Umar Sadullayev | Blog
Open in Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: â Umar Sadullayev | JoshDeveloper â Sr. SWE @ EPAM â Google Developer Expert â "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Show more5 059
Subscribers
+3724 hours
+237 days
+1630 days
Posts Archive
Dasturchi sifatida ingliz tilini oshirish uchun bera oladigan eng katta maslahatim, inglizcha intervyular yoki podcast'lar ko'p eshitish.
Texnik bo'ladimi yoki umuman boshqa mavzularda bo'ladimi farqi yo'q. O'zingiz qiziqqan biror mavzuda inglizcha kontent ko'rish juda katta yordam beradi.
"Strenjers in ze nayt" deb aksentlar chiqarishni xohlasangiz ham, shu usul foydali đ
@JoshDeveloper
Nega buni yig'ishyapti bilmadim-u(bilsangiz ayting), agar kanalimdan manfaat olgan bo'lsangiz va sifatli deb topsangiz, pastdagi linkda birnarsalar yozib qo'ysangiz bo'ladi.đ
"Sifatli kontent yaratuvchi mualliflarni roâyxatini shakllantirishni rejalashtirdik.
Bunda sizning yordamingiz kerak!
Siz hurmat qiladigan va kuzatadigan blog va sahifalar mualliflarini kategoriyalar boâyicha soârovnomada koârsatib oâting. Imkoni boâlsa havola bilan.
Oldindan rahmat!
https://forms.gle/GMkEJHrCeps5wL9x7"
Podkast va maqolalarimni bir joyga yig'ib qo'yish maqsadida bir do'stimiz bot yasab bergandilar.
Yangi podkastlar va maqolalar chiqsa shu botga qo'shib boriladi.
Marhamat: @JoshDeveloper_Bot
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev | Blog
Ishsizlik
Ko'pchilik dasturlashga kirgan insonlarda uzoqroq va qiyin davom etadigan bosqich bu - ishsizlik davri. Ya'ni, o'quv markazini bitirib yoki biror texnologiyalarni mustaqil o'rganib, ish topadigan davr. Bu davr ba'zilarda tez o'tadi. Ammo, ko'pchilikda uzoq vaqt davom etadi.
Shu davr haqida o'zimni fikrlarimni aytsam.
Keling ish topishda ba'zi qoidalar va ularga sharxlar bilan tanishamiz:
1. Ish talablariga kamida 70% javob bermaguningizcha, 90% kompaniyalar sizga ish bermaydi.
Ha, kompaniyalar talab qilgan ma'lum bir texnologiyalar, bilim va ko'nikmalarsiz ishga kirishni orzu qilishni maslahat bermayman. Bu talablarga kamida 70% javob bersangizgina ish qidiring. Bo'lmasa, yo'nalishingiz va darajangizga qanday talablar borligini o'rganib chiqib, shularni o'rganing va bo'shliqni to'ldiring. So'ng yana ish qidirishga qayting.
2. Sababini qilmaguncha, natijani orzu qilmang. Yohud, ish topishga rostan harakat qiling.
Iymon, namoz va boshqa ibodat-u yaxshi amallar qilmasdan Jannatni orzu qilib yurish xato bo'lgani kabi, bizning holatda ham ishga yetkazadigan omillarni qilmasdan, Allohdan yaxshi ish berishini kutish biroz xato.
Bilimingiz yaxshi bo'lsa-yu, ish topa olmayotgan bo'lsangiz, demak ana shu omillarga urg'u berish payti keldi. Ya'ni,
1. chiroyli resume yasash.
2. linkedin.com, djinni.co, hh.uz va boshqa platforma, telegram kanallar kabi joylardan ish qidirish, o'z profilingizni juda namunali qilish
kabi omillarga e'tibor qarating. Agar tepadagi platformalarning ba'zisida ajoyib profil yasab, recruiter'larni o'ziga tortadigan qilsangiz, sizni o'zlari topib olishadi. O'zingiz chiqsangiz ham bo'ladi.
Qolgan omillari esa chiroyli muomala va bilimingizni yaxshi ko'rsatib berishingizga ham bog'liq.
