ar
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

الذهاب إلى القناة على Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

إظهار المزيد
4 808
المشتركون
-1224 ساعات
-307 أيام
-1130 أيام
أرشيف المشاركات
O'zbekistonga chet kompaniyalarining qiziqishi ortib bormoqda. Bugun menga Germaniyadan chiqishdi LinkedIndan. Demak ularni remkye bozoriga ham kirishni boshlayapmiz dedim o'zimcha. O'sib borayotganimizdan esa juda hursandman. @JoshDeveloper

Frontend intervyularga tayyorlanish, savollarga javoblar va nega unday ekanligini o'rgatadigan onlayn kurs qilsam nima deysiz ? Kurs narxi o'rtacha bo'ladi, haftada 2 yoki 3 kun 1-2 soatdan. Asosiy e'tibor nazariyani kuchaytirish (amaliy ishlar orqa fonda olib borilaveradi). Qo'shilgan bo'larmidingiz ? + qoldiring. Fikrlaringizni ham qoldiring. Ko'pchilikka yoqsa, e'lon va shartlarni kanalda chiqaraman inshaaAlloh @JoshDeveloper

CSS'da narsalarni oxiri o'rtaga olib kelishni o'rganib olibdi 😄. #joke @JoshDeveloper
CSS'da narsalarni oxiri o'rtaga olib kelishni o'rganib olibdi 😄. #joke @JoshDeveloper

Ushbu suhbatni namozxonlarimizni hisobga olib 30 daqiqa oldinga surishdi. Alloh rozi bo'lsin ulardan. Adashib ertaroq kirib yurmang. Ha yana, suhbat meni kanalimda bo'lmaydi. Tepadagi post "forward" qilingan. Kommentga kirib suhbat qani deb so'kib ham yurmang. 😄 Lekinchi, suhbatni yomoni bo'lsa kerak Xudo xohlasa. 🔥 Omad. @JoshDeveloper

FAANG - KIRISH Khamidulla Inoyatov hamda Azimjon Pulatov bilan birgalikda ko’plab dasturchilar orzu qiladigan gigant kompaniy
FAANG - KIRISH Khamidulla Inoyatov hamda Azimjon Pulatov bilan birgalikda ko’plab dasturchilar orzu qiladigan gigant kompaniyalarga ishga kirish haqida katta masshtabdagi ovozli chatimiz bo’lib o’tadi. ⏳ BUGUN 19:00 DA 👉 @mabrur_dev

JavaScript bo'yicha qanday kitob o'qigansiz deyishadi. To'g'risin aytsam o'qimaganman to'liq hech qanday kitobni. JavaScript.info dan ko'p foydalanganman. Shuningdek videodarslar... Ammo kitob o'qimoqchi bo'lsangiz va Boshlang'ich bo'lsangiz: "Eloquent JavaScript" kitobini, Boshlang'ichdan tepada bo'lsangiz "JavaScript The Definitive Guide" kitobini maslahat beraman. O'zbekistonda ba'zi onlayn kitob do'konlaridan buyurtma qilsangiz bo'ladi. @JoshDeveloper

Dasturlab o'tirganda eshitib o'tirishga harxil narsalar bor. Shulardan biri audio kitoblar tinglash. Bugun sinab ko'ryapman. Juda jiddiy o'ylash talab qilmaydigan vazifalarda bemalol eshitib o'tirsa bo'lar ekan. Shaxsiy kanalimga eshitayotgan audio kitoblarni ham yuborib qo'ydim. (Boshqa kanaldan) Marhamat: https://t.me/UmarSadullayev/426 Shaxsiy kanalimga ham obuna bo'lishni unutmang(albatta yoqsa). 🙂 @JoshDeveloper

"Feedback session"da qatnashgan barchaga rahmat. Undan oladigan xulosam shuki: - Kanalda texnik mavzularga e'tiborni kuchaytirish kerak. - Maqolalar yozishni davom ettirish kerak. - Offtopic postlarni kamroq tashlash kerak (Baribir orada offtopic bo'ladi!) - Kanal obunachilari hisobiga 100$'dan o'tkazib berish kerak.(Hazil hazil 😄) Rahmat barchaga, amal qilishga harakat qilaman bularga. Oxirgisiga teskarisiga amal qilsak roziman. 😄 @JoshDeveloper

