Umar Sadullayev | Blog
Open in Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Show more5 060
Subscribers
+224 hours
+227 days
+2330 days
Posts Archive
Suhbat tugadi, juda ajoyib mavzularda gaplashdik va yozib olmadik.
Kira olmaganlarga alam qilsin 😅
Shunday suhbatlar qilib tursak foydali bo'ladimi sizga ? InshaaAlloh
Kommentda fikr va takliflaringizni kutaman.
@JoshDeveloper
30 daqiqadan keyin kanalda jonli suhbat qilamizmi ?
Yo'nalishim va ishim bo'yicha nima savolingiz bo'lsa, suhbatlashamiz.
Kirasizmi ?)
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev
"Ilm yodlashda xotiraning o'zigagina suyanib qolmang, qog'oz va qalamni ishga soling."
"Ishq" kitobidan
P.s: Bizni davrdagi telefon va kompyuterlarga yozishingiz ham daftarga yozib o'rganganingizchalik foydali emas.
#ishq_kitobi #kitob #hikmat
@UmarSadullayev
Bu davlatlarda svet o'chishi odatiy holat...
Bugun yevropalik jamoadoshlarim bilan "meeting"da edim.
O'zbekistonga ko'chib kelgan bir Belarusiyalik dasturchi meetingga kira olmadi. Sabab esa svet yo'q. (bundan avval 2-3 marta shu holat bo'lgan)
Bir yevropalik kasbdoshim tepada gaplarni aytdi: Bu davlatlarda svet o'chishi odatiy holat...
Juda achchig'im keldi 😄😢
Haligi svet o'chgan joy avval ham kanalda ayblab chiqqan hudud, Turkistion metrosi joylashgan Yunusobod 12. Buyerda ajoyib CSpace'ning ajoyib ofisi bor. Shuyerda ishlashadi ko'pchilik chetellik dasturchilar. Svet esa haftada kamida 3-4 marta o'chmasdan turolmaydi. (Qandaydir metroga aloqador muommolar sabab emushmi bilmayman)
Shu rayon mas'ullari bu muommoni to'g'irlashsa yaxshi bo'lardi.
Shunaqa gaplar 😄
@JoshDeveloper
Yangilik!
Esingizda bo'lsa TypeScript va Angular bo'yicha pullik onlayn dars o'tgan edim. Shuning videolarini siz azizlarga tekinga ulashishga qaror qildim.
Darslar kimlar uchun ?
1. TypeScriptni o'rganayotganlar uchun.
2. Angularni o'rganayotganlar uchun.
Ushbu link orqali darslar turgan kanalga ulanishingiz va bemalol foydalanishingiz mumkin. Marhamat.
https://t.me/+M3Dy5G9I7A5kMzQy
Alloh manfaatli qilsin.
P.s: Ba'zi hollarni inobatga olib, darslarni yuklab olish va tarqatishni o'chirib qo'ydim. Bu uchun ma'zur tutasiz.
@JoshDeveloper
Dasturlashdan uzoqlashib ham turing.
Bu gaplarni, o'z tajribamda haqligini birnecha bor ko'ryapman. Avval ham aytgan edim. Yana aytaman.
Hayotda dasturlashdan muhimroq narsalar bor. U shunchaki ish xolos, butun vaqtingizni unga sarflash oxiri yaxshilikka olib kelmaydi. Jismoniy muommolarni aytmasam ham bilasiz, ammo ruhiy muommolar juda ham jiddiy.
Me'yorni unutish juda ham og'ir muommolarga olib keladi. Me'yorni ushlang, oilangizga, do'stlaringizga vaqt ajratib ham turing. (Do'stlar qolgan bo'lsa albatta 😄)
Shaxsan o'zimda, me'yorni unutishimga sabablar bisyor edi, unutdim, endi shu sabablar bilan ruhiy charchoq birgalikda o'zimga qarshilik qilishyapti 😄⚔️. Nima bo'lganda ham me'yorni ushlash shart ekan. Ayniqsa vaqt ajratadigan yaqinlaringiz kam bo'lsa, bu holat juda og'ir kechadi...
