rgatilgan.
So, wait...
@JoshDeveloper
Hozirda davom etayotgan FrontInt darslaridan bir darsni ulashaymi ? 🌚
Musulmon dasturchilar uchun juda foydali bir postni ko'rib qoldim.
Ulashyapman, marhamat https://t.me/savollar_kanal/23560
@JoshDeveloper
O'chirganlar, afsuslanmang-a 😄
Endi unga ketkazadigan vaqtingizni foydali narsalar bilan to'ldiring.
Kitobga ajrating, YouTube'da biror foydali darslik ko'rib boring, maqolalar o'qing...
Vaqtimizda bir bo'shliq ochilsa, uni shayton to'ldirish uchun jiddiy harakat qiladi. Instagramdan qutilib, boshqa tuzoqlariga tutilmang 😄
Instagramni foydali deb fikr qoldirganlarga umumiy javobim shuki, "Ha, foydali, shu bilan bir o'rinda o'ta zararli ham".
Siz azizlarga taklif qilayotgan narsam, foydani zarari kam yoki yo'q joydan qidirish xolos. Chunki, bunday platformalar shaytonni tuzoqlariga to'la. Umringizni bir daqiqasini ham olish uchun imkon.
Xullas, foydali mashg'ulotlar bilan bo'shliqni to'ldirishni boshlang. (boshqa keraksiz dasturlar va o'yinlardan qutilganlarga ham maslahatim shu)
Ba'zilar "instagramdan kechgandan ko'ra, telegram kanalingdan chiqaman" degan ko'rinadi, kamayyabmiz 😄😄
@JoshDeveloper
Instagram akkountimni butunlay o'chirdim ✅🪓
Oxirgi paytlar ijtimoi tarmoq degan narsa juda ham jonimga tegdi. Tasavvur qiling nechi soat umringizni bekorga birovlarni soxta tushgan rasmlar-u videolarini ko'rishga sarflaysiz.
Ayniqsa instagram. Oxiri bugun u platformadan ham qutildim. Ma'ruzalar va yangiliklar ko'rsa bo'ladiku deb o'zimni aldab, o'chirmay yurgandim. Ammo kimni aldayman, kirsam kamida 70% vaqtim baribir bekorchi narsalarga ketadi.
Aktiv ishlatayotganlarim faqat Linkedin va Telegram.
Bulardan butunlay qutila olmasam ham kerak, ammo ishlatish vaqtini kamaytira olaman.
Umrimizni dunyo va oxiratimizga foydali qilish uchun challenge qilmaymizmi ?
Men qilgan ishni qilganlar "#deletedInstagram ✅" deb qoldirsin 😉
Kim o'chirish niyat bo'lsa, ushbu sahifadan qilsa bo'ladi: Delete instagram account
«Ey Odam bolasi! Sen kunlardan iboratsan. Bir kuning oʼtsa, sening baʼzi qisming ketgan boʼladi. Va yana: Bir qavmlarni bildim, ular vaqtlariga sizlarning dinor va dirhamlaringizga haris boʼlishingizdan koʼra harisroq edilar»
Hasan Basriy r.a
@JoshDeveloper
Repost from RS Uzbekistan
We proudly announce that registration for RS Conf Tashkent'22 is now OPEN 🚀
📆 12th of November, 2022
📚 AWS, Node.JS, Software Development, TypeScript, Front-end
💬 in English
📍 WIUT, 12 Istikbol Street, Tashkent
Find out more details via link here: Agenda and registration
The number of available seats is limited so HURRY UP! 💨
Follow updates through @rolling_scopes_uz
#rsconf2022
TypeScript darslari turgan kanalda "Poll" qilgandim.
TS darslar yoqyaptimi yo'qmi deya.
18 ta insonga darslarimiz yoqmagan, 122 ta insonga yoqyapti ekan.
Yomon natija emas Alhamdulillah.
Darslar onlayn kursdan yozib olingani sabab bo'lsa kerak deb tahmin qildim 18 ta inson haqida.
Ammo, darslarda imkon qadar yetarli ma'lumot berishga harakat qilganman.
Darslar borasida kimda qandaydir savol bo'lsa deb ushbu postni yozyapman, kommentga tushunmagan narsalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.
Kimlar ko'rayapti o'zi ? 🙋♂️
@JoshDeveloper
Shaxsiy kanalimda orzuimdagi kun tartibimni yozdim 😄
Kanalga qo'shilishingiz uchun postni forward qilmasdan, pastda link qoldiryapman. Qo'shiling-a 😉
https://t.me/UmarSadullayev/564
@JoshDeveloper
Samsungda intervyu ? 🤨
https://t.me/uztechgirl/404
Dasturchi qizlarimizdan yangiliklar bormi deyman 👀
Bugun bir narsani o'qib qoldim, hali javoblari chiqmagan ko'rinadi, Alloh xayrlisini nasib qilsin.
Ungacha esa, @UzTechGirl kanaliga obuna bo'lib, yangilikni kutishni maslahat beraman. 😉
@JoshDeveloper