Azizlar fikringiz qiziq. Kanal yuritish uslubim, kamchiliklar va maslahatlarni aytishingizni xohlar edim. Mavzudan tashqariga (offtopic) chiqishlar ko'p kuzatilyaptimi ? Qanchalik yomon ? ... va hkz. Fikr qoldirsangiz , Shu orqali ushbu kanalimizni yanada rivojlanishiga sabab bo'lasiz. @JoshDeveloper

Odil aka Nizomov Najot ta'limga intervyu beribdilar. Ko'ramizmi ? 😉 Video linki: https://www.youtube.com/watch?v=LqBk9viVo_A @JoshDeveloper

Onlayn kursmi oflayn kursmi ? Ko'pchilik so'rar edi, onlayn kurslardan dasturlashni o'rganish kerakmi yoki oflayn borib o'rganaymi ustoz bilan deb. Mening javobim: - Agar sizda intizom rivojlangan bo'lsa va yo'nalishingizni aniq qilib olgan bo'lsangiz, bemalol onlayn kurslarni olsangiz va o'qisangiz bo'ladi. Eng tezi shu. O'zingizni boshqarib, birhil tempda o'rgan olsangiz albatta. Unday bo'lmasachi ? Unday bo'lmasa o'zingizga mentor topib ham onlayn o'rgansangiz bo'ladi. Ya'ni u sizga yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib turadi. Darsingizni topshirib turasiz. Chalg'ib ketishlar uncha kuzatilmaydi shunda. - Agar imkoniyatingiz oflayn darslarga yetsa, vaqtingiz ham yetsa, oflayn darslar ham juda foydali va samarali. Ustoz bilan birgalikda, yonma-yon do'stlar bilan birga o'rganishga nima yetsin. Ammo sekinroq bo'lishi mumkin. So'ng ham qiynalasiz, chunki kurslar butun umr bo'lmaydi. Baribir onlayn o'rganishga to'g'ri keladi. Shunda qiynalib qolishingiz mumkin. Oflayn kurslarni yosh yoki intizomi kamroq insonlarga qattiq maslahat beraman. Adashib ketish ham kam kuzatiladi bunday kurslarda. Xulosa shuki, o'zingizga qaysi biri mos tuyulsa va shunda o'zingizni erkin tuta olsangiz, shuni tanlashni maslahat beraman. Shaxsan o'zim boshlashga oflaynda boshlab, so'ngra onlayn o'zim o'rganishga o'tganman. Mentorim bo'lmagani sabab ko'p adashganimni ham ta'kidlashib kerak. Vaqt ham yutqazganman shu sabab. Ammo aniq maqsadli paytim 6 oylik narsani 1-2 oyda bemalol o'zim onlayn o'rgana olishim borligi ham bor. 🙂 Qaror o'zingizdan. @JoshDeveloper

Ha aytgancha, men ham o'qishdan yiqilganman 😄😢 * * * @JoshDeveloper

Qani kim o'qishga kiribdi ? Kirganlarni tabriklayman. Alloh xayrli qilsin. Kirolmaganlar xafa bo'lmasin. Alloh bizga nima yaxshiligini biladi. Alloh bir yo'lni yopsa boshqasini ochadi inshaaAlloh. Harakatdan to'xtamang 💪. Xafa bo'lishga arzimaydi. Ayniqsa O'zbekistondagi o'qishlar bo'lsa 😄 Alloh sizga ham xayrli qilsin buni. 🤲 @JoshDeveloper

Shanba taasurotlari Ajoyib bo'lgan stol tennisdan so'ng, kechqurun EPAMda ishlagan ba'zi yaqinlarim bilan birga o'tirdik. Sog
Shanba taasurotlari Ajoyib bo'lgan stol tennisdan so'ng, kechqurun EPAMda ishlagan ba'zi yaqinlarim bilan birga o'tirdik. Sog'inibdi odam ularni ham 😢 @JoshDeveloper