Shunaqa gaplar🙂
Weekend kelibdimi 🌚
@JoshDeveloper
#JS_Quiz
Ushbu kod console'ga nimani qanday ketma-ketlikda chiqaradi ?
@JoshDeveloper
Muommolarni yechishda ishlatib turadigan zo'r usullarimdan biri mana 😄.
Muommoni tushunib olish uchun shunday chizib turaman.
Sizchi ?
P.s: Hali javobini topmadim rasmdagini 😢
@JoshDeveloper
Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etgan firibgarlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
Prezident «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
To'liq manba: https://t.me/kunuz/60682
@JoshDeveloper
Esingizda bo'lsa roadmap.sh saytini roadmap qidirayotganlar uchun maslahat bergandim.
Yana bir marta maslahat beraman, sohalar ancha kengayibdi. Xatto o'rganish uchun manbalargacha bor.
Marhamat: roadmap.sh
@JoshDeveloper
YouTube'da yangi Unique Handle degan qo'shimcha chiqibdi, endilikda kanalingizni quyidagicha link qila olar ekansiz. Ustiga bosib subscribe'ni bosib ko'ring 😁
youtube.com/@JoshDeveloper
@JoshDeveloper
Juniorlikdan Seniorlikkacha suhbati ham tugadi.
Juda ham manfaatli ma'lumotlar berildi @UmarMuhandis tomonidan. Bu uchun yana bir bor katta rahmat.
Mavzular:
00:36 - Umar Muhandisning Seniorgacha bo'lgan davri va qiziqarli tajriba va voqealar.
25:40 - Junior, Middle va Senior bo'lish uchun talab qilinadigan bilimlar va ko'nikmalar
41:18 - Savol javob qismi. (Soft skills, xatolar, e'tiborni jamlash va oylik 💸😄 haqida savollar)
@JoshDeveloper
Bugun suhbatimiz bor ekanmi 🌚
Mavzusidan juda qiziq suhbatga o'xshayapti, qo'shilmasam bo'lmaydigan ko'rinadi. 😉
InshaaAlloh
@JoshDeveloper
Juniorlikdan Seniorlikkacha
Ajoyib mavzu, shunday emasmi ? 😉
Aynan shu mavzuda, EPAM kompaniyasida Senior Software Engineer, @UmarMuhandis bilan suhbat qilsak nima deysiz ? 😋
Demak, 16-oktabr, soat 17:00 da, @JoshDeveloper kanalida, "Juniorlikdan Seniorlikkacha" deb nomlangan qiziqarli audio suhbatga sizni taklif qilamiz.
Suhbatda quyidagi mavzular haqida gaplashamiz:
1. Umar Muhandisning Seniorgacha bo'lgan davri va qiziqarli tajriba va voqealar.
2. Junior, Middle va Senior bo'lish uchun talab qilinadigan bilimlar va ko'nikmalar
3. Savol-javob qismi
Suhbatga oldindan savollaringizni, ushbu post ostiga qoldiring.
@JoshDeveloper
Dasturlashni o'rganishdan maqsad nima ? ...
Shu ma'noda birnechta savollar bilan so'rovnoma qilganimda, ko'plab javoblar keldi. Ko'pchilik "soqqa qilish" degan va "soqqa" qilishdan maqsadlarini bilmaydi yoki aytmagan, yana ko'pchilik "soqqa"dan maqsad o'zi va oilasi uchun moliyaviy barqarorlik olib kelish degan. Ammo, moliyaviy barqarorlikdan maqsadlarini aytmagan.
Bugun sizlar bilan bir narsa haqida gaplashmoqchiman. Juda muhim mavzu.
Sabr qilib, o'qishda davom etasiz degan umiddaman.
Maqsad degan so'z bu, sizni biror narsani qilishingizga undaydigan narsa. Maqsadingiz suv ichish bo'lsa, suv olish borasiz, suvni ichasiz, maqsad tugadi. Endi sizda maqsad yo'q. Maqsadingiz pul topish bo'lsa, pul topasiz, topasiz, topasiz, to'ymaysiz. Maqsadga erishdingiz, ammo endi nima qilasiz ?