Shulardan ham keyin yaxshi ish topa olmayotgan bo'lsangiz, qiyinchiliklar davom etayotgan bo'lsa, chiroyli sabr qiling. Ba'zan Alloh bizga shunday sinovlar beradi. Undan chiroyli sabr qilib, umidni so'ndirmasdan, harakatni to'xtatmasdan o'tib olsangiz, uyoqi xohlaganingizdan ham go'zalroq bo'ladi inshaaAlloh. Ishonavering. Siz ilm olishni va harakat qilishni to'xtatmasdan davom eting. Natijasiga aniq rozi bo'lasiz inshaaAlloh.
Shu va shu kabi mushkullarda, ushbu oyatlarni esingizda saqlab yuring.
«Albatta, Biz sizlarni bir oz qoârqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musibat yetganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz», derlar».
Baqara 155-156
@JoshDeveloper
Google Frontend Interview
Youtube'da Frontend'dan qiziqarli "coding interview" ko'rib qolgandim.
Qiziq bo'lsa deb ulashyapman.
Marhamat,
https://youtu.be/ai1zmNO5Z3E
#interview
@JoshDeveloper
PM(Project manager)lar dasturchidan hardoim "Estimation"(vazifani qanchada tugatishni baholash)ni to'g'ri va aniq berishini xohlaydi.
Biror vazifani 100% aniq baholay olish mumkin emas. Ammo, unga yaqinroq baholash mumkin. Qanday ?
Yaxshi "Estimation" qilish uchun ko'plab maslahatlar bor. Bulardan ba'zilari:
1. Vazifa nima haqida ekanligini to'liq tushinib olish.
2. Vazifani bajarish nimalarni talab qilishini tushunib olish.
3. Vazifa katta bo'lsa, qismlarga ajratish.
4. Shu kabi vazifa avval qilinganmi yo'qmi ko'rib, shunga qarab "estimate" qilish.
5. "Risk"larni hisobga olish.
6. "Estimation" texnikalaridan foydalanish
va hkz.
Siz nimalarni maslahat bera olasiz ?
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev | Blog
.NET va Angular
Bu ikkisini vakansiyalarda birga ko'raverib-ko'raverib, "Nega shu ikkisi birga ishlatilaveradi ?" deb so'ragan bo'lsangiz ajab emas.
Nega .NET dasturlariga Angularni mos ko'rishadi ?
Chunki,
1. Angular backend'chi uchun tushunarli va ajoyib strukturaga ega.
2. Angular TypeScript'da yozilgani. Ushbu .NET dasturchilari uchun TS ancha oson. Chunki C# va TypeScript sintakslari o'xshash.
3. Angular .NET kabi haqiqiy freymvork. Ikkisi ham "built-in features"ga boy. Shunchaki ishlatsa bo'ldi.
4. Ikki freymvork ham dasturlarni tuzishda OOP va MVC'ga e'tibor qaratgan.
5. Angularni man ishlatamanda. đ€
Shunaqa gaplar ...)
@JoshDeveloper
Boshlanib ketibdi. Kiringlar.
.Net + Angular = Friends đ
@JoshDeveloper
Repost from MDC Uzbekistan
Github actions dan foydalanib CI/CD qilish
Do'stlar, avvalgi mavzularimizda Windows server bilan to'g'ridan to'g'ri ishlab, .NET ilovalarimizni deploy qilishni ko'rib chiqdik. O'ylaymizki, siz CI/CD haqida eshitgansiz. Masalan, Heroku servislaridan deployment uchun foydalangansiz, esingizda bo'lsa u yerda CI/CD sozlamalari qilingan edi. Ya'ni github/gitlab/azuredevops ga push qilish orqali, loyihamiz avtomatik tarzda build -> test -> deploy -> run bo'lardi. Ushbu mavzuni kengroq o'rganishimiz uchun Abduvohid ustozni mahorat darsimizga taklif qildik.