JavaScript, TypeScript, ReactJS, Angular, VueJS, NodeJS, Python. Agar ushbu texnologiyalardan intervyuga tayyorlanayotgan bo'lsangiz, quyidagi manbalar sizga inshaaAlloh manfaatli bo'ladi: JavaScript 1. JavaScript interview questions and answers TypeScript 1. TypeScript interview questions and answers ReactJS 1. ReactJS interview questions and answers Angular 1. Angular interview questions and answers VueJS 1. VueJS interview questions and answers NodeJS 1. NodeJS interview questions and answers Python 1. Python interview questions and answers Alloh manfaatli qilsin. Boshqalarga ham tarqatishni unutmang. ) Post qayta ulashildi. @JoshDeveloper

Toping kimlar bilan Ping pong o'ynayapman ? 😉 @JoshDeveloper

Angular vs React Uzoq vaqtlik React haqida hazilomus "hate"larimdan keyin, endi boshlagan dasturchilarga va tajribali dasturchilar uchun qaysi birini o'rganish bo'yicha asl fikrlarimni ikki freymvork haqida aytishni ma'qul ko'rdim. 🟦 React.js 🟦 Endi boshlaganlar uchun Maslahat beraman. O'rganish oson. Ortiqcha bilimlar talab qilinmaydi. Ish topish ham qisman oson va tez bo'ladi. Daromadga ham tezroq kirasiz. React'ni ham kichik ham kattaroq dasturlarga ishlatsa bo'lishi unga ish ko'lamini oshiradi. Ammo yaxshi o'rganmasdan qilingan dasturlarni sekinlashtirib qo'yishingiz mumkin. Tajribali dasturchilar uchun Maslahat beraman. React.js'da katta dasturlar ham qilinadi va qilinib kelinmoqda. Bemalol o'tishingiz mumkin. 🟥 Angular 🟥 Endi boshlaganlar uchun Tavsiya qilmayman. Sababi u katta, qo'shimcha bilimlar talab qiladi. JS'dan tashqari TS'ni va RxJS'ni bilishingiz yoki qiyinchiliklariga tayyor turishingiz kerak. Shuningdek ish topish ham biroz qiyinroq. Agar yoshingiz kichik yoki vaqtingiz bemalol yoki sabrli inson bo'lsangiz bemalol o'rganishingiz mumkin va maslahat beraman. Tajribali dasturchilar uchun Tavsiya beraman. Ishdan tashqari bemalol o'rganib olsangiz bo'ladi (Albatta xohlasangiz). Tavsiya beraman. Middle+ dasturchilar uchun ish topish unchalik muommo emas. Oyliklari ham yaxshigina. Qadringiz ham baland.(Kamyobsizda 🙂) Ish ham unaqa 1-2 oylik emas balki uzoq muddatga chiqadi. Sababi Angularni kichik dasturchalar uchun bezovta qilish to'g'ri qaror emas. Katta va juda katta dasturlar uchun qo'l keladi. Strukturasi ham ajoyib. Ikkisi ham bir-biridan ustun jihatlarga boy. Qaysidirini tanlashdan oldin albatta ikkisida ham ishlab ko'rib, o'tishingiz ham mumkin. Ba'zilarni didiga Angular, yoki React yoqmasligi ham mumkin. Tepadagi maslahatlar o'z tajribamdan kelib chiqib aytilgan. Siz ham fikringizni qoldiring. @JoshDeveloper

Frontend yo'nalishida sizga berilgan eng qiyin savol nima bo'lgan ? Kommentga qoldiring. Vaqtim bo'lsa va javobini bilsam kanalda javobini yozaman InshaaAlloh. Goo @JoshDeveloper

Ishdan ham keldim. Buyerdagi filialda ham hamma sharoitlar bor ekan. Agar shu tomonlarda meni ko'p ko'rsangiz endi xayron bo'lmang 😄 @JoshDeveloper