Maqsadingiz moliyaviy barqarorlik bo'lsa, ota-onangizni hajga yuborish bo'lsa, zo'r dasturchi bo'lish bo'lsa, ularga ham yetarsiz, keyin nima qilasiz ?
Keyinchi ?
Aslida, maqsadingiz oliyroq, avloroq bo'lmas ekan, umringiz ziyonda o'taveradi. Oxirini ko'rolmaysiz, "Keyinchi ?" degan savolga ikkilanib qolasiz.
Meni fikrim qanday ?
Fikrim shuki, maqsadlar oliy maqsadga xizmat qilmas ekan, ular sizni oxiri yo'q jarlikdan boshqa joyga olib bormaydi. Oliy maqsad sizni hayotda tinmay harakat qilishingizga undaydi, boy bo'lish, moliyaviy barqaror bo'lish, go'zal oila qurish, bular hammasi kichik maqsadingiz bo'ladi va bular, sizni oliy maqsadga olib boradigan kichik eshiklar bo'ladi. Biriga erishasiz, ammo to'xtamaysiz, hammasiga erisharsiz, ammo to'xtamaysiz, chunki oliy maqsad sizni umringiz oxirigacha davom etadi. Unga erishish uchun esa, "Keyinchi ?" degan savollarga javob hardoim bo'ladi.
Aynan shu, sizni hayotda muvaffaqqiyatga erishishingiz omillaridan biri hisoblanadi.
Ha, u oliy maqsad nima ekan deyapsizmi ? Nima meni shuncha katta maqsadlarimni kichikkina maqsadchaga aylantirib tashlay oladi va o'ziga xizmat qildira oladi ? Qanday maqsad u ?
U maqsad, Alloh roziligiga erishish. Unga yanada-yanada yaqin bo'lishdir. Shuni oliy maqsad qiling.
Ha, boy bo'lish bugundan sizni katta maqsadingiz emas, oliy maqsadingizga yetishtiradigan kichik bir omil, maqsadcha, xolos. Qanday ? Boy bo'lib, oilangizga, qarindoshlaringizga, qo'shnilaringiz-u dindoshlaringizga moliyaviy ko'mak bera olasiz, ularni ilm olishiga pullar ajrata olasiz, ularga kitoblar olib bera olasiz, kasallarga xayriyalar bera olasiz, va bu bilan oliy maqsadingiz, Alloh rizosiga erishasiz.
Zo'r dasturchi bo'lishdan maqsad ham, Alloh rizosi bo'lsin. Bu orqali, oilangizga halol rizq topishni, boshqalarga ilm ulashishni, ishsizlarni ishga kirishiga va halol pul topishiga yordam berishni, ota-onangizni hajlarga yuborishni niyat qilasiz, va bu niyatdan maqsad Alloh rizosi bo'ladi. Ha, bu kabi barcha "yaxshi" maqsadlar, sizni oliy maqsadingiga yetaklar ekan, siz adashmaysiz, charchamaysiz.
Shuni maqsad qiling. Mayda maqsadchalarni oliy o'rindan olib tashlang, mayda inson bo'lishdan to'xtang va ularni haqiqiy oliy maqsadning xizmatchilariga aylantiring va "gaz"ini bosing. Oliy maqsaddan esa chetga chiqmang, pul topib, xaromga ketmang, oliy maqsaddan uzoqlashmasdan yashang.
Alloh hammamizni oliy maqsadimizga yetishtirsin.
@JoshDeveloper
Kichik so'rovnoma
1. Dasturlashni o'rganishdan maqsadingiz nima ?
2. Yaxshi oylikli ishga kirishmi ?
3. Yaxshi oylikka ishga kirishdan maqsadingiz nima ?
4. Ko'p pul topib nimaga erishmoqchisiz ?
Moliyaviy barqarorlikmi ?
5. Moliyaviy barqarorlikdan maqsadingiz nima ?
6. ... Oxirgi maqsadingizgacha yozing.
Shu ketma-ketlikda birinchi savoldan boshlab, o'z javoblaringizni kommentga qoldiring. Savollar javobingizga qarab o'zgarishi mumkin, shuni hisobga olib javob yozavering.
@JoshDeveloper