Barchangizni ushbu mahorat darsida kutib qolamiz. Kirsangiz xursand bo'lamiz, kirmasangiz hafa bo'lish yo'q )
Sana: 5-mart, 20:00
Havola: Zoom
Speaker: Wahid Abduhakimov
#githubactions #deployment #cicd
.NET Uzbekistan Community
ââââââââââ
Telegram | Instagram | Youtube
Bo'sh vaqtimda ba'zan quyidagi kanalni kuzatib turaman. Juda ajoyib insonlar bilan intervyu qilishadi. Ularni tarixini eshitib, islomga kirish hikoyalarini eshitib ba'zan hayratda qolasiz.
Shaxsiy blogimda tashlamoqchi edim, ammo inglizcha biladiganlar buyerda ko'proq. Ko'proq inson ko'rinishini istadim.
Kanal linki: https://www.youtube.com/@TowardsEternity/videos
Eng ta'sirli intervyularidan biri: https://www.youtube.com/watch?v=Ns5t5sDI3ec&ab_channel=TowardsEternity
#islam
@JoshDeveloper
Shuyerga bir narsani aytib ketmoqchi edim.
Vohidjon aka aytganidek, barcha AT yo'nalishlariga o'rin bor. Lekin shuni ham unutmangki, biror yo'nalishda ekansiz, biror yaxshi natijaga erishmaguncha undan boshqasiga o'tmang.
Bittasida mutaxassis bo'ling. Shunda o'rningiz bo'ladi.
The one who masters on one profession, is better than the one who knows many, but not good at any of them.
© Null
@JoshDeveloper
Repost from Vohid Karimov
FAANGga qaysi yoânalish yaxshi?
Shu savolni mendan tez-tez soârab turishadi. Men uchun bu savol sal gâalati tuyiladi. Har safar shu savolni eshitganimda ichimda bir narsa oâladi.
Chunki hamma dasturlash yoânalishi bilan FAANGga kirsa boâladi. Bunday kompaniyalar shunchalik kattaligidan deyarli hamma yoânalish boâyicha talantlarni ishga oladi. Men hozirgacha Googleda quyidagi xildagi dasturchilarni koârdim va hammalari muvaffaqiyatli ishlashyapti:
â Frontend Engineer
â Backend Engineer
â Embedded Engineer
â Gaming Engineer
â Security Engineer
â Android Engineer
â iOS Engineer
â QA Engineer
â QA Automation Engineer
â Site Reliability Engineer
â va hokazo
Yaxshiroq va foydaliroq savol: âXXX Engineer boâlib qanday FAANGga ishga kirsa boâladi?â
Tushunaman nega yosh dasturchilar shu savolni berishadi. Befoyda narsa oârganib yurmayin deb qoârqishadi. Qoârqmang, hamma bilimlarni oârni bor va dasturlash soxasi ichida ekansiz bilimlaringiz befoydaga chiqib qolmaydi.
Qisqasi, lyubaya yoânalish xarasha đ
O'zbekiston kelajagi bizning qo'limizda â
Kommentda tashlashibdi đ
#joke
@JoshDeveloper
Biz qanchadan beri tortishib yuradigan mavzuga, Muhammadjavohir aka ustoz allaqachon ikki yil avval javob bergan ekan.
Link: https://youtu.be/-Q5L4bx5yhU
P.s: Ustoz ham bilarkanlar, birinchi bo'lib Angular deb yozibdilar. đđ
@JoshDeveloper
Hozir bir video tashlashibdi.
Unda bir "bizneeesmen aka" aytyapti "Kuni kecha bittasini ishdan bo'shatib yubordim..."
Huh, nega ekan deb, oxirigacha eshitsam, sababi ofisda bosh kiyimda o'tirgani va klassik kiyinmagani, shuningdek ishdan keyin kechqurun boshqa joyda ishlashi sabab ekan đ
"Akamiz" davom qilib shunday ma'noda aytyapti: "Ish payti hayoli faqat bizni ishda bo'lishi kerak. U odamni ishga olgan HR ham ishdan bo'shagan. Agar sifatli kadrlarni olmasak, ertaga raqobatchilarimiz bizni sifatli mijozlarimizni olib qo'yadi."
Qoyil đ
Tasannolar đ
Eng qiziqi, shu "bizznees men" akamizni gaplariga qo'shiladiganlar borligida.
Fikrimcha, Biznesini deb insoniy tushunchalarni sotib yuborgandan ko'ra, unaqa biznesmen bo'lmagan yaxshiroq. Ha yana, bu aytayotgan "aqlli" gaplari haqiqiy biznes liderlarni gaplari emas. Bu bilan biznes rivojlanmaydi, aksincha qulaydi.
"Weekend" ham kelib qolibdi deyarli, zerikishni boshladim shekilli, shu narsaga ham fikr bildirib o'tiribman. đ€·ââïž
"Sog' bo'lasizlar". đ
#tanqid
@JoshDeveloper
I am in!
Bing AI'ni ishlatish uchun ruhsat oldim va ishlatib ko'ryapman.
Ochiqini aytsam, ChatGPT'ni o'ziga qaraganda biroz o'jarroq ekan đ Ammo, undan ancha aqlliroq.
Ishlatib ko'rganlar bormi ?
@JoshDeveloper
Dasturchilardagi eng qadrlanadigan "skill"laridan biri "Birovni kodini tushunish".
Eng zo'ri esa "Tushunarli kod yozish"dir.
#heshtegTopolmadim
@JoshDeveloper
Hozir ishda bir kichik va oddiy, ammo qiziq muommoga duch kelib qoldim.
Bir ma'lumot bugundan 0 qiymatini ham qabul qilishni boshlagan edi va "default" qiymati ham 0 ga teng bo'ladigan bo'ldi. Avval, null edi.
Shunday qildim va dasturni ochib ishlatmoqchi bo'lsam, dastur ishlamayapti umuman. (Call Stack to'lib, Browser qotib qolgan)
Biroz izlanib qarasam, avvalroq quyidagi ma'noda kod yozilgan ekan đ
if(!haligiQiymat) {
setDefault();
checkValues();
}
Haligi qiymat 0 ga teng bo'lgani uchun if'ni ichiga kiryapti, if esa yana 0 ga tenglayapti va qayta qiymatlarni tekshiryapti va yana if'ni ichiga kirib qolyapti... âŸ
Keyin to'g'irlab qo'ydim đ
Shunaqa gaplar...
@JoshDeveloper
Bahor ham kelibdi. Umrni o'tishini qarang. Boshqa kasblarni bilmadim-u, dasturlashda umr juda tez o'tgandek his qilarkan odam o'zini. Buni sababini dasturchilar o'zlari yaxshi bilishadi.)
#Offtopic deb aytarsiz bu gaplarimni, ammo aytishim kerak. Ba'zan inson dunyo ichida o'zini qanday tutayotgani, qanday yashab umrini tugatayotganini tepadan kuzatib ham turishi kerak.
Bilasizmi kimlarni juda hurmat qilaman va shularga o'xshagim keladi ?
Dunyosini deb dinini, dinini deb dunyosini tashlab ketmagan insonlarni. Dinini mahkam tutgan holda, dini yo'lida dunyosini ham obod qiluvchilarni. Ulug' maqsad yo'lida yashayotganlarni.
Ana shular, aqlli insonlar emasmi ? Tarozini ikki pallasini ham birdek yaxshi tutib turgan insonlar.
Oramizda kim dunyosini deb dinini ortga surib, kechiktirib yurgan bo'lsa, ayni hozir juda ajoyib fursat. Kim benamoz yurgan bo'lsa, boshlashga ayni hozir juda ajoyib fursat.
Kim ikkisini ham ortga surib yurgan bo'lsa, dinidan boshlashi u uchun naqadar go'zal tanlov bo'lar edi. Zero, dinimiz dunyoda qanday yashashni o'rgatganchalik hech narsa bu qadar kuchli o'rgata olmaydi.
Umrimiz tugab boryapti. Biz esa past narsalar ortidan quvib yuribmiz...
Alloh hammamizni ikki dunyo yaxshiliklari bilan siylasin.
«Odamlarga hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, g'aflatda, yuz o'giruvchi bo'lgan hollarida.»
Anbiyo surasi, 1-oyat
#islam
@JoshDeveloper